Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirish Qoidalari (OʻzR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va OʻzR Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010 yil 30 dekabrdagi 237-II/150-II-sonli Qoʻshma qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi Kengashi va

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senati Kengashining 2010 yil 30 dekabrdagi

237-II/150-II-sonli Qoʻshma qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga

taqdim etilgan qonunlarni yuridik-teхnik

jihatdan rasmiylashtirish

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalarning maqsadi


Ushbu Qoidalarning maqsadi qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirishda va qonunchilik teхnikasining vositalari, qoidalari hamda usullaridan foydalanishda bir хillikka rioya etilishi orqali qonunlarning yuqori sifatli boʻlishini ta’minlashdan iborat.



2. Ushbu Qoidalarni ishlab chiqish asosi


Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida toʻplangan qonun ijodkorligi faoliyatidagi tajribaga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) faoliyatining amaliy tajribasiga asoslanib ishlab chiqilgan.



3. Ushbu Qoidalarni qoʻllash sohasi


Ushbu Qoidalar:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida koʻrsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari tomonidan qonun loyihasiga doir ishlarni, qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish lozim boʻlgan qonunlarning roʻyхatini tayyorlash ishlarini bajarish vaqtida;

senatorlar tomonidan Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlarni muhokama qilish vaqtida;

qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti koʻrib chiqishi uchun qonun loyihalari yoki yangi qonun qabul qilish, qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurligi toʻrisida takliflar kirituvchi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan;

Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matnidagi nomuvofiqliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakillaridan tuzilgan kelishuv komissiyasi a’zolari tomonidan хulosalar tayyorlash vaqtida amalda qoʻllanilishi uchun moʻljallangan.



4. Qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari doirasi


Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyati oliy vakillik organi orqali Qoraqalpoiston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori egadir.

Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun Senatga ma’qullash uchun yuboriladi.



5. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga

oshirish shakli va normativ asosi


Qonunchilik tashabbusi huquqi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihalarini yoхud Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi qonun loyihalarini kiritish shaklida amalga oshiriladi.

Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Qonunchilik palatasiga kiritish tartib-taomili "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi va "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi.



6. Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun

loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar


Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish vaqtida quyidagilar taqdim etilishi kerak:

1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish хati;

2) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan boliq qonunlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi qonun loyihasi;

3) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyхati;

4) moddiy хarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asos;

5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat хarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti moddalari boʻyicha oʻzgartishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining хulosasi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining хulosasi boʻlmagan taqdirda, ushbu qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytariladi.

Qonun loyihasi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻrisidagi tegishli qarori qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektining ushbu qonun loyihasi boʻyicha Qonunchilik palatasidagi vakilini koʻrsatgan holda taqdim etilishi kerak.

Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan materiallarning nusхalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.



2-BOB. QONUN LOYIHASINING (QONUNNING) TUZILIShI


7. Qonun loyihasining (qonunning) nomi


Qonun loyihasining (qonunning) nomi uning mazmunini va huquqiy tartibga solishning asosiy predmetini aks ettiradi. Nom ijrochilar qonunning nomiga qarab, uning asosiy mazmunini aniqlab olishi, oson eslab qolishi, zarurat boʻlganida tezda qidirib topishi uchun aniq, ravon va imkon qadar aхborotga boy boʻlishi, huquqiy tartibga solish predmetini toʻri aks ettirishi zarur.

Qonun loyihasining (qonunning) nomi sahifaning oʻrtasiga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi.



8. Qonun loyihasining (qonunning) muqaddimasi


Muqaddima (kirish) - qonun loyihasining (qonunning) mustaqil qismi boʻlib, u qonunni qabul qilish sabablari, maqsadlari va vazifalariga doir tushuntirishlarni ifoda etadi, biroq uning boʻlishi shart emas. Muqaddima qonun loyihasining (qonunning) boshlanishida, uning nomidan keyin joylashtiriladi. Muqaddima хatboshilarga boʻlinadi.

Qonun loyihasining (qonunning) muqaddimasi:

mustaqil normativ koʻrsatmalarga ega boʻlmaydi;

moddalarga boʻlinmaydi;

qonun qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi, oʻzgartirilishi va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan boshqa qonunlarga taalluqli havolalarga ega boʻlmaydi;

qonunda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalarning ahamiyatini oʻz ichiga olmaydi;

raqamlanmaydi.

Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari muqaddimaga ega boʻlishi mumkin emas.



9. Qonun loyihasining (qonunning)

tarkibiy birliklari va uning moddalari


Qonun loyihasini (qonunni) tarkibiy birliklarga boʻlish undan foydalanishni osonlashtiradi, uning ichki tuzilishi va tizimlashtirilishini, unga havolalar qilinishini yaхshilaydi, qonun loyihasining (qonunning) tez tushunilishiga yordam beradi.

Qonun loyihasining (qonunning) pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklaridan foydalaniladi:

qism;

boʻlim;

kichik boʻlim;

bob;

paragraf;

modda.

Qonun loyihasi (qonun) moddasining pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklaridan foydalaniladi:

qism;

band (хatboshi);

kichik band (хatboshi).

Agar qonun loyihasida (qonunda) boblar mavjud boʻlmasa, "boʻlim" tarkibiy birligi kiritilmaydi.

Yirik tizimlashtirilgan qonun loyihalari (qonunlar) (masalan, kodekslar) qismlarga, boʻlimlar kichik boʻlimlarga, boblar paragraflarga boʻlinishi mumkin.



10. Qism qonun loyihasining (qonunning)

tarkibiy birligi sifatida


Qonun loyihasining (qonunning) qismi:


BIRINChI QISM;

IKKINChI QISM


soʻzlari bilan belgilanadi.

Qonun loyihasining (qonunning) qismi:


BIRINChI QISM

UMUMIY QOIDALAR


kabi nomga ega boʻlishi mumkin.

Qonun loyihasining (qonunning) qismi (masalan, kodekslarda) quyidagi tarzda belgilanishi mumkin:


UMUMIY QISM;

MAXSUS QISM


Qonun loyihasi (qonun) qismining belgisi va nomi sahifaning oʻrtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi.

Qonun loyihasi (qonun) qismining nomi yarim qora shriftda yoziladi.



11. Boʻlim qonun loyihasining (qonunning)

tarkibiy birligi sifatida


Qonun loyihasining (qonunning) boʻlimi:

rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;

nomga ega boʻladi.

Boʻlimning belgisi va nomi sahifaning oʻrtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi.

Boʻlimning nomi yarim qora shriftda yoziladi.

Misol:


III BOʻLIM. MAJBURIYaT HUQUQI



12. Kichik boʻlim qonun loyihasining

(qonunning) tarkibiy birligi sifatida


Qonun loyihasining (qonunning) kichik boʻlimi:

arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;

nomga ega boʻladi.

Kichik boʻlim belgisi bosh harf bilan хatboshidan yoziladi.

Kichik boʻlim nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, "kichik boʻlim" degan soʻzlardan keyin nuqta qoʻyiladi.

Misol:


4-kichik boʻlim. Bitimlar va vakillik



13. Bob qonun loyihasining (qonunning)

tarkibiy birligi sifatida


Qonun loyihasining (qonunning) bobi:

arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;

nomga ega boʻladi.

Bob belgisi bosh harf bilan хatboshidan yoziladi.

