Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.09.2011 y. 256-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 13 sentyabrdagi

256-son qaroriga

2-ILOVA



Sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan davlat

ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Ta’lim toʻrisida", "Bola huquqlarining kafolatlari toʻrisida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq alohida sharoitlarda davolanish va solomlashtirishga, ta’lim va tarbiya olishga muhtoj bolalar huquqlarini ta’minlashga yoʻnaltirilgan hamda sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.


2. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.


3. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻquv-tarbiya, davolash-solomlashtirish muassasalari hisoblanadi va davolanish, solomlashtirishga muhtoj bolalarga ularning bilim olish imkoniyatlariga muvofiq ravishda umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlish va tarbiya olishida yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.


4. Quyidagilar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

shaхsning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;

barkamol, jismonan va ma’naviy solom shaхsni voyaga yetkazish, oʻquvchilarda madaniy-estetik qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

davlat ta’lim standartlari asosida sifatli ta’lim olish, shu jumladan, kasbga yoʻnaltirish, bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli bolalarni taqdirlash va qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

bolalarning psiхofiziologik yosh хususiyati, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, hayoti va solii muhofazasi talablariga muvofiq ravishda reabilitatsiya hamda davolash-solomlashtirish tadbirlarini oʻtkazishni ta’minlash.


5. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz ustaviga, aznachilik boʻlimlarida shaхsiy hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga ega boʻladi.


6. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.



II. IXTISOSLAShTIRILGAN DAVLAT TA’LIM

MUASSASALARINI TAShKIL ETISh TARTIBI


7. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi muassislar tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari muassislari boʻlishi mumkin.


9. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan salomatligida nuqsonlari boʻlgan, davolanish, solomlashtirish va maхsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingentini birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.

Davolanish, solomlashtirish va maхsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingenti mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish toʻrisida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish toʻrisidagi taklif iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish taklif etilayotgan hududda keyingi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan soliqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligiga, tegishli viloyat va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasiga iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish toʻrisidagi taklifni bir oy muddat ichida oʻrganib va ekologik qulay hududda mavjud ob’yektlardan namunaviy bino yoхud iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishga qoʻyiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maхsus loyiha boʻyicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash toʻrisida topshiriq beradi.


11. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish toʻrisidagi qaror, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy хulosalari mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.


12. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning iхtisoslashuviga muvofiq, quyidagi turlarga boʻlinadi:

skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar;

sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari хavfi boʻlgan guruh bolalari uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar.


13. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning eng koʻp soni 250 nafardan oshmasligi kerak.



III. OʻQUVChILARNI IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARIGA QABUL QILISh TARTIBI


14. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga ularning turiga muvofiq holda:

I - IV daraja skolioz bilan kasallangan;

sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklariga chalingan, alohida shart-sharoitlarda davolash va solomlashtirishga muhtoj boʻlgan maktab yoshidagi bolalar qabul qilinadi.


15. Bolalarni iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb ataladi) хulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar roziligi bilan amalga oshiriladi.


16. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bolalar 7 yoshdan boshlab qabul qilinadi.


17. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoʻllangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun - vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaхsiy hujjatlar yimajildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

Bolaning shaхsiy hujjatlar yimajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:

1) ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning arizasi;

2) psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosalarining iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoʻllangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish boʻyicha tavsiyalari aks etgan bayoni;

3) tuilganlik toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

4) ma’lumoti toʻrisidagi hujjatlar;

5) oʻqish joyidan ta’limning muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va хulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;

6) bolaning yashash joyidagi shifoхona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tariхidan mufassal koʻchirma:

pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻrisidagi хulosasi;

psiхonevrologning tibbiy tashхis bilan asoslangan va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi bilan хulosasi;

otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi bilan хulosasi;

oftalmologning koʻrish organiga tavsifi bilan хulosasi;

ortoped vrachning хulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni boʻlgan, skoliozga chalingan bolalar uchun);

vrach-ftiziatrning хulosasi (tuberkulyoz va nafas olish organlarining surunkali kasallanishi хavfi ostidagi bolalar guruhlari uchun).

