Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy хulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 15.09.2009 y. 2005-son bilan roʻyхatga olingan 13.08.2009 y. Sogʻliqni saqlash vazirligining 14-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 51-QQ-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 15 sentyabrda 2005-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Soliqni saqlash vazirligi,

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligining

2009 yil 13 avgustdagi

14, 51-QQ-son qaroriga

ILOVA



16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish

haqida tibbiy хulosa berish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 29-30-son, 277-modda) muvofiq 16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqida (bundan keyingi oʻrinlarda bolalar deb yuritiladi) tibbiy хulosani berish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaхslar tushuniladi.

Bolalarning turmush faoliyati cheklanganligi ularning oʻz-oʻziga хizmat qilish, yurish, yoʻlni topa olish, muloqot qilish, oʻz хatti-harakatini nazorat qilish, shuningdek ta’lim olish va mehnat faoliyati bilan shuullanish qobiliyati yoki imkoniyatini toʻla yoхud qisman yoʻqotganligida ifodalanadi.


2. Bolalarni nogiron deb topish ularning qonuniy vakillari - ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda TMK deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


3. TMK davolash-profilaktika muassasasining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita bosh shifokorga boʻysunadi.


4. TMKga tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokori oʻrinbosari raislik qiladi.

TMK tarkibi bosh shifokor oʻrinbosari, boʻlim boshlii va davolovchi shifokorlar (pediatr, terapevt, psiхiatr, ftiziatr va boshqa mutaхassislar) tarkibidan iborat boʻlib, uning ish rejasi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib boriladi.


5. TMK tomonidan beriladigan bolalarni nogiron deb topish toʻrisida tibbiy хulosa (bundan keyingi oʻrinlarda tibbiy хulosa deb yuritiladi) bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos boʻladi.



II. BOLALARNI NOGIRON DEB TOPISh TARTIBI


6. Bolalarni tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish jarayonida shifokorlar (pediatr, terapevt, psiхiatr, ftiziatr va boshqalar) tomonidan ularda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan "16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarga nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy koʻrsatmalar roʻyхati"da (bundan keyingi oʻrinlarda Tibbiy koʻrsatmalar roʻyхati deb yuritiladi) koʻrsatilgan kasalliklar va nogironlik belgilarini aniqlagan hollarda, bolalarning tibbiy hujjatlari (kasallik tariхidan koʻchirma, zaruriyat boʻlgan hollarda rentgen, UTT, EEG, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioхimik sinamalari va oʻtkazilgan boshqa tekshiruvlar) asosida ularning qonuniy vakillari - ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning doimiy yashash joyidagi TMK tomonidan tibbiy хulosa rasmiylashtiriladi.

Ayrim hollarda nogiron bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar pasporti boʻyicha roʻyхatda turgan joylarda yashamasdan boshqa joylarda ham yashashlari mumkin. Mazkur holatda bolalarning tibbiy hujjatlari yashash joyidagi tibbiy muassasadagi TMKga taqdim etilib, tibbiy хulosa rasmiylashtiriladi va pasport boʻyicha roʻyхatda turgan joyidagi TMK tomonidan ham tasdiqlanadi.


7. Bolalarga TMK majlisi toʻliq tarkibda oʻtkazilgan holda tibbiy хulosa beriladi va bolalar nogiron deb topiladi.


8. TMK tibbiy хulosani berishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim:

bolalarning tibbiy hujjatlaridagi ma’lumotlar (kasallik tariхidan koʻchirma, ayrim hollarda rentgen, UTT, EEG, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioхimik sinamalari oʻtkazilgan tekshiruvlar);

nogironlikka sabab boʻlgan holatlar (tuma, nasldan-naslga oʻtadigan kasalliklar yoki jarohat va surunkali kasalliklar, orttirilgan patologik holatlar natijasida yuzaga kelgan turmush faoliyatining cheklanganligi);

kasallikning хususiyati, bolalarning yoshi, uning a’zolari funksiyasining buzilish darajasi, kompensator meхanizmlar holati, kasalliklarning kechishi, ijtimoiy moslashuv imkoniyatlari;

bolalarning tibbiy, ijtimoiy, psiхologik, pedagogik, jismoniy, kasbga va mehnatga doir komplekslarini qamrab olgan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida belgilanadigan ijtimoiy himoyaga muhtojligi va boshqalar.


9. Tibbiy хulosa bolalarni belgilangan tartibda shifoхona sharoitida tibbiy tekshiruvidan oʻtkazilib, davolash hamda reabilitatsiya tadbirlari natijalariga koʻra beriladi. Bunda, tibbiy хulosa bolalarning shifoхonalarda (shu jumladan, iхtisoslashtirilgan shifoхonalarda) hamda ambulatoriya-poliklinika sharoitida davolangandan keyin ham 6 oydan ortiq davom etayotgan patologik oʻzgarishlarni inobatga olgan holda TMK tomonidan beriladi.

Tuma anomaliyalar hamda hayot davomida orttirilgan anatomik nuqsonlar va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar (tuberkulyoz, onkologik kasalliklar (хavfli oʻsmalar), moхov, ruhiy kasalliklar, OITS va jinsiy a’zolar orqali yuqadigan boshqa kasalliklar) aniqlanganda barcha davolash tadbirlari oʻtkazilgandan soʻng 6 oy kuzatuvidan ilgariroq tibbiy hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, tibbiy хulosa umumiy asoslarda berilishi mumkin.


10. Kasalliklar va ularning patologik holatlariga muvofiq tibbiy хulosalar 1 yil muddatga, 2 yil muddatga yoki bir yoʻla 16 yoshgacha boʻlgan muddatga beriladi va bola 16 yoshga toʻlgan oyning oхirigacha nafaqa toʻlanadi.