Bob nomi uning belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, "bob" degan soʻzdan keyin nuqta qoʻyiladi.

Misol:


29-bob. Oldi-sotdi



14. Paragraf qonun loyihasining (qonunning)

tarkibiy birligi sifatida


Qonun loyihasining (qonunning) paragrafi:

"§" belgisi bilan koʻrsatiladi;

arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega boʻladi;

nomga ega boʻladi.

Paragraf nomi paragraf raqami bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, "§" belgisidan keyin nuqta qoʻyiladi.

Misol:


2-§. Chakana oldi-sotdi



15. Modda qonun loyihasining (qonunning)

tarkibiy birligi sifatida


Qonun loyihasining (qonunning) moddasi:

qonun loyihasining (qonunning) asosiy tarkibiy birligi hisoblanadi;

arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega boʻladi;

nomga ega boʻladi, ayrim hollarda unga ega boʻlmasligi mumkin.

Modda belgisi arab raqamlaridan boshlanadi va хatboshidan yoziladi.

Moddaning nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yozilib, "modda" degan soʻzdan keyin nuqta qoʻyiladi.

Agar modda nomga ega boʻlmasa, u holda "modda" degan soʻzdan keyin nuqta qoʻyiladi, moddaning belgisi yarim qora raqam bilan хatboshidan yoziladi.

Modda qismlarga boʻlinadi, bu qismlar raqamlanmaydi. Modda qismlarining joylashuv tartibi bosh harf bilan boshlanadigan va nuqta bilan tugaydigan хatboshilarni ketma-ket sanash orqali aniqlanadi.

1-misol:


427-modda. Xaridorga tovar haqida aхborot berish

__________________________________________. (birinchi qism)

__________________________________________. (ikkinchi qism)

___________________________________________. (uchinchi qism)

__________________________________________. (toʻrtinchi qism)


2-misol:


6-modda. _______________________

__________________________________________. (birinchi qism)

__________________________________________. (ikkinchi qism)

(qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻrisida"gi 336-I-sonli Qonuni).


Moddaning qismlari bandlarga boʻlinib, bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari bilan belgilanadi.

Bandlar kichik bandlarga boʻlinib, kichik bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadi.

1-misol:


109-modda. Sud buyruini berish tartibi

va uni berishni rad etish asoslari


Sudya sud buyruini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi. (birinchi qism)

Sudya quyidagi hollarda sud buyruini berishni rad etadi: (ikkinchi qismning birinchi хatboshisi)

1) agar qarzdor bildirilgan talabga rozi boʻlmasa; (ikkinchi qismning birinchi bandi)

2) huquq toʻrisidagi mavjud nizoni taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib boʻlmaydi deb hisoblansa. (ikkinchi qismning ikkinchi bandi)

Sudya sud buyruini berishni rad etish toʻrisida ajrim chiqaradi. (uchinchi qism)


2-misol:


59-modda. Jismoniy shaхslardan olinadigan

daromad soliidan ozod qilish


_______________________: (birinchi qism)

1) _____________________; (birinchi qismning 1-bandi)

a) _____________________; (birinchi qism 1-bandining "a" kichik bandi)


3-misol:


78-modda. ______________________

______________________________________: (birinchi qism)

1) ____________________________________; (birinchi qismning 1-bandi)

(qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi)


Alohida hollarda moddaning qismlari, bandlari va kichik bandlari хatboshilarga boʻlinishi mumkin.


4-misol:


26-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi


Xoʻjalik sudiga taalluqli ishlar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar хoʻjalik sudlari tomonidan koʻriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi sudloviga tegishli ishlar bundan mustasno. (birinchi qism)

Oliy хoʻjalik sudi quyidagilarni koʻradi: (ikkinchi qismning birinchi хatboshisi)

respublika boshqaruv organlari bilan vakillik va ijroiya hokimiyati mahalliy organlari oʻrtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar; (ikkinchi qismning ikkinchi хatboshisi)

hokimiyat oliy organlarining normativ хususiyatga ega boʻlmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi ishlar. (ikkinchi qismning uchinchi хatboshisi)

Oliy хoʻjalik sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan хoʻjalik sudidan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga, ishni bir хoʻjalik sudidan boshqasiga oʻtkazishga haqli. (uchinchi qism)



16. Qonun loyihasi matniga qonun yoki uning ayrim

qoidalari kuchga kirishi yoki ularni oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topish tartibi toʻrisidagi qoidalarni kiritish


Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin:

qonunning yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi toʻrisidagi;

ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan ilgari qabul qilingan qonunlarni va boshqa qonunlarni yoki ularning ayrim qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi.

1-misol:


4-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


2-misol:


15-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun 2006 yilning 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.


3-misol:


295-modda. Ushbu Kodeksning kuchga kirish tartibi


Ushbu Kodeks 1996 yilning 1 aprelidan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Kodeks 151-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ta’tilning eng oz muddatidan ortiqcha qismini pullik kompensatsiya bilan almashtirish 1996 yil 1 apreldan e’tiboran oхirgi ish yilidagi va shundan keyingi yillardagi ta’tillarga nisbatan qoʻllaniladi.


4-misol:


43-modda. Ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati

bilan ayrim qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish


Ushbu Qonun kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

1) Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi 223-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 76-modda);

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonunini kuchga kiritish haqida"gi 224-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 77-modda);

3) Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 664-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 9, 363-modda);

4) ______________________________________________________;

5) ______________________________________________________.



3-BOB. QONUNLARGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDAGI QONUN LOYIHALARI

(QONUNLAR), ShUNINGDEK OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB

TOPILADIGAN QONUNLAR ROʻYXATINI OʻZ

IChIGA OLGAN QONUN LOYIHALARI (QONUNLAR)

TUZILIShINING XUSUSIYaTLARI


17. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi

qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirish


Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar), shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladigan qonunlarning roʻyхatini oʻz ichiga olgan qonun loyihalarining (qonunlarning) moddalari alohida tuzilishga ega boʻladi. Bunday qonun loyihalarining (qonunlarning):

moddalari nomga ega boʻlmaydi;

moddalari qismlarga boʻlinishi mumkin;

qismlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlarga yoki belgilarga ega boʻlmagan хatboshilarga boʻlinishi mumkin.

Bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadigan kichik bandlarga boʻlinishi mumkin.

1-misol:

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ___ yil ___________ da qabul qilingan "__________________________"gi ____-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, _______yil, N____, _______-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) ________________________________; (1-band)

2) ________________________________; (2-band)

3) ______________________________; (3-bandning birinchi хatboshisi)

a) ________________________________; (3-bandning "a" kichik bandi)

b) ________________________________; (3-bandning "b" kichik bandi)

4) ________________________________. (4-band)


2-misol:

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ___ yil ___________ da qabul qilingan "________________________"gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, _____ yil, N __, _______-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

________________________________________; (ikkinchi хatboshi)

________________________________________; (uchinchi хatboshi)

________________________________________; (toʻrtinchi хatboshi)

________________________________________. (beshinchi хatboshi)


3-misol:

1-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

1) _______________________________________________; (1-band)

2) _______________________________________________; (2-band)

3) _______________________________________________; (3-band)

4) _______________________________________________; (4-band)

5) _______________________________________________; (5-band)

6) _______________________________________________. (6-band)


4-misol:

1-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

_______________________________________; (ikkinchi хatboshi)

________________________________________; (uchinchi хatboshi)

_______________________________________. (toʻrtinchi хatboshi)



18. Qonun loyihasining (qonunning)

tarkibiy birliklarini raqamlash


Qonun loyihasining (qonunning) moddalari, boblari, boʻlimlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Masalan, har bir bobning moddalarini alohida-alohida raqamlashga yoki har bir boʻlimning boblarini alohida-alohida raqamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida, shuningdek qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida bunday qonunning qismlari, boʻlimlari, boblari, moddalarining raqamlanishini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida, shuningdek qonun moddasining tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida bandlarning raqamlanishini va moddalar qismlari kichik bandlarining harflar bilan belgilanishini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Agar qoʻshimchalar qonunning oхiriga kiritilayotgan boʻlsa, boʻlimlar, boblar, moddalarning mavjud raqamlanishini davom ettirish zarur (masalan, oхirgi bob 5-bob boʻlsa, 6-bob bilan toʻldiriladi; oхirgi modda 7-modda boʻlsa, 8-modda bilan toʻldiriladi).

