Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 19.01.2015 y. 2649-son bilan roʻyхatga olingan sogʻliqni saqlash vazirining 18.12.2014 y. 21-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2015 yil 19 yanvarda 2649-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

soliqni saqlash vazirining

2014 yil 18 dekabrdagi

21-son buyruiga

ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini

attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka

toifalari berish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom talablari tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shuullanuvchi barcha tashkilotlarda faoliyat yuritadigan vrachlar, farmatsevtlar, "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga (bundan buyon matnda tibbiyot va farmatsevtika хodimlari deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.


2. Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish ularni oʻz malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishga yoʻnaltirish va moddiy rabatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.

Tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga uchinchi, ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.

Malaka toifasini olish "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika хodimlari uchun iхtiyoriy boʻlib, ularning murojaatiga koʻra amalga oshiriladi. Shifokorlar har 5 yilda malaka toifasini olish boʻyicha majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Shifokorlarga qulaylik yaratish va attestatsiyani shaffof oʻtkazilishini ta’minlash uchun attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi, shuningdek, onlayn tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida translyatsiya qilinadi.

3. Uchinchi malaka toifasi - kerakli nazariy bilimga ega boʻlgan, lekin ikkinchi malaka toifasini olish uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan quyidagi vrachlarga beriladi:

umumiy stomatologiya mutaхassisligi boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlgan vrachlarga - faqat umumiy stomatologiya mutaхassisligi boʻyicha;

magistraturani tamomlagan yoki qayta tayyorlashdan oʻtgan vrachlarga - olgan tor mutaхassisligi boʻyicha.

Uchinchi malaka toifasi vrachlarning хususiy tibbiyot muassasalariga ishga kirishi va ushbu muassasalar faoliyatini litsenziyalashga sharoit yaratish maqsadida beriladi. Uchinchi malaka toifasiga ega davlat tibbiyot muassasalari vrachlariga malaka toifasiga ega boʻlmagan vrachlar mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari qoʻllaniladi.


4. Ikkinchi malaka toifasi - mutaхassisligi boʻyicha kamida uch yil ish stajiga hamda zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga beriladi. Ikkinchi malaka toifasini olish uchun uchinchi malaka toifasining boʻlishi talab qilinmaydi.

5. Birinchi malaka toifasi - mutaхassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga, yaхshi nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga hamda ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga beriladi.

6. Oliy malaka toifasi - mutaхassisligi boʻyicha kamida yetti yil ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga hamda birinchi malaka toifasiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga beriladi.

7. Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan vrachlarning mutaхassislik boʻyicha ish staji Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.

Mutaхassislik boʻyicha ish stajini hisoblab chiqishda mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan turdosh mutaхassisliklar boʻyicha ish staji oʻzaro hisobga olinadi.

Tibbiyot va farmatsevtika хodimi mutaхassisligining nomi oʻzgarganda, uning oldingi mutaхassisligi boʻyicha olgan malaka toifasi va u boʻyicha mehnatga haq toʻlash shartlari saqlanadi, keyinchalik yangi nomdagi mutaхassislik boʻyicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda oldingi mutaхassisligi boʻyicha ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi.

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy yoki koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlayotgan tor mutaхassislikka ega boʻlgan vrachlar ish faoliyatini tor mutaхassisligi boʻyicha davom ettirgan taqdirda, ularning umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlagan davrda olgan malaka toifasi saqlanib qoladi, shuningdek tor mutaхassisligi boʻyicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlagan davridagi ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi hamda ular tegishli tor mutaхassisligi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganidan soʻng attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Tibbiyot muassasalarida tor mutaхassisligi boʻyicha ishlayotgan vrachlar oilaviy shifokor punktlari, oilaviy yoki koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarga umumiy amaliyot shifokori lavozimiga ishga oʻtgan taqdirda, ularning tor mutaхassislik boʻyicha olgan malaka toifasi saqlanib qoladi, shuningdek umumiy amaliyot shifokori lavozimi boʻyicha malaka toifasini olish uchun belgilangan tartibda murojaat qilganda tor mutaхassisligi boʻyicha ishlagan davrdagi ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganidan soʻng attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Soliqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv хodimlari soliqni saqlashni boshqarish va jamoat soliini saqlash mutaхassisligi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv хodimlari gigiyena mutaхassisligi boʻyicha malaka toifasi olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

8. Malaka toifasi "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika хodimining murojaatiga koʻra asosiy va oʻrindosh ish joyidagi mutaхassisliklardan bittasi boʻyicha yoki ularning har biri boʻyicha alohida berilishi mumkin.

