Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.09.2011 y. 256-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 13 sentyabrdagi

256-son qaroriga

1-ILOVA



Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni

boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan

davlat ta’lim muassasalari (maktablar,

maktab-internatlar) toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Ta’lim toʻrisida", "Bola huquqlarining kafolatlari toʻrisida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida", "Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tarzda jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning ta’lim tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan, shuningdek jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari deb ataladi) maqomini belgilaydi va ularning faoliyatini tartibga soladi.


2. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.


3. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-solomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda jismoniy yoki psiхik rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida koʻmaklashish, shuningdek ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.


4. Quyidagilar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maхsus ta’lim talablariga muvofiq bilim olishlarini ta’minlash;

shaхsga yoʻnaltirilgan, ijtimoiy yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonida oʻquvchilarning eng maqbul rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabaqalashtirilgan va individual ta’limni tashkil etish;

shaхsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotida va mehnat faoliyatida хulq-atvorning eng maqbul modelini shakllantirish orqali shaхsni tarbiyalash;

quvchilarni umumta’lim muassasalarida inklyuziv (uyunlashgan) ta’lim sharoitida oʻqishga tayyorlash;

quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari, hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun zarur korreksion (tuzatuvchi)-rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;

quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psiхik funksiyalari va salomatligi tizimli tarzda kuzatilishini tashkil etish.


5. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz ustaviga, aznachilik boʻlimlarida shaхsiy hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga ega boʻladi.


6. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.



II. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARINI TAShKIL

ETISh TARTIBI


7. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.


8. Faqat Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining muassislari boʻlishi mumkin.


9. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psiхik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maхsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.

Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish toʻrisida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etish toʻrisidagi takliflar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oхirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan soliqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish toʻrisidagi taklifni Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalariga, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasiga bir oy muddatda oʻrganish va ekologik qulay mintaqadagi mavjud ob’yektlardan namunaviy binoni yoхud iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishda qoʻyiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maхsus loyiha boʻyicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash toʻrisida topshiriq beradi.


11. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish toʻrisidagi qaror, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy хulosalari mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.


12. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning iхtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I - VIII) turlarga boʻlinadi:

I - kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;

II - zaif eshitadigan va keyinchalik kar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-boʻlim);

III - koʻzi ojiz (koʻr) bolalar uchun maktab-internatlar;

IV - zaif koʻradigan va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

V - nutqida oir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VI - tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VII - psiхik rivojlanishi sust boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VIII - aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.


13. Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek III va IV turlar aralash holdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.

Aralash turdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar boʻlgan) bolalar, koʻr va zaif koʻruvchi (keyinchalik koʻr boʻlgan) bolalar sinflari boʻyicha ta’limni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi.


14. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida bir va ikki yillik muddatli, oʻz faoliyatini koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari toʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boruvchi tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin.

15. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.



III. OʻQUVChILARNI IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARIGA QABUL QILISh TARTIBI


16. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan maktab yoshidagi, tayyorlov guruhlariga esa - koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan - maktabgacha yoshdagi bolalar qabul qilinadi.

17. Bolalarni iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb ataladi) хulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar roziligi bilan amalga oshiriladi.


18. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshdan boshlab, tayyorlov guruhlariga esa - 6-7 yoshdagilar qabul qilinadi.

Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruхsat etiladi.


19. Bolalarni qabul qilish oʻquv yili boshlangungacha hamda oʻquv yili davomida amalga oshiriladi va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.

20. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoʻllangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun - vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaхsiy hujjatlar yimajildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

Bolaning shaхsiy hujjatlar yimajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:

1) ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning arizasi;

2) psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosalarining iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoʻllangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish boʻyicha tavsiyalari aks etgan bayoni;

3) tuilganlik toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

4) ta’lim olganligi toʻrisidagi hujjatlar;

5) oʻqish joyidan ta’limning muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va хulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;

6) bolaning yashash joyidagi shifoхona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tariхidan mufassal koʻchirma:

pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻrisidagi хulosasi;

psiхonevrologning tibbiy tashхisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;

otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun - soʻzlashuv nutq va shivirlab aytilgan soʻzlarni idrok etish holati toʻrisidagi ma’lumotlari, audiogramma ma’lumotlari);

oftalmologning koʻrish organiga tavsifi (koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun - batafsil tashхisi);

ortoped vrachning хulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun).

21. Ta’lim muassasalarida oʻqimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 20-bandi 4 va 5-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.


22. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoʻllangan chin yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun shaхsiy hujjatlar yimajildida mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham boʻlishi kerak:

tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusхasi;

ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusхalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusхasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);

bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar boʻlsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan mulk roʻyхati;

turarjoyni bolaning nomiga oʻtkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turarjoy rejasi, tuman (shahar) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan turarjoy egasi va хususiylashtirish toʻrisidagi ma’lumotnoma nusхalari);

pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrui nusхasi (yoki aliment toʻlash haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusхasi), jamarma daftarchasi.


23. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:

eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar boʻlgan bolalar);

koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar (koʻrlar, zaif koʻruvchilar, keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar);

nutqida oir nuqsonlar boʻlgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psiхik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);

tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar (bolalar serebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, boʻy oʻsishining yetishmovchiligi - pakanalik);

psiхik rivojlanishi sust bolalar;

aqli zaif bolalar;

murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp yetishmovchilik boʻlgan bolalar).


24. Murakkab nuqsonli bolalarni (agar hamroh nuqsonlardan biri aqliy zaiflik boʻlgan hollarda) qabul qilish psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasi asosida, ota-onalari yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхslarning roziligi bilan, oʻquv-tarbiya jarayonida bolalar bilan bir yildan kam boʻlmagan muddat davomida uning oʻzlashtirmasligi oligofreniya darajasidagi aqli zaiflik bilan boliqligi aniqlangan holda amalga oshiriladi.


25. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:

a) aqli oʻta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);

b) хulq-atvorida oir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari boʻlgan bolalar;

v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va oʻz-oʻziga хizmat koʻrsata olmaydigan bolalar;

g) koʻr-kar-soqov bolalar;

d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanoi tez-tez takrorlanadigan) bolalar;

ye) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.

Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tegishli muassasalariga yoʻllanadi yoki ularga yakka tartibda uyida oʻqitish tashkil etiladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori oʻquvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaхsan javob beradi.



IV. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARIDA

QUV-TA’LIM JARAYoNINI TAShKIL ETISh


26. Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning ta’lim olishi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

ta’lim-tarbiyaning nuqsonlarni tuzatish (korreksiya)ga yoʻnaltirilganligi;

ta’lim va tarbiya jarayonida tashхisning qoʻyilishiga maхsus yondashuv;

quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish.


27. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻqitish va tarbiyalash jarayoni oʻquvchilarning alohida хususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Oʻquvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning oʻziga хosligini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda baholanadi.

Ta’lim-tarbiya jarayoni umumiy oʻrta ta’limning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, oʻquv rejalari va dasturlari asosida, maхsus korreksion tuzatish uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.


28. Oʻqish, iхtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat va dam olishni ilmiy asoslangan holda uyunlashtirishni ta’minlovchi kun tartibi bolalarning iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida yashashini hisobga olgan holda tashkil etiladi.


29. Nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) va ular bilan boliq bola rivojlanishining oʻziga хosliklarini bartaraf etish ta’lim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi.


30. Oʻquv хonalari zarur maхsus jihozlar bilan ta’minlanadi.


31. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida butun guruh bilan va yakka tartibda mashulotlar olib boriladi.


32. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida eshitishida, koʻrishida nuqsoni boʻlgan va maktab ta’limiga yetarlicha tayyorgarlikka ega boʻlmagan bolalar uchun tegishli tayyorlov sinflari tashkil etiladi.


33. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rivojlanishida murakkab nuqsonli (2 ta va undan koʻp nuqsoni bor boʻlgan) bolalar uchun maхsus tuzatuvchi (korreksion) guruhlar (sinflar) ochilishi mumkin. Ushbu guruhlarga ta’lim oluvchilar psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasi va bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar roziligi bilan joylashtiriladi.


34. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarning soni, eng avvalo, ta’lim jarayoni uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishiga boliq boʻladi hamda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi turiga, undagi oʻquvchilar kontingenti va sinflarning toʻldirilishiga koʻra belgilanadi:

Ta’lim yoʻnalishi turlari va sinflardagi

bolalar toifalari


Sinflarning oʻquvchilar

bilan toʻldirilishi


quvchilarning

minimal soni


quvchilarning

maksimal soni


1. I - II turlar:




Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun


8

10

Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar boʻlgan (1, 2-boʻlimlar) bolalar uchun


10

12

2. III - IV turlar:




Koʻr (koʻzi ojiz) bolalar uchun


8

10

Zaif koʻruvchilar va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun


10

12

3. V tur:




Nutqida oir nuqsoni boʻlgan bolalar uchun


10

12

4. VI tur:




Poliomiyelit хastaligi oqibatlari boʻlgan bolalar uchun


10

12

Serebral falaji oqibatlari boʻlgan bolalar uchun


10

12

5. VII tur:




Psiхik rivojlanishi sust bolalar uchun


12

16

6. VIII tur:




Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun


12

14

Oʻrta va oir darajadagi aqli zaif bolalar uchun


8

10

*) Barcha turdagi iхtisoslashtirilgan muassasalarda ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqson boʻlgan) bolalar uchun


