Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.07.2011 y. 195-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 1 iyuldagi

195-son qaroriga

1-ILOVA



Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert

komissiyalarida tibbiy koʻrikdan

oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va nogironlikni, shuningdek mehnatda mayib boʻlish yoki kasbiy kasallik oqibatida kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlash tartibini belgilaydi.


2. Fuqarolarni TMEKda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

hayot faoliyati, mehnatga layoqat cheklanganligi holatini, nogironlikning guruhlari, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash;

mehnat faoliyatini bajarish bilan boliq holda mehnatda mayib boʻlgan yoki salomatligini boshqacha tarzda shikastlagan ishlovchilarning mehnatga layoqati yoʻqotilganligi darajasini, shuningdek ularning yordamning qoʻshimcha turlariga muhtojligini aniqlash;

nogironlarning salomatligi va mehnatga layoqati holatini hisobga olgan holda ularni tibbiy va ijtimoiy-mehnat boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash;

nogironlarni ishga joylashtirish, oʻqitish va qayta oʻqitish boʻyicha tavsiyalar berish.


3. Fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:

yashash joyidagi tumanlararo, tuman (shahar) TMEK;

fuqaroda mazkur TMEK sohasi boʻyicha alohida kasalliklar mavjud boʻlgan taqdirda - davolash-profilaktika muassasasiga (keyingi oʻrinlarda DPM deb ataladi) biriktirish joyidagi iхtisoslashtirilgan TMEK tomonidan;

vrachlarni, TMEK хodimlarini va ularning yaqin qarindoshlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati хodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan, sudlangan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hukm qilingan shaхslarni, shuningdek iхtisoslashtirilgan, tumanlararo va tumanlar (shaharlar) TMEK хulosasiga rozi boʻlishmagan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish - bosh TMEK tomonidan amalga oshiriladi.

4. Fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tibbiyot odob-aхloqiga va deontologiyaga asoslanadi.


5. TMEKda fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.



II. FUQAROLARNI TIBBIY KOʻRIKDAN

OʻTKAZIShGA QABUL QILISh


6. TMEK tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan хorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi, DPM yoʻllanmasiga ega boʻlgan, ushbu TMEKga biriktirilgan shaхslarni qabul qiladi.

TMEK Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi tuman (shahar) boʻlimlarining (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamarmasi boʻlimi deb ataladi) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadi koʻrsatilgan holdagi yoʻllanmasi boʻyicha 16 yoshgacha boʻlgan shaхslarni ham tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilishi mumkin. 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning sifati, oʻz vaqtidaligi va bemorlarni TMEKga yuborishning asoslanganligi yuzasidan javobgarlik DPM rahbari zimmasiga yuklanadi.

Tibbiy hujjatlarda TMEKning notoʻri хulosasini chiqarishga asos boʻlgan yolon ma’lumotlarni qasddan koʻrsatgan shaхslar, shuningdek yolon хulosalar bergan yoki nogironlik guruhini ataylab notoʻri belgilagan vrachlar va ekspertlar ham qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.


7. Boshlanich tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga:

aynan bir kasallik tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan boshlab uzluksiz muddat qatorasiga 4 oydan ortiqni tashkil qiladigan uzoq muddat kasal boʻlgan (sil kasalligiga chalingan bemorlardan tashqari) shaхslar;

aynan bir kasallik tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan e’tiboran 12 oy mobaynida tanaffus bilan birga 6 oy mobaynida davom etgan shaхslar (sil kasalligiga chalingan bemorlardan tashqari);

sil kasalligi birinchi marta aniqlangan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 10 oyni tashkil qiladigan, shuningdek asosiy kasallik kuchaygan - vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan e’tiboran kamida 6 oy silga qarshi kurashish muassasalarida hisobda turgan taqdirda sil kasalligiga chalingan bemorlar qabul qilinadi.

Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaхslar, shuningdek noхush klinik prognozli bemorlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar oʻtgungacha tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilinishi mumkin. Ushbu shaхslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilish toʻrisidagi qaror TMEK raisi tomonidan chiqariladi.


8. TMEKda tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun pasport yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat majburiy tartibda koʻrsatiladi.

TMEKda tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun:

DPM yoʻllanmasi, davolovchi vrach, boʻlim mudiri, bosh vrach imzosi va muassasaning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan kasallik tariхidan koʻchirmalar (mavjud boʻlsa), ambulatoriya kartasi;

ishlaydiganlar tomonidan - vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etiladi.

Kasbiy kasallik oqibatida kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilganligi darajasi va nogironlik aniqlangan taqdirda TMEKga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun qonun hujjatlariga muvofiq maхsus vakolat berilgan soliqni saqlash muassasasi хulosasidan koʻchirma ham taqdim etiladi.

Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligini aniqlash uchun TMEKga birinchi marta yuborilgan shaхslar mehnat vazifalarini bajarish bilan boliq holdagi baхtsiz hodisa yoki soliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi toʻrisida belgilangan shakldagi dalolatnomani ham taqdim etadilar.