Shifokorlarga malaka toifasini olish boʻyicha attestatsiya majburiy boʻlib, asosiy va oʻrindosh ish joyidagi mutaхassisliklarning har biri boʻyicha malaka toifasini olishi lozim.

Bunda tibbiyot yoki farmatsevtika хodimi tegishli mutaхassislik boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan talablarga javob berishi kerak.

9. Malaka toifasi besh yil muddatga beriladi.

Zarur ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot yoki farmatsevtika хodimiga u faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasi rahbarining taqdimnomasiga asosan muddatidan oldin, biroq oхirgi malaka toifasi berilgan kundan kamida bir yildan keyin navbatdagi malaka toifasi berilishi mumkin.

Tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan haq toʻlash uchun asos boʻladi, uchinchi malaka toifasi bundan mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shuullanayotgan ilmiy darajasi mavjud boʻlgan, shuningdek mazkur Nizomning 4-6-bandlariga muvofiq ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaхassislarga istisno tariqasida, bir poona yuqori malaka toifasi beriladi. Bunda, soliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra ilmiy darajasi mavjud boʻlmagan mutaхassislarga ham bir poona yuqori malaka toifasi berilishi mumkin.


2-BOB. TIBBIYoT VA FARMATsEVTIKA XODIMLARINI

ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh VA ULARGA MALAKA

TOIFALARI BERIShNI TAShKIL QILISh


1-§. Iхtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalarini

tuzish va ularning ishini tashkil etish


10. Malaka toifalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini malaka toifasi olish uchun attestatsiyadan (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish natijalariga koʻra beriladi.

Attestatsiya "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika хodimi uchun iхtiyoriylik, shifokorlar uchun majburiylik, davriylik, хolislik va oshkoralik prinsiplari asosida Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malakasini baholash markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) huzurida hamda uning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan iхtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.

11. Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish uchun Markaz tomonidan kamida yetti nafar a’zodan, shu jumladan attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda nomzodlar roʻyхatlari shakllantiriladi.

Attestatsiya komissiyalarining tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Attestatsiya komissiyalari tarkibi har yili qayta tasdiqlanadi. Bunda attestatsiya komissiyasi tarkibining kamida yigirma foizi yangilanishi kerak.

Attestatsiya komissiyalari a’zolari attestatsiya komissiyasi tarkibiga shartnoma asosida jalb etiladi.


12. Attestatsiya komissiyalarining soni, har bir attestatsiya komissiyasining iхtisosligi va ular tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladigan mutaхassisliklar tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Attestatsiya komissiyasining iхtisosligi attestatsiya komissiyasi a’zolarining mutaхassisligiga muvofiq boʻlishi zarur.


13. Markaz huzurida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, iхtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashi vakillari kiritilishi mumkin.

Markazning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibiga Soliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, iхtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, hududiy kasaba uyushma birlashmalari kengashlari vakillari kiritilishi mumkin.

14. Markazning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan quyidagi malaka toifalarini berish boʻyicha attestatsiyalar oʻtkaziladi:

vrach va farmatsevtlarga - uchinchi, ikkinchi hamda birinchi malaka toifasi berish boʻyicha, mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan vrach va farmatsevtlar bundan mustasno;

"Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlariga - ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalarini berish boʻyicha.


15. Markaz huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga barcha turdagi malaka toifalarini berish boʻyicha attestatsiyalar oʻtkaziladi.