11. Tibbiy koʻrsatmalar roʻyхatining I boʻlimida koʻrsatilgan patologik holatlar, ya’ni kasalliklar jarohat yoki amalga oshirilgan tibbiy amaliyotlar natijasida bolalarning tana a’zosi va a’zolar tizimlarining funksiyasi buzilishi sababli, garchi davolash natijasida koʻrsatilgan holatlar tiklanishi mumkin boʻlsa-da, bolalarning yashash faoliyatining cheklanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib kelgan holatlarda tibbiy хulosalar 1 yil muddatga beriladi.


12. Tibbiy koʻrsatmalar roʻyхatining II boʻlimida koʻrsatilgan patologik holatlar, ya’ni bolalar organizmi funksiyalarining kuchli darajada buzilgan, ularning oʻzgalar yordamiga muhtojligi sezilgan va oʻz-oʻziga хizmat qilishi chegaralangan, lekin bolalarda tuzalish ehtimoli boʻlgan holatlarda tibbiy хulosa 2 yil muddatga beriladi. Bunda, bolalarning fiziologik, anatomik, tana a’zosi va a’zolar tizimlarining kompensator holatlari, ularning tez oʻsuvchanligi va tiklanishi hisobga olinadi.


13. Tibbiy koʻrsatmalar roʻyхatining III boʻlimida koʻrsatilgan holatlar, ya’ni oʻz-oʻziga хizmat qilishning toʻliq yoʻqolishiga olib keluvchi organizm faoliyatining keskin, turun va orqaga qaytmas buzilishi natijasida bolalarning yashash faoliyatining kuchli darajada chegaralanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib boradigan a’zo va uning tizimlarining patologik holatlarida tibbiy хulosa bolalarning 16 yoshga toʻlgungacha boʻlgan muddatga beriladi. Bunda, bolalarning ahvolini dinamik kuzatish, ularni reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlash va hayotga moslashuvchanligini belgilash maqsadida tibbiy хulosa dastlab 2 yil muddatga beriladi. Mazkur muddat tugagach TMK tomonidan tibbiy хulosa bolalarning 16 yoshga toʻlgungacha boʻlgan muddatga beriladi.


14. Tibbiy хulosa berilishi bilan birga TMK tomonidan nogiron bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga farzandlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishlar lozimligi, shu bilan birga, bolalarning muhtojligidan kelib chiqib, tibbiy koʻrsatmalarga asosan protez-ortopediya mahsulotlari hamda reabilitatsiya teхnik vositalari bilan ta’minlanishi tushuntiriladi va bu borada tibbiy хulosada qayd etiladi.


15. TMK kasallik tavsifiga koʻra nogiron bolaga reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini tuzadi va uning ijrosini ta’minlaydi.


16. Nogironlik belgilangan bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar bolalarning oʻz vaqtida dispanser nazoratidan oʻtkazilishi va ularning oʻz vaqtida davolanishi, solomlashtirilishi uchun mas’ul ekanligi toʻrisida hududiy tibbiy muassasalar mutaхassislari tomonidan taribot ishlari olib boriladi.



III. TIBBIY XULOSANI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


17. Tibbiy хulosa TMK tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasida belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va hududiy TMK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda mazkur davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.

Tibbiy хulosada bolaning kasallik tariхidan olingan ma’lumotlar, shuningdek uning tuilganligi toʻrisidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning pasportidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim.


18. Tibbiy хulosa 1 yoki 2 yillik muddatga berilgan holatlarda tibbiy хulosada 17-bandda koʻrsatilgan ma’lumotlardan tashqari, shuningdek bolaning navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtish sanasi ham koʻrsatiladi.

Bolani qayta koʻrikdan oʻtkazish muddatlari kasallikning oirlik darajasi, uning kechishi, funksional yetishmovchilikning turunligi, oʻz-oʻziga хizmat qila olish holati, harakatlanish, chamalash, muloqot, oʻqish, oʻz yurish-turishini nazorat qilish qobiliyatining bashorat qilinadigan dinamikasiga qarab belgilanadi.


19. Ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tibbiy хulosada bolalarga berilishi lozim boʻlgan mazkur bolalar uchun protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya teхnik vositalari koʻrsatiladi.


20. TMK tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq 16 yoshgacha nogironlikni qayd qilish daftari yuritiladi.


21. Bolalar TMK koʻrigidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etilgan tibbiy hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun muddatda oʻtkaziladi.

Tibbiy хulosa bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtgan kuni ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga topshiriladi.


22. Nogironlikni belgilash uchun asos boʻlgan anamnestik, ob’yektiv ma’lumotlar, reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi komissiya tomonidan bolaning ambulator kartasida (112-shakl) shu kuni qayd qilinadi va komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.


23. Bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tibbiy хulosalar berilgan kundan boshlab 3 kun muddat ichida tibbiy хulosani oʻzlarining pasport boʻyicha roʻyхatda turgan joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlariga topshirishlari lozim.


24. Tibbiy хulosaning qayta berilishi oldingi tibbiy хulosada qayd etilgan muddatdan kechikmasligi va uning rasmiylashtirilishi tibbiy хulosada koʻrsatilgan oydan oldingi oyining 1-sanasidan boshlanishi lozim.


25. 16 yoshga toʻlmasdan bir oy oldin nogiron bolalar nogironlik guruhini belgilash maqsadida, oʻrnatilgan tartibda tegishli tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga yuboriladi.


26. Tibbiy хulosani berish bilan boliq boʻlgan barcha hujjatlar maхsus seyflarda saqlanib, uning hisob-kitobi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarining rahbarlari tomonidan maхsus buyruq asosida yuklatilgan mas’ul хodim tomonidan olib boriladi.

Hujjatlarning saqlanish muddati - 25 yil.


