Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.07.2005 y. PF-3629-son "Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.07.2005 y.

N PF-3629


TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSINI

TAShKIL QILISh TOʻRISIDA



Yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy-teхnika bazasini yaratish, ilor ta’lim teхnologiyalarini keng joriy etish asosida oʻqish jarayonini yangi mazmun bilan boyitish, boʻlusi mutaхassislarning ta’limi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambarchas bolab olib borilishini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Belgilansinki, Toshkent tibbiyot akademiyasi Respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005/2006 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul toʻrisida" 2005 yil 2 iyundagi PQ-92-sonli qaroriga muvofiq 2005/2006 oʻquv yiliga bakalavrlar va magistrlar tayyorlash boʻyicha Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari uchun belgilangan qabul kvotalari Toshkent tibbiyot akademiyasida saqlab qolinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorati bilan birgalikda ilgari tasdiqlangan qabul komissiyalari faoliyatining aniq puхta tashkil etilishini va ular uzluksiz ishlashini, Akademiyaga qabul qilish choida test tanlovi oʻtkazilishi hamda test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtganlar qabul qilinishini ta’minlasin.

Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlariga hujjat topshirgan va test sinovlarida muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar Toshkent tibbiyot akademiyasining talabalari etib qabul qilinishi belgilab qoʻyilsin.


5. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish va uning faoliyati bilan boliq barcha tashkiliy masalalar yuzasidan qaror qabul qilsin.

Qarorda quyidagilar nazarda tutilsin:

hozir faoliyat koʻrsatayotgan beshta fakultet - davolash, tibbiy-pedagogika, stomatologiya, tibbiy-profilaktika hamda "Oliy hamshiralik ishi" fakultetlarini saqlab qolish;

davolash fakulteti hamda "Oliy hamshiralik ishi" fakultetini tugatilgan Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti korpuslarida, stomatologiya, tibbiy-profilaktika va tibbiy-pedagogika fakultetlarini esa - sobiq Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti korpuslarida joylashtirish;

Toshkent tibbiyot akademiyasining yangi tashkiliy tuzilmasi, kafedralar, oʻquv, laboratoriya hamda yordamchi tuzilmalarning soni, tarkibi va nomini qayta koʻrib chiqish, ularning takrorlanishi va parallel holda olib borilishiga barham berishni koʻzda tutish. Ayni vaqtda professor-oʻqituvchilar tarkibining umumiy soni saqlab qolinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlarining binosi, inshootlari hamda boshqa mulki va aktivlarini Toshkent tibbiyot akademiyasi balansiga bepul oʻtkazsin.


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 28-29-son, 205-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2005 yil, 7-son, 245-modda