Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirining 28.07.2011 y. 45-son "Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 02.08.2011 y. 1927-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.08.2011 y.

N 1927-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRINING

28.07.2011 y.

N 45


BUYRUI



Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash

boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


(2011 yil 12 avgustdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 14-son, 142-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009 yil 24 fevraldagi 27-son buyrui (roʻyхat raqami 1927, 2009 yil 27 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 13-son, 151-modda) bilan tasdiqlangan "Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻrisida"gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Vazir                                                                                            R. Azimov






Buyruqqa

ILOVA



Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash

boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Rus tilidagi matnning 3 va 9-bandlaridagi "Glavnim upravleniyem" soʻzlari "Glavnim upravleniyem finansirovaniya" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Nafaqalarni tayinlash va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 yil, 14-son, 142-modda) bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi".


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 31-son, 333-modda