Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 15-son, Moliya vazirligining 29-son "Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 15.03.2012 y. Qarori (AV tomonidan 27.04.2012 y. 2356-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.04.2012 y.

N 2356

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

15.03.2012 y.

N 15


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

15.03.2012 y.

N 29


QARORI



Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort

yoʻllanmalari bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi

yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


(2012 yil 7 maydan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 maydagi PQ-1542-son "2011 - 2015 yillarda yoliz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 22-23-son, 229 modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 23 avgustdagi 240-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 34-35-son, 348-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2005 yil 24 maydagi 99, 44-son "Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul ta’minlash tartibi toʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1489, 2005 yil 6 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 27-son, 196-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010 yil 23 sentyabrdagi 169, 79-son "Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul ta’minlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1489-1, 2010 yil 21 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 42-43-son, 370-modda).


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri


       

A. Xaitov

Moliya vaziri

R. Azimov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 17-son, 200-modda