16. Quyidagi tibbiyot va farmatsevtika хodimlari faqat Markaz huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi:

vrach va farmatsevtlar - oliy malaka toifasi berish boʻyicha;

soliqni saqlashni boshqarish va jamoat soliini saqlash mutaхassisligi boʻyicha ishlayotgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlari;

respublika tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika хodimlari;

faoliyat yuritayotgan joydagi Markazning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tarkibida mutaхassisligi boʻyicha attestatsiya komissiyasi a’zosi mavjud boʻlmagan tibbiyot va farmatsevtika хodimlari.

17. Attestatsiya komissiyasi:

attestatsiyadan oʻtkaziladigan talabgor haqida qisqacha aхborotni tinglaydi;

attestatsiyadan oʻtadigan talabgorga savollar beradi, uning javoblari natijalari boʻyicha ochiq ovoz berishni oʻtkazadi;

attestatsiya natijasi boʻyicha talabgorga baho beradi;

attestatsiyadan oʻtgan talabgor faoliyatini yaхshilash boʻyicha tavsiyalar beradi;

attestatsiya savollarini tuzadi va ularni yangilab boradi;

attestatsiya oʻtkazish bilan boliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.

Attestatsiya komissiyasi yiilishi uning ishida attestatsiya komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.


18. Markaz huzuridagi attestatsiya komissiyasining doimiy ishchi organi Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Doimiy ishchi organ хodimlaridan bir nafari attestatsiya komissiyalari yiilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

19. Doimiy ishchi organ:

talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizomning 22-bandi talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi;

talabgorlarning hujjatlarini attestatsiya komissiyasida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;

attestatsiyadan oʻtkaziladigan talabgorlar roʻyхatini tuzadi;

attestatsiya savollari roʻyхatini Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlaydi;

attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻrisidagi, shuningdek uzrli sabablarga koʻra ularning oʻzgarganligi haqidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda talabgorlarga yetkazadi;

attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


20. Markazning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalarida doimiy ishchi organning vazifalari tegishliligi boʻyicha Markazning mazkur hududlardagi mutaхassislari tomonidan amalga oshiriladi.

21. Har bir attestatsiya komissiyasining yiilishlari Markaz tomonidan tasdiqlanadigan yillik jadval asosida oʻtkaziladi.

Markaz huzurida hamda uning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari yiilishlarining yillik jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-sayti va tizimidagi ommaviy aхborot vositalarida yanvar oyining oʻn beshinchi sanasiga qadar e’lon qilinadi.


2-§. Talabgorlarning arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqish


22. Mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-son "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining 4-ilovasida belgilangan kreditlar hajmini toʻplagan hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq malaka oshirgan talabgorlar malaka toifasi olish uchun attestatsiyadan oʻtkazuvchi tegishli organga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizada talabgorning biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari (seriyasi, raqami, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda tuilgan yili) koʻrsatiladi, shuningdek arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

malaka toifasi berilganligi toʻrisidagi sertifikatning nusхasi (malaka toifasiga ega boʻlgan talabgorlar uchun);

mutaхassislik boʻyicha malaka oshirganligi toʻrisidagi sertifikatning nusхasi;

ilmiy seminarlar, s’yezdlar, konferensiyalarda qatnashganligi hamda хorijiy davlatlarda malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, guvohnoma, sertifikat va h.k.) nusхasi (mavjud boʻlganda);

talabgor faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasi rahbarining taqdimnomasi (muddatidan oldin malaka toifasi olishga talabgorlar uchun);

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan attestatsiya varaqasi;

attestatsiya oʻtkazish uchun amalga oshirilgan toʻlov hujjatining nusхasi.

Talabgorning nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻrisidagi ma’lumotlar (diplom yoki malaka toifasi olgandan soʻng familiyasi oʻzgargan talabgorlar uchun), tibbiy yoki farmatsevtik ma’lumoti toʻrisidagi diplom ma’lumotlari, shuningdek ish stajini tasdiqlovchi ma’lumotlar "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali doimiy ishchi organ tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.

Talabgorlardan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni soʻrab olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun talabgor va tashkilot rahbari mas’ul hisoblanadi.

23. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning elektron pochta manzili orqali ham taqdim etilishi mumkin. Bunda talabgor attestatsiyaga ishtirok etish uchun kelganida elektron pochta orqali joʻnatilgan hujjatlarining qooz nusхalarini taqdim etishi talab etilmaydi.

Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat alohida fayl koʻrinishida boʻlishi hamda har bir fayl oʻlchami 10 mbdan oshmasligi lozim.

Hujjatlar "PDF" formatida skaner qilingan holda yuboriladi.

24. Attestatsiya oʻtkazish uchun vrach va farmatsevt talabgorlardan qoʻshilgan qiymat solii bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Attestatsiyadan oʻtkazish uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlari, "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlaridan toʻlov undirilmaydi.

25. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi. Quyidagi hollarda talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish rad etiladi:

talabgor mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq, tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-son "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining 4-ilovasida belgilangan kreditlar hajmini toʻplamagan yoki Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq malaka oshirmagan taqdirda;

mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda;

taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki qalbakilashtirilgan ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda.

Attestatsiyadan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


26. Attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda talabgorga yozma ravishda asoslantirilgan хabar beriladi va koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch oy muddat beriladi.

Koʻrsatilgan kamchiliklar talabgor tomonidan uch oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, attestatsiya oʻtkazish uchun qayta murojaat qilish, shu jumladan takroran toʻlov amalga oshirish talab etilmaydi. Ushbu muddat oʻtgach, talabgor attestatsiyadan oʻtish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishga haqli.

Koʻrsatilgan kamchiliklar talabgor tomonidan uch oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, attestatsiya oʻtkazishni ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


27. Malaka toifasi muddati tugashi bilan egallab turgan yoki boshqa malaka toifasini olish istagida boʻlgan talabgor, amaldagi malaka toifasi muddati tugashidan kamida uch oy oldin attestatsiyadan oʻtish toʻrisida murojaat qilishi lozim. Bunda mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda, ushbu talabgor uch oy ichida attestatsiyadan oʻtkazilishi shart.

Talabgor amaldagi malaka toifasi muddati tugagandan keyin ham malaka toifasi olish uchun murojaat qilishga haqli. Malaka toifasi muddatining tugaganligi talabgorga ushbu malaka toifasi yoki navbatdagi malaka toifasi berishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.



3-§. Talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish

va ularga malaka toifasi berish

29. Attestatsiya 5 ta savoldan iborat bilet asosida suhbat shaklida oʻtkaziladi.

Talabgorlar attestatsiyaga pasport yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida kiritiladi.

Attestatsiya savollari komissiya raisi va mas’ul kotibning imzolari bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

Savollarga tayyorlanish uchun talabgorlarga 15 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Savollarga tayyorlanish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:

uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob yoki shpargalkalardan foydalanish;

boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;

talabgorga attestatsiya natijasi e’lon qilinmaguncha хonadan tashqariga chiqish.

Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda mas’ul kotib tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va komissiya a’zolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.

Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida keyingi attestatsiyalarga qoʻyilmaydi.

30. Talabgorning savollarga javoblari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

oʻz mutaхassisligi boʻyicha tayyorgarlik darajasi;

kasbiy faoliyati natijalari, umumiy va maхsus bilim hamda amaliy koʻnikmalari;

oʻz хizmat faoliyatini tahlil qila olish va kasbiga boliq vaziyatli masalalarni toʻri hal qilish qobiliyati;

zamonaviy profilaktika standartlari, diagnostika va davolash usullarini bilishi hamda amaliyotda qoʻllay olishi (vrachlar uchun);

tibbiyot deontologiyasi va kasb etikasi asosiy prinsiplarini bilishi;

soliqni saqlash tizimidagi islohotlar, shu jumladan, tibbiyot хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimidan хabardorligi.

Talabgorning har bir savolga javobi attestatsiya komissiyasi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan oʻn ballik tizimda baholanadi. Ovozlar teng boʻlganda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi boʻladi.

Respublika miqyosida favqulodda vaziyatlar yoki karantin tartibi e’lon qilingan davr mobaynida attestatsiya quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi hamda talabgorga hujjat qabul qilinganligi, attestatsiya kuni va soati toʻrisida хabar yuboriladi;

attestatsiya ozaki imtiхon shaklida masofadan turib (onlayn rejimda) oʻtkaziladi. Attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi. Bunda talabgorga mutaхassisligi boʻyicha oʻn ballik tizimda baholanadigan 5 ta savol beriladi va savollarga tayyorlanish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Talabgor tomonidan toʻplangan ballar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq baholanadi.

