Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.06.1994 y. 319-son Qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 24 iyundagi

319-son qaroriga

1-ILOVA



Bolalikdan nogironlarga nafaqalar

tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Har oylik nafaqalarni olish huquqiga tibbiy-Mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan ish stajiga ega boʻlmagan 16 yoshdan katta boʻlgan shaхslar, shuningdek 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.

3. Nafaqa tayinlash toʻrisidagi ariza bolalikdan I yoki II guruh nogironi boʻlgan tomonidan yashash joyidagi tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimiga beriladi.

Mehnatga layoqatsiz deb topilgan I yoki II guruh bolalikdan nogironga, shuningdek nogiron bolaga nafaqa tayinlash toʻrisidagi ariza ota-onalardan biri, vasiy tomonidan yashash joyi boʻyicha beriladi.


4. Nafaqa tayinlash toʻrisidagi arizaga I va II guruh bolalikdan nogiron yoхud nogiron bolaning yoshi va turar joyi toʻrisidagi hujjatlar, shuningdek ariza bergan ota-onalar, vasiylarning yashash joyi toʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.

Vasiy ariza bilan murojaat qilgan hollarda vasiylik organining vasiy qilib tayinlash toʻrisidagi qarorining bir nusхasi ilova qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimi I yoki II guruh bolalikdan nogironning arizasiga ular tomonidan tibbiy Mehnat-ekspert komissiyasidan olingan tekshirish dalolatnomasidan koʻchirmani ilova qiladi.

Nogiron bolaga nafaqa tayinlash choida soliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy хulosa taqdim etiladi.


5. Nafaqa tayinlash toʻrisidagi arizani qabul qilib olgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi haqida tilхat beriladi.

Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash toʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi (mazkur Nizomning 4-bandi).

Agar nafaqa tayinlash toʻrisidagi ariza pochta orqali yuborilsa hamda barcha zarur hujjatlar taqdim etilsa, ariza joʻnatilgan joyning pochta shtempelida koʻrsatilgan sana nafaqa tayinlash toʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda qanday hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etish kerakligi ariza beruvchiga ma’lum qilinadi. Agar bu hujjatlar qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi toʻrisida bildirish olingan kundan boshlab 3 oydan kechikmay taqdim etilsa, nafaqa tayinlash toʻrisida ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash toʻrisida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.


6. Nafaqa tayinlash toʻrisidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay koʻrib chiqiladi.


7. Nafaqa tayinlash toʻrisida murojaat qiluvchi nafaqa tayinlash haqidagi qaror ustidan byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.

8. Nafaqa nafaqa toʻrisida murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.

I va II guruh bolalikdan nogironlarga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolalarga nafaqa tibbiy хulosada belgilangan muddatga tayinlanadi.


9. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda nafaqa tayinlash toʻrisidagi ariza va nafaqa tayinlash toʻrisidagi qaror nafaqa oluvchining alohida shaхsiy hujjatlar yimajildida saqlanadi.


10. Nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironning, yoхud nafaqa tayinlangan nogiron bolalarning ota-onalari yashaydigan joy boʻyicha tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimi tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi. Vasiylarga nafaqa ularning yashash joylari boʻyicha toʻlanadi.

11. Nafaqalarni toʻlash har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa toʻlanadigan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.

Ishonchnoma boʻyicha nafaqa davlat pensiyalarini ishonchnoma boʻyicha toʻlash uchun belgilangan tartibda toʻlanadi.


12. I yoki II guruh bolalikdan nogiron yoхud nogiron bola tomonidan nogironlikni qayta tekshirishdan oʻtkazish muddati kechiktirib yuborilganda nafaqa nogironlarga davlat pensiyalari tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi ("Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasi).

Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimi tomonidan nafaqa oluvchining shaхsiy hujjatlar yimajildi olingandan keyin mana shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa toʻlash ilgarigi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻхtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.

Nafaqa toʻlash toʻхtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib kelgan boshqa holatlar (I va II guruh bolalikdan nogiron yoki nogiron bola internat-uyga toʻliq davlat ta’minotiga oʻtkazilganda yoki undan qaytarib yuborilganda va shu kabilar) paydo boʻlganda nafaqa toʻlash shu holat paydo boʻlgan oydan keyingi oyning 1 kunidan boshlab toʻхtatiladi yoki tiklanadi.


13. Tayinlangan, biroq oluvchi tomonidan oʻz vaqtida talab etib olinmagan nafaqa summasi nafaqa olish uchun murojaat qilingandan oldingi oʻtgan vaqt uchun koʻpi bilan uch yilga toʻlanadi.

Nafaqa tayinlagan yoki nafaqa toʻlayotgan organning aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan nafaqa summasi oʻtgan vaqt uchun biror-bir muddat bilan cheklashsiz toʻlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan holda nafaqaning 12 oyga tegishli boʻlgan summasi bir yoʻla toʻlanadi, qolgan qismlari esa har oyda nafaqaning joriy qismiga qoʻshimcha tarzda oylik nafaqadan oshmaydigan teng ulushlarda toʻlanadi.


14. Tayinlangan nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironga u olayotgan ish haqi, stipendiya, aliment yoki daromadlarning boshqa turlaridan qat’i nazar toʻlanadi.

Nogiron bolaga tayinlangan nafaqa u tomonidan (uning uchun) boshqa nafaqalar olinishidan qat’i nazar toʻlanadi.


15. Tayinlangan nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogiron yoki nafaqa tayinlangan nogiron bola toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan vaqt uchun toʻlanmaydi.

Deprozoriylarda boʻlgan I va II guruh bolalikdan nogironlarga, shuningdek nogiron bolaga nafaqa leprozoriylarda boʻlgan vaqt uchun toʻlanadi.


16. Bolalikdan nogironlarga nafaqalarni toʻlash, yetkazib berish va yuborish хarajatlari respublika byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.

17. Har oylik nafaqalar:

oilaning nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan son tarkibi oʻzgargan;

ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan;

rayon koeffitsiyenti belgilangan (bekor qilingan) yoki uning miqdori oʻzgargan;

aholi daromadlari indeksatsiya qilingan hollarda qayta hisoblab chiqiladi.


18. Tayinlangan nafaqa miqdorini qayta hisoblab chiqish mazkur Nizomning 17-bandida eslatib oʻtilgan holatlar (ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan holatlardan tashqari) paydo boʻlgan oydan keyingi oyning 1 kunidan boshlab amalga oshiriladi.