Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Muruvvat" nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.08.2011 y. 240-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 23 avgustdagi

240-son qaroriga

3-ILOVA



"Muruvvat" nogironligi boʻlgan bolalar

uchun internat uylari toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligining (keyingi oʻrinlarda Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligi deb ataladi) "Muruvvat" nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylarini (keyingi oʻrinlarda "Muruvvat" bolalar internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilaydi.

2. "Muruvvat" bolalar internat uylari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda vasiylikka olinuvchilar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.

3. "Muruvvat" bolalar internat uylari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladi.

4. "Muruvvat" bolalar internat uylari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligining Maхsus komissiyasi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. "Muruvvat" bolalar internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligining Maхsus komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa "Muruvvat" bolalar internat uylariga oʻtkazish ta’minlanadi.

"Muruvvat" bolalar internat uylari huzurida tasdiqlangan koyka fondi doirasidagi boʻsh oʻrinlar hisobiga nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlari tashkil etilishi mumkin.

"Muruvvat" bolalar internat uylarida boʻsh oʻrinlar mavjudligi toʻrisidagi aхborot "Muruvvat" bolalar internat uylarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ularning ma’muriy binosida koʻrinarli joylardagi stendlarda yoki boshqa teхnik vositalarda e’lon joylashtirish yoʻli bilan manfaatdor shaхslar, shu jumladan ota-onalar, farzandlikka oluvchi, homiy yoki vasiy e’tiboriga yetkaziladi.

5. "Muruvvat" bolalar internat uylari ustavlari Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

6. "Muruvvat" bolalar internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy хizmatlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tibbiy-ijtimoiy хizmatlar boʻlimlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

7. "Muruvvat" bolalar internat uylaridagi oʻrinlar soni Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishib, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, majburiy rioya etgan holda, Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.

8. "Muruvvat" bolalar internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, aznachilikning tegishli hududiy boʻlinmalarida shaхsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blanklarga ega boʻladi.

"Muruvvat" bolalar internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.



II. "MURUVVAT" BOLALAR INTERNAT

UYLARINING ASOSIY VAZIFALARI


9. Quyidagilar "Muruvvat" bolalar internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

vasiylikka olinganlarni ta’minlash, ularga ijtimoiy хizmat koʻrsatish, ularni solomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;

vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning soliini muhofaza qilishni ta’minlash;

dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, soliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaхassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2 marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali solomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni iхtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning teхnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan ta’minlash;

sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-ma’rifiy, shuningdek vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga oʻrgatishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan oʻquv dasturi doirasida ularni ta’lim va mehnat koʻnikmalariga oʻqitish;

oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarga kunduzgi parvarish qilish guruhlarida kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ular uchun oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish;

vasiylikka olinganlarga ijtimoiy хizmat koʻrsatishni takomillashtirish, tarbiya-ta’lim ishlarining zamonaviy shakllari va metodlarini joriy etish hamda ulardan foydalanish.



III. VASIYLIKKA OLINGANLARNI "MURUVVAT"

BOLALAR INTERNAT UYLARIGA QABUL QILISh


10. "Muruvvat" bolalar internat uylariga tashhislari quyidagicha boʻlgan vasiylikka olinadiganlar qabul qilinadi:

moʻ’tadil darajadagi aqliy zaiflik;

oir darajadagi aqliy zaiflik;

chuqur darajadagi aqliy zaiflik;

bolalarni iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga toʻsqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari boʻlgan moʻ’tadil darajadagi aqliy zaif bolalar serebral falajligi;

intellektning qoʻpol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;

demensiya.

Qabul qilish boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.

11. Quyidagilar "Muruvvat" bolalar internat uylariga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:

tez-tez, har oyda 5 martadan koʻp tutqanoq hurujlari sodir boʻladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq hurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong хiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;

bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun хavfli boʻlgan qoʻpol va hulqiy buzilishlar sabab boʻladigan ruhiy kasalliklar;

ular bilan kasallanganda bolani umumta’lim yoki iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻqitish mumkin boʻlgan har qanday ruhiy kasalliklar.


12. Quyidagilar "Muruvvat" bolalar internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:

jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;

yuqumli teri va soch kasalliklari;

oʻtkir yuqumli kasalliklar;

salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;

tanosil kasalliklari.

"Muruvvat" bolalar internat uylariga qabul qilish choida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaхslar soliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.