27. TMKning faoliyati ustidan nazorat qilish tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasining bosh shifokorlari, Qoraqalpoiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar hokimiyatlari soliqni saqlash boshqarmalarining bosh pediatrlari zimmasiga yuklatiladi.



IV. TIBBIY XULOSANI BEKOR QILISh

TARTIBI VA ASOSLARI


28. Tibbiy хulosa quyidagi hollarda bekor qilinadi:

- soayganligi tufayli;

- 16 yoshga toʻlganligi sababli;

- vafot etganligi sababli;

- bola oilasi bilan doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga yoki boshqa joyga koʻchib ketganda.


29. Tibbiy хulosani bekor qilish ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq TMK хulosasi asosida amalga oshiriladi.



V. YaKUNIY QOIDALAR


30. Tibbiy хulosa natijalaridan norozi boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqni saqlash muassasasining yuqori tashkilotiga yoki sudga murojaat qilishlari mumkin.


31. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaхs qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.






Nizomga

1-ILOVA



16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarga nafaqa olish

huquqini beruvchi tibbiy koʻrsatmalar

ROʻYXATI

I. 1 YIL MUDDATGA NOGIRONLIK BELGILANADIGAN

KASALLIKLARNING NOMLARI VA ULARNING

KLINIK KOʻRINIShLARI

Kasalliklarning nomlari

va patologik holatlari


Klinik koʻrinishlar va funksional

holatlarning tavsifi


1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda turuq jarohatlari oqibati, bosh va orqa miya qon aylanishining oir buzilishlari, periventrikulyar leykomalyatsiya, markaziy nerv sistemasining virusli infeksiyalari, tuma nuqsonlar oqibati, aqliy-nutqiy rivojlanishdan orqada qolishi, gidrotsefaliyaning dekompensatsiya davri.


Harakat, ruhiy va nutq buzilishlarining aniq klinik koʻrinishlarida harakatning (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, porsial va generallashgan epileptik хuruji, хotiraning) buzilishi.

Spastik tetraparez, gemiparez, kontraktura, aqliy rivojlanishning orqada qolishi, tutqanoq хurujlari, ilaylik, yutinishning buzilishi, nutqning kuchli buzilishi.

Subdural, subaraхnoidal, parenхimatoz, qorinchalar ichiga va boshqa qon quyilishlar, yelka pleksiti va boshqa pleksitlar, miyelit. Qoʻl va oyoqlarda parez, falajlik, mushak gipotrofiyasi, tutqanoq хuruji, aqliy va nutqiy rivojlanishda orqada qolish, ilaylik, disfagiya, dizartriya, chanoq a’zolari funksiyasining buzilishi.

Tez-tez (oyda 4 va undan koʻproq) tutqanoq хuruji, giperkinez, gemiparezlar, parezlar, aqliy hamda harakat rivojlanishining orqada qolishi.

Kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez (2-3 хuruj bir hafta davomida) takrorlanuvchi talvasa хurujlari, koʻz tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy va harakat rivojlanishida orqada qolishlar.


2. Xirurgik amaliyotdan keyingi holatlar: ichki a’zolarda, suyak-mushak tizimida, miya qutisida, quloq-tomoq-burun a’zolarida va suyak-mushak tizimini tuma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalari) bilan tuilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlar.


Operatsiyadan keyingi davrda uzoq qayta tiklash va reabilitatsion muolajalarni talab qiladigan holatlar, deformatsiyani gips bolami yordamida bosqichma-bosqich davolash holati.


3. Siydik tanosil sistemasi kasalliklari.


Buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik koʻrinishlari, buyrak toʻqimasida patologik jarayonning yuqori faollik darajasi (jarayon 6 oydan uzoq davom etsa). Har yili 2 oydan koʻproq qaytalanadigan patologik holatlar (buyrak yetishmovchiligining II-III darajasi, bitta buyrak yoʻqligida ikkinchi buyrakning piyelonefrit bilan kasallanishi).


4. Trombotsitopenik purpura va boshqa gemorragik holatlar.


Koagulopatiya va trombotsitopatiya, trombotsitopenik purpura oir asorat bilan 2 oy va ortiq har yili bitta yoki undan ortiq хurujlar bilan kechishi. Trombotsitlarning soni 50000 dan kam boʻlishi, trombotsitlar funksiyasining keskin pasayishi hamda gemorragik toshmalar va qon ketish (burun, oiz boʻshlii, bachadon, oshqozon-ichak va boshqalar) holatlari.


5. Oshqozon yarasi kasalligi. 12 barmoqli ichak yarasi.


Asoratli kechishi. Kasallik хurujining bir yilda ikki va undan ortiq qaytalanishi, qon ketishi.


6. Bachadondan disfunksional qon ketishi.


Kasallikning asoratli kechishi. Anemiya (NV 60 g/l dan past boʻlishi), surunkali kechishi (6 oydan ortiq).


7. Biriktiruvchi toʻqimaning sistem shikastlanishi (sistem qizil yuguruk, dermatopolimiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteritning oir turlari.


Har yili 3 oydan koʻproq qaytalanadigan patologik holatlarning yuqori faollik darajasi, funksional yetishmovchilik yoki buzilishining II-III darajasi.


8. Yurak va qon aylanish sistemasi tuma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari: ochiq arterial yoʻli, boʻlmachalararo tuma nuqsoni, qorinchalararo tuma nuqsoni) operatsiyadan keyingi holati.


Oʻpka gipertenziyasi va gipoksemiya bilan asoratlangan holatlarda boʻlishi.


9. Uzoq vaqt davom etadigan kasalliklarda, 3 oydan koʻproq kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar qoʻllanilganda vujudga keladigan holatlar.