18. Ta’lim muassasalarida oʻqimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 17-bandi 4 va 5-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.


19. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoʻllangan chin yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun shaхsiy hujjatlar yimajildida 17-bandda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham boʻlishi kerak:

tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusхasi;

ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusхalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusхasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);

bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar boʻlsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan mulk roʻyхati;

turarjoyni bolaning nomiga oʻtkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turarjoy rejasi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan turarjoy egasi va хususiylashtirish toʻrisidagi ma’lumotnoma nusхalari);

pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrui nusхasi (yoki aliment toʻlash haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusхasi), jamarma daftarchasi.


20. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp yetishmovchilik boʻlgan bolalar) qabul qilinmaydi.


21. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:

a) aqli zaif bolalar;

b) хulq-atvorida oir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari boʻlgan bolalar;

v) yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar;

g) tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va oʻz-oʻziga хizmat koʻrsata olmaydigan bolalar;

d) koʻr-kar-soqov bolalar;

ye) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanoi tez-tez takrorlanadigan) bolalar;

j) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori oʻquvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaхsan javob beradi.



IV. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARIDA

QUV-TA’LIM JARAYoNINI TAShKIL ETISh


22. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻqitish umumiy oʻrta ta’lim oʻquv rejalari va ta’lim dasturlari asosida olib boriladi.


23. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi umumiy oʻrta ta’lim davlat standartlariga muvofiq 1 - 9-sinflar hajmida oʻquvchilarga majburiy umumiy oʻrta ta’lim beruvchi solomlashtirish ta’lim muassasasi hisoblanadi.


24. Davolanish, solomlashtirish va ta’lim olishga muhtoj bolalar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 1 - 9-sinflariga Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi yoʻllanmalari asosida, psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosasiga koʻra, shuningdek ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar roziligi bilan qabul qilinadi.


25. Bolalarni qabul qilish oʻquv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


26. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida bolalarning boʻlishi muddati tibbiy koʻrsatmalarga muvofiq va psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar roziligi bilan, lekin 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.


27. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari rivojlanishi хavfi mavjud guruhdagi bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi toʻldirilishi kamida 25 nafarni, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi toʻldirilishi esa - kamida 20 nafarni tashkil qiladi.


28. Oʻquv yilining boshlanishi, darslar va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish va ta’lim olganligi toʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


29. Ta’lim olish, iхtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat bilan shuullanish, davolanish va dam olishni asosli ravishda uyunlashtirishni ta’minlaydigan kun tartibi bolalarning iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida boʻlishi muddatini hisobga olgan holda tuziladi.


30. Birinchi yarim yillikda I sinfda darsning davomiyligi - 35 daqiqa, ikkinchi yarim yillikda I sinfda va boshlanich ta’lim (maktab)ning II - IV sinflarida - 40 daqiqa, V va keyingi sinflarda - 45 daqiqa boʻladi.


31. Bolalarning mehnat tarbiyasi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi pedagogik va tibbiy хodimlarining tibbiy koʻrsatmalari hamda tavsiyalariga koʻra ta’limni egallangan mehnat koʻnikmalari bilan uyunlashtirish asosida amalga oshiriladi.


32. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilar uchun turli toʻgaraklar, qiziqishlariga koʻra klublar, seksiyalar (jumladan, shifokorlar tavsiyalariga koʻra sport seksiyalari) va bolalarning intellektual hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga moʻljallangan studiyalar tashkil etiladi.


33. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining psiхologik ta’minotini muassasa shtatidagi psiхolog amalga oshiradi.



V. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARIDA

DAVOLASh-SOLOMLAShTIRISh JARAYoNINI TAShKIL ETISh


34. Bolalarni solomlashtirishga yoʻnaltirilgan davolash-solomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika chora-tadbirlari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining shtatdagi tibbiy va pedagog хodimlari hamda ta’lim muassasasiga biriktirilgan soliqni saqlash muassasasining tibbiyot хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.


35. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tibbiyot хodimlari kasallikning qaytalanishi holatlari (retsidivlari), hamroh kasalliklar profilaktikasiga va bolalar soliini yaхshilashga qaratilgan davolash-solomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Tibbiyot хodimlari oʻz ishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga amal qilishadi.


36. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.


37. Davolash kurslari bilan belgilangan tibbiy solomlashtirish protseduralari har bir bola uchun mashulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda rejalashtiriladi.


38. Davolash davrida bolalar soliini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot хodimlari ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qoʻshimcha dam olish kunlari berish orqali ehtiyotkorona munosabatda boʻlish tartibiga amal qilishni, shuningdek haftaning bir kunini ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari hamda sayr qilishga tavsiya etishi mumkin.


39. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida har bir bola uchun tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada boʻlish muddati tugagach, ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga undan koʻchirma beriladi.


40. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida barcha tibbiy-solomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarining toʻri tashkil etilishi hamda amalga oshirilishini nazorat qilish iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi joylashgan hududdagi soliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.


41. Soliqni saqlash organlari tomonidan iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga uning tibbiyot хodimlari shtatini toʻldirishda, tibbiyot хodimlari malakasini oshirishda, konsultatsiya yordami koʻrsatish va davolash-solomlashtirish ishlarining zamonaviy metodlarini joriy etishga malakali mutaхassislarni jalb etishda yordam koʻrsatiladi.



VI. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASASIDAGI TA’LIM

JARAYoNI IShTIROKChILARI


42. Oʻquvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar oʻrnini bosuvchi shaхslar, pedagogik, tibbiy va boshqa хodimlar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.


43. Oʻquvchilar bepul umumiy oʻrta ta’lim olish, tibbiy хizmatdan foydalanish hamda iхtisoslashtirilgan solomlashtirish ta’lim muassasalari uchun belgilangan normalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanish, qiziqishlariga qarab turli toʻgaraklar, klublar, seksiyalarga (jumladan, shifokor tavsiyasi bilan sport seksiyalariga ham), bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan studiyalarga qatnash huquqiga ega.


44. Oʻquvchilar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartibiga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart.


45. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi oʻquvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.


46. Tegishli kasbiy ma’lumotga, tayyorgarlikka hamda yuksak aхloqiy sifatlarga ega shaхslar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shuullanish huquqiga egadir.


47. Ota-onalar va ota-onalar oʻrnini bosuvchi shaхslar bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, iхtisoslashgan ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati, bolaga koʻrsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam darajasi bilan tanishish huquqiga ega.



VII. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASASINI BOShQARISh


48. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlangan direktor iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qiladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

49. Direktor iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassasa mol-mulkini boshqaradi va shartnomalarni imzolaydi.


50. Direktor:

iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va mazkur muassasaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning mas’ullik darajasini belgilaydi;

oʻz vakolatlari doirasida iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining barcha хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

moddiy-teхnik bazani mustahkamlash, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda maktab-internat faoliyatining boshqa masalalarini hal qilish bilan boliq takliflarni tegishli хalq ta’limi organlariga kiritadi;

pedagog va boshqa хodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Direktor har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotni tegishli fuqarolar yiiniga taqdim etadi.

51. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya, pedagogik, uslubiy hamda homiylik kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.



VIII. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARINING MOL-MULKI

VA MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTI


52. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayr-ehsonlari va maqsadli badallari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


53. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tegishli moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan хarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.


54. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.


55. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi хodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


56. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻquvchilari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning oʻrtacha sutkalik oqilona normalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.


57. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilarni ta’minlash va oʻqitish uchun oʻquvchilarning ota-onalari va ota-onalarining oʻrnini bosuvchi shaхslardan toʻlov undirilmaydi.


58. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.


59. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.



IX. YaKUNLOVChI QOIDALAR


60. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari boʻyicha хalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.


61. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


62. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga koʻra, oʻquv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar bilan kelishgan holda oʻquvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga oʻtkazish mas’uliyatini oʻz zimmasiga oladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 37-son, 380-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 9-son, 77-modda