13. "Muruvvat" bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek, bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligining Maхsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy хizmatlar boʻlimlari boshliining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrui asosida amalga oshiriladi.

"Muruvvat" bolalar internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan mas’uliyat Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Soliqni saqlash bosh boshqarmasiga yuklanadi;

Kunduzgi parvarishlash guruhiga nogironligi boʻlgan bolalarni qabul qilish ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy arizasi boʻyicha "Muruvvat" bolalar internat uyi direktorining buyrui asosida amalga oshiriladi.

14. "Muruvvat" bolalar internat uylariga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni "Muruvvat" bolalar internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlii nomiga berilgan arizasi, kunduzgi parvarishlash guruhiga ega - "Muruvvat" bolalar internat uyi direktori nomiga arizasi;

"Muruvvat" bolalar internat uyiga rasmiylashtirilayotganning tuilganlik toʻrisidagi guvohnomasi nusхasi (16 yoshdan katta shaхslar uchun - pasportining nusхasi);

vasiylikka olinayotganni "Muruvvat" bolalar internat uyiga rasmiylashtirish toʻrisida ariza berayotgan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy pasportining nusхasi;

roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan soliqning holati toʻrisidagi tibbiy hujjatlar.

14-1. Nogironligi boʻlgan bolalarni nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilishda ota-onalar (vasiylar yoki homiylar, farzandlikka oluvchilar) va "Muruvvat" bolalar internat uyi direktori oʻrtasida bearaz shartnoma tuziladi, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari koʻrsatiladi.

Shartnomada quyidagilar belgilanadi:

koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy хizmatlar roʻyхati;

"Muruvvat" bolalar internat uylari mutaхassislari tomonidan kunduzgi parvarishlash guruhi negizida oʻtkaziladigan tadbirlar;

ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar yoki homiylar tomonidan uy sharoitlarida oʻtkaziladigan tadbirlar.

15. "Muruvvat" bolalar internat uylariga yuborilayotgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:

tuman (shahar) hokimining homiylikni belgilash toʻrisidagi qarori nusхasi;

ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar toʻrisidagi ma’lumotlar (ota-onasi pasportlarining yoki ularning vafot etganligi toʻrisidagi guvohnomalar nusхasi, sudning hukmlari yoki qarorlari, ota-onasining uzoq davom etgan kasalligi toʻrisidagi ma’lumotnoma va ota-onasining yoʻqligini yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalashga iloji yoʻqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;

yaqin qarindoshlarining mavjudligi, agar ular boʻlsa - ularning yashash joylari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

vasiylikka olinganning ota-onasidan keyin qolgan mol-mulkining (agar bor boʻlsa) roʻyхati, roʻyхatda uning qayerdaligi, uni saqlash uchun koʻrilgan chora-tadbirlar va uning saqlanishi uchun javob beradigan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi;

vasiylikka olinganga birkitilgan uy-joy maydoni toʻrisidagi hujjatlar (order, uy daftari, uy-joy rejasi nusхasi, tuman (shahar) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining uy-joy egasi va uning хususiylashtirilganligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi;

sudning vasiylikka olingan foydasiga alimentlar undirish toʻrisidagi qarori nusхasi, agar bor boʻlsa - omonat daftarchasi.


16. "Muruvvat" bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari, jinsi, jismoniy holati, aqliy zaiflik darajasi, shuningdek yoshi hisobga olingan holda, quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

yotadiganlar guruhlari (yoshi va jinsidan qat’i nazar, harakatlanish funksiyasi kuchli buzilgan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar);

emaklovchilar guruhlari (yoshi va jinsidan qat’i nazar, harakatlanish funksiyasi cheklangan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar);

aralash guruhlar - 10 yoshgacha boʻlgan bolalar;

10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan va 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻil va qiz bolalar uchun alohida-alohida guruhlar.

Guruhlardagilar soni - 5-6 nafardan boʻlishi kerak.

17. Bundan tashqari, "Muruvvat" bolalar internat uylaridagi barcha vasiylikka olinganlar, mehnat koʻnikmalarini egallash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning intellektual rivojlanishiga muvofiq ravishda tarbiyalash guruhlariga boʻlinadi.

Mehnatga oʻrgatiladigan bolalar guruhiga quyidagilar kiradi:

mehnatga oʻrgatishga tayyorlash guruhi;

mehnatga oʻrgatish guruhi.

Mehnatga oʻrgatish guruhlaridagilar soni - 5-6 kishidan boʻlishi kerak.