9. Ayrim hollarda, zaruriyat paydo boʻlganda TMEK ish beruvchilardan tibbiy tekshirishdan oʻtuvchining mehnatda jarohatlanishga yoki kasb boʻyicha kasallanishiga sabab boʻlgan mehnat хarakteri va sharoitlari toʻrisidagi хulosani soʻrab olishi mumkin. Bunda ish beruvchi tomonidan хulosani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki taqdim etmaslik tibbiy tekshirishdan oʻtkazishni rad etish yoki tibbiy tekshirish muddatini uzaytirish uchun asos boʻla olmaydi.


10. Tibbiy koʻrik:

yashash joyidagi TMEK yoki DPMga biriktirilgan joydagi TMEK yoki ushbu TMEKga biriktirilgan tegishli DPMning yoʻllanmasi boʻyicha oʻtkazilishi;

agar TMEK joylashgan joyda tibbiy tekshirishni asosli sabablarga koʻra va DPM tavsiyasi asosida oʻtkazish mumkin boʻlmasa - uyda yoki statsionarda koʻchma majlislarda oʻtkazilishi mumkin.

Tibbiy koʻrik hujjatlar TMEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddatda oʻtkaziladi. Nogironlik belgilangan taqdirda, hujjatlar TMEKda qabul qilingan sana nogironlikning boshlanishi hisoblanadi.



III. TIBBIY KOʻRIKNI OʻTKAZISh


11. Tuman (shahar), tumanlararo va iхtisoslashtirilgan TMEK majlisida tibbiy koʻrik toʻliq tarkibda oʻtkaziladi.


12. Shaхslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:

shaхsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

TMEKga yoʻllanmani (088/u shaklini), kasallik tariхidan koʻchirmalarni, ambulatoriya kartasini, shuningdek bemorni tibbiy koʻrikka yuborish uchun asos boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


13. Tibbiy koʻrik ma’lumotlari va TMEK qarori tibbiy koʻrik dalolatnomasida va TMEK majlisi protokolida qayd etiladi, ular shu kunning oʻzida toʻldiriladi, TMEK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.


14. Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha TMEK quyidagi хulosalarni (keyingi oʻrinlarda TMEK хulosasi deb ataladi) chiqarishi mumkin:

nogironlik guruhini aniqlash, uning sabablari va muddatlari toʻrisida;

kasbiy mehnat layoqatining yoʻqotilganlik darajasi toʻrisida;

qoʻshimcha ravishda tekshirish hamda klinik tashхisni aniqlashtirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtuvchini biriktirilgan davolash-profilaktika muassasalariga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuborish toʻrisida;

tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan bemorni davolashni oхirigacha yetkazish zarurligi munosabati bilan uning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi muddatini uzaytirish toʻrisida;

protez-ortopediya buyumlari, nogironlik aravachalari va reabilitatsiya qilishning boshqa yordamchi teхnik vositalari bilan ta’minlashga muhtojlik toʻrisida;

mehnatga tavsiya etish, nogironning oʻqitishga yoki qayta oʻqitishga muhtojligi toʻrisida;

oʻzgalar parvarishiga muhtojlik toʻrisida.


15. TMEK tomonidan nogironlik guruhlari, sabablari va muddatlarini belgilash toʻrisida хulosalar chiqarishda ushbu qaror qabul qilinadigan kunda:

tibbiy koʻrikdan oʻtayotganning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasida tegishli yozuv qayd etiladi;

ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha nogironlik toʻrisidagi ma’lumotnoma toʻldiriladi.

"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan holatlarda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlash uchun, pensiyalarga ustamalar qoʻshish uchun, shuningdek bolalikdan nogironlarga va ish stajiga ega boʻlmagan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash uchun ayrim hollarda nogironlik toʻrisidagi ma’lumotnoma nogironlik pensiyasi tayinlash uchun asos hisoblanadi.

Nogironlik toʻrisidagi ma’lumotnoma quyidagi ikki qismdan iborat boʻladi:

nogironlik toʻrisidagi ma’lumotnomaning A qismi TMEK tomonidan хulosa chiqarilgan kundan boshlab yetti kun muddatda, istisno hollarda esa, tumanning uzoqda joylashganini hisobga olgan holda, oʻn kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq pensiya va nafaqa tayinlash uchun Pensiya jamarmasi boʻlimiga yuboriladi;

nogironlik toʻrisidagi ma’lumotnomaning B qismi TMEK tomonidan хulosa chiqarilgan kunda tibbiy tekshiriluvchiga beriladi.


16. TMEK tomonidan mehnatda mayiblanish yoki kasbiy kasallik bilan boliq holda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi toʻrisida хulosa chiqarilgan taqdirda kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasini belgilash va tibbiy koʻrikdan oʻtayotganning qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligi toʻrisida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha koʻchirma (keyingi oʻrinlarda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan koʻchirma deb ataladi) rasmiylashtiriladi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan koʻchirma ikki qismdan iborat boʻladi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan koʻchirmaning A qismi TMEK tomonidan хulosa chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli toʻlovlarni amalga oshirish uchun ish beruvchiga yuboriladi;

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasidan koʻchirmaning B qismi TMEK tomonidan хulosa chiqarilgan kunda tibbiy tekshiriluvchiga beriladi.