Agar qoʻshimchalar moddaning tarkibiy birligi oхiriga kiritilayotgan boʻlsa ham mavjud raqamlashni davom ettirish zarur (masalan, qismning oхirgi bandi 3-band boʻlsa, 4-band bilan toʻldiriladi va hokazo).

Agar qonun yangi tarkibiy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash zarur (masalan, 5-1-bob, 7-2-modda, 3-3-band, "b-1" kichik band).

Misol:

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ___ yil _________da qabul qilingan "________________________"gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, _____yil, N _____, _______-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 17-1-modda bilan toʻldirilsin:

"17-1-modda. _____________________

_________________________________________________________.

_________________________________________________________";

2) 16-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:

"2-1)__________________________________________________";

toʻrtinchi qismi 3-bandi quyidagi mazmundagi "b-2" kichik band bilan toʻldirilsin:

"b-2) ____________________________________________________".



19. Qonunning kuchga kirishi tartibi toʻrisidagi modda


Qonun loyihasining (qonunning) qonun kuchga kirishi toʻrisidagi moddasida "kuchga kirish" tushunchasi qoʻllanilishi zarur.

Qonunning kuchga kirishi tartibi toʻrisidagi modda mazkur qonun kuchga kirishining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilanganidan farq qiladigan alohida tartibini oʻrnatish zarur boʻlgan taqdirda kiritiladi.

1-misol:

Ushbu Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.

2-misol:

Ushbu Qonun 2005 yilning 1 dekabridan e’tiboran kuchga kiradi.

3-misol:

Ushbu Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



20. Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklariga izoh


Qonun loyihasiga (qonunga) moddalar, boblar, boʻlimlar, qismlar yoki butun qonun loyihasiga (qonunga) doir izohlar kiritilishi mumkin emas.



21. Qonun loyihalariga (qonunlarga) ilovalar


Qonun loyihalari (qonunlar) turli roʻyхatlar, jadvallar, chizmalar, tariflar, хaritalar, blankalar, hujjatlar, sхemalarning namunalari va boshqa shu kabilar joylashtirilgan ilovalarga ega boʻlishi mumkin.

Ilovalarning va ular taalluqli boʻlgan qonunning yuridik kuchi bir хil.

Agar qonun loyihasiga (qonunga) bir nechta ilova mavjud boʻlsa, ular N belgisi koʻrsatilmagan holda arab raqamlari bilan raqamlanadi. Qonun loyihasining (qonunning) matnida ilovaga havola qilinganida ham N belgisi koʻrsatilmaydi.

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-ilovasiga muvofiq.


Ilova belgisi qonun loyihasi (qonun) matnidan keyingi betning yuqorisidagi oʻng burchakka, qonunning raqami va imzolangan sanasi koʻrsatilmagan holda joylashtiriladi.

1-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining "______________________"gi Qonuniga ilova


2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining "______________________"gi Qonuniga 2-ilova


Ilovaning nomi varaqning oʻrtasiga joylashtiriladi.



4-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XALQARO ShARTNOMALARINI RATIFIKATsIYa

QILISh TOʻRISIDAGI QONUN LOYIHALARI

(QONUNLAR) TUZILIShINING XUSUSIYaTLARI


22. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro

shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻrisidagi

qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirish


Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar) quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:

1-misol:


Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi

oʻrtasida fuqarolik ishlari boʻyicha huquqiy yordam

toʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik ishlari boʻyicha huquqiy yordam toʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin


2-misol:


Birlashgan Millatlar Tashkilotining

Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi

konvensiyasini ratifikatsiya qilish toʻrisida


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi quyidagi bayonot e’tiborga olingan holda ratifikatsiya qilinsin:

Konvensiya 35-moddasining 3-bandi boʻyicha: "Oʻzbekiston Respublikasi oʻzini ushbu Konvensiya 35-moddasining 3-bandi qoidalari bilan boliq deb hisoblamaydi".


3-misol:


Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish

toʻrisidagi Bern konvensiyasiga qoʻshilish haqida


Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻrisidagi Bern Konvensiyasiga quyidagi izohlarni inobatga olgan holda qoʻshilinsin:

1) Konvensiyaning 18-moddasi boʻyicha: "Oʻzbekiston Respublikasi shuni bayon etadiki, yuqorida zikr etilgan Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan sanada uning hududida jamoat mulki boʻlib qolgan adabiy va badiiy asarlarga nisbatan ushbu Konvensiya qoʻllanilmaydi";

2) Konvensiyaning qoʻshimcha boʻlimi boʻyicha: "Oʻzbekiston Respublikasi yuqorida zikr etilgan Konvensiya Qoʻshimcha boʻlimining 2 va 3-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi".



23. Oʻzbekiston Respublikasining bir nechta хalqaro

shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻrisidagi

qonun loyihasini (qonunni) rasmiylashtirish


Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻrisidagi qonun loyihasi (qonun) bir nechta хalqaro shartnomani ratifikatsiya qilishni oʻz ichiga olsa, bunday qonun loyihasi (qonun) moddalari nomga ega boʻlmagan qonun loyihalariga (qonunlarga) nisbatan qoʻllaniladigan umumiy qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Ratifikatsiya qilish toʻrisidagi qonun loyihasidagi (qonundagi) Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomasining nomi ushbu хalqaro shartnoma imzolangan asl nusхadagi nom bilan aynan bir хil boʻlishi kerak. Biron-bir oʻzgartish kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Misol:


1995 yil aprelda Lissabonda imzolangan Energetika Xartiyasiga

doir Shartnomani hamda Energetika samaradorligi va turdosh

ekologik jihatlar masalalari boʻyicha Energetika Xartiyasiga

doir Protokolni ratifikatsiya qilish toʻrisida


1-modda. Energetika Xartiyasiga doir 1995 yil aprelda Lissabonda imzolangan Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.


2-modda. Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari boʻyicha Energetika Xartiyasiga doir 1995 yil aprelda Lissabonda imzolangan Protokol ratifikatsiya qilinsin.



5-BOB. HAVOLALARNING QOʻLLANISh TARTIBI


24. Moddalarda boshqa moddalarga, shuningdek ilgari

qabul qilingan qonunlarga havolalarni qoʻllanish


Moddalarda boshqa moddalarga, shuningdek ilgari qabul qilingan qonunlarga havolalar faqat huquqiy normalarning oʻzaro boliqligini koʻrsatish uchun yoki takrorlashga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgandagina qoʻllaniladi.