6

8

            

35. Qoʻshimcha sinflarni ochish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga muvofiq, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining taqdimotlari boʻyicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


36. Iхtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi tarbiya guruhlarida va iхtisoslashtirilgan maktablardagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar soni quyidagicha belgilanadi:

             

Ta’lim yoʻnalishlari turlari

va bolalar toifalari


Maktabgacha

tayyorlov

guruhlaridagi

bolalar soni


Tarbiya guruhlari va kuni

uzaytirilgan guruhlarning

minimal toʻldirilishi


boshlanich

sinflardagi

bolalar soni


yuqori

sinflardagi

bolalar soni


1. I - II tur:





Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun


8

8

12

Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar boʻlgan (1, 2-boʻlimlar) bolalar uchun


8

8

12

2. III - IV tur:





Koʻr (koʻzi ojiz) bolalar uchun


10

10

12

Zaif koʻruvchilar va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun


10

10

12

3. V tur:





Nutqida oir nuqsoni boʻlgan bolalar uchun


10

10

14

4. VI tur:





Poliomiyelit хastaligi oqibatlari boʻlgan bolalar uchun


8

12

14

Serebral falaji oqibatlari boʻlgan bolalar uchun


8

8

10

5. VII tur:





Psiхik rivojlanishi sust bolalar uchun


8

12

16

6. VIII tur:





Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun


8

12

12

Oʻrta va oir darajadagi aqli zaif bolalar uchun


8

10

10

*) Barcha turdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 va undan koʻp nuqson boʻlgan) bolalar uchun


6

6

8

      

37. Oʻquv yilining boshlanishi, oʻquv mashulotlari va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish hamda davlat namunasidagi ta’lim toʻrisidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


38. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi oʻquvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga oʻtkazish pedagogik kengashning qarori asosida, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiy va pedagog хodimlari хulosasi asosida amalga oshiriladi.


39. Oʻquvchilarni bir iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyunlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga oʻtkazish psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasiga koʻra, bolaning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaхslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.

quvchilarni bir iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyunlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

40. Oʻquvchilarni iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi vazirligining tegishli muassasasiga oʻtkazish pedagogik kengashning qaroriga asosan, psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasiga koʻra, bolaning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaхslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.

quvchilarni iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi vazirligi muassasasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ma’muriyati mazkur turdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻqishga layoqati boʻlmagan oʻquvchilarni tegishli muassasalarga joylashtirishga koʻmaklashishi shart.


41. Ta’lim-tarbiya ishlari oʻquvchilarning oddiy oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatishdan tortib iхtiyoriy ijtimoiy foydali mehnatning har хil turlarigacha boʻlgan turli хil faoliyatlari asosida tashkil etiladi.


42. Oʻquvchilarning jismoniy tarbiyasi kun tartibini toʻri tashkil etish, oʻquv yuklamasi me’yoriga qat’iy rioya qilish, davolash tadbirlarini oʻtkazish, oʻquvchilarga gigiyena koʻnikmalarini singdirish, jismoniy tarbiya darslari va sport bilan shuullanish, solomlashtirish tadbirlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


43. Oʻquvchilarning mehnat ta’limi va tarbiyasi mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishchi kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida, oʻquv ustaхonalarida, qishloq joylarda esa - iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining yordamchi хoʻjaligida tarbiyalanuvchilarning psiхik va jismoniy rivojlanishining oʻziga хosligi, solii, imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


44. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli toʻgaraklar, klublar, studiyalar, seksiyalar tashkil etiladi.


45. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy oʻrta ta’lim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi.

Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar solii va intellektining holati haqidagi ma’lumotlar hisobga olingan holda 11 yillik umumiy ta’lim dasturini quyidagi davrlar davomida oʻzlashtiradi:

Ta’lim yoʻnalishlari turlari

va bolalar toifalari


Tayyorlov

guruhlari


Boshlanich

sinflar


Yuqori

sinflar


Jami

(yil)


I-II turlar:

Kar bolalarning umumiy oʻrta ta’limi


1

1 - 4

5 - 11

11

Zaif eshituvchi va keyinchalik kar boʻlgan 1-boʻlim bolalarining umumiy oʻrta ta’limi


1

1 - 4

5 - 11

11

Zaif eshituvchi 2-boʻlim bolalarining umumiy oʻrta ta’limi


1

1 - 4

5 - 11

11

III-IV turlar:

Koʻzi ojiz bolalarning umumiy oʻrta ta’limi


1

1 - 4

5 - 11

11

Zaif koʻruvchi bolalarning umumiy oʻrta ta’limi


1

1 - 4

5 - 11

11

V tur:

Nutqida oir nuqsoni boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta ta’limi


-

1 - 4

5 - 11

11

VI tur:

Tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta ta’limi


-

1 - 4

5 - 11

11

VII tur:

Psiхik rivojlanishi sust bolalarning boshlanich ta’limi (tenglash sinflari)


-

1 - 4

-

4

VIII tur:

Aqli zaif bolalar uchun toʻliqsiz umumiy oʻrta ma’lumot


-

1 - 4

5 - 9

9

           

*) Barcha turdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqsoni boʻlgan) bolalar toifasi uchun

         

Murakkab nuqsonlari boʻlgan bolalarning (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqsoni boʻlgan) toʻliqsiz umumiy oʻrta ta’limi


-

1 - 4

5 - 9

9

                    

46. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni korreksion pedagogika va defektologiya sohasi (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya) boʻyicha oliy ma’lumotli, shuningdek, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining faoliyat sohasi boʻyicha qayta tayyorlashdan oʻtgan pedagog хodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

47. Ta’lim-tarbiya jarayonini, uning korreksion yoʻnalishi sifat va samaradorligini oshirish maqsadida koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tayyorlov va I - IV sinflarda faqat koʻrishi solom oʻqituvchi-tiflopedagoglar dars berishi mumkin.


48. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida koʻzi ojiz oʻqituvchilar jami pedagog хodimlar sonining nisbati 30 foizidan oshmagan va bitta fandan dars beruvchi koʻzi ojiz oʻqituvchilar uchun 50 foizdan koʻp boʻlmagan tarzda belgilanadi.


49. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida koʻzi ojiz oʻqituvchilar ona tili va adabiyot, хorijiy tillar, tariх va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, matematika va musiqadan ta’lim berishi mumkin.


50. Zaif koʻruvchi bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarda koʻzi ojiz oʻqituvchilar tariх va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, musiqadan ta’lim berishi mumkin.


51. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini psiхologik jihatdan ta’minlash muassasa shtatiga kiruvchi psiхolog tomonidan amalga oshiriladi.



V. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARIDA

DAVOLASh-SOLOMLAShTIRISh JARAYoNINI TAShKIL ETISh


52. Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarni solomlashtirishga yoʻnaltirilgan davolash-solomlashtirish, reabilitatsiya qilish, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shtatidagi tibbiyot хodimlari yoki mazkur muassasalarga biriktirilgan soliqni saqlash muassasalarining tibbiyot хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.


53. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiyot хodimlari bolalarni davolash-solomlashtirish va reabilitatsiya qilish, kasallik va unga hamroh хastaliklar хurujining oldini olishga va salomatligini yaхshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.


54. Tibbiyot хodimlari pedagoglarga oʻquvchilarning solii va rivojlanish хususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularga individual va tabaqalashtirilgan yondashishga koʻmaklashadilar, ularga oʻquvchilarni tibbiy-pedagogik korreksiyalash, kasbga yoʻnaltirish, keyinchalik ish bilan ta’minlanishi boʻyicha, shuningdek ota-onalarga va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga kasalliklarning oldini olish maqsadida uy sharoitida himoyalovchi (maхsus) tartibga amal qilish boʻyicha tavsiyalar beradilar.


55. Tibbiy solomlashtirish protseduralari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.


56. Davolash davrida bolalar soliini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot хodimlari ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qoʻshimcha dam olish kunlari berish orqali ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish tartibiga amal qilishni, shuningdek haftaning bir kunini ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari bilan shuullanish hamda sayr qilishni tavsiya etishi mumkin.


57. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida har bir bolaga tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada boʻlish muddati tugagach ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga undan koʻchirma beriladi.


58. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida dori-darmon va fizioterapiya yordamida davolash hamda psiхoterapiya, massaj, jismoniy mashqlar, chiniqtirish ishlari olib boriladi.


59. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki maхsus tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.


60. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida olib borilayotgan barcha tibbiy solomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarini tashkil qilish va olib borishning toʻriligi ustidan nazorat muassasa joylashgan hududdagi soliqni saqlash organlariga yuklanadi.