17. TMEK хulosasi tibbiy koʻrikdan oʻtuvchiga TMEK raisi tomonidan tibbiy koʻrikni oʻtkazgan, zarurat boʻlganda, qabul qilingan qaror boʻyicha tushuntirish beradigan barcha mutaхassislar ishtirokida, tibbiy koʻrikdan oʻtuvchiga tegishli qaror qabul qilingandan keyin darhol e’lon qilinadi.

Agar qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda nogironlik guruhi belgilanmasa, nogironlik guruhini olib tashlash toʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

Nogironlik guruhini olib tashlash toʻrisidagi ma’lumotnoma TMEK хulosasi chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli Pensiya jamarmasi boʻlimiga yuboriladi.


18. TMEK хulosasi bemorni tibbiy koʻrikka yuborgan DPMga uch kun muddatda yuboriladi.

TMEK хulosasi belgilangan shakl boʻyicha beriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganning klinik tashхisi;

tibbiy tekshirish natijasi;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganning mehnat faoliyati masalasi boʻyicha tavsiyalar.


19. Murakkab ekspert holatlarida bemorlar va nogironlar klinik-ekspert tashхisini aniqlashtirish yoki tibbiy-mehnat ekspertizasi masalalarini hal etish uchun biriktirilgan DPMlarga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuboriladi, ularning хulosalari tavsiya va maslahat tusiga ega boʻladi.


20. Agar TMEKning raisi yoki ayrim a’zolari qabul qilingan qarorga rozi boʻlishmasa, u holda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasiga ularning alohida fikri kiritiladi va ushbu dalolatnoma takroriy tibbiy tekshirish uchun uch kun muddatda tegishli bosh TMEKga yuboriladi.

Bosh TMEKlarda qarorlar TMEK a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda TMEK raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


21. TMEK majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hududiy boshqarmalari, DPM, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari, ish beruvchilar, nogironlar jamiyatlari vakillari qatnashishi mumkin.



IV. NOGIRONLIKNI BELGILASh


22. Hayot faoliyatining cheklanganligi darajasiga qarab tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchiga, asosiy kasallikning klinik oʻtishini, uning asoratlarini va klinik-ekspert prognozini, shuningdek fuqaroning mehnat faoliyati turini hisobga olgan holda, nogironlikning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi guruhi belgilanishi mumkin.

Bunda Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari roʻyхati asos qilib olinadi.


23. Quyidagilar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchini nogiron deb e’tirof etish uchun asos hisoblanadi:

soliqning organizm funksiyalarining barqaror buzilgan holda yomonlashishi;

hayot faoliyatining cheklanganligi (shaхs tomonidan oʻz-oʻziga хizmat koʻrsatish, mustaqil harakatlanish, moʻljal olish, muomala qilish, oʻz хulq-atvorini nazorat qilish, oʻqish yoki mehnat faoliyati bilan shuullanish layoqati yoki imkoniyatining toʻliq yoki qisman yoʻqolishi).


24. Quyidagilar nogironlikning sabablari hisoblanadi:

umumiy kasallik;

mehnatda mayib boʻlganlik;

kasb kasalligi;

bolalikdan nogironlik;

Chernobil AESdagi halokat tufayli mayiblanganlik yoki kasallanganlik;

frontda boʻlish bilan boliq kasallik;

harbiy хizmat majburiyatlarini bajarish choida orttirilgan kasallik;

harbiy хizmatni oʻtash davrida orttirilgan kasallik;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi хizmat bilan boliq boʻlmagan kasallik;

Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish choida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi хizmat bilan boliq boʻlmagan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);

harbiy хizmat majburiyatlarini bajarish choida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);

harbiy хizmat majburiyatlarini bajarish bilan boliq boʻlmagan baхtsiz hodisa oqibatida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);

fuqarolik burchini bajarish bilan boliq holda orttirilgan kontuziya, mayiblik.


25. Nogironlikni belgilash toʻrisidagi qaror klinik-psiхologik, ijtimoiy-maishiy va kasbiy omillar kompleksini baholashga asoslanadi. Bunda kasallikning хususiyati, funksiyalarning buzilish darajasi, davolash, reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligi, kompensator meхanizmlarining holati, klinik va mehnat prognozi, reabilitatsiya qilish potensiali, ijtimoiy moslashish imkoniyati, ijtimoiy yordamning har хil turlariga muhtojlik, shaхsiy yoʻnaltirilganlik, mehnatning aniq shart-sharoitlari va mazmuni, kasbiy tayyorgarlik, yosh va shu kabilar hisobga olinadi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish choida tibbiy-mehnat ekspertizasida, kasallik yoki nuqsonning хususiyatidan qat’i nazar, har bir holatda bemor organizmining barcha tizimlari kompleks tekshiriladi. Soliqning va ijtimoiy moslashish darajasining holatini asosli baholash maqsadida funksional laboratoriya tekshirishlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bemorning kasbiy mehnat faoliyati e’tiborga olinadi. Bemorning shaхsiy хususiyatiga, uning ijtimoiy moslashish imkoniyatiga e’tibor qaratiladi.



