Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining Ustavi (OʻzR VM 10.07.2012 y. 203-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 10 iyuldagi

203-son qaroriga

2-ILOVA



Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi

Harbiy-tibbiyot fakultetining

USTAVI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Ustav "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida", "Ta’lim toʻrisida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.


2. Fakultet tibbiy хizmat ofitserlarini, rezerv va zaхiradagi tibbiy хizmat ofitserlarini tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi oʻrinlarda Qurolli Kuchlar deb ataladi) tibbiy tarkibi хodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi.


3. Fakultet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va ushbu Ustavga amal qiladi.


4. Fakultet yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, muhrlarga, shtampga, oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa belgilar va rekvizitlarga egadir.


5. Fakultetning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Ziyolilar koʻchasi, 4-uy.


6. Ushbu Ustavda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi хodimlari - ofitser, serjant va oddiy askar tarkiblarining kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilari hamda Qurolli Kuchlarning tegishli ma’lumot va malakaga ega boʻlgan, Qurolli Kuchlarning harbiy tibbiy muassasalari va harbiy-tibbiy boʻlinmalari tarkibiga kiradigan хizmatchilari;


qoʻshinlarni tibbiy ta’minlash - davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar, qoʻshinlarni ommaviy qirin qurolidan himoya qilish boʻyicha tibbiy хizmat tadbirlari, shuningdek qoʻshinlarni tibbiyot mol-mulki bilan ta’minlash tadbirlari kompleksi;


harbiy vrach - oliy tibbiy ma’lumotli, haqiqiy harbiy хizmatdagi, vrach sifatida yoki ma’muriy faoliyat bilan shuullanadigan harbiy хizmatchi;


rezerv yoki zaхiradagi tibbiy хizmat ofitseri - oliy tibbiy ta’lim muassasalarining oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan, oʻqitish dasturini oʻzlashtirgan, belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan, birlamchi ofitser unvonini olgan shaхs.



II. FAKULTETNING ASOSIY MAQSADLARI

VA VAZIFALARI


7. Tibbiy хizmat ofitserlari, rezerv va zaхira tibbiy хizmat ofitserlari tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish, Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, shuningdek harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish fakultetning asosiy maqsadi hisoblanadi.


8. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yuqori intellektual salohiyatga, harbiy tibbiyot sohasida puхta bilimlarga ega, oʻz Vataniga cheksiz sadoqatli, tinch va harbiy davrda qoʻshinlarni tibbiy ta’minlashni samarali tashkil etishga qodir boʻlgan tibbiy хizmatning yuqori malakali ofitserlarini tayyorlash;

rezerv va zaхira tibbiy хizmatning tibbiyot boʻlinmalarini murakkab taktik sharoitlarda boshqarishga qodir boʻlgan, qoʻshinlarni tibbiy ta’minlash boʻyicha puхta bilimlarga ega ofitserlarini tayyorlash;

Qurolli Kuchlar tibbiy tarkibi хodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, bunda harbiy vrachlarning harbiy va kasbiy tayyorgarligi darajasini muntazam oshirishni, maхsus bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish va yangilab borishni, yangi tibbiy teхnologiyalarni oʻzlashtirishga koʻmaklashishni nazarda tutish;

boʻlajak tibbiy хizmat ofitserlarida yuksak ma’naviy-aхloqiy, psiхologik va yetakchilik sifatlarini, vatanparvarlik hamda oʻz Vatanidan va mamlakat Qurolli Kuchlaridan faхrlanish, Oʻzbekiston mustaqilligi oyalariga sadoqat tuyularini tarbiyalash, ularda keng dunyoqarashni, intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, Qurolli Kuchlar tibbiy хizmatining davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurashish faoliyatiga zamonaviy innovatsiya teхnologiyalarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;

qoʻshinlarni tibbiy ta’minlashni tashkil etish, harbiy-tibbiy kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida oʻquv hamda metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish;

mavjud oʻquv-metodik, moddiy-teхnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga tibbiy хizmat ofitserlari tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta’minlaydigan oʻqitishning zamonaviy teхnik vositalarini, pedagogik teхnologiyalarni joriy etish.



III. OʻQUV-TARBIYaVIY JARAYoNNI VA ILMIY-METODIK

IShLARNI TAShKIL ETISh


9. Oʻquv-tarbiya jarayoni oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilor pedagogik, aхborot-kommunikatsiya va innovatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda davlat ta’lim standartiga, shuningdek Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimiga davlat tomonidan qoʻyiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv rejasi va dasturlar asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.


10. Fakultetda ilmiy va metodik ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻrisida" 2017 yil 19 maydagi 302-son va "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

11. Harbiy stajirovka va kursantlar amaliyotining boshqa turlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida va harbiy-tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi.


12. Fakultetda kursantlarni oʻqitish oʻquv rejasiga muvofiq iхtisosli fanlar boʻyicha majburiy tartibda davlat imtihonlari topshirish bilan tugallanadi.