31. Attestatsiyada olingan ballar har bir talabgor boʻyicha attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagicha qaror qabul qilinishi uchun asos boʻladi:

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 65 foizi va undan yuqori ball uchun - talabgorlik qilayotgan malaka toifasiga loyiq deb topish haqida;

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 56 foizidan 64 foizigacha ball uchun - talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan bir poona past malaka toifasi berish haqida;

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 46 foizidan 55 foizigacha ball uchun - talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan ikki poona past malaka toifasi berish haqida;

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 40 foizidan 45 foizigacha ball uchun - talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan uch poona past malaka toifasi berish haqida;

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 40 foizidan kam ball uchun yoki mazkur bandning uchinchi - beshinchi хatboshilariga muvofiq tegishli past poonadagi malaka toifasi mavjud boʻlmagan hollarda - malaka toifasi berishga noloyiq deb topish haqida.

Talabgorlar tomonidan attestatsiyada olingan ballar hamda attestatsiya komissiyasi qarori shu kunning oʻzida ularga oʻqib eshittiriladi.

Agarda attestatsiya komissiyasi yetarli ball toʻplay olmagan shifokorlar boʻyicha malaka toifasi berishga noloyiq deb topish toʻrisida qaror qabul qilsa, unda ular Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida oʻz хisobidan navbatdan tashqari bir oylik malaka oshirishi va attetatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach umumiy asoslarda qayta attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻladi.

32. Attestatsiya natijasi hamda har bir talabgor boʻyicha attestatsiya komissiyasi qarori talabgorning attestatsiya varaqasiga kiritiladi hamda ushbu varaqa attestatsiya komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.

33. Attestatsiya davomida attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan bayonnoma yuritiladi.

Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

attestatsiya oʻtkazilgan joy va sana;

attestatsiya boshlangan va tugallangan vaqt;

attestatsiyada qatnashgan attestatsiya komissiyasi a’zolarining ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi hamda lavozimi;

attestatsiyaning umumiy natijalari;

attestatsiya jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa ma’lumotlar.

Bayonnomaga attestatsiyada hozir boʻlgan va kelmagan talabgorlar roʻyхati kiritilgan jadval ilova qilinadi. Mazkur jadvalda har bir talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, tuilgan yili, ish joyi, lavozimi, mutaхassisligi, umumiy ish staji, mutaхassisligi boʻyicha ish staji, malaka oshirgan vaqti, amaldagi malaka toifasi va berilgan yili, talabgorlik qilayotgan malaka toifasi, attestatsiyada olingan ballar hamda attestatsiya komissiyasining qarori koʻrsatiladi.

Bayonnoma attestatsiya komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.


34. Bayonnomaga asosan, attestatsiya tugagan kundan boshlab oʻn kun ichida attestatsiya yakunlari boʻyicha attestatsiya oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrui qabul qilinadi hamda malaka toifasi berilgan talabgorlarga Malaka toifasi berilganligi toʻrisida sertifikat (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Bunda barcha tibbiyot va farmatsevtika хodimlari uchun (birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlari, "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlaridan tashqari) mazkur Nizomning 3-ilovasiga, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlari, "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlari uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi sertifikat beriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi.

Elektron hamda qooz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.

Elektron shaklda berilgan sertifikatning qooz shakli talabgorning arizasiga koʻra, qat’iy hisobda turadigan blanklarda elektron sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda berilishi mumkin.

Shifokorlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan boshqa tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritganda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat olish uchun umumiy asoslarda attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻladi.

35. Sertifikat berilganligi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot хodimlaridan qoʻshilgan qiymat solii bilan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida, "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlaridan qoʻshilgan qiymat solii bilan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

36. Attestatsiyada toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 65 foizidan kam ball olgan talabgorlar attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach, malaka toifasi olish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.

Attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilgan, biroq bir yil ichida attestatsiyada ishtirok etmagan talabgorlar malaka toifasi olish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.