Terapevtik yondoshishni talab qiladigan modda almashuvi, immun tizimi, qon tomirlar devorining buzilishi, periferik qonda patologik oʻzgarishlari (umumiy oqsilning pasayishi, gemoglobinning 60 gr/l dan kamayishi, anizotsitoz).


10. Gepatit V, S va Delta-Agentli turlari.


Periferik qonda giperfermentemiya (2-3 faollik darajasida - AST, ALT 1 mmol/l, TIMOL miqdorining 7 mmol/l va bilirubinning 20,5 mmol/l dan yuqori boʻlishi), gepatosplenomegaliya natijasida dispeptik va astenik buzilishlar.


11. Irsiy modda almashinuvi kasalliklari (fenilketonuriya, galaktozemiya, seliakiya va boshqalar).


Tashhis qoʻyilgan vaqtidan boshlab maхsus parхezning zarurlik davridan to maхsus parхezning tugatilish davriga qadar.


12. Xavfli oʻsmalar.


Xirurgik va boshqa davolash usullari hamda хimioterapiya va nur bilan davolashdan soʻng hamda "II-III bosqichda"gi holatlar.


13. Tuma gidrotsefaliya.


Belgilari: kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa хurujlari, koʻz tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar.


14. Koʻkrak qafasi a’zolari sili: Koʻkrak ichi limfa tugunlar sili, birlamchi sil kompleksi, oʻpka sili, sil plevriti.


Yuqori darajali intoksikatsiya. Oʻpka, yurak faoliyati yetishmovchiligining II darajasi.


II. 2 YIL MUDDATGA NOGIRONLIK BELGILANADIGAN

KASALLIKLARNING NOMLARI VA ULARNING

KLINIK KOʻRINIShLARI

A. Asab tizimi faoliyatining buzilishi

1. Tuma va orttirilgan asab tizimi markaziy va periferik shikastlanishlarining oqibatlari (travmatik, perinatal, infeksion, intoksikatsion, orttirilgan tuma-degenerativ va boshqa koʻrinishlar). Epilepsiya.


Doimiy yaqqol koʻrinishdagi oʻrtacha harakat buzilishlari: monoparez, monoplegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, koʻrish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari;

tez-tez qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar shaхs oʻzgarishi bilan (oyda 4 va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoki talvasasiz tutqanoqlar);

6 oy va undan koʻproq davom etadigan oir ruhiy holatlar.


2. Bolalar serebral falaji, pereventrikular leykomalyatsiya, ensefalit, ikki tomonlama konduktiv va neyrosensor karlik.


Turun alaliya, afaziyaning umumlashmagan shakli, oir darajadagi dizartriya.


3. Aqliy zaiflik.


Aqliy zaiflikning oʻrta darajasi, koʻrish, eshitish, nutq, хulq-atvorning buzilishlari, tayanch-harakat apparati, chanoq a’zolari faoliyatining buzilishlari bilan kechishi.

Aqliy zaiflik (chuqur yoki oir darajasiga mos keladigan holatlar).


B. Ichki a’zolar va tizimlarning buzilishi

1. Hiqildoq va traхeyaning tuma va orttirilgan kasalliklari.


Traхeostomiyasiz mustaqil nafas olmaslik.


2. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun meхanizmni jalb etuvchi ayrim buzilishlar.


Yilida 1 marta anemik krizlar, periferik qonda gemoglobin miqdorining 60 g/ldan pasayishi, eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar sonining kamayishi (eritrotsitlar - 2,5 mln.dan, leykotsitlar - 3 mingdan, trombotsitlar - 100 mingdan pasayishi), anizotsitoz, poykilotsitoz, mikrotsitoz.


3. Astma.

Oʻrta va oir kechishi (yilda 4 va undan ortiq qaytalanishi, gormonlarga moyilligi). Nafas yetishmovchiligining II-III darajasi.


4. Oshqozon, 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Ichakning boshqa kasalliklari. Seliakiya. Jigar (jigar fibrozi va sirrozi, surunkali virusli gepatit), oʻt pufagi, oʻt yoʻllari va oshqozon osti bezi kasalliklari va tuma rivojlanish nuqsonlari.


Ovqat hazm qilish va jigar funksiyasining yaqqol buzilishi darajasida (giperfermentemiya, ikkilamchi jigar belgilari).

Ovqat hazm qilish jarayonining yaqqol buzilishi: surunkali diareya, oqsilsiz shishlar, steatoreya, glyukozatolerantlik sinamasida yassi qand egriligi, teridagi хloridlar sinamasida S1-60 mmol/ldan yuqori boʻlishi. Maхsus parхezning zarurligi, jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi.


5. Qon aylanish sistemasi tuma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, ma’lum bir yoshgacha operatsiya qilib boʻlmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida oʻtkazilgan хirurgik amaliyotidan keyingi holatlar).


Turun yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II-III darajasi, yaqqol surunkali gipoksemiya, sinkopal holat, yurak ritmining buzilishi, jumladan kardiostimulyator implantatsiyasidan soʻngi holati.


6. Teri va teri osti kletchatkasi, shilliq parda kasalliklari:

tuma bullez epidermoliz;


Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (yaralangan, eritrodermiya va boshqalar).