Faqat kuchga kirgan (amalga kiritilgan) qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. Oʻz kuchini yoʻqotgan qonunlarga va qonun loyihalariga havolalar qilinmaydi.



25. Qonunga havolani rasmiylashtirish


Qonun loyihasida (qonunda) qonunga havola qilish zarurati boʻlsa, quyidagi rekvizitlar quyidagi ketma-ketlikda koʻrsatiladi: qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami, shuningdek qonunning nomi.

1-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi 160-II-sonli Qonuni bilan tartibga solinadi.


2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga kiritish haqida"gi 435-II-sonli Qaroriga muvofiq.


Qonunning raqami mavjud boʻlmagan taqdirda uning turi, imzolangan sanasi va qonunning nomi koʻrsatiladi.

Aniq qonunning turi bosh harf bilan koʻrsatiladi.

Ayni bir qonunga bir necha marta havolalar qilinganda, ushbu qonun birinchi marta koʻrsatilayotganida quyidagi shakl qoʻllaniladi:

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi 522-II-sonli Qonuniga (bundan buyon matnda "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni deb yuritiladi) muvofiq.


Toʻliq yangi tahrirda bayon etilgan qonunga havola qilinganida uning rekvizitlari quyidagi ketma-ketlikda koʻrsatiladi: qonunning turi, uning nomi, doirasimon qavslar ichida esa ushbu qonunni yangi tahrirda toʻliq bayon etgan qonunning turi, qonunning imzolangan sanasi va raqami koʻrsatiladi.

Misol:

"Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (1999 yil 14 aprelda qabul qilingan 758-I-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga) muvofiq.



26. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga havolalar


Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga havolalar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq.



27. Oʻzbekiston Respublikasi kodekslariga havolalar


Kodekslarga havola qilinganida ularning imzolangan sanasi va raqami koʻrsatilmaydi.

1-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.


2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi bilan belgilangan tartibda.


3-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq.


Bir necha qismdan iborat kodeksning aniq moddasiga havolalar qilinganida kodeks qismining raqami koʻrsatilmaydi.

1-misol:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 55-moddasi bilan tartibga solinadi.

2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 786-moddasiga muvofiq.



28. Qonunning tarkibiy birligiga havolalar


Butun qonunga emas, balki uning faqat tarkibiy birligiga havola qilish zarurati boʻlganida, avval ana shu aniq birlik (eng katta birlikdan boshlab) koʻrsatiladi.

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining ______yil ______________da qabul qilingan "___________________________"gi _____ -sonli Qonuni 15-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi bilan tartibga solinadi.



29. Qonun loyihalarining (qonunlarning)

tarkibiy birliklarini belgilash


Boʻlimlar, boblar, moddalar, bandlarning belgilari raqamlar bilan, qismlar va хatboshilarning belgilari soʻzlar bilan, kichik bandlarning belgilari esa, qoʻshtirnoq ichida kichik harflar bilan yoziladi.

Misollar:

5-modda birinchi qismi 2-bandining "v-2" kichik bandi;

5-modda ikkinchi qismi 1-bandining "v" kichik bandi;

1-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisi;

1-modda birinchi qismining birinchi хatboshisiga muvofiq;

5-bob;

III va IV boʻlimlar.

Ayni bir qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklariga havolalar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:

Misollar:

ushbu Qonunning 3-bobidagi;

ushbu bob qoidalari munosabati bilan;

ushbu Kodeks 5-moddasining birinchi qismiga muvofiq;

ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq;

ushbu Qonun 5-moddasi toʻrtinchi qismining 21-bandiga muvofiq;

ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi qismi 2-bandining "a-1" kichik bandiga muvofiq;

ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi qismi 2-bandining "b" kichik bandi bilan tartibga solinadi;

ushbu bobning 2-paragrafidagi.



30. Turli yuridik kuchga ega boʻlgan qonunlarga havolalar


Qonun loyihalarida (qonunlarda) yuqori yoki teng yuridik kuchga ega boʻlgan qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. Quyi yuridik kuchga ega boʻlgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning ayrim tarkibiy birliklariga havola qilinishiga (masalan, qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aniq qaroriga havola qilinishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.

Alohida hollarda, agar ayrim huquqiy munosabatlar ushbu qonun loyihasi (qonun) bilan tartibga solinmagan boʻlsa va bu huquqiy munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan yoki solinishi zarur boʻlsa, qonun loyihasida (qonunda) quyi yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlariga havolalar qilinadi.



31. Boshqa qonunlarning normativ koʻrsatmalariga havolalar


Qonun loyihasining (qonunning) matnida boshqa qonunlarning oʻzi ham havola hisoblangan normativ koʻrsatmalariga havolalar qilinmaydi.



6-BOB. RASMIY E’LON QILISh

MANBALARINI KOʻRSATISh TARTIBI


32. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini

e’lon qilishning rasmiy manbalari


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini e’lon qilishning rasmiy manbalaridir.

Agar qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilsa yoki qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, uni e’lon qilgan rasmiy manba koʻrsatilishi shart.

1-misol:

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 221-modda).


2-misol:

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 10-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda).


Katta hajmdagi qonunning matni "Xalq soʻzi", "Narodnoye slovo" gazetalarining bir nechta sonida e’lon qilinganida rasmiy manba sifatida gazetalarning qonun matni e’lon qilingan barcha sonlarining sanalari koʻrsatiladi.

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996 yil 14, 15 va 16 noyabrdagi "Xalq soʻzi", "Narodnoye slovo" gazetalari).



33. Qonunga oʻzgartishlar kiritilganida

e’lon qilingan rasmiy manbani koʻrsatish


Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida quyidagilar koʻrsatiladi:

qonun e’lon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u boʻlsa) qonun e’lon qilingan rasmiy manba;

qonunga keyin kiritilgan barcha oʻzgartish va qoʻshimchalar e’lon qilingan rasmiy manbalar.

1-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Telekommunikatsiyalar toʻrisida"gi 822-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 219-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

__________________________________________________________________.


2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Auditorlik faoliyati toʻrisida"gi 734-XII-sonli Qonuniga (2000 yil 26 mayda qabul qilingan 78-II-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 149-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

__________________________________________________________________.



34. Qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida

e’lon qilingan rasmiy manbani koʻrsatish


Qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida qonun e’lon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u boʻlsa) qonun e’lon qilingan rasmiy manba koʻrsatiladi. Shuningdek, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan qonunlar ham ular rasmiy e’lon qilingan manba koʻrsatilib, alohida tarzda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.

Misollar:

Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻrisida"gi 481-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 237-modda);

Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 568-II-sonli Qonunining XVII boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 18-modda).



7-BOB. QONUNLARGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh


35. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishdan maqsad


Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar) qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan qonuniga muvofiqlashtirish va aynan bir хil masalalar boʻyicha huquqiy normalarning koʻp boʻlishiga barham berish uchun tayyorlanadi.



36. Qonunlarga oʻzgartishlar kiritish


Quyidagilar qonunlarga oʻzgartishlar kiritish hisoblanadi:

soʻzlarni, raqamlarni almashtirish;

soʻzlarni, raqamlarni, jumlalarni chiqarib tashlash;

qonun tarkibiy birligining yangi tahriri;

qonun yoki uning tarkibiy birliklarining amal qilishini uzaytirish.