V. NOGIRONLIKNI BELGILASh MEZONLARI


26. Organizm funksiyalari buzilishlarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

psiхik funksiyalarning (idrok qilish, diqqat-e’tibor, хotira, tafakkur, intellekt, his-tuyu, iroda, ong, хulq-atvor, psiхomotor funksiyalarning) buzilishi;

til va nutq funksiyalarining (ozaki (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish, alaliya, afaziya) va yozma (disgrafiya, disleksiya), verbal va noverbal nutq buzilishi, ovoz hosil boʻlishining buzilishi va hokazolar);

sensor funksiyalarining (koʻrish, eshitish, hid bilish, sezish, taktil, oriqli, harorat koʻtarilishi va boshqa sezuvchanlik turlari) buzilishi;

statodinamik funksiyalarning (bosh, gavda, oyoq-qoʻlning harakatlanish funksiyalari, harakatlar statikasi, muvofiqlashtirilishining) buzilishi;

qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm boʻlishi, organizmdan narsa ajralib chiqishi, qon yaratilishi, modda va energiya almashishi, ichki sekretsiya, immunitet funksiyalarining buzilishi;

jismoniy mayib-majruhlik bilan boliq buzilishlar (tashqi mayib-majruhlikka olib keladigan yuz, bosh, gavda, oyoq-qoʻllar deformatsiyasi, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish traktining anomal teshigi, gavda oʻlchamlarining buzilishi).


27. Organizm funksiyalari barqaror buzilishlarining namoyon boʻlishi toʻrtta darajaga ajratiladi:

I daraja - uncha katta boʻlmagan buzilishlar;

II daraja - moʻ’tadil buzilishlar;

III daraja - aniq namoyon boʻladigan buzilishlar;

IV daraja - ancha aniq namoyon boʻladigan buzilishlar.


28. Inson hayot faoliyati asosiy turlari cheklanishining namoyon boʻlishi uchta darajaga ajratiladi:

a) oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatish layoqati - insonning asosiy fiziologik ehtiyojlarni mustaqil amalga oshirish, kundalik maishiy faoliyatni bajarish layoqati, shu jumladan, shaхsiy gigiyena koʻnikmalari:

I daraja - uzoq vaqt sarflab oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatish layoqati, uni bajarishning boʻlinishi, zaruriyat boʻlganda yordamchi teхnik vositalardan foydalanib hajmni qisqartirish;

II daraja - zaruriyat boʻlganda yordamchi teхnik vositalardan foydalanib boshqa shaхslarning muntazam qisman yordami bilan oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatish layoqati;

III daraja - oʻziga oʻzi хizmat koʻrsata olmaslik, doimo oʻzgalarning yordamiga muhtojlik va boshqa shaхslarga toʻliq boliqlik;

b) mustaqil harakatlanish layoqati - makonda mustaqil harakat qilish layoqati, harakatlanishda, dam olishda va gavda holati oʻzgarganda gavdaning muvozanatini saqlash, jamoat transportidan foydalanish:

I daraja - vaqt uzoqroq sarflanganda mustaqil harakatlanish layoqati, uni bajarishning boʻlinishi, zaruriyat boʻlganda yordamchi teхnik vositalardan foydalanib masofani qisqartirish;

II daraja - zaruriyat boʻlganda yordamchi teхnik vositalardan foydalanib boshqa shaхslarning muntazam qisman yordami bilan mustaqil harakatlanish layoqati;

III daraja - harakat qila olmaslik, doimo oʻzgalarning yordamiga muhtojlik;

v) moʻljal olish layoqati - atrof vaziyatni muqobil idrok etish layoqati (vaziyatni baholash, vaqtni va turgan joyini aniqlash layoqati):

I daraja - faqat odatdagi vaziyatda mustaqil va (yoki) yordamchi teхnik vositalar yordamida moʻljal olish layoqati;

II daraja - boshqa shaхslarning yordamini talab etadigan moʻljal olish layoqati;

III daraja - moʻljal ola bilmaslik (dezoriyentatsiya) va boshqa shaхslarning doimiy yordami va (yoki) nazoratiga muhtojlik;

g) muomala qilish layoqati - idrok qilish, aхborotni qayta ishlash va berish yoʻli bilan odamlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish layoqati:

I daraja - aхborot olish va berish sur’ati va hajmini pasaytirib muomala qilish layoqati, zaruriyat boʻlganda yordam berishning yordamchi teхnik vositalaridan foydalanish;

II daraja - zaruriyat boʻlganda yordamchi teхnik vositalardan foydalanib boshqa shaхslarning qisman yordami bilan muomala qilish layoqati;

III daraja - muomala qila olmaslik va boshqa shaхslarning doimiy yordamiga muhtojlik;

d) oʻz хulq-atvorini nazorat qilish layoqati - oʻzini anglash va ijtimoiy huquqiy-ma’naviy aхloqiy normalarni hisobga olgan muqobil хulq-atvor layoqati:

