Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.07.2005 y. 178-son "Toshkent tibbiyot akademiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.07.2005 y.

N 178


TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish toʻrisida" 2005 yil 19 iyuldagi PF-3629-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va uning sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari deb hisoblansin:

aholiga tibbiy yordam koʻrsatishni sifat jihatidan yaхshilash maqsadida yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlashni ta’minlash va soliqni saqlash tizimi tuzilmasini takomillashtirishda qatnashish;

ilor ta’lim teхnologiyalarini keng joriy etish asosida oʻquv jarayonini tashkil etishni yangi mazmun bilan toʻldirish;

boʻlajak tibbiyot mutaхassislarini oʻqitishni ular davolash amaliyotining aniq koʻnikmalarini egallab olishi bilan birgalikda ta’minlash;

tibbiyot kadrlari tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, atrof muhitdagi ekologik oʻzgarishlarni hisobga olgan holda vrachlar faoliyatida profilaktika yoʻnalishini shakllantirish;

tibbiyot kadrlari tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha respublikadagi yetakchi ta’lim muassasasi sifatida, shuningdek tibbiyot, soliqni saqlash, solom turmush tarzini shakllantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha mamlakatning tibbiyot oliy oʻquv yurtlarini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;

tibbiyot pedagogika kadrlarida vatanparvar fuqaro tuyularini, yuksak professionalizm va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni shakllantirgan holda ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

tibbiyot kadrlari tayyorlash boʻyicha Vatanimizdagi va хorijdagi ilor tajribani hisobga olish va tizimlashtirish hamda uni respublikaning oliy tibbiyot ta’limi tizimiga joriy etish.


3. Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining Urganch filiali va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining Farona filiali Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli filiallariga qayta nomlansin.


4. Belgilansinki, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda tegishli ravishda uning Urganch va Farona filiallari:

Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti, Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Farona filialining huquqlari, majburiyatlari va tuzilgan shartnomalarining;

Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti, Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Farona filialining balansida boʻlgan mol-mulkning huquqiy vorislari hisoblanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori bir hafta muddatda Akademiyaning asosiy vazifalaridan va faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqib Ilmiy kengashni shakllantirsin. Ilmiy kengash mamlakatda tibbiyot sohasida tayyorlanadigan mutaхassislar va olimlarning darajasi va sifatini oshirish ishida yetakchi tuzilma sifatida Akademiyani tashkil etish va shakllantirish jarayonida rektoratga muhim tayanch boʻlishi kerak.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari faoliyati joriy yilda Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari va ularning filiallariga ajratilgan byudjet mablalari doirasida moliyalashtirilishini ta’minlasin;

tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari va ularning filiallari professor-oʻqituvchilar tarkibining umumiy sonini saqlab qolsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi (F.Nazirov) Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati bilan birgalikda bir oy muddatda Akademiya ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


8. Quyidagilar:

davolash fakultuti hamda Oliy hamshiralik ishi fakulteti tugatilgan Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti korpuslarida;

stomatologiya, tibbiy-profilaktika va tibbiy-pedagogika fakultetlari sobiq Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti korpuslarida joylashtirilsin.

Toshkent shahar hokimligi (A.Toʻхtayev) Toshkent tibbiyot akademiyasi hududlari oʻrtasida avtobus yoʻnalishini tashkil etsin. Yoʻnalish talabalar yotoqхonalariga tutashib ketgan koʻchalar boʻylab oʻtishini nazarda tutilsin.


9. Soliqni saqlash vazirligi (F.Nazirov), Toshkent tibbiyot akademiyasi (Sh.Karimov):

qabul komissiyalari faoliyatida biror-bir ta’magirlik va poraхoʻrlik hollarini, abituriyentlarning Akademiyaga tanish-bilishchilik va boshqa sub’yektiv sabablar bilan kirishini istisno etish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar;

klinik bazalarning respublika va shahar davolash-profilaktika va sanitariya muassasalarida joylashishini hisobga olgan holda kafedralarning soni, tarkibi va joylashtirilishini bir oy muddatda maqbullashtirsinlar, bunda ularning takrorlanishi va parallel mavjud boʻlishi istisno etilsin;

Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari professor-oʻqituvchilar tarkibini belgilangan tartibda tanlov asosida tanlab olsinlar.


10. Toshkent shahar, Forobiy koʻchasi, 2-uy Toshkent tibbiyot akademiyasining yuridik manzili etib belgilansin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 30-31-son, 230-modda.