Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.2005 y. 164-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida" 2005 yil 19 iyuldagi PF-3629-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.07.2005 y.

N 164


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "TOShKENT TIBBIYoT

AKADEMIYaSINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA"

2005 YIL 19 IYuLDAGI PF-3629-SON FARMONINI

AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish toʻrisida" 2005 yil 19 iyuldagi PF-3629-son Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Shavkat Ibrohimovich Karimov Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori etib tayinlansin.


2. Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan boliq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.


3. Komissiya (F.. Nazirov) bir hafta muddatda qaror loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda:

Akademiyaning respublikadagi yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oʻquv muassasasi sifatida Akademiyaga yuklangan funksiyalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan yangi tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga;

saqlab qolinadigan beshta fakultetlarning tuzilmasini shakllantirishga, kafedralarni fakultetlar boʻyicha taqsimlashga, a’zolari kam sonli boʻlgan kafedralar tuzilishiga, ularning bir-birini takrorlashi va parallel mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda kafedralar soni, tuzilmasi va nomlarini belgilashga;

tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlarining binolari, inshootlari, boshqa mol-mulki va aktivlarini Akademiya balansiga oʻtkazish masalalarini hal etishga, fakultetlarni joylashtirishga hamda Akademiyaning moddiy-teхnika va oʻquv bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor berilsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 21 iyuldagi

164-son qaroriga

ILOVA



Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning

faoliyati bilan boliq  tashkiliy masalalar yuzasidan

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini

tayyorlash boʻyicha Komissiya

TARKIBI

Nazirov F..


-

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri, komissiya raisi


Vorisov A.K.


-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari  (kelishuv boʻyicha)


Ziyoyev M.Q.


-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari


Sharopov N.Oʻ.


-

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari


Qoʻchqorov J.A.


-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari


Bolkunov V.F.


-

Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari aхborot-tahlil departamenti bosh mutaхassisi


Usmonov R.J.


-

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari


Karimov Sh.I.

-

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 28-29-son, 211-modda.