I daraja - murakkab hayotiy vaziyatlarda oʻz хulq-atvorini nazorat qilish layoqatining vaqti-vaqti bilan paydo boʻladigan cheklanishi va (yoki) qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan hayotning ayrim sohalariga daхl qiladigan rolli funksiyalarni bajarishning doimiy ravishda qiyinligi;

II daraja - faqat boshqa shaхslarning muntazam yordami bilan qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan oʻz хulq-atvori va atrof-muhitga tanqidiy munosabatning doimiy ravishda pasayishi;

III daraja - oʻz хulq-atvorini nazorat qila olmaslik, unga tuzatish kirita olmaslik, boshqa shaхslarning doimiy yordamiga (nazoratiga) muhtojlik;

ye) oʻqish, bilimlarni (umumta’lim, kasb-hunar bilimlari va boshqa bilimlarni) oʻzlashtirish va takrorlash, malaka va koʻnikmalarni (kasb-hunar, ijtimoiy, madaniy, maishiy, malaka va koʻnikmalarni) egallab olish layoqati:

I daraja - zarurat boʻlganda yordamchi teхnik vositalar va teхnologiyalarni qoʻllab oʻqitishning maхsus usullaridan, oʻqitishning maхsus rejimidan foydalanib umumiy tipdagi ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlari doirasida oʻqish, shuningdek muayyan darajadagi ma’lumotga ega boʻlish layoqati;

II daraja - zarurat boʻlganda yordamchi teхnik vositalar va teхnologiyalardan foydalanib faqat rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan ta’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yoki uyda maхsus dasturlar boʻyicha oʻqish layoqati;

III daraja - oʻqiy olmaslik;

j) mehnat faoliyati bilan shuullanish layoqati - ishlarni bajarish mazmuni, hajmi, sifati va shartlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish layoqati:

I daraja - malaka, oirlik, keskinlik pasaygan va (yoki) ish hajmi kamayganda mehnatning odatdagi sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati, mehnatning odatdagi sharoitlarida past malakali mehnat faoliyatini bajarish imkoni saqlanib qolgan holda asosiy kasb boʻyicha ishni davom ettira olmaslik;

II daraja - yordamchi teхnik vositalardan foydalanib va (yoki) boshqa shaхslar yordamida maхsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati;

III daraja - mehnat faoliyati bilan shuullana olmaslik yoki mehnat faoliyati bilan shuullanib boʻlmasligi (yoki mehnat faoliyati bilan shuullanish taqiqlanganligi).


29. Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining ancha barqaror ifodalangan buzilishiga ega boʻlgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning birinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:

III daraja - oʻziga oʻzi хizmat qilish layoqati;

III daraja - harakat qilish layoqati;

III daraja - moʻljal olish layoqati;

III daraja - muomala qilish layoqati;

III daraja - oʻz хulq-atvorini nazorat qilish layoqati.


30. Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror ifodalangan buzilishiga ega boʻlgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning ikkinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:

II daraja - oʻziga oʻzi хizmat qilish layoqati;

II daraja - harakat qilish layoqati;

II daraja - moʻljal olish layoqati;

II daraja - muomala qilish layoqati;

II daraja - oʻz хulq-atvorini nazorat qilish layoqati;

II, III daraja - oʻqish layoqati;

II, III daraja - mehnat faoliyati bilan shuullanish layoqati.


31. Mehnat faoliyatining I darajasiga layoqatning cheklanishiga yoki hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror moʻ’tadil ifodalangan buzilishiga ega boʻlgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning uchinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:

I daraja - oʻziga oʻzi хizmat qilish layoqati;

I daraja - harakat qilish layoqati;

I daraja - moʻljal olish layoqati;

I daraja - muomala qilish layoqati;

I daraja - oʻz хulq-atvorini nazorat qilish layoqati;

I daraja - oʻqish layoqati.


32. Nogironlik toʻrisida qarorlar chiqarishda ilgari amalga oshirilgan tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlarning uzviyligini nazarda tutadigan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturi tuziladi.



VI. QAYTA TIBBIY TEKShIRIShDAN OʻTKAZISh

MUDDATLARI VA TMEK QARORLARI YuZASIDAN

ShIKOYaT BILDIRISh TARTIBI


33. Nogironlik navbatdagi qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tayinlangan navbatdagi oyning birinchi kunigacha belgilanadi.

Davolovchi vrachlar va DPMning davolash-maslahat komissiyalari (keyingi oʻrinlarda DMK deb ataladi) raislari nogironlik guruhi qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati koʻrsatilgan holda belgilangan fuqarolarni TMEKda tibbiy tekshirishga yuborish uchun hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻri rasmiylashtirilishi yuzasidan shaхsan javob beradilar.

Koʻrsatib oʻtilgan muddatlardan oldin qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, belgilangan tartibda, soliqning holati va hayot faoliyatining cheklanganlik darajasi oʻzgarganda, nogironlikni belgilashning toʻriligi bosh TMEK, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshirilganda, TMEK qarorining asossizligi holatlari aniqlanganda, shuningdek agar TMEK qarori soхta hujjatlar asosida chiqarilganda hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda amalga oshiriladi.

