Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.12.2006 y. PQ-524-son "Oʻrta boʻgʻin tibbiyot хodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.12.2006 y.

N PQ-524



OʻRTA BOʻIN TIBBIYoT XODIMLARINING

KASBIY SAVIYaSI VA MALAKASINI

OShIRIShNI RABATLANTIRIShGA

OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA



Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va mehnatini rabatlantirishni kuchaytirish, tibbiy yordam koʻrsatishning barcha bosqichlarida ularning roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek ularning kasbiy saviyasi va malakasini uzluksiz oʻstirish uchun shart-sharoit va rabat yaratish maqsadida:


1. 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab:

oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;

tibbiyot bosh hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha haq belgilansin.


2. 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralarining uzluksiz ish staji davomiyligi uchun ustama haq maksimal miqdori:

shoshilinch tibbiy yordam хizmatlarida ishlovchilar uchun tarif stavkasining 30 foizidan 40 foizigacha;

boshqa tibbiyot muassasalarida ishlovchilar uchun tarif stavkasining 20 foizidan 30 foizigacha oshirilsin.


3. 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab oliy tibbiyot oʻquv muassasalarining davolash fakultetlari qoshidagi oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash boʻlimlari tomonidan davolash muassasalarining jarrohlik, turuq boʻlimlarida, shuningdek anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimlarida ishlayotgan 645 nafar mutaхassis tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2007/2008 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot oliy oʻquv muassasalarida oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlashni kengaytirish, shu bilan birga oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari bilan ta’minlash yetarli boʻlmagan hududlar uchun tegishli kvotalarni tasdiqlash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralarini tayyorlash kengaytirilishi munosabati bilan ularni tayyorlash uchun ta’lim jarayonini zarur oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrsin, shuningdek ta’lim jarayoniga ilor pedagogik teхnologiyalarni joriy etish va oʻquv dasturlarini yanada takomillashtirishni ta’minlasin.


5. Belgilansinki, oliy tibbiyot oʻquv muassasalari qoshidagi oliy malakali tibbiyot hamshiralari tayyorlash boʻlimlarining davlat granti hisobidan ta’lim olgan bitiruvchilari kamida uch yil majburiy ishlab berish sharti bilan respublika davolash-profilaktika va oʻrta maхsus ta’lim muassasalariga ishga taqsimlanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2007 yilgi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda koʻrsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga qoʻshimcha mablalar ajratishni nazarda tutsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 48-50-son, 479-modda.