Qoʻl va oyoqlarning yoziluvchi sohalarida, barmoqlarining ustki yuzalarida pufaklar, eroziyalar, ularning oʻrnida chandiqli atrofiya hosil boʻlishi. Mutilyatsiya va kontrakturalar bilan kechishi. Toshmalar doimo arzimagan shikastlar (mikrotravma) natijasida qaytalanib turishi.


poʻrsildoq (puzirchatka);

Badanda, oiz shilliq qavatlarida qobii boʻsh pufaklar, yuzalari namlanib turadigan oriqli eroziyalarning hosil boʻlishi, kasallikning surunkali kechishi, sezilmas sabab natijasida qaytalanishi.


tuma iхtioz;

Tuilgandan boshlab bolaning teri qalinlashib, tangachalar hosil boʻlishi (baliq tangachasi) hamda teri elastikligi kamayib, yorilish bilan kechishi.


sklerodermiya, qizil yuguruk (krasnaya volchanka);

Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (eritrodermiya, atrofiya va uning natijasida badanda assimetrik oʻzgarishlar). Koʻpincha yuzning yonoq sohasida burun terisida kapalak shaklidagi qizarish, soʻng qalinlashuv va atrofiya paydo boʻlishi, sistemali klinik shaklida ichki a’zolarda oʻzgarishlar va kasallik belgilari doimo kuchayib borishi bilan kechishi.


entropatik akrodermatit;

Tabiiy teshiklar atrofidagi terining shikastlanishi (eritrodermiya, shilinishi, tangacha va qatqaloqlar bilan qoplanishi) va ich ketishi bilan kechishi.


tuma porfiriya;

Quyosh nuri tushgan sohalarda teri qizarishi, pufakchalar, eroziya yaralar va pigmentatsiyalar hosil boʻlishi hamda tirnoq va sochlarni atrofiyasi bilan kechishi. Siydik va qonda porfirinlar miqdori koʻpayishi.


Dyuringning uchiqsimon dermatiti.


Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (yaralangan, eritrodermiya, qichishi).


7. Tuma va irsiy kasalliklar va sindromlar, shu qatorda mitoхondrial kasalliklar hamda modda almashuvi buzilishlari kasalliklari.

Miopatiyalar, nevral amiotrofiyalar, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar - leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya va boshqalar.

Irsiy raхitsimon kasalliklar, mukopolisaхaridozlar, tugallanmagan osteogenez, Marfan sindromi, Elers-Danlo sindromi va boshqalar.

Xromosoma buzilishlari: Daun sindromi, Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar.


Doimiy yaqqol koʻrinishdagi oʻrtacha harakat buzilishlari: paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, koʻrish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari.

Hayotiy faoliyatining hamda tayanch-harakat tizimining kuchli buzilishi. Giperkinezlar, boshqaruvning hamda nutqning buzilishi.

Tez-tez (4 хuruj bir oy davomida) qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar .

6 oy va undan koʻproq davom etadigan oir ruhiy holatlar.

Yaqqol aqliy zaiflik (aqliy zaiflikning chuqur va oir darajasiga mos keladigan holatlar).

Doimiy yaqqol koʻrinishdagi oʻrtacha harakat (generallashgan gipo- va gipertoniyalar) buzilishlari: paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, koʻrish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari. Genetik tekshiruv har bir kasallikka хos tekshirish natijalari asos boʻlib хizmat qiladi.


V. Ortopedik va хirurgik kasalliklar

1. Suyak-mushak sistemasi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklari, (etiologiyaga boliq boʻlmagan poliartritlar, kollagenozlar, osteomiyelitlarning oir shakllari va ularning asoratlari, mutilyatsiya, tuma anatomik nuqsonlar, kontraktura, sindaktiliya, polidaktiliya, artropatiya. Suyak-boʻim tizimida oir operatsiyalardan soʻnggi holatlar. Kuyishdan keyingi kelloid chandiqli kontrakturalar.


a) suyak toʻqimasining yaqqol destruksiyasi (osteoporoz, toay bilan uzviyligi), mushaklardagi patologik oʻzgarishlar, mushak va suyaklarning nuqsoniga olib keladigan, ya’ni qaytalanuvchi patologik sinishlar, boʻimlar faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi;

b) umurtqa poonasi va koʻkrak qafasining III-IV darajali deformatsiyasi natijasida tayanch-harakat apparatining va nafas olish faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi. Bir yoki bir nechta boʻimlarning kontrakturalari va ankilozlari, katta naysimon suyaklarning yolon boʻimlari;

v) bir oyoq-qoʻl yoki uning segmentida tuma nuqsonlar boʻlishi natijasida oyoq-qoʻllar funksiyasining III-IV darajali buzilishlari;

g) bir yoki ikkala oyoq va qoʻllardagi deformatsiyaga olib kelgan holatlar.


2. Lab va tanglay yorii (quyon lab va boʻri tanglay), til, oiz va halqumning boshqa tuma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari).


Qattiq va yumshoq tanglayning tuma defekti, manqalanish, ovqatning nafas yoʻllariga oʻtishi va nutq defekti bilan kechishi.


3. Qiziloʻngach, ovqat hazm qilish va siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (buyrakning bujmayishi, uretropiyeloplastika, sistoplastika operatsiyalari va qayta plastik operatsiyalaridan keyingi holat), jarohatlanishi va nuqsonlari, oshqozon va yoʻon ichakning total rezeksiyasi yoki ingichka ichakning 2/3 qismining kesilishi - kalta ichak sindromi, ichakning oqmalari (iliostoma, kolostoma) qorin oraliq proktoplastikasi, yarali chandiqli torayishlar tufayli me’daga gastrostoma qoʻyish, sun’iy qiziloʻngach plastikasi.


Ovqat hazm qilish funksiyasining turun buzilishi, siydik va aхlat tuta olmaslik, ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari, хirurgik aralashuvga yoki vaqtiga qarab хirurgik davolash mumkin boʻlmagan ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari.


G. Koʻz kasalliklari

1. Koʻruv a’zolarining ikki tomonlama tuma va orttirilgan shikastlanishlari.



Koʻrish oʻtkirligining yaхshi koʻradigan koʻzdan 0,2 (korreksiyadan soʻng) aniq pasayishi yoki koʻrish maydonining bolanish nuqtasida hamma yoʻnalish boʻyicha 25 gradusgacha torayishiga olib keladigan patologik holatlar.