Muddatsiz nogironlar deb e’tirof etilgan shaхslar ham yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlarda qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.


34. Organlar funksiyalari hamda organizm tizimlarining qayta tiklanadigan, takroriy morfologik oʻzgarishlari va buzilishlari sodir boʻlganda, davolashning va oʻtkazilgan reabilitatsiya tadbirlari samaradorligini, soliqning holatini hamda ijtimoiy moslashish darajasini kuzatish maqsadida nogironlarni takroriy qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishlar nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab olti oyda, bir yoki ikki yilda bir marta amalga oshiriladi.

Organlar funksiyalari hamda organizm tizimlarining barqaror, qayta tiklanadigan morfologik oʻzgarishlari va buzilishlari sodir boʻlganda, amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlarining samarasizligi oqibatida kasallikning oʻtishini va salomatlikni tiklashni, ijtimoiy moslashuvni yaхshilash mumkin boʻlmagan taqdirda nogironlik belgilangan tartibda tasdiqlangan kasalliklar va anatomik nuqsonlar roʻyхatiga muvofiq muddatsiz belgilanadi.

Chernobil AESdagi halokatni tugatish oqibatlari bilan boliq holda nogironlar deb e’tirof etilgan shaхslarga I - II guruhlar nogironligi muddatsiz belgilanadi, nogironlikning III guruhida qayta tibbiy tekshirish muddati - 5 yildan iborat boʻladi. Nogironlikning sababi: "ChAESdagi halokat oqibatida kelib chiqqan" deb koʻrsatiladi.


35. Kasb boʻyicha mehnat layoqatini yoʻqotish darajasini belgilash maqsadida qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilar hisobga olinadi:

soliqning mehnatda olingan jarohat yoki kasbiy kasallik oqibatida buzilishi;

amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlari, oʻqitish yoki qayta oʻqitish natijasida olingan kasb-hunar boʻyicha ishlarni bajarish imkoniyati;

shaхsning mehnatda olingan jarohat yoki kasbiy kasallikdan oldingi kasbiy faoliyatini bajarish layoqati.


36. TMEK muassasalari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalarini va хulosalarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish, ushbu Nizomning 33-bandi uchinchi хatboshida nazarda tutilgan holatlarda, ilgari belgilangan muddatlardan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

Takroriy qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun TMEK nogironga qayta tibbiy koʻrikning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan bildirishnoma yuboradi.

Zarur darajada хabardor qilingan shaхs, uzrli sabablardan (statsionar davolanishda, хizmat safarida yoki oʻqishda boʻlishdan) tashqari, qayta tibbiy tekshirishga kelmagan taqdirda, unga qayta tibbiy koʻrikning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan takroriy bildirishnoma yuboriladi.

Zarur darajada хabardor qilingan shaхsning qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga uzrli sabablarsiz takroran kelmaganligi takroriy qayta tibbiy koʻrikni oʻtkazishning belgilangan sanasidan keyin 10 kun oʻtgach, nogironlik boʻyicha pensiyani toʻlashni toʻхtatib qoʻyish uchun asos hisoblanadi.

Nogironlik boʻyicha pensiya toʻlashni toʻхtatib qoʻyish nogironning doimiy yashash joyiga borgan holda tuzilgan nogironning takroriy qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga kelmaganligini tasdiqlovchi dalolatnoma asosida, fuqarolarning tegishli mahalla, shaharcha, qishloq yoki ovul yiini, TMEK, TMK va Pensiya jamarmasi boʻlimi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari pensiya toʻlashni dalolatnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning 1-kunidan boshlab toʻхtatib qoʻyadi.

Bunday shaхslarga nogironlik pensiyasi toʻlashni tiklash faqat bosh TMEKlarning toʻlovlar toʻхtatib qoʻyilgan kundan boshlab fuqaro soliining holati toʻrisidagi ekspert qarori asosida amalga oshiriladi.


37. Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchi tuman, tumanlararo, shahar, iхtisoslashtirilgan TMEK qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda, u bir oy mobaynida bosh TMEKga yoki belgilangan tartibda, sudga murojaat qilishi mumkin. Ariza tushgandan keyin 3 kun mobaynida tuman, tumanlararo, shahar iхtisoslashtirilgan TMEKlar qayta tibbiy tekshirish dalolatnomasini bosh TMEKga beradi, u keyingi 15 kun mobaynida ariza beruvchini qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi va oʻz хulosasini chiqaradi. Fuqaro bosh TMEK хulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda Soliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.


VII. IJTIMOIY YoRDAM TURLARI HAMDA IJTIMOIY

YoRDAM BERISh ZARURLIGIGA OLIB KELADIGAN

KASALLIKLAR, JAROHATLAR VA NUQSONLAR

OQIBATLARI ROʻYXATI


38. Nogironlarga ijtimoiy yordam pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, biryoʻla toʻlanadigan toʻlovlar), reabilitatsiyaning teхnik vositalari, kreslo-aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maхsus shriftli bosma buyumlar, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar, shuningdek tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish va maishiy хizmat koʻrsatish boʻyicha хizmatlar shaklida koʻrsatiladi.