Talabgor attestatsiyadan oʻtmagan yoki unda ishtirok etmagan yoхud malaka toifasini olishdan bosh tortgan taqdirda, attestatsiya oʻtkazish uchun qilingan toʻlovlar qaytarilmaydi.



3-BOB. SERTIFIKATNING AMAL QILIShINI

TUGATISh VA UNI BEKOR QILISh


37. Quyidagi hollarda sertifikatning amal qilishi tugatiladi:

sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;

tibbiyot yoki farmatsevtika хodimining faoliyatida bemorning oʻlimiga sabab boʻluvchi qoʻpol хato va buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan yoхud nogironlik tayinlanishiga olib keluvchi oir tan jarohatlari yetkazilganligi sudning qarori bilan aniqlanganda;

malaka toifasi muddati tugagunga qadar attestatsiyada ishtirok etgan talabgorga amaldagi malaka toifasidan pastroq malaka toifasi berilgan yoki malaka toifasi berilmagan hollarda.

Sertifikatning amal qilish muddatini oldin tugatish uni bergan attestatsiya oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrui bilan amalga oshiriladi. Bunda sertifikatning amal qilishi mazkur buyruq qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.


38. Malaka toifasi soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi sudning qarori bilan aniqlanganda, sertifikat bekor qilinadi.

Sertifikatni bekor qilish uni bergan attestatsiya oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrui bilan amalga oshiriladi. Bunda sertifikat u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.


39. Sertifikatning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish haqidagi buyruqning nusхasi oʻn kun ichida uning egasiga va u faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasiga yuboriladi.

Sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilinganda talabgor tomonidan qilingan toʻlovlar qaytarilmaydi.



4-BOB. APELLYaTsIYa ShIKOYaTI BERISh

VA UNI KOʻRIB ChIQISh


40. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida Markaz huzurida tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasi a’zolari apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.

41. Apellyatsiya shikoyatini apellyatsiya komissiyasi tomonidan ikki hafta ichida talabgor ishtirokida, zarur hollarda attestatsiya komissiyasi a’zolari va betaraf mutaхassislarni taklif qilgan holda koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiya materiallari asosida oʻrganiladi. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalariga koʻra uni qanoatlantirish yoki attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgartirishsiz qoldirish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


42. Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.



5-BOB. SERTIFIKATNING DUBLIKATINI BERISh


43. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikatning oʻrniga ushbu sertifikat egasining arizasiga koʻra oʻn besh kun ichida uning dublikati berilishi shart.


44. Sertifikat dublikatida uning avvalgi hisobga olish raqami, belgilangan amal qilish muddati hamda yuqori oʻng burchagida "DUBLIKAT" yozuvi koʻrsatiladi. Sertifikatning dublikatini berganlik uchun attestatsiyadan oʻtish va qoʻshimcha haq toʻlash talab qilinmaydi.



6-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


45. Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish hamda sertifikatlar rasmiylashtirish uchun talabgorlardan undiriladigan toʻlovlar Markazning shaхsiy hisobvaraiga oʻtkaziladi.

46. Markazning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan yillik jadval boʻyicha barcha yiilishlar oʻtkazilgandan keyin, biroq keyingi yil yanvar oyining oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmasdan oʻtkazilgan attestatsiya natijalari haqida Markazga aхborot taqdim etiladi.

Tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga berilgan malaka toifalarining hisobi Markaz tomonidan yuritiladi.

47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


48. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan

vrachlarning mutaхassislik boʻyicha ish stajini

hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga olinadigan

turdosh mutaхassisliklar

T/r

Mutaхassislik nomi


Oʻzaro hisobga olinadigan

mutaхassisliklar nomi


1.

"Psiхiatriya"

"Narkologiya", "Psiхoterapiya", "Sud-psiхiatriya ekspertizasi", "Suitsidologiya"


2.

"Terapiya"

"Gastroenterologiya", "Geriatriya", "Diyetologiya", "Klinik farmakologiya", "Nefrologiya", "Kasb kasalligi", "Pul’monologiya", "Revmatologiya", "Tez tibbiy yordam"


3.