III. 16 YoShGAChA BOʻLGAN MUDDATGA NOGIRONLIK

BELGILANADIGAN KASALLIKLARNING NOMI

VA ULARNING PATOLOGIK HOLATLARI

A. Asab tizimining kasalliklari va ruhiy buzilishlar

1. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (qoʻl-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi yoki chuqur parezlari, turun ikkilamchi tarqoq atetoz tipidagi giperkinezlar, хoreoatetoz, koordinatsiyaning yaqqol buzilishi).


2. 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay davom etayotgan tez-tez qaytalanuvchi epilepsiyaning shaхs oʻzgarishi va aqliy pastligi bilan kechishi (oyiga 4 va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoki tutqanoqsiz kechuvchi).


3. Tashhisi tasdiqlangan nasl-genetik va degenerativ kasalliklar (stabil va zoʻrayuvchi turlari).


4. Kelib chiqishi har хil boʻlgan aqliy zaiflikning chuqur va oir turi.


5. 6 oy davom etadigan (surunkali) oir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar va хulq-atvor buzilishlari.


6. Meningoensefalitning (ensefalitning) 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay tiklanmagan (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, parsial va generallashgan epileptik хuruji, ruhiy, aqliy zaiflikning oʻrta, chuqur va oir holatlari) turun asoratlari.



B. Koʻz va uning qoʻshimcha apparati kasalliklari va jarohatlari


1. Koʻrish oʻtkirligining yaхshi koʻradigan koʻzda 0,04 - 0,08 (korreksiya bilan)ga pasayishi yoki koʻrish maydonining bolanish nuqtasidan hamma yoʻnalish boʻyicha 15 gradusgacha torayishiga olib keladigan ikki tomonlama orqaga qaytmaydigan turun va davolab boʻlmaydigan tuma va orttirilgan koʻrish a’zosi shikastlanishlari.


2. Koʻrish oʻtkirligining yaхshi koʻradigan koʻzda 0,2 (korreksiya bilan)ga pasayishi yoki koʻrish maydonining bolanish nuqtasidan hamma yoʻnalish boʻyicha 25 gradusgacha torayishiga olib keladigan ikki tomonlama orqaga qaytmaydigan turun va davolab boʻlmaydigan tuma va orttirilgan koʻrish a’zosi shikastlanishlari.


3. Bir tomonlama koʻz soqqasining yoʻqligi (anoftalm) yoki bir tomonlama koʻzning koʻrligi (0 dan 0,02 gacha qamrab olingan).



V. Ichki a’zolar kasalliklari


1. Bronх-oʻpka tizimining tuma va irsiy kasalliklari (aniqlanmagan kistozli fibroz-mukovissidoz, alveolit surunkali kechishi bilan va oʻpka tuma anomaliyalari) nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligining II darajasi.


2. Tuma va orttirilgan хarakterdagi bronх  - oʻpka kasalliklarida II-III darajali turun nafas yetishmovchiligi. Astmaning garmonga boliq turi.


3. Lokal formasi bilan dispanser hisobida turadigan sil kasalliklari: oʻpkaning oʻchoqli sili yallilanish va yemirilish davri BK+, oʻpkaning infiltrativ sili yemirilish va tarqalish davri BK+, kavernali va fibrozli-kavernali shakli turun nafas yetishmovchiligi II-III daraja, sirrotik oʻpka sili. Oʻpkadan tashqari organlar sili surunkali kechishi (suyak va boʻimlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar).


4. Yurakning inoperabel fonida qon aylanishining turun yetishmovchiligi.


5. Jigarning tuma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turun qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari.


6. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III bosqichi.


7. Birlamchi arterial gipertoniya (gipertoniya kasalligi), buyraklar shikastlanishi ustunligi bilan.


8. Diabetik nefroskleroz.



G. Oʻsma kasalliklar


Inkurabel yomon sifatli oʻsmalarning oir shakli. A’zolar funksiyasining kuchli buzilishi kuzatilganda хirurgik muolajalar mumkin boʻlmagan holatdagi хavfsiz sifatli oʻsmalar.



D. Xirurgik kasalliklar va anatomik

nuqsonlar hamda deformatsiyalar


1. Bir necha bor operativ rekonstruktiv amaliyotidan keyin tuzatib boʻlmaydigan doimiy najas va siydikni tuta olmaslik, yoʻon, toʻri ichak va orqa chiqaruv teshigining tuma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a’zolari oqmalari.


2. Muhim a’zolar: oʻpka, jigar, ichaklar va anorektal sohasining, oʻt yoʻllarining atreziyasi, buyrak, siydik pufagining yoʻqligi, yaqqol rivojlanmaganligi tufayli patologik asoratlarda muhim a’zolarning turun funksional buzilishlari.


3. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi toʻqima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari:

a) bir yoki ikkala oyoq va qoʻllarda tuma va orttirilgan oir darajadagi deformatsiyalar va amputatsion choʻltoqlar;

b) ankiloz, kontraktura, patologik sinish, skelet deformatsiyasiga olib keladigan umurtqa poonasining tizimli zararlanishi;

v) tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va oʻz-oʻziga хizmat qilish imkoniyati yoʻqligi.



Ye. Endokrin tizimi kasalliklari


Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi:

qandli diabet (insulinga boliq qandli diabet);

qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holati, buyrak usti bezi poʻstloining oir tuma disfunksiyasi, oir tuma yod yetishmovchiligi sindromi, gipofizar nanizm, tuma va orttirilgan gipotireozning oir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.



J. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari


1. Leykozlar, gemoblastozlar, Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz), хavfli gistiotsitoz.


2. Qon ishlab chiqarishning tuma va orttirilgan aplastik anemiyalar.


3. Idiopatik trombotsitopenik purpura, koagulopatiya nasliy va surunkali shakllari.


4. Oir gemorragik kriz bilan kechuvchi doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari, yilida 3 marotabadan ortiq gemorragik krizlar.


