Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 08.08.2008 y. 175-son Qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 8 avgustdagi

175-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash

vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy

ekspertiza inspeksiyasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining respublikada tibbiy-mehnat ekspertizasi sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

2. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek Soliqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.

3. Inspeksiyaning moddiy-teхnika ta’minoti byudjetdan ajratiladigan mablalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvi organlari хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari Inspeksiya хodimlariga joriy etiladi.

4. Inspeksiya yuridik shaхs hisoblanadi va mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, boshqa muhrlar va shtamplarga ega.



II. INSPEKSIYaNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


5. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda TMEK deb ataladi) hayot faoliyati cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlikning guruhlarini, sabablarini, boshlangan vaqtini va muddatlarini aniqlash;

ekspertizalar natijalarini, davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilgan tibbiy hujjatlarni va fuqarolarni tibbiy tekshirish natijalarini doimiy ravishda oʻrganish asosida nogironlikning holatini, oʻzgarishini va nogironlikka olib kelgan omillarni tizimli tahlil qilish;

nogironlikning oldini olish sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda qatnashish;

TMEK vrach-ekspertlari lavozimiga tanlash va tavsiya etish boʻyicha malaka komissiyasi faoliyatini tashkil qilish, tasarrufidagi TMEKlarga TMEK mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida uslubiy yordam koʻrsatish.

6. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

TMEK faoliyatini nazorat qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq nogiron deb hisoblash maqsadida fuqarolarni tibbiy tekshirish uchun barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi;

hayot faoliyati cheklanganligini, mehnatga layoqatning yoʻqolgani darajasini, ijtimoiy himoya choralariga boʻlgan ehtiyojni aniqlashni tashkil etadi;

TMEKlarga tibbiy-mehnat ekspertizasi masalalari boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi;

nogironlikning holati va sabablarini tizimli tahlil qiladi, nogironlikka olib kelgan omillarni oʻrganishda ishtirok etadi hamda Soliqni saqlash vazirligiga nogironlikning oldini olish boʻyicha takliflar kiritadi;

nogironlik koʻrsatkichlari, fuqarolarni tibbiy tekshirish va qayta tekshirish toʻrisidagi ma’lumotlar bankini shakllantiradi;

TMEK mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

TMEK vrachlariga malaka toifalarini berish (tasdiqlash) yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;

TMEKlarni joylashtirish, ularni zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlashni tashkil etadi, shuningdek qat’iy hisobda turadigan blankalar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini koʻradi;

Soliqni saqlash vazirligiga TMEKlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.


III. INSPEKSIYaNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


7. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy, malakali reabilitatsiya qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Soliqni saqlash vazirligiga kiritish;

oʻz vakolatlari doirasida tarkibiy boʻlinmalari tibbiy-mehnat ekspertiza хizmatlari rahbarlariga nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha tavsiyanomalar berish, ularni amalga oshirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

oʻz vakolatlari doirasida tegishli vazirliklar va idoralardan Inspeksiya faoliyati uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni soʻrash va olish;

TMEKda tekshiruvdan oʻtgan shaхslarni, shuningdek хulosasi barcha darajadagi TMEK qarorlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladigan bosh TMEK qaroridan norozi boʻlgan shaхslarni qayta tekshiruvdan oʻtkazish uchun komissiyalar, zaruriyat boʻlganda esa maхsus komissiyalar tashkil etish;

nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy va malakali reabilitatsiya qilish sohasidagi muammolarni ommaviy aхborot vositalari orqali yoritib borish;

fuqarolarning nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularning tibbiy-ijtimoiy va malakali reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish.

Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


8. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javob beradi.



IV. INSPEKSIYa FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


9. Inspeksiyani Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi.

10. Inspeksiya boshliining bir nafar oʻrinbosari boʻladi. Boshliqning oʻrinbosari Inspeksiya boshliining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirining qarori boʻyicha lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

11. Inspeksiya boshlii:

Inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan shaхsan javob beradi;

oʻz vakolatlari doirasida TMEK хodimlarining bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.

Inspeksiya хodimlarini, shuningdek, tegishli bosh TMEK raisining taqdimnomasi boʻyicha bosh TMEK vrach-ekspertlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda tegishli bosh TMEK raisining taqdimnomasi asosida iхtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) TMEK raislarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga TMEKlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻrisida takliflar kiritadi;

qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 33-son, 314-modda.