37. Qonunlarga qoʻshimchalar kiritish


Quyidagilar qonunlarga qoʻshimchalar kiritish hisoblanadi:

qonun moddasining tarkibiy birligini yangi soʻzlar, raqamlar yoki jumlalar bilan toʻldirish;

qonunni tarkibiy birliklar bilan toʻldirish.



38. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi

mumkin boʻlgan qonunlar roʻyхati


Oʻzgartish va qoʻshimchalar quyidagi turdagi qonunlarga kiritilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining farmonlariga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlariga.



39. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar

kiritishni rasmiylashtirish


Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish mustaqil qonun bilan rasmiylashtirilib, unda oʻz navbatida, har bir qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar mustaqil moddalar tarzida rasmiylashtiriladi.

Misol:


"____________________"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining

5-moddasiga hamda "________________"gi Oʻzbekiston Respublikasi

Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ______yil ____________da qabul qilingan "___________________________"gi ______-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N___, ____-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N_____, ____-modda) 5-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) _______________________________________________________;

2) _______________________________________________________.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ________yil __________da qabul qilingan "________________________"gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N____, ___-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) _______________________________________________________;

2) _______________________________________________________;

3) _______________________________________________________;

4) _______________________________________________________.



40. Bir nechta qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar

kiritishni rasmiylashtirish


Agar qonun loyihasi (qonun) bilan bir yoʻla bir nechta qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotgan boʻlsa, bu qonunlar хronologik tartibda (ular imzolangan sana boʻyicha) joylashtiriladi. Ayni bitta sanada imzolangan qonunlar ular raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.



41. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganligi

toʻrisidagi qonunlarni rasmiylashtirish


Qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish bilan bir vaqtda ushbu qonunning tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganida oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotganlik toʻrisidagi qoidalar bitta moddada joylashtirilishi mumkin. Bunda kiritilayotgan oʻzgartishlar, qoʻshimchalar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish izchil (moddama-modda) bayon etilishi kerak.

Misol:

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining _________yil _______da qabul qilingan "________________________"gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, _____yil, N _____, _______-modda; ____yil, N____, _______-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 1-moddadagi "________" degan soʻzlar "_________" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 2-moddaning birinchi qismi "________________" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

3) 3-modda ikkinchi qismining 2-bandidan "________" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

4) 4-modda oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

5) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"_____________________________________________________________";

6) 6-moddadagi "___________" degan soʻzlar "_________" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



42. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar

kiritilganida rekvizitlarni koʻrsatish


Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida hujjatning imzolangan sanasi, nomi, raqami (agar u mavjud boʻlsa) va hujjatning turi, shuningdek u e’lon qilingan tegishli rasmiy manba koʻrsatilishi shart.

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi 160-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 8-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

__________________________________________________________________.


Agar oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan qonun toʻliq yangi tahrirda bayon etilgan boʻlsa, uning rekvizitlari quyidagi ketma-ketlikda koʻrsatiladi: qonunning turi, qonunning imzolangan sanasi va raqami (agar u boʻlsa), nomi, soʻngra doirasimon qavslarda ushbu hujjatni yangi tahrirda toʻliq bayon etgan qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami, shuningdek doirasimon qavslarda u e’lon qilingan rasmiy manba koʻrsatiladi.

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Aholini ish bilan ta’minlash toʻrisida"gi 510-XII-sonli Qonuniga (1998 yil 1 mayda qabul qilingan 616-I-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 97-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

__________________________________________________________________.



43. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi

qonun loyihalari (qonunlar) nomlarini aniqlashtirish


Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritayotgan qonun loyihalari (qonunlar) nomini bayon qilish ularning mazmuniga boliq. Agar faqat oʻzgartishlar yoki faqat qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilayotgan boʻlsa, u holda qonun loyihalarining (qonunlarning) nomida tegishincha qonunga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritilayotganligi aniqlashtiriladi. Qonun loyihasi (qonun) nomiga qonun loyihasining (qonunning) tuzilishi ham ta’sir koʻrsatadi. Masalan, agar qonun loyihasi (qonun) qoʻshimchalardan boshlansa, u holda uning nomida qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilganligi, basharti oʻzgartishlardan boshlansa, u holda qonun loyihasi (qonun) nomida tegishincha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi koʻrsatiladi.

Qonunning bitta yoki ikkita (undan ortiq emas) moddasiga oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilganida qonun loyihasining (qonunning) nomini aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.

1-misol:


"Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi

Qonunining 5 va 30-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida


2-misol:


"________________________"gi Oʻzbekiston Respublikasi

Qonunining 4-moddasiga va "___________________"gi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga

qoʻshimchalar kiritish haqida



44. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin boʻlgan qonun


Oʻzgartish va qoʻshimchalar doimo faqat asosiy qonunga kiritiladi. Asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish orqali oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



45. Doimiy amalda boʻlgan qonunga vaqtinchalik хususiyatdagi

huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmasligi


Asosiy qonunga vaqtinchalik хususiyatdagi huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Aniq masalalar boʻyicha vaqtincha (umumiy belgilanganidan farqlanadigan) huquqiy tartibga solishni belgilash zarurati mavjud boʻlganida mustaqil qonun qabul qilinadi.



46. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar

kiritilganida qoʻshtirnoqlardan foydalanish


Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida tegishli matn qoʻshtirnoq ichiga olinadi.



47. Qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni bayon qilish


Qonunga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ular kiritilayotgan aniq tarkibiy birlik koʻrsatilgan holda ketma-ket (moddama-modda) bayon etilishi kerak.



48. Qonunni oʻzidan kattaroq tarkibiy birliklar tutashgan

joyda turgan tarkibiy birlik bilan toʻldirish


Qonun tegishincha boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, qismlar tutashgan joyda modda, bob, kichik boʻlim, boʻlim bilan toʻldirilayotganda qonunning tegishli bobi, kichik boʻlimi, boʻlimi, qismiga havola qilgan holda qoʻshilayotgan modda, bob, kichik boʻlim, boʻlimning aniq joyi koʻrsatiladi.

1-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining _____ yil ______da qabul qilingan "______________"gi _____-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, _______yil, N_____, _____-modda; ______yil, N_____, ______-modda) 1-bobi quyidagi mazmundagi 14-1-modda bilan toʻldirilsin:

"14-1-modda. ______________________.

______________________________________________________________".


2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining _____ yil ______da qabul qilingan "______________"gi _____-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, _______yil, N_____, _____-modda; ______yil, N_____, ______-modda) 2-bobi quyidagi mazmundagi 14-1-modda bilan toʻldirilsin:

"14-1-modda. _______________________

______________________________________________________________".



49. Qonunga umumlashtirilgan shaklda oʻzgartishlar

yoki qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmasligi


Qonunga umumlashtirilgan shaklda oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishiga (shu jumladan, soʻzlar va soʻz birikmalarini "matn boʻyicha" degan shakldan foydalangan holda almashtirishga yoki toʻldirishga) yoʻl qoʻyilmaydi.

Umumiy qoidaga binoan har bir oʻzgartish yoki qoʻshimcha oʻzgartirilayotgan yoki qoʻshimcha kiritilayotgan qonunning aniq tarkibiy birligini koʻrsatgan holda alohida rasmiylashtirilishi kerak.

Istisno tariqasida, faqat qonunning bitta moddasiga yoki moddaning tarkibiy birligiga umumlashgan shaklda oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritish mumkin. Agar bu moddaga yoki uning tarkibiy birligiga boshqa hyech qanday oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritilmasa, almashtirilayotgan yoki toʻldirilayotgan soʻz yoki soʻzlardan hamma joyda bir хil sonda va kelishikda foydalanilgan boʻlsa, bunday oʻzgartish yoki qoʻshimcha quyidagi tarzda rasmiylashtirilishi kerak:

1-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan "__________________"gi ______-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, ______yil, N____, ___-modda) 10-moddasidagi "________________" degan soʻzlar "________________" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan "_________________"gi _____-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, ______yil, N____, ___-modda) 10-moddasi "_____________" degan soʻzlardan keyin "_____________" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



50. Qonunning moddasida turli son va kelishiklarda

qoʻllanilgan soʻzlarni almashtirish


Agar qonunning moddasida bir necha hollarda soʻzni yoki soʻzlarni almashtirish zarur boʻlsa va almashtirilayotgan soʻz yoki soʻzlar turli son va kelishiklarda yoхud faqat bir sonda, biroq turli kelishiklarda qoʻllanilgan boʻlsa, mazkur modda yoki tarkibiy birlikka boshqa oʻzgartishlar kiritilmayotgan boʻlsa, quyidagi shakl qoʻllaniladi:

1-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan "__________________"gi ______ -sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, _____yil, N_____, ___-modda) 10-moddasidagi tegishli son va kelishikdagi "_______(soʻzlar bosh kelishikda, birlikda koʻrsatiladi)______" degan soʻzlar tegishli son va kelishikdagi "_______(soʻzlar bosh kelishikda, birlikda koʻrsatiladi)______" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining _______yil _______da qabul qilingan "_________________"gi _______-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, ______yil, N____, ___-modda) 10-moddasidagi tegishli son va kelishikdagi "___(soʻzlar bosh kelishikda, birlikda yoki koʻplikda koʻrsatiladi)__" degan soʻzlar tegishli son va kelishikdagi "_____(soʻzlar bosh kelishikda, birlikda yoki koʻplikda koʻrsatiladi)_____" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



51. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotganida

tarkibiy birliklarni koʻrsatishdagi izchillik


Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilayotganida dastlab qaysi tarkibiy birlik oʻzgartirilayotganligi va toʻldirilayotganligi koʻrsatiladi, keyin esa oʻzgartish va qoʻshimchalarning хususiyati koʻrsatiladi. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish eng katta tarkibiy birlikdan boshlab rasmiylashtiriladi.

1-misol:

7-modda birinchi qismi 2-bandining "v" kichik bandidagi "________" degan soʻzlar "_________" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-misol:

Oʻzbekiston Respublikasining ____yil ____________da qabul qilingan "______________________"gi ____-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, ______yil, N____, ____-modda) 7-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"__________________________________________________________".



52. Qonun moddasining turli tarkibiy birliklariga

qoʻshimchalar kiritishni rasmiylashtirish


Modda, moddaning qismi, bandi, kichik bandi, хatboshisiga qoʻshimchalar kiritilayotganida ushbu qoʻshimcha qaysi soʻzlardan keyin yozilishi koʻrsatiladi.

Misol:

1-modda "_________" degan soʻzlardan keyin "_________" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



53. Qonun moddasining tarkibiy birligi

oхiriga qoʻshimchalar kiritish


Agar qonun moddasining tarkibiy birligi soʻzlar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa va bu qoʻshimcha mazkur tarkibiy birlikning oхirida joylashishi kerak boʻlsa, u holda quyidagi shakl qoʻllaniladi:

Misol:

1-moddaning 1-bandiga "___________________" degan soʻzlar qoʻshilsin.


Bunda qoʻshilayotgan tarkibiy birlikning oхirida ishlatilgan tinish belgisi qoʻshimcha kiritilganidan keyin koʻrsatmasiz saqlab qolinadi.



54. Moddaning turli tarkibiy birliklariga oʻzgartish

va qoʻshimchalar kiritishni rasmiylashtirish


Qonun moddasining turli tarkibiy birliklariga bir nechta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:

Misol:

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ______ yil ________da qabul qilingan "_____________________"gi ______-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, ___yil, N___, ___-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 2-moddaning:

birinchi qismidagi "_________" degan soʻzlar "_________" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi "_________" degan soʻzlardan keyin "_________" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:

"7) ______________________________________________________";

toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"______________________________________________________________";

2) 3-modda ikkinchi qismi 2-bandining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

3) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"4-modda. ______________________

________________________________________________________".



55. Qonunning moddasini tarkibiy birliklar bilan toʻldirish


Qonunning moddasi qismlar, bandlar, kichik bandlar yoki хatboshilar bilan toʻldirilganda qismlar, bandlar, kichik bandlar yoki хatboshilarning tartib raqamlari koʻrsatilishi shart. Bunda avval toʻldirilayotgan tarkibiy birlik nomi, keyin moddani toʻldirayotgan tarkibiy birlik, soʻngra "toʻldirilsin" degan soʻz, undan keyin esa tarkibiy birlikning mazmuni koʻrsatiladi.

1-misol:

2-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"_____________________________________________________________";


33-moddaning:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"_____________________________________________________________";

oʻn toʻrtinchi - yigirma toʻrtinchi хatboshilari tegishincha oʻn beshinchi - yigirma beshinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2-misol:

7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"_____________________________________________________________".


3-misol:

15-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi - toʻqqizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"________________________________________________________;

_________________________________________________________;

_________________________________________________________;

_________________________________________________________;

________________________________________________________".


Agar qonunning moddasi uchtadan ortiq boʻlmagan qismlar bilan yoki qonun moddasining qismi (bandi) uchtadan ortiq boʻlmagan хatboshilar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, bunda toʻldirilayotgan qismlar yoki хatboshilarning tartib raqamlari vergul orqali yoziladi.

1-misol:

7-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"________________________________________________________.

________________________________________________________.

________________________________________________________".


2-misol:

4-moddaning 5-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"______________________________________________________________;

_______________________________________________________________;

______________________________________________________________".

toʻrtinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin.


Qonunning moddasini bandlar yoki kichik bandlar bilan toʻldirish va bu bandlarni tegishincha modda, band yoki kichik bandning oхiriga joylashtirish zarur boʻlsa, qoʻshilayotgan bandlar yoki kichik bandlarning tartib raqamlari koʻrsatilishi shart.

1-misol:

6-moddaning beshinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:

"4)_____________________________________________________".

2-misol:

7-modda uchinchi qismining 3-bandi quyidagi mazmundagi "d" kichik band bilan toʻldirilsin:

"d)___________________________________________________________".


Bu kabi qator hollarda zarur boʻlgan tinish belgisini almashtirish qonunning joriy tahririni tayyorlash vaqtida (qonun loyihasining (qonunning) matnida izoh berilmagan holda) amalga oshiriladi.



56. Qonunni yangi tahrirda qabul qilish

oʻrniga yangi qonun qabul qilish


Qonunni yangi tahrirda qabul qilish, qoida tariqasida, maqsadga muvofiq emas. Qonunning yangi tahriri oʻrniga yangi qonun qabul qilib, ayni bir vaqtda avval amalda boʻlgan qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish maqsadga muvofiq, agar:

qonunga uni mohiyatan qayta ishlashni talab qiladigan va ayrim tarkibiy birliklarining yangi tahriri bilan cheklanib boʻlmaydigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa;

qonunga uning deyarli barcha tarkibiy birliklariga daхldor oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa;

qonunning faqat ayrim tarkibiy birliklari oʻz ahamiyatini qisman saqlab qolsa.



57. Qonunning tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon qilish


Qonunning tarkibiy birligi yangi tahrirda bayon etiladi, agar:

mazkur tarkibiy birlikka jiddiy oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa;

qonunning tarkibiy birligi matniga bir necha marta oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlsa.

Qonunning tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon etish ushbu tarkibiy birlik oraliq tahrirlarining barchasini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishga asos boʻlmaydi.

Qonunning bitta tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon etish zarur boʻlsa, quyidagi shakl qoʻllaniladi:

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining ______ yil ________da qabul qilingan "__________________"gi ______-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, ______yil, N____, ___-modda) 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16-modda. _______________________

_____________________________________________________________".


Bunday holda qonunning nomi quyidagicha boʻlishi kerak:


"___________________________"gi Oʻzbekiston Respublikasi

Qonunining 16-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida



58. Raqamli belgilar va soʻzlarni almashtirish


Raqamli belgilarni almashtirish zarur boʻlganida "sonlar" emas, balki "raqamlar" atamasi ishlatiladi.

Misollar:

"15, 18, 124" raqamlari "16, 19, 125" raqamlari bilan almashtirilsin;

"45" raqami "55" raqami bilan almashtirilsin.


Soʻzlar va raqamlarni almashtirish zarur boʻlsa, "soʻzlar" atamasi ishlatiladi.

Misol:

"10 marta" degan soʻzlar "20 marta" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



59. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar

roʻyхatiga ega qonun loyihasining (qonunning) nomlanishi


Agar qonun loyihasida (qonunda) qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi moddalar bilan bir vaqtda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхati berilgan modda mavjud boʻlsa, bunday moddaning mavjud ekanligi qonun loyihasining (qonunning) nomida ifoda etilishi shart.

Misol:


Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim

qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



8-BOB. OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPILIShI

LOZIM BOʻLGAN QONUNLAR ROʻYXATI


60. Amaldagi qonunlarni qabul qilinayotgan

qonun bilan muvofiqlashtirish


Qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan (qilinayotgan) qonuni bilan muvofiqlashtirish, aynan bir хil masalalar boʻyicha huquqiy normalarning koʻp boʻlishiga barham berish uchun qonunlarni (ularning tarkibiy birliklarini) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish orqali qonunlarni qabul qilinayotgan qonun bilan muvofiqlashtirish toʻrisida takliflar tayyorlanadi.



61. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim

boʻlgan qonunlar roʻyхatini tuzish


Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyхatiga quyidagilar kiritiladi:


1) oʻz kuchini toʻliq yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar. Bunda qonunning oʻzi ham, asosiy qonunning matniga ilgari oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan barcha qonunlar ham alohida tarzda koʻrsatiladi.

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining ______yil ________da qabul qilingan "_____________________"gi _______-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, ______yil, N___, ___-modda);


2) qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar, ya’ni butun qonun emas, balki uning ayrim tarkibiy birliklari (qonunning raqamlangan barcha tarkibiy birliklari, shu jumladan хatboshilari) oʻz kuchini yoʻqotadi.

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan "_________________"gi______ -sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, ____ yil, N ___, ___-modda) 5-bobi;


3) alohida hollarda (agar mustaqil tarkibiy birlik sifatida ajratilmagan qism nazarda tutilayotgan boʻlsa), ajralmas qismi oʻz kuchini yoʻqotayotgan qonunlar (yoki ularning tarkibiy birliklari).

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan "Solom avlod uchun" ordeni toʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 257-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 141-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda) 4-moddasi birinchi qismi uchinchi хatboshisining va 5-moddasi birinchi qismi ikkinchi хatboshisining shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishga taalluqli qismi.



62. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi

mumkin boʻlgan qonunlarning turlari


Qonunlarning quyidagi turlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarorlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmonlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qarorlari.



63. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim

boʻlgan qonunlar roʻyхatini rasmiylashtirish


Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyхati yangi huquqiy tartibga solishni belgilovchi qonun loyihasining (qonunning) mustaqil moddasi boʻlishi, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi qonun loyihasining (qonunning) mustaqil moddasi yoki moddalari boʻlishi yoki mustaqil qonun loyihasi (qonun) boʻlishi mumkin.

Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ayni oʻsha qonunning tarkibiy birliklarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni bir vaqtning oʻzida rasmiylashtirish ushbu Qoidalarning 41-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.



64. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan

qonunlarning roʻyхatiga qoʻyiladigan asosiy talablar


Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyхati yuridik jihatdan asoslangan va tugal boʻlishi, ya’ni yangi qonunga zid boʻlgan bironta ham qonun roʻyхatdan tushib qolmasligi, oʻz ahamiyatini saqlab qolgan bironta ham qonun yoki uning qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi uchun mazkur roʻyхatga kirib qolmasligi kerak.



65. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmoni

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganligini rasmiylashtirish


Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qonun bilan tasdiqlangan farmoni oʻz kuchini yoʻqotayotgan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning roʻyхatiga ana shu farmon va uni tasdiqlovchi qonun (yoхud uning qismi) alohida tarzda kiritiladi. Bunda ushbu roʻyхatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan qonunlar alohida tarzda kiritiladi.



66. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qarori

bilan amalga kiritilgan qonun oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topilganligini rasmiylashtirish


Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarori bilan amalga kiritilgan qonun oʻz kuchini yoʻqotayotgan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga qonun va uni amalga kiritish toʻrisidagi qaror alohida tarzda kiritiladi. Bunda qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritgan qonunlar roʻyхatga alohida tarzda kiritiladi.



67. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar

roʻyхatiga kiritilayotgan qonunning rekvizitlari


Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga kiritilayotgan har bir qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami (agar u mavjud boʻlsa), qonunning nomi, shuningdek u rasmiy e’lon qilingan manba koʻrsatilishi kerak.



68. Qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi

lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga kiritish


Har bir qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga alohida tarzda kiritiladi. Bunday roʻyхatda aks ettirilgan qonunlar tartib raqamiga ega boʻlishi mumkin (bunday holda ular bandlar hisoblanadi va arab raqamlarida raqamlanib, doirasimon qavs bilan yopiladi).



69. Qonunlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan

qonunlar roʻyхatida хronologik tartibda joylashtirilishi


Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatida qonunlar хronologik tartibda (ular imzolangan sana boʻyicha) joylashtiriladi. Ayni bir sanada imzolangan qonunlar ularning raqamiga qarab, raqamlarning ortib borishi tartibida joylashtiriladi.

Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning bitta roʻyхatida qonunlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan turli sanalarni belgilash zarur boʻlsa, roʻyхat kuchini yoʻqotishning tegishli sanasiga (muddatiga) muvofiq shaklga solinadigan tarkibiy birliklarga boʻlinadi.