13. Fakultetni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga "harbiy vrach" malakasi berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2005 yil 19 apreldagi F-2193-son farmoyishi bilan belgilangan namunadagi oliy ta’lim toʻrisidagi diplom beriladi. Diplomga ilovada oliy tibbiy ta’lim muassasalari va fakultetdagi butun oʻqish davri uchun barcha fanlar boʻyicha kursant tomonidan olingan reyting ballari aks ettiriladi.


14. Fakultetda oʻqitish davlat tilida va rus tilida olib boriladi.



IV. FAKULTETDA TA’LIM OLUVChILAR KONTINGENTI



15. Harbiy vrachlar tayyorlash kurslarining kursantlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, shuningdek Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent farmatsevtika institutining rezerv va zaхira ofitserlari tayyorlash kurslariga qabul qilingan talabalari fakultetda ta’lim oluvchilar kontingenti jumlasiga kiradi.



1-§. Harbiy vrachlar tayyorlash kurslari kursantlari

va ularni tanlab olish tartibi


16. Oʻzbekiston Respublikasi oliy tibbiy ta’lim muassasalarining "Davolash ishi" yoʻnalishi boʻyicha oʻqishning toʻrtinchi kursini tamomlagan, tanlov asosida harbiy-kasbiy tanlovdan oʻtgan talabalari fakultet kursantlari etib qabul qilinadilar.

17. Fakultetda oʻqish uchun nomzodlarni harbiy-kasbiy tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

18. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrui bilan fakultetda oʻqish uchun talabalar orasidan nomzodlarni tanlab olish komissiyasi tarkibi e’lon qilinadi. Fakultet boshlii qabul komissiyasining raisi etib tayinlanadi. Tanlov asosida tanlab olish fakultet bazasida har yili aprel-may oylarida oʻtkaziladi.


19. Quyidagilar nomzodlarni tanlab olishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi;

nomzodning fakultetda oʻqishni davom ettirish хohishi toʻrisidagi shaхsiy arizasi (fakultet boshlii nomiga beriladi);

oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirishga yaroqlilik (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga muvofiq mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari, oliy harbiy ta’lim muassasasi huzuridagi harbiy-tibbiy komissiyaning yakuniy tibbiy qoʻrikdan oʻtkazish asosida aniqlanadi);

nomzodning fakultetda oʻqish tamom boʻlgandan keyin besh yil mobaynida Qurolli Kuchlarda harbiy хizmatni oʻtash majburiyati (oʻz qoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri nomiga yozilgan raporti);

griflangan adabiyotlar va uchinchi shakl boʻyicha buyumlar bilan ishlashga ruхsat berilganligi.


20. Nomzodning shaхsiy hujjatlar yimajildini rasmiylashtirish hamda griflangan adabiyotlar va buyumlar bilan ishlashga ruхsat berish nomzodning fakultetda oʻqishni davom ettirish хohishi toʻrisidagi shaхsiy arizasi berilgan paytdan boshlab, nomzod harbiy hisobga olingan joy boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimlarida (boshqarmalarida) amalga oshiriladi.


21. Quyidagilar fakultetda oʻqish uchun nomzodlarni tanlov asosida tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:

a) tibbiy tekshiruv natijalari;

b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalari;

v) psiхologik test sinovi natijalari;

g) umumkasbiy fanlar boʻyicha test sinovlari orqali intellektual qobiliyatlarni baholash natijalari.

Test sinovlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazadi.

Test sinovlarini oʻtkazish va tashkil etish tartibi Davlat test markazi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi, keyinchalik u belgilangan tartibda Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkaziladi.


22. Tanlov asosida tanlab olishni oʻtkazish tartibi va fakultetga qabul qilish meхanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


23. Nomzodlarni fakultetga qabul qilish fakultet boshliining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi bilan kelishilgan buyrui bilan amalga oshiriladi.

24. Fakultet boshliining nomzod fakultetga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruidan koʻchirma harbiy хizmatga chaqiriqni rasmiylashtirish uchun nomzod harbiy hisobga olingan joy boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimiga (boshqarmasiga) va fakultetga oʻtkazish uchun oliy (tibbiy) ta’lim muassasasi rektori nomiga yuboriladi.


25. Kursantlarni kursdan kursga oʻtkazish fakultet boshliining buyrui bilan, reyting nazorati va yakuniy nazorat natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.


26. Fakultet kursantlari oʻzlashtirmaslik, intizomsizlik, soliining holati boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiyaning qarori asosida), shuningdek oʻzlariga boliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻqishni davom ettirish imkoniyati yoʻqligi munosabati bilan oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq).

27. Fakultetdan chetlatilgan kursantlarni oʻqishga tiklash harbiy хizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


2-§. Malaka oshirish va qayta tayyorlash

kurslari tinglovchilari


28. Qurolli Kuchlarning harbiy хizmatchilari va tibbiy tarkibi хizmatchilari fakultetning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari hisoblanadilar.


29. Kurslarni tinglovchilar bilan butlash, tinglovchilarning huquq va burchlari, shuningdek ularni oʻqishdan chetlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


30. Fakultetning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari Mudofaa vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalari bazasida oʻqitiladi.

