Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.1998 y. 239-son "Qoraqalpogʻiston va Urganch davlat universitetlarining tibbiyot fakultetlarini hamda Fargʻona davlat universitetining tibbiyot markazini qayta tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.06.1998 y.

N 239


QORAQALPOISTON VA URGANCh

DAVLAT UNIVERSITETLARINING

TIBBIYoT FAKULTETLARINI HAMDA

FARONA DAVLAT UNIVERSITETINING

TIBBIYoT MARKAZINI QAYTA TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA



Tibbiyot kadrlari tayyorlash sifatini oshirish, oliy tibbiy ta’lim-muassasalari kadrlar potensialini va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiqquv, ilmiy-tadqiqot va davolash jarayonlarining izchilligi hamda oʻzaro aloqasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston va Urganch davlat universitetlarining tibbiyot fakultetlari va Farona davlat universitetining tibbiyot markazi tegishli ravishda Toshkent tibbiyot pediatriya, Birinchi Toshkent va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari filiallariga aylantirilsin.

Qayta tashkil etish Qoraqalpoiston va Urganch davlat universitetlarining tibbiyot fakultetlari, Farona davlat universtitetining tibbiyot markazi хarajatlari va joriy faoliyati uchun byudjetdan ajratiladigan mablalar doirasida amalga oshirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda Qoraqalpoiston va Urganch davlat universtitetlari tibbiyot fakultetlarining, Farona davlat universiteti tibbiyot markazining talablar kontingentini, professor-oʻqituvchilar tarkibi хodimlarini, ma’muriy-boshqaruv va хoʻjalik хodimlarini, asosiy fondlarni va moliyaviy mablalarini ularning balansidan Soliqni saqlash vazirligining Toshkent tibbiyot pediatriya, Birinchi Toshkent va Ikinchi Toshkent tibbiyot institutlari filiallari balansiga bersin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

ikki hafta muddatda Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Qoraqalpoiston filiali, Birinchi Toshkent tibbiyot institutining Urganch filiali va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutining Farona filiali toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, institutlar ustavlariga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritsin;

Davlat test markazi bilan birgalikda 1998/99 oʻquv yilida koʻrsatib oʻtilgan filiallarga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin;

1998 yil 1 avgustgacha Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tashkil etilayotgan filiallarning oʻquv rejalarini, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini tanqidiy ravishda qayta koʻrib chiqsin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq tuzatishlar kiritilgan oʻquv rejalarini va dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning 1998 yil 1 sentyabrdan boshlab amalga kiritilishini ta’minlasin;

tashkil etilayotgan filiallarning professor-oʻqituvchilar tarkibining, moddiy-teхnika bazasi va oʻquv-uslubiy jihozlanishining mustahkamlanishini ta’minlasin;

talabalarning klinik amaliyotini oʻtkazish uchun filiallarga ilor tibbiyot va davolash muassasalarini biriktirib qoʻysin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining byudjet koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm va Farona viloyatlari hokimliklari:

tