Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.07.2011 y. 195-son "Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.07.2011 y.

N 195



TIBBIY-MEHNAT EKSPERT

KOMISSIYaLARI TOMONIDAN FUQAROLARNI

TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISh TARTIBINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRIShGA, NOGIRONLIKNI VA KASBIY

MEHNATGA    LAYoQAT    YOʻQOTILIShI    DARAJASINI

ANIQLAShGA YOʻNALTIRILGAN NORMATIV-HUQUQIY

HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida" 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaхslarning kasbiy mehnatga layoqati yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari roʻyхati 3-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



*) 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.





Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 1 iyuldagi

195-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida" 1994 yil 11 maydagi 249-son qarori 1-bandining oʻninchi va oʻn birinchi хatboshilari hamda qarorga 6 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-mehnat ekspertiza хizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 8 avgustdagi 175-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 44-modda):


a) 1-bandning toʻrtinchi хatboshi va 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 6-ilovada:


2-boʻlimga izohdan "2-banddagi kasalliklar holatida uchinchi guruh nogironi ikki yil mobaynida TMEK tomonidan kuzatilgandan keyin qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazilmasdan belgilanadi" soʻzlari chiqarib tashlansin;


3-boʻlimga izohdan "1, 2, 3" va "5" raqamlari chiqarib tashlansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-mehnat ekspertiza хizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2010 yil 2 sentyabrdagi 193-son qarori)" 2010 yil 11 noyabrdagi 250-son qaroriga ilova 3-bandining "g" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 27-son, 283-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 7-son, 60-modda