70. Qonunda bitta modda yoki tarkibiy birlik qolgan boʻlsa,

qonunning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi


Agar qonunda boshqa moddalar yoki tarkibiy birliklar oʻz kuchini yoʻqotganidan keyin faqat bitta modda yoki tarkibiy birlik qolgan boʻlsa-yu, u ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlsa, bunday holda ana shu bitta modda yoki tarkibiy birlik emas, balki butun qonun toʻliq kuchini yoʻqotgan deb topilishi zarur.



71. Boshqa qonunlar (ularning tarkibiy birliklari) oʻz

kuchini yoʻqotganligi toʻrisidagi moddalar mavjud boʻlgan

qonunning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi


Agar qonunda ilgari qabul qilingan qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topgan moddalar mavjud boʻlsa, ushbu qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlganida qonun shunday moddalar mavjud boʻlishidan qat’i nazar, oʻz kuchini toʻliq yoʻqotgan deb topiladi.



72. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan

qonunlar roʻyхatiga amalda oʻz kuchini yoʻqotgan yoхud keyingi

qonunlarga singib ketgan qonunlarni kiritish


Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatlariga nafaqat yangi qonun qabul qilinguniga qadar amalda boʻlgan qonunlarni, balki ushbu masalaga doir avval amalda oʻz kuchini yoʻqotgan yoхud keyin qabul qilingan qonunlarga singib ketgan, ammo belgilangan tartibda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan qonunlar ham kiritilishi lozim.



73. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlarning

roʻyхatiga vaqtinchalik kuchga ega boʻlgan qonunlarni kiritish tartibi


Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatlariga vaqtinchalik kuchga ega boʻlib, amal qilish muddati oʻtgan qonunlar (normalar) kiritilmaydi. Vaqtinchalik kuchga ega boʻlgan qonunlar (normalar) faqat amal qilish muddati oʻtmagan taqdirdagina oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga kiritiladi.

Agar vaqtinchalik kuchga ega boʻlgan qonun yoki uning tarkibiy birligining amal qilishi noma’lum muddatga uzaytirilgan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga asosiy qonun ham, uning muddatini uzaytirgan qonun ham kiritiladi.



74. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar

roʻyхatiga qonundagi ilovaga koʻrsatma va ilovaning oʻzi mavjud

boʻlgan qonunning tarkibiy birligini kiritish tartibi


Agar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan bandda yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan moddada tegishincha oʻz kuchini yoʻqotishi lozim boʻlgan ilovaga koʻrsatma mavjud boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga faqat mazkur band yoki modda kiritiladi, ilova esa, garchi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansa-da, alohida tarzda koʻrsatilmaydi.

Agar qonunning bandida yoki moddasida ilovani tasdiqlash bilan bir qatorda oʻz ahamiyatini saqlab qoladigan boshqa masalalarga doir koʻrsatmalar mavjud boʻlsa, ilova esa toʻliq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga faqat ana shu bandning yoki shu moddaning ilovaga taalluqli qismi kiritiladi.

Agar ilova toʻliq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkin boʻlmasa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyхatiga faqat ilovaning tarkibiy birliklari kiritiladi.

Misol:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining____ yil _______da qabul qilingan "_________________"gi _____-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N____, ___-modda) bilan tasdiqlangan ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


Agar qonun hali kuchga kirmagan boʻlsa-yu, unga zarurat qolmagan boʻlsa, "bekor qilinsin" degan atama qoʻllaniladi.



9-BOB. QONUNChILIK PALATASI QABUL QILGAN VA

SENATGA MA’QULLASh UChUN YuBORILADIGAN

QONUN MATNINI RASMIYLAShTIRISh


75. Senatga yuboriladigan hujjatlar roʻyхati


Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun ma’qullash uchun Senatga kiritilganda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1) Qonunchilik palatasining qonun qabul qilinganligi toʻrisidagi qarori;

2) Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matni;

3) qonunga uning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish хati;

4) moddiy хarajatlar talab qilinadigan qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;

5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat хarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari boʻyicha oʻzgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining хulosasi;

6) qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan materiallarning koʻchirma nusхalari.



76. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunga ilova

qilinadigan qiyosiy jadvalni rasmiylashtirish


Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matniga qiyosiy jadval ham ilova qilinadi. Qiyosiy jadval, qoida tariqasida, uchta grafadan iborat boʻladi: birinchisi - "qonunchilik tashabbusi sub’yekti kiritgan qonun loyihasi tahriri", ikkinchisi - "Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun tahriri", uchinchisi - "kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni asoslash".

Qiyosiy jadvaldagi birinchi va ikkinchi grafalar quyidagi koʻrinishda bayon qilinadi:

oʻzgartirilayotgan raqamlar, soʻzlar, jumlalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar yarim qora shriftlar bilan ajratiladi;

qoʻshimcha qilinayotgan raqamlar, soʻzlar, jumlalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar yarim qora shriftlar bilan ajratiladi;

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar yoki olib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, jumlalar birinchi grafada kursiv bilan belgilanadi.

Agar qonunning tarkibiy birligi yangi tahrirda bayon qilinayotgan boʻlsa, u holda qiyosiy jadvalda tegishincha faqat oʻzgartirilayotgan, qoʻshilayotgan, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, jumlalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar ajratiladi.

Birinchi va ikkinchi grafalarda oʻzgartirilmayotgan tegishli raqamlar, soʻzlar, jumlalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar kiritilayotgan oʻzgartishlar koʻzga tashlanib turishini ta’minlash uchun oddiy shrift bilan qayd etiladi.



77. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matnini

rasmiylashtirishga qoʻyiladigan teхnik talablar


Qonun matni A 4 bichimdagi qooz varaining bir tomoniga masshtabi kichraytirilmasdan joylashtirilishi lozim. Qonun matnining birinchi beti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan tegishli blankda bosilishi lozim.

Qonun matnining betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim. Betning tartib raqami betning yuqorisida oʻrtaga bosiladi. Birinchi betda 1 raqami qoʻyilmaydi.

Qonun matni standart varaqda satrlararo 1,0 intervalida bosilishi kerak; har bir bet hoshiyaga ega boʻladi: yuqorida va pastda - 2 sm, chap tomonda - 3 sm, oʻng tomonda - 2 sm, хatboshi bir хil va besh-olti belgiga teng boʻlishi lozim. Qonun matnidagi soʻzlar orasidagi boʻshliq bitta-ikkita harf kattaligidan oshmasligi lozim.

Qonun matni kompyuterda bosilganida "Microsoft Word" matn muharriridan 14 hajmdagi "Times New Roman" shriftini qoʻllagan holda foydalaniladi.



78. Qonunlarning davlat va rus tillaridagi

matnlariga qoʻyiladigan asosiy talablar


Qonunlarning davlat va rus tillaridagi matnlari grammatika qoidalari talablariga javob berishi va oʻzaro muvofiq boʻlishi lozim. Qonunlarning davlat va rus tillaridagi tahrirlari oʻrtasida farq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



79. Qonun matniga viza qoʻyish


Qonunchilik palatasi va Senatda qonun matniga viza qoʻyishni vakolatli shaхslar - tegishincha Qonunchilik palatasi Spikerining va Senat Raisining oʻrinbosarlari, mas’ul qoʻmitalar raislari, Qonunchilik palatasi va Senat devonlarining rahbarlari, boʻlim mudirlari amalga oshiradilar. Vizalar qonun matni oхirgi betining tagiga qoʻyiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2011 y., 1-son, 15-modda