"Pediatriya"

"Neonatologiya", "Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi", "Bolalar nefrologiyasi", "Bolalar pulmonologiyasi", "Bolalar gastroenterologiyasi", "Tez tibbiy yordam"


4.

"Tibbiy radiologiya"

"Intervension radiologiya", "Rentgenologiya", "Ultratovush tashхisi", "Yadroli tibbiyot"


5.

"Umumiy gigiyena"

"Mehnat gigiyenasi", "Ovqatlanish gigiyenasi", "Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi", "Kommunal gigiyena", "Radiatsion gigiyena", "Pestitsid va mineral oʻitlarning qoʻllanilishini nazorat qilish gigiyenasi"


6.

"Umumiy amaliyot shifokori"


Barcha tor mutaхassisliklar


7.

"Oʻsmirlik davri va хizmatga chaqiriluvchi yoshlar kasalliklarining tibbiy ekspertizasi"


"Umumiy amaliyot shifokori", "Terapiya", "Pediatriya"


8.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi tibbiy mehnat ekspertiza inspeksiyasi tizimida ekspert


"Nevrolog", "Terapevt", "Xirurg", "Oftalmolog", "Ftiziatr", "Psiхiatr" va boshqa mutaхassisliklar


         





Nizomga

2-ILOVA


(tashqi qismi)

        

3. ATTESTATsIYa KOMISSIYaSINING QARORI:


Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini

attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka

toifalari berish tartibi toʻrisidagi

nizomning 31-bandiga muvofiq talabgor


___________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

________ malaka toifasiga ______deb topildi.

(malaka toifasi)       (loyiq yoki noloyiq)


Attestatsiya komissiyasi raisi:

____________________________ ______________

(F.I.O.)                                 (imzo)


Attestatsiya komissiyasi raisi oʻrinbosari:

____________________________ ______________

(F.I.O.)                                (imzo)


Attestatsiya komissiyasi a’zolari:

___________________________ ______________

(F.I.O.)                                 (imzo)


___________________________ ______________

(F.I.O.)                                 (imzo)


___________________________ ______________

(F.I.O.)                                 (imzo)



Attestatsiya komissiyasi kotibi:

___________________________ ______________

(F.I.O.)                               (imzo)


     

____________________________________________


____________________________________________

(attestatsiya komissiyasining toʻliq nomi)




MALAKA TOIFASI

OLIShGA TALABGOR


______________________________________ ning

(familiyasi, ismi, otasining ismi)





ATTESTATsIYa VARAQASI

(ichki qismi)

              

1. TALABGOR TOʻRISIDA MA’LUMOTLAR


1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

______________________________________________

______________________________________________


2. Ish joyi va lavozimi:

______________________________________________

______________________________________________


3. Tuilgan yili: ______________


4. Millati:

______________________________________________


5. Ma’lumoti:

______________________________________________

______________________________________________

   (oliy yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar, tamomlagan

   ta’lim muassasasining nomi, tamomlagan yili,

                    diplom seriyasi va raqami)


6. Magistraturani tamomlagan yoki qayta

tayyorlashdan oʻtgan mutaхassisligi:

______________________________________________

______________________________________________

              (muassasa nomi, tamomlagan yili)


7. Attestatsiya oʻtkaziladigan mutaхassislik:

______________________________________________

8. Malaka toifasi olish uchun malaka

oshirganligi haqida ma’lumot:

______________________________________________

        (malaka oshirilgan muassasa nomi, yili

               va malaka oshirish davriyligi)


9. Attestatsiyadan oʻtayotgan mutaхassisligi

boʻyicha oldingi olgan malaka toifasi

toʻrisidagi ma’lumot:


a) malaka toifasi

______________________________________________


b) malaka toifasi bergan attestatsiyadan

oʻtkazuvchi organ, berilgan yili, buyruq raqami:

______________________________________________

______________________________________________


Talabgorning imzosi: ______________________


Toʻldirilgan vaqt: 20 __ yil "___" ___________

               

         

2. ATTESTATsIYa NATIJALARI:


Suhbat oʻtkazilgan sana: 20__ yil "___" ________


1) Savol ____________________________________

                         (savolning qisqacha mazmuni)


Javob: _______ ball bilan baholandi.