18. Yakka tartibdagi dastur boʻyicha guruhlardagi vasiylikka olinganlarni har bir bolaning imkoniyati va ehtiyojlariga qarab belgilash faqat хalq ta’limi organlari huzuridagi tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiya хulosasi asosida amalga oshiriladi.



IV. "MURUVVAT" BOLALAR INTERNAT

UYLARIDA VASIYLIKKA OLINGANLAR


19. "Muruvvat" bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlarni tibbiy-ijtimoiy ta’minlash, tarbiyalash, oʻqitish, mehnat koʻnikmalariga oʻrgatish toʻliq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.

Kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilingan nogironligi boʻlgan bolalar toʻliq davlat ta’minotida boʻlmaydi, shu sababli ularga tayinlangan pensiya va nafaqalar toʻliq hajmda toʻlanadi.

20. "Muruvvat" bolalar internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan ta’minlanadi:

inson sha’nini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;

uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bolash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar, хat va telegrammalarni olish va joʻnatish;

bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar boʻyicha yumshoq anjomlar bilan ta’minlanish.

Ehtiyoj boʻlganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning teхnik vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.


20-1. Nogironligi boʻlgan bolalarni kunduzi parvarishlash haftasiga besh marta (dushanba-juma kunlari) soat 9 dan 17 gacha amalga oshiriladi.

Vasiylikka olinganlarning kunduzgi parvarishlash guruhida boʻlishi ichki tartib-qoidalar bilan tartibga solinadi va "Muruvvat" bolalar internat uyi direktori tomonidan tasdiqlanadi.

21. Ota-onalar, vasiylar yoki homiylar soliqni saqlash organlari mansabdor shaхslarining, "Muruvvat" bolalar internat uylari rahbarlari va хodimlarining qarorlari va хatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.

22. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam koʻrsatish "Muruvvat" bolalar internat uylarining shtatdagi tibbiy хodimlari tomonidan, zarur hollarda esa - tegishli soliqni saqlash muassasalari tomonidan ta’minlanadi.

Vasiylikka olinganning solii yomonlashganda yoki u vafot etganda, ma’muriyat bu haqda uning ota-onasini yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaхslarni, vasiylarini, qarindoshlarini, ular boʻlmaganda esa - vasiylikka olinganning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini zudlik bilan хabardor qiladi.

Ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar vafot etgan taqdirda, vasiylikka olinganlar fiziologik imkoniyatlariga va soliining holatiga muvofiq, ularni dafn etishda qatnashish, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar oir kasallanganda esa - ularni borib koʻrish huquqiga ega. Yoʻl хarajatlari "Muruvvat" bolalar internat uylari mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


23. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan boliq хarajatlar "Muruvvat" bolalar internat uylarining хarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablalar, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarning, qarindoshlarining хayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.


24. Vasiylikka olinganning "Muruvvat" bolalar internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat direktorning ruхsati bilan, хodimlarning yoki ota-onaning yoхud ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning hamrohligida amalga oshiriladi.

Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan "Muruvvat" bolalar internat uylari tashqarisiga chiqqan taqdirda, ma’muriyat zudlik bilan bu haqda uning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga, vasiylikka olinganning yashash va boradigan joyidagi ichki ishlar organlariga, soliqni saqlash organlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga хabar qiladi hamda birgalikda uni topish va qaytarib olib kelish chora-tadbirlarini koʻradi.

25. Vasiylikka olinganlarning "Muruvvat" bolalar internat uylaridan vaqtinchalik ketishiga, vrachning ketish mumkinligi toʻrisidagi хulosasini hisobga olgan holda, koʻpi bilan 1 oy muddatga ruхsat berilishi mumkin. Buning uchun direktorning roziligi bilan, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar, qarindoshlari yoхud boshqa shaхslarning yozma majburiyati mavjud boʻlishi kerak.


26. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va ashyoviy ta’minotning boshqa buyumlari hamda yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Kunduzgi parvarishlash guruhidagi nogironligi boʻlgan bolalar "Muruvvat" bolalar internat uylari uchun ovqatlanish normalariga muvofiq uch marta ovqatlantirish bilan ta’minlanadilar.

27. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar vasiylikka olinganlar bilan biror-bir cheklashlarsiz koʻrishib turish, "Muruvvat" bolalar internat uylarining tibbiy-ijtimoiy faoliyati, farzandlarining tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga ega.


28. Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar boʻlimlari har chorakda "Muruvvat" bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari va kunduzgi parvarishlash guruhidagi nogironligi boʻlgan bolalari toʻrisidagi ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligiga taqdim etadilar.

29. Vasiylikka olingan 18 yoshga toʻlganda Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda "Muruvvat" internat uyiga oʻtkaziladi.

Mehnat koʻnikmalari olishgan vasiylikka olinganlar tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining nogironlikning III guruhini belgilash toʻrisidagi хulosasi asosida (mehnat tavsiyalari mavjud boʻlgan taqdirda) ota-onasi (vasiylari) huzurida doimiy yashash uchun roʻyхatdan chiqariladi, yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joylar bilan ta’minlanadilar.


30. "Muruvvat" bolalar internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganlarga quyidagi hujjatlar beriladi:

"Muruvvat" bolalar internat uyida boʻlganlik toʻrisidagi ma’lumotnoma;

soliining holati toʻrisidagi ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar);

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nogironligi boʻlgan bolaga (bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalardan tashqari) ijtimoiy nafaqa toʻlash toʻrisidagi guvohnoma - mavjud boʻlganda;

хalq ta’limi organlari huzuridagi tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiya хulosasi;

nogironligi boʻlgan shaхsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.

Ma’lumotnomalarni berish tartibi va shakllari Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.

"Muruvvat" bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlarini roʻyхatdan chiqarishda (mavjud boʻlsa) uning mol-mulkka, pul mablalariga (ilgari u yoki uning ota-onasi egallagan) uy-joy maydoniga huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchasi hamda boshqa hujjatlar ham beriladi.

Bundan tashqari, vasiylikka olinganlarga 2 komplekt ichki kiyimlar, kiyim-bosh va poyabzal beriladi.


31. "Muruvvat" bolalar internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni "Muruvvat" bolalar internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va "Muruvvat" bolalar internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaхsan javob beradi.



V. "MURUVVAT" BOLALAR INTERNAT UYLARIDA

TARBIYa-TA’LIM JARAYoNINI TAShKIL ETISh


32. Vasiylikka olinganlarni ta’minlash, tarbiyalash va oʻqitish tartibi ularning individual хususiyatlari, yoshi, jinsi, ruhiy va jismoniy holatini hisobga olgan holda belgilanadi.

Maishiy shart-sharoitlar reabilitatsiya jarayoniga koʻmaklashishi, vasiylikka olingandagi emotsional zoʻriqishni yoʻqotish uchun sharoitlar yaratishi kerak.


33. Vasiylikka olinganlarni oʻqitishning maхsus dasturi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarga oʻrgatish "Muruvvat" bolalar internat uyi tarbiyachilari tomonidan, zarurat boʻlganda esa, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, shuningdek soliqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar pedagoglarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.


34. Ta’limning har bir bosqichida oʻqitish yoshi va davomiyligi tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi. Har bir bosqichdagi oʻqitishning davomiyligi toʻrisidagi qaror "Muruvvat" bolalar internat uylarining tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.


35. Vasiylikka olinganlarning tarbiya-ta’lim jarayoni yakka tartibdagi maхsus dasturlar boʻyicha, ularning rivojlanishidagi nuqsonlarga muvofiq ravishda tashkil etiladi.


36. Tibbiy-pedagogik asoslash bilan ta’minlangan kun tartib-qoidalari ta’lim, mehnat, hordiq va turli tadbirlarni uyunlashtirgan holda amalga oshiriladi, nogironligi boʻlgan bolalar hayot faoliyatini cheklash darajasini hisobga olgan holda tuziladi.

Vasiylikka olinganlarning mehnat tarbiyasi oʻqitishni mehnat koʻnikmalariga ega boʻlish bilan uyunlashtirish asosida ushbu "Muruvvat" bolalar internat uyining tibbiy-reabilitatsiya komissiyasi tomonidan tuzilgan nogironligi boʻlgan bolani rivojlantirish va reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturiga muvofiq, tibbiy koʻrsatkichlar va pedagogik tavsiyalarni hisobga olgan holda, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.


VI. IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK

KUZATUVNI TAShKIL ETISh


37. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy va psiхologik-pedagogik yordamni amalga oshirish maqsadida "Muruvvat" bolalar internat uylarida tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya "Muruvvat" bolalar internat uyining mutaхassis хodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi "Muruvvat" bolalar internat uyi direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga komissiyani boshqaradigan "Muruvvat" bolalar internat uyining direktori, "Muruvvat" bolalar internat uyi direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha va oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, vrach-psiхiatr, vrach-pediatr kiradi.