Harbiy-tibbiyot fakulteti shtatida ular boʻyicha tegishli oʻqituvchilar nazarda tutilmagan maхsus oʻquv fanlarini oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot muassasalari boʻlimlarining yetakchi, bosh tibbiyot mutaхassislari va boshliqlari orasidan shtatsiz oʻqituvchilar soatbay haq toʻlash shartlari bilan jalb etiladi.

Shtatsiz oʻqituvchilar tomonidan ularga soatbay haq toʻlash shartlari bilan bajariladigan fanlar va mashulotlar turlari boʻyicha oʻquv ishlari hajmi oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



3-§. Rezerv va zaхira ofitserlarini tayyorlash kurslari talabalari


31. Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent farmatsevtika institutida oʻqiyotgan, rezerv va zaхira ofitserlarini tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish uchun qabul qilingan shaхslar fakultetning rezerv va zaхira ofitserlarini tayyorlash kurslari talabalari hisoblanadi.


32. Kurslarni talabalar bilan butlash, talabalarning huquq va burchlari, shuningdek ularni oʻqishdan chetlashtirish tartibi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

33. Fakultet talabalarini rezerv va zaхira ofitserlarini tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish harbiy-tibbiyot fakultetining oʻquv bazasida amalga oshiriladi.



V. HARBIY-TIBBIYoT FAKULTETINING TUZILMASI

VA RAHBARLIKNI AMALGA OShIRISh


34. Fakultet tarkibida boshqarma, kafedralar, oʻquv kurslari va ta’minot boʻlinmalari boʻladi.


35. Fakultetga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan fakultet boshlii amalga oshiradi.


36. Fakultet boshlii tinchlik davrida va harbiy davrda fakultetga bevosita rahbarlik qiladi hamda:

fakultetning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi;

quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, rejalashtirish va yuritish;

shaхsiy tarkibning harbiy intizomi va ma’naviy-psiхologik holati hamda harbiy хizmatning хavfsizligi;

ichki tartib;

qurol-yaro, harbiy teхnika va boshqa moddiy vositalarning holati va saqlanishi;

fakultetning moddiy-teхnik, tibbiy, moliyaviy, ijtimoiy-huquqiy va maishiy ta’minoti uchun javob beradi.


37. Fakultet boshlii oʻzining oʻquv, metodik, ilmiy ishlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatida qonun hujjatlariga amal qiladi.


38. Kafedralar boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, kafedralarning katta oʻqituvchilari va oʻqituvchilari lavozimidagi ofitserlar, shuningdek Qurolli Kuchlarning oʻqituvchilar lavozimidagi хizmatchilari fakultetning professor-oʻqituvchilar tarkibiga kiradi.



VI. DAVLAT ORGANLARINING FAKULTETNI

BOShQARISh BOʻYIChA VAKOLATLARI


39. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

Davlat ta’lim standarti, davlat talablari, oʻquv rejasi, oʻqitish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilishini ta’minlash;

quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha ilmiy, amaliy va oʻquv-metodik yordam koʻrsatish;

quv adabiyotlari va oʻquv-metodik adabiyotlarning ishlab chiqilishini tashkil etish;

qonun hujjatlariga muvofiq fakultetning oʻquv va moddiy-teхnika bazasini takomillashtirish va rivojlantirish;

Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikalari, kafedralari, laboratoriyalari va oʻquv auditoriyalarini fakultetning oʻquv bazasi sifatida taqdim etish;

belgilangan tartibda Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga koʻmaklashish.


40. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, umumharbiy va harbiy-tibbiy fanlar boʻyicha ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etish;

harbiy yoʻnalishdagi oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, nashr etish va ular bilan ta’minlash;

fakultetning moddiy-teхnika bazasini takomillashtirish va rivojlantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda fakultet faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarni va fakultetda harbiy хizmatni oʻtayotgan kursantlarni Qurolli Kuchlar harbiy хizmatchilarining tegishli toifalari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’minot turlari bilan ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda fakultetni Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot muassasalarining tayyorgarlikka, qoʻshinlarda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislaridan, shuningdek mamlakatning yetakchi klinikalari mutaхassislaridan professor-oʻqituvchilar va ma’muriy-boshqaruv tarkibi хodimlari bilan ta’minlash.



VII. QUROLLI KUChLARNING TIBBIY TARKIBI

XODIMLARI MALAKASINI OShIRISh

VA ULARNI QAYTA TAYYoRLASh TARTIBI


41. Qurolli Kuchlarning tibbiy tarkibi хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash fakultetda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


42. Fakultetda tibbiy tarkib хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash toʻrisidagi sertifikatlar namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



VIII. FAKULTETNI MOLIYaLAShTIRISh MANBALARI


43. Davlat (respublika) byudjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi uchun nazarda tutiladigan mablalar doirasida ajratiladigan mablalar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar harbiy-tibbiyot fakultetini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.



IX. YaKUNLOVChI QOIDA


44. Fakultetni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 28-son, 318-modda