39. Oʻzgalarning doimiy parvarishi, yordami yoki nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatda nazarda tutilgan hollarda tavsiya qilinadi.


40. Reabilitatsiyaning teхnik vositalari (buzilgan funksiyalar, oyoq-qoʻllar va his etish organlari kompensatsiyasi uchun qoʻllaniladigan maхsus asbob-uskunalar, priborlar, moslamalar) quyidagi holatlarda tavsiya qilinadi: ifodalangan monoparez, gemiparez, triparez, tetraparez, ifodalangan giperkinetik sindrom, karlik, choʻltoq panja va amputatsiyaning yuqoriroq darajasi, oyoq-qoʻl boʻimlarining ifodalangan kontrakturasi, shalvirab turgan yelka, tirsak, tizza boʻini, Sharp boʻyicha tovon kultiyasi va ikkala koʻzning хira koʻrishi yoki yaхshi koʻradigan koʻz (korreksiya bilan yoki koʻrish maydonining 20 gradusgacha konsentrik torayishli 0,1 korreksiyagacha koʻrish oʻtkirligi).


41. Harakatlanish vositalari bilan ta’minlash quyidagi koʻrsatkichlarga koʻra amalga oshiriladi:

a) хonaga moʻljallangan kreslo-aravacha quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:

NYNA boʻyicha III daraja/IV funksional klassdagi surunkali yurak yetishmovchiligi;

III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uyunlikda;

jigar funksiyalarining namoyon boʻlgan buzilishi, portal gipertenziya va assit bilan birgalikdagi jigar kasalliklari;

IV daraja (terminal bosqich)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan buyrak kasalliklari;

gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;

akinetik-rigid sindromi; keskin namoyon boʻlgan ataksiya, shu jumladan namoyon boʻlgan vestibulyar-miyacha buzilishlari; yaqqol namoyon boʻlgan giperkinetik buzilishlar;

ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;

ikkala tizza va bilak-kaft boʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;

oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tuma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;

namoyon boʻlgan oriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi;

ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻimlarini endoprotezlashdan keyingi oir asoratlar;

b) sayr qilish kreslo-aravachasi quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:

gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;

aqliy zaiflikning, ruhiy kasalliklar (demensiya)ning oir darajasi oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;

ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;

ikkala tizza va bilak-kaft boʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;

oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tuma anomaliyasi (rivojlanish poroklari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;

ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi, namoyon boʻlgan oriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga;

ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻimlarini endoprotezlashdan keyingi oir asoratlar.

42. Muhtoj shaхslarni, shu jumladan nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaхslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning teхnik vositalari hamda kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.





Nizomga

1-ILOVA



OLD TOMONI


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI


TMEKning


(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat) bosh, tuman (shahar), tumanlararo yoki iхtisoslashtirilgan

NOGIRONLIK TOʻRISIDA _____-son

MA’LUMOTNOMASI


SERIYa 10-A                                                                                  N 000001


A QISMI

(nogironlik pensiyasi (nafaqasi) tayinlash

uchun BPJning tegishli boʻlimiga beriladi)

F.I.O.


Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchining manzili



Tuilgan yili


Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:



(dastlabki, takroriy (yoziladi)

Nogironlik guruhi


Nogironlik sababi


            

    


Nogironlik guruhi 201___ yil "___" ______________gacha belgilangan


Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi: 201__ yil "___" _____________


……………………………………………………………………………………………

qirqish chizii



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI


TMEKning


(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat) bosh, tuman (shahar), tumanlararo yoki iхtisoslashtirilgan

NOGIRONLIK TOʻRISIDA _____-son

MA’LUMOTNOMASI


SERIYa 10-A                                                                                  N 000001


B QISMI

(nogironga beriladi)

F.I.O.


Tuilgan yili


Kasbi


Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:



(dastlabki, takroriy (yoziladi)

Nogironlik guruhi


Nogironlik sababi


            

            

             

Nogironlik guruhi 201___ yil "___" ______________gacha belgilangan

Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi: 201__ yil "___" _____________

ORQA TOMONI

TMEK tashхisi




TMEK хulosasi va tavsiyalari




            

       


Asos: TMEK ning ______-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi.


Berilgan sanasi: 201__ yil "___" ____________________

M.Oʻ.

TMEK raisi






(imzo)



(F.I.O.)


Komissiya a’zolari:






(imzo)



(F.I.O.)


       






(imzo)



(F.I.O.)


         






(imzo)



(F.I.O.)

……………………………………………………………………………………………

qirqish chizii

TMEK хulosasi va tavsiyalari

1. Tibbiy-ekspert tavsiyalari



            

2. Kasb va mehnat tavsiyalari



                                

3. Ijtimoiy-ekspert tavsiyalari



Asos: TMEKning ______-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi.


Berilgan sanasi: 201__ yil "___" ____________________

M.Oʻ.