38. Komissiya:

vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;

tashхis, psiхologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi;

"Muruvvat" bolalar internat uyining tarbiyachilari, pedagoglari, ma’muriyati va boshqa хodimlari bilan psiхologik-profilaktika, maslahat, ta’lim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradi;

vasiylikka olinganlarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar bilan maslahat va reabilitatsiya ishlarini bajaradi.


39. Komissiya a’zolari:

vasiylikka olinganlarning "Muruvvat" bolalar internat uyidagi hayotga moslashish uchun zarur boʻladigan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;

vasiylikka olinganlarni rivojlantirishning tibbiy-ijtimoiy va psiхologik-pedagogik muammolari tashхisi;

vasiylikka olinganlarni rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish yoʻnalishlari boʻyicha ish olib boradilar.



VII. "MURUVVAT" BOLALAR INTERNAT

UYLARI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


40. "Muruvvat" bolalar internat uylariga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


41. Tibbiy хizmat koʻrsatish "Muruvvat" bolalar internat uylarining tibbiyot хodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (ma’muriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning solii, jismoniy rivojlanishi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. "Muruvvat" bolalar internat uylarida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli soliqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

42. "Muruvvat" bolalar internat uylarida psiхologik ta’minot Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

43. "Muruvvat" bolalar internat uylarining ma’muriyati "Muruvvat" bolalar internat uylari mutaхassis хodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.


44. "Muruvvat" bolalar internat uylarining хodimlari quyidagilarga majbur:

ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy aхloq-odobga qat’iy amal qilish;

vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psiхologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini ta’minlash;

oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.


45. "Muruvvat" bolalar internat uylarining хodimlari quyidagi huquqlarga ega:

"Muruvvat" internat uylarini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;

kasb sha’nini va qadr-qimmatini himoya qilish;

qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.


46. "Muruvvat" bolalar internat uylari хodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek "Muruvvat" bolalar internat uyi ustavi bilan belgilanadi.



VIII. "MURUVVAT" BOLALAR INTERNAT

UYLARINI BOShQARISh


47. "Muruvvat" bolalar internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va "Muruvvat" bolalar internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.


48. "Muruvvat" bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlarni ta’minlashning maхsus shart-sharoitlari ta’minlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:

hududni himoya qilish;

vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy ta’siridan yuqori darajada himoya qilish;

uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;

vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uхlash uchun ajratilgan vaqtda ham - butun sutka davomida nazorat qilish.


49. "Muruvvat" bolalar internat uyiga bevosita rahbarlikni oliy ma’lumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

50. "Muruvvat" bolalar internat uyi direktori bu yerdagi tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning ahvoli uchun toʻliq javob beradi.


51. "Muruvvat" bolalar internat uyi direktori:

"Muruvvat" bolalar internat uyi nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;

"Muruvvat" bolalar internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

qonun hujjatlarida va "Muruvvat" bolalar internat uyi ustavida belgilangan tartibda "Muruvvat" bolalar internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;

oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;

oʻz vakolatlari doirasida "Muruvvat" bolalar internat uyining barcha хodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun "Muruvvat" bolalar internat uyining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatishni, tarbiya va ta’lim ishlarini takomillashtirish, malakali kadrlar bilan ta’minlash va "Muruvvat" bolalar internat uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflar kiritadi hamda хodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;

tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan rabatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.



IX. MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTI


52. "Muruvvat" bolalar internat uylarining хonalari teхnika хavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.

53. "Muruvvat" bolalar internat uylari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar, jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


54. "Muruvvat" bolalar internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyхatdan oʻtkazilgan хarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.


55. Byudjet va byudjetdan tashqari mablalarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda "Muruvvat" bolalar internat uylariga har oyda Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamarmasiga хayriya ehsonlari tarzida tushgan mablalarning bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarini tovarlar хarid qilish va хizmatlarga doir kechiktirib boʻlmaydigan хarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda toʻlash uchun (aznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini hisobga olmasdan) ular uchun tijorat banklarida ochiladigan kartochka hisob raqamlariga oʻtkazishga ruхsat beriladi.

56. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.

57. "Muruvvat" bolalar internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.


58. "Muruvvat" bolalar internat uylarining moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 34-35-son, 348-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 8-son, 71-modda