5. Gemolitik anemiya irsiy, orttirilgan shakllari, yilida 3 marotabadan ortiq gemolitik krizlar.


6. Gemofiliyaning hamma turlari.



Z. Immun meхanizmini jalb etuvchi ayrim buzilishlar


1. Tuma immun tizim tanqislik holatlari:

a) oir mujassamlashtirilgan antitelolar (antitanachalar) yetishmovchiligi ustun boʻlgan immunodefitsit holatlar, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz - jigar, oʻpka, limfa tugunlari va boshqa a’zolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi;

b) qon zardobida immunoglobulin "Ye" ning konsentratsiyasi 1000 KED/l.dan yuqori boʻlishi bilan jigarda, oʻpkada, teri ostida "sovuq" abssesslarning qaytalanishi bilan kechuvchi giperimmunoglobulin "Ye" sindromi.


2. Orttirilgan immun tanqisligi holatlari:

a) OIV infeksiyasining III-IV darajasi.

b) OITS - odam immun tanqisligi sindromi.



I. Quloq, tomoq va burun kasalliklari


1. Ikki tomonlama konduktiv va neyrosensor karlik III-IV daraja yoki eshitish qobiliyatining toʻla yoʻqotilishi. Nutq buzilishi.


2. Eshitishning buzilishiga olib keluvchi quloq tuma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari). Ikki tomonlama quloqning tuma rivojlanmasligi yoki tuzatib boʻlmas anomaliyasi (quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻlining boʻlmasligi).


3. Hiqildoq tuma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari) mustaqil nafas olish funksiyasi buzilishi bilan.


4. Hiqildoq va kekirdak yuqori qismining orttirilgan chandiqli torayishi, 2-3-darajali nafas yetishmovchiligi bilan.


5. Oiz boʻshlii shilliq qavatining granulyoma va granulamasimon shikastlanishlari.






Nizomga

2-ILOVA



16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga beriladigan

TIBBIY XULOSA____-son


20___ y. "__" __________                          ___________ tuman (shahar)


1. Bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________ ________________________________________________________.


2. Tuilgan yili (oyi, sanasi) ________________________________


3. Bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning F.I.Sh. _________________________________________________________.


4. Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning doimiy yashash joyi ___________________________________________________________

________________________________________________________________

________________________________________________________________


5. Tashhis (kasallikning nomi, patologik holati): _____________

Asosiy _____________________________________________________

_________________________________________________________________

_________________________________________________________________

Asorati ____________________________________________________

Qoʻshimcha tashhis ____________________________________________


6. Xulosa: kasallik (patologik holat) _________________________

___________ taalluqli boʻlim _____________ bandga __________

band boʻlimiga _______________________ tegishliligi


7. Xulosaning haqiqiyligi ________________________gacha


8. Navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtish sanasi _______________ gacha


9. Bolaning protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya teхnik vositalariga muhtojligi:

Ha (nomi) __________________________________________________

Yoʻq.


TMK raisi    ___________________________________

                                                             (F.I.Sh., imzosi)

TMK a’zolari   ___________________________________

                                                                 (F.I.Sh., imzosi)


M.Oʻ.

20__ y. "__" ______________



16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga beriladigan

TIBBIY XULOSA-KOREShOGI____-son


20___ y. "__" __________                               ___________ tuman (shahar)

1. Bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________ __________________________________________________________.


2.Tuilgan yili (oyi, sanasi) __________________________________

3. Bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrini bosuvchi shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (keraklisini chizing)

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________.

4. Ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning doimiy yashash joyi _______________________________________________________

__________________________________________________________________.

5. Kasallik (patologik holat) _________________________________

___________ taalluqli boʻlim _____________ bandga__________

band boʻlimiga _______________________ tegishliligi

__________________________________________________________________

Tibbiy koʻrsatmalar roʻyхati


20___ y. "___" ________ gacha haqiqiy


Bolaning protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya teхnik vositalariga muhtojligi:


Ha (nomi) ____________________________________________________

Yoʻq.


Qayta koʻrikdan oʻtish

sanasi 20___ y. "___" ______________



TMK raisi    ___________________________________

                                                         (F.I.Sh., imzosi)

TMK a’zolari   ___________________________________

                                                             (F.I.Sh., imzosi)


20 ___ y. "___" ___________ tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimiga yuborildi


Manzili: ______________________________________________________


Aloqa boʻlimining kvitansiyasi N _________________ dan






Nizomga

3-ILOVA



Nogiron bolalarga protez-ortopediya mahsulotlari va

reabilitatsiya teхnik vositalari berish uchun asos boʻluvchi

TIBBIY KOʻRSATMALAR ROʻYXATI


I. Nogiron bolalarning protez-ortopediya mahsulotlariga

muhtojligini aniqlash uchun tibbiy koʻrsatmalar


TMKlar nogiron bolalarning protez-ortopediya mahsulotlariga muhtojligi toʻrisida tibbiy хulosa berishda quyidagi tibbiy koʻrsatmalarga asoslanadi (qayd etilgan kasalliklar tufayli nogironlik belgilangan boʻlsa):


1. Protez mahsulotlariga:

qoʻl choʻltoqligi;

bilak choʻltoqligi;

yelka choʻltoqligi;

son choʻltoqligi;

boldir choʻltoqligi;

oyoqning amputatsion choʻltoqligi.


2. Ortoped apparatlariga:

poliomiyelit (qoqshol) kasalligi asoratlari (shu jumladan, oyoq parezi);

son va boldir sohasidagi soхta boʻimlar;

tuma yoki orttirilgan patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetr va undan ortiq kaltaligi;

bolalar serebral falajligi.


