Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.07.2004 y. 342-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.07.2004 y.

N 342


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING   OʻRTA   MAXSUS,

KASB-HUNAR   TA’LIMI   MARKAZI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining Markaz huzurida Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti negizida Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2004 yil 25 avgustgacha Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Ustavini, tuzilmasini va shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin.

4. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 1997 yil 17 iyundagi 301-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 1998 yil 26 fevraldagi 82-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Vazirlar Mahkamasining 5-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                             I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 20 iyuldagi

342-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining qarorlariga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻrisida" 1998 yil 24 fevraldagi 77-son qarorida:


1-bandning ikkinchi-oʻn birinchi хatboshi, 4-bandning ikkinchi-sakkizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


3, 5-bandlar va qarorga 1, 1a, 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


6-bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv хodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻrisida" 2004 yil 5 yanvardagi 1-son qaroriga 2-ilova 17-bandining "Markaziy apparat" satrida toʻrtinchi va beshinchi ustunlardagi "5" va "10" raqamlari chiqarib tashlansin, oltinchi ustundagi "46" raqami "58" raqami bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 29-son, 333-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., 7-son, 70-modda.