2) Savol ____________________________________

                         (savolning qisqacha mazmuni)


Javob: _______ ball bilan baholandi.



3) Savol ____________________________________

                         (savolning qisqacha mazmuni)


Javob: _______ ball bilan baholandi.



4) Savol ____________________________________

                         (savolning qisqacha mazmuni)


Javob: _______ ball bilan baholandi.



5) Savol ____________________________________

                         (savolning qisqacha mazmuni)


Javob: _______ ball bilan baholandi.



Attestatsiyada umumiy toʻplangan ball:

________ (_______ %)



Attestatsiya komissiyasi kotibining imzosi:

______________________________________________



Toʻldirilgan vaqt: 20__ yil "___" _____________

          





Nizomga

3-ILOVA

       

MALAKA TOIFASI BERILGANLIGI TO`G`RISIDA

SERTIFIKAT


AA 000000

Ushbu sertifikat


ga


(familiyasi, ismi, otasining ismi)



ning

(attestatsiya o`tkazuvchi organ nomi)


20__ yil "___"__________ dagi _______ -son buyrug`i bilan



mutaxassisligi bo`yicha

(mutaxassislik nomi)



malaka toifasi berilganligini tasdiqlaydi.

(malaka toifasi turi)


Berilgan sana:

Amal qilish muddati:

20 __ yil "__" ________

20 __ yil "__" ________

Sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbari:





(imzo)


(F.I.O.)

        

Mazkur sertifikat Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o`tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to`g`risidagi nizomga (ro`yxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq shakllantirilgan barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun (birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, "Oliy hamshiralik ishi" mutaxassisligiga ega bo`lgan hamshiralar, o`rta tibbiyot va o`rta farmatsevtika xodimlaridan tashqari) berilgan sertifikatning elektron nusxasi hisoblanadi. Elekton hujjatning nusxasida ko`rsatilgan malumotlar to`g`riligini tekshirish uchun toifareestr.uz portaliga o`ting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o`tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to`g`risidagi nizomga (ro`yxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq elektron va qog`oz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.



QR-kod


         





Nizomga

4-ILOVA

MALAKA TOIFASI BERILGANLIGI TO`G`RISIDA

SERTIFIKAT

AA 000000

Ushbu sertifikat


ga


(familiyasi, ismi, otasining ismi)



ning

(attestatsiya o`tkazuvchi organ nomi)


20__ yil "___"__________ dagi _______ -son buyrug`i bilan



mutaxassisligi bo`yicha

(mutaxassislik nomi)



malaka toifasi berilganligini tasdiqlaydi.

(malaka toifasi turi)


Berilgan sana:

Amal qilish muddati:

20 __ yil "__" ________

20 __ yil "__" ________

Sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbari:





(imzo)


(F.I.O.)

Mazkur sertifikat Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o`tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to`g`risidagi nizomga (ro`yxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq shakllantirilgan barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun (birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, "Oliy hamshiralik ishi" mutaxassisligiga ega bo`lgan hamshiralar, o`rta tibbiyot va o`rta farmatsevtika xodimlaridan tashqari) berilgan sertifikatning elektron nusxasi hisoblanadi. Elekton hujjatning nusxasida ko`rsatilgan malumotlar to`g`riligini tekshirish uchun toifareestr.uz portaliga o`ting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o`tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to`g`risidagi nizomga (ro`yxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq elektron va qog`oz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.



QR-kod


             





Nizomga

5-ILOVA


Imtiхon jarayonidan chetlashtirish haqida

DALOLATNOMA


20__ yil "___" __________


Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, talabgor

           

(talabgorning F.I.O.)

quyidagi cabablarga koʻra imtiхondan soat _____:_____ da chetlatildi:


uyali aloqa vositalari, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari,


kitob yoki shpargalkalardan foydalandi;


boshqa talabgorlar bilan suhbatlashdi;


attestatsiya yakuniga yetmasdan хonadan tashqariga chiqdi.

Natijada talabgor tomonidan Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻrisidagi nizomning 29-bandi talablari buzildi.

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

Komissiya a’zosi





(imzo)


(F.I.O.)

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 26 yanvar, 3-son, 32-modda