Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 5-son, Moliya vazirligining 19-son "Oʻzbekiston Respublikasining muhtoj fuqarolarini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi 10.02.2012 y. Qarori (AV tomonidan 13.03.2012 y. 1229-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.03.2012 y.

N 1229-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

10.02.2012 y.

N 5


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

10.02.2012 y.

N 19


QARORI



"Oʻzbekiston Respublikasining muhtoj

fuqarolarini protez-ortopediya mahsulotlari

va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash

tartibi toʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi

qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida


(2012 yil 23 martdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1251-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 52-son, 562-modda) va 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1252-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 52-son, 563-modda) qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 sentyabrdagi 193-son "Tibbiy-mehnat ekspertiza хizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 35-36-son, 305-modda) va 2011 yil 1 iyuldagi 195-son "Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 27-son, 283-modda) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2003 yil 28 fevraldagi 02/1, 39-son "Oʻzbekiston Respublikasining muhtoj fuqarolarini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash tartibi toʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 1229, 2003 yil 27 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2003 y., 5-6-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri

A. Xaitov

Moliya vaziri

R. Azimov

*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 11-son, 122-modda