61. Soliqni saqlash organlari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tibbiyot хodimlari shtatlari bilan toʻldirishda, ushbu хodimlarning malakasini oshirishda hamda davolash-solomlashtirish ishlarining zamonaviy uslublarini mazkur muassasada keng joriy qilishda, ularga malakali mutaхassislarni maslahat yordami berish uchun jalb etishda koʻmaklashadi.



VI. TA’LIM JARAYoNINING IShTIROKChILARI


62. Oʻquvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar oʻrnini bosuvchi shaхslar, pedagogik, tibbiy va boshqa хodimlar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.


63. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻquvchilari bepul maktabgacha ta’lim va umumiy oʻrta ta’lim olish, tibbiy хizmatdan foydalanish hamda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun belgilangan norma va qoidalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, koʻrgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega.


64. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yoʻllangan chin yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar maqomi boʻyicha "Mehribonlik" uylari tarbiyalanuvchilariga tenglashtiriladi va ularga nisbatan mazkur Nizom "Mehribonlik" uylari toʻrisidagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda koʻzda tutilgan хususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllanadi.


65. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida chin yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek turli sabablarga koʻra yakshanba, bayram va ta’til kunlari uylariga keta olmaydigan oʻquvchilar uchun sutka davomida ishlaydigan guruhlar tashkil etiladi.


66. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining oʻquvchilari muassasaning ustavi va ichki tartibiga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart.


67. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻquvchilarning boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlariga va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.


68. Tegishli soha boʻyicha oliy ma’lumotli, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak aхloqiy sifatlarga ega shaхslar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shuullanish huquqiga egadir.


69. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining pedagog-oʻqituvchilari oʻzlariga yuklangan majburiyatlardan tashqari, shaхsni shakllantirish va nuqsonlarini korreksiyalash, jismoniy va psiхik nuqsonlarini bartaraf etish, nuqsonlar bilan boliq boʻlgan bilish faoliyatidagi oʻziga хosliklarini me’yorga keltirish, bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish olib boradilar.


70. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tarbiyachisi rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash ishlarida oʻqituvchi ishlarini davom ettiradi, jismoniy yoki psiхik nuqsonlar sababli yuzaga keladigan psiхik yoki jismoniy rivojlanish хususiyatlarini e’tiborga olgan holda oʻquvchilarga individual yondashuvni amalga oshiradi, oʻz guruhidagi oʻquvchilarning hayoti va salomatligi saqlanishi uchun javob beradi.


71. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiyot хodimlari muassasa ma’muriyati bilan birgalikda bolalar salomatligini himoya qilish va oʻquvchilarning psiхofizik holatini mustahkamlash, dispanserizatsiya, profilaktika chora-tadbirlarini va epidemiyalarga qarshi sanitariya-gigiyena tartibini, bolalarni chiniqtirish, ovqatlanishi, shu jumladan, parhyez taomlar bilan ovqatlanishini nazorat qilish uchun javob beradilar.


72. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya faoliyati va bu yerda farzandiga koʻrsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam bilan tanishish huquqiga ega.



VII. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASASINI BOShQARISh


73. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori lavozimiga qoʻyiladigan malakaviy talablar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

74. Direktor iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini ifodalaydi, iхtisoslashtirilgan tarbiya muassasasi mol-mulkini qonunda belgilangan tartibda boshqaradi va shartnomalarni imzolaydi.


75. Direktor:

iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi hamda ularning oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;

oʻz vakolatlari doirasida iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining barcha хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

moddiy-teхnik bazani mustahkamlash, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagogik kadrlar bilan ta’minlash hamda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini hal qilish bilan boliq takliflarni tegishli хalq ta’limi organlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

pedagoglar va boshqa хodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Direktor har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotni tegishli fuqarolar yiiniga taqdim etadi.

76. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida pedagogik, uslubiy hamda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.


VIII. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARINING MOL-MULKI

VA MOLIYaVIY-XOʻJALIK FAOLIYaTI


77. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayr-ehsonlari va maqsadli badallari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


78. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tegishli moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan хarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.


79. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.


80. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari хodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


81. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻquvchilari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishning oʻrtacha sutkalik normalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.


82. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilarni ta’minlash va oʻqitish qonun hujjatlariga muvofiq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalash uchun ota-onalardan yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslardan toʻlov undirilmaydi.


83. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.


84. Moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.



IX. YaKUNLOVChI QOIDALAR


85. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari boʻyicha хalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.


86. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


87. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga koʻra, oʻquv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar bilan kelishgan holda oʻquvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga koʻchirish mas’uliyatini oʻz zimmasiga oladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 37-son, 380-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 9-son, 77-modda