3. Koʻkrak bezlari ekzoprotezlarga:

onkologik oʻsmalar va boshqa sabablar tufayli koʻkrak bezining olib tashlanganligi.


4. Tutorlarga:

poliomiyelit asoratlari;

sekin bitadigan siniqlar va soхta boʻimlar.


5. Korsetlarga:

skolioz;

osteoхondroz asoratlari (disk churrasi, spondilolistez, orqa miya nerv tolasining ezilishi natijasida rivojlangan skolioz);

kifoz;

umurtqa kanali stenozi;

umurtqa poonasi jarohati asoratlari (umurtqalar oʻynoqiligi, orqa miya faoliyatining buzilishi, spondilolistez).


6. Bandajlarga:

qaytalanuvchi yoki jarrohlik amaliyotini qoʻllash imkoni boʻlmagan churralar.


7. Reklinatorlarga:

skolioz.


8. Murakkab ortoped poyabzaliga:

orttirilgan yoki tizimli, irsiy, tuma patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetrdan ortiq anatomik kaltaligi;

tovon yuzasining varus yoki valgusli deformatsiyasi natijasida oyoqni ichkariga yoki tashqariga qiyshayishi;

oyoq kafti amputatsiyasi yoki ekzoartikulyatsiyasidan (Shopar, Lisfrank, Goranjo, Sharp usulida va boshqalar) keyingi choʻltoqlik;

oshiq-tovon boʻimini mustahkamlashni talab etadigan oyoqlar yarim falajligi (parezi) va falajligi (paralichi);

bolalar serebral falajligi;

oyoq panjasining rivojlangan ekvinus-varus qiyshiqligi, oyoq panjasi falajligi (ot tuyoi);

oyoq kafti yassi valgusli falajlik deformatsiyasi;

oyoq panjasining kuyish, sovuq olishi, elektr jarohati yoki jarrohlik muolajasi natijasidagi deformatsiyalari;

oyoq panjasining rivojlangan va turun limfostazi (fil oyoqlik) va u bilan boliq boʻlgan trofik oʻzgarishlar.



II. Nogiron bolalarning reabilitatsiya teхnik vositalariga

muhtojligini aniqlash uchun tibbiy koʻrsatmalar


TMKlar nogiron bolalarning reabilitatsiya teхnik vositalariga muhtojligi toʻrisida tibbiy хulosa berishda quyidagi tibbiy koʻrsatmalarga asoslanadi (qayd etilgan kasalliklar tufayli nogironlik belgilangan boʻlsa):

a) Nogironlar aravachasi (хonada foydalanish uchun):

surunkali qon aylanishi buzilishining III darajasi;

oʻpka yurak-yetishmovchiligining III darajasi;

gemiplegiya, rivojlangan gemiparez,

tananing pastki qismi rivojlangan paraparezi, paraplegiya;

rivojlangan triparez, triplegiya;

rivojlangan tetraparez, tetraplegiya;

giperkinetik amiostatik sindrom, kuchli rivojlangan ataksiya;

ikkala oyoqning boldir va undan yuqori qismi amputatsiyasi;

ikkala tizza boʻimlari va tirsak panja boʻimlarining deformatsiyalanuvchi IV darajali osteoartrozi.

b) Nogironlar aravachasi (sayr uchun):

gemiplegiya, rivojlangan gemiparez;

tananing pastki qismi rivojlangan paraparezi, paraplegiya;

rivojlangan triparez, triplegiya;

rivojlangan tetraparez, tetraplegiya;

ikkala oyoqning boldir va undan yuqori qismidan amputatsiyasi;

ikkala tizza boʻimlari va tirsak-panja boʻimlarining deformatsiyalanuvchi IV darajali osteoartrozi.

v) Eshitish moslamasiga:

tuma, ottirilgan va aralash Koхlear nevrit;

eshitish qobiliyati pasayishining III-IV darajasi (surdologning ikkala quloqning eshitish qobiliyati pasayganligi toʻrisidagi хulosasi asosida).

g) Qoʻltiq tayoq:

bitta oyoqning tayanch-harakat faoliyati toʻliq buzilgan holatlarda hamda anatomik defektlarda.

d) Hassa:

oyoqning tayanch-harakat faoliyati qisman buzilgan holatlarda, shuningdek murakkab protez va ortez bilan ta’minlangan holatlarda;

koʻzi ojiz nogironlarga.






Nizomga

4-ILOVA



16 yoshgacha nogironlikni qayd qilish

DAFTARI

T/r

Bolaning F.I.O.

Tuilgan yili

Jinsi

Manzili

shahar


qishloq

qish

joyi

Tashhisi

Tuma

Orttirilgan

Birlamchi

Qayta

Xulosa

il

qiz
















TMK raisi    ___________________________________

                                                         (F.I.Sh., imzosi)

TMK a’zolari   ___________________________________

                                                            (F.I.Sh., imzosi)


M.Oʻ.






Nizomga

5-ILOVA



16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqidagi

tibbiy хulosaning bekor qilinganligi toʻrisida

TMK XULOSASI ___-son


20___ y. "__" __________                           ___________ tuman (shahar)


Ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________________________ ___________________________________________________.


Nogiron bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi _________________ ___________________________________________________.


Tuilgan yili (oyi, sanasi) ____________________________________


Yashash manzili ________________________________________________

___________________________________________________________________


16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani nogironlik hisobidan chiqarish sabablari:


1. Soayganligi sababli ..........................................................................


2. 16 yoshga toʻlganligi sababli .................................................................


3. Vafot etganligi sababli .....................................................................


4. Koʻchib ketganligi sababli ...................................................................



TMK raisi    ___________________________________

                                                           (F.I.Sh., imzosi)

TMK a’zolari   ___________________________________

                                                              (F.I.Sh., imzosi)


   M.Oʻ.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 38-son, 419-modda.