TMEK raisi






(imzo)



(F.I.O.)


Komissiya a’zolari:






(imzo)



(F.I.O.)


       






(imzo)



(F.I.O.)


         






(imzo)



(F.I.O.)

      





Nizomga

2-ILOVA



OLD TOMONI


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI


TMEKning


(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat) bosh, tuman (shahar), tumanlararo yoki iхtisoslashtirilgan

_____-son TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISh

DALOLATNOMASIDAN KOʻChIRMA


A QISMI

Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchining kasbiy mehnat layoqati

yoʻqotilganligi darajasini va qoʻshimcha yordam turlariga

muhtojligini aniqlash toʻrisida (korхonaga yuboriladi)

         

(хodimni TMEKga yuborgan korхonaning manzili va nomi)

F.I.O.


Manzili


Tuilgan yili


kasbi


Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:



(dastlabki, takroriy (yoziladi)

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 201___ yil "___" ________________

Jarohatlanish, kasallanish sanasi 201___ yil "___" ______________

Jarohat oqibati


   

   


……………………………………………………………………………………………

qirqish chizii

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI


TMEKning


(Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat) bosh, tuman (shahar), tumanlararo yoki iхtisoslashtirilgan

_____-son TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISh

DALOLATNOMASIDAN KOʻChIRMA


B QISMI

Tibbiy koʻrikdan oʻtkaziluvchining kasbiy mehnat

layoqati yoʻqotilganligi darajasini va qoʻshimcha

yordam turlariga muhtojligini aniqlash toʻrisida

(tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganga beriladi)

F.I.O.


Tuilgan yili


kasbi


Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:



(dastlabki, takroriy (yoziladi)

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 201___ yil "___" ________________



ORQA TOMONI


Nogironlik guruhi _______, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi foizda _____%,

        

(yoziladi)

Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasini aniqlash muddati 201__ yil "____" ______________gacha

Navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 201_ yil "___" __________

Yordamning qoʻshimcha turlariga muhtojlik




Asos: TMEK ning ______-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi.

Ma’lumotnoma berilgan sana: 201__ yil "____" ____________________

M.Oʻ.

TMEK raisi






(imzo)



(F.I.O.)


Komissiya a’zolari:






(imzo)



(F.I.O.)


       






(imzo)



(F.I.O.)


         






(imzo)



(F.I.O.)

……………………………………………………………………………………………

qirqish chizii

Nogironlik guruhi _______, kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi foizda _____%,

        

(yoziladi)

Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasini aniqlash muddati 201__ yil "____" ______________gacha

Navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 201__ yil "___" _________

Yordamning qoʻshimcha turlariga muhtojlik




Asos: TMEK ning ______-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi.


Ma’lumotnoma berilgan sana: 201__ yil "____" ____________________

M.Oʻ.

TMEK raisi






(imzo)



(F.I.O.)


Komissiya a’zolari:






(imzo)



(F.I.O.)


       






(imzo)



(F.I.O.)


         






(imzo)



(F.I.O.)

       





Nizomga

3-ILOVA



NOGIRONLIK GURUHINI OLIB

TAShLASh TOʻRISIDA ___-son

MA’LUMOTNOMA


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining

___________________________ tumani boʻlimiga

Fuqaro


ning


(F.I.O.)


Tuilgan yili


Fuqaro


ning

manzili:


Nogironlik guruhini olib tashlash toʻrisida TMEK qarori:

TMEKning ______ seriyali, ______-son ma’lumotnomasi asosida belgilangan nogironlikning ______________ guruhi olib tashlandi.

Asos: TMEKning _____-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi.


Berilgan sanasi: 201__ yil "____" ____________________

M.Oʻ.

TMEK raisi






(imzo)



(F.I.O.)


Komissiya a’zolari:






(imzo)



(F.I.O.)


       






(imzo)



(F.I.O.)


         






(imzo)



(F.I.O.)

Topshirdim

(TMEKning mas’ul shaхsi)



(lavozimi, imzo, F.I.O.)

Qabul qildim

(boʻlimning mas’ul shaхsi)



(lavozimi, imzo, F.I.O.)

201__ yil "___" ________________

……………………………………………………………………………………………

qirqish chizii

(Tegishli tibbiy-mehnat ekspert

komissiyasiga qaytariladi)

Fuqaro


ning


(F.I.O.)


Tuilgan yili


Fuqaro


ning

manzili:


Nogironlik guruhini olib tashlash toʻrisida TMEK qarori:

TMEKning ______ seriyali, ______-son ma’lumotnomasi asosida belgilangan nogironlikning ______________ guruhi olib tashlandi.


Asos: TMEKning _____-son tibbiy koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi.


Berilgan sanasi: 201__ yil "____" ____________________

Topshirdim

(TMEKning mas’ul shaхsi)



(lavozimi, imzo, F.I.O.)

Qabul qildim

(boʻlimning mas’ul shaхsi)



(lavozimi, imzo, F.I.O.)

201__ yil "___" ________________



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 27-son, 283-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 7-son, 60-modda