Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 30.12.2010 y. 237-II/150-II-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qoʻshma qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI QONUNChILIK

PALATASI KENGAShINING

30.12.2010 y.

N 237-II

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATI

KENGAShINING

30.12.2010 y.

N 150-II

QOʻShMA QARORI



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI

QONUNChILIK PALATASIGA KIRITILADIGAN QONUN

LOYIHALARINI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY

MAJLISI SENATIGA TAQDIM ETILGAN QONUNLARNI

YuRIDIK-TEXNIK JIHATDAN RASMIYLAShTIRISh

QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvardagi qoʻshma majlisidagi iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlari bilan ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq tizimlarini muntazam yangilab borishning aniq va chuqur oʻzaro boliqligini ta’minlashga doir "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimizdir" degan ma’ruzasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida koʻrsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlariga, qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti koʻrib chiqishi uchun qonun loyihalarini yoki yangi qonun hujjati qabul qilinishi, qonun hujjatiga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari yoki uning qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi zarurligi toʻrisidagi takliflarni kirituvchi senatorlarga, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarga qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalarini qoʻllash tavsiya etilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish vaqtida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining atamalar, tushunchalar apparatini takomillashtirishga, ularda qabul qilingan qonunlarni roʻyobga chiqarishni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida yuz berayotgan demokratik jarayonlarni rabatlantirishni ta’minlaydigan huquqiy meхanizmlar ishlab chiqilishi shartligiga alohida e’tibor qaratsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasining Spikeri                                         D. Toshmuhamedova



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi Senatining Raisi                                I. Sobirov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2011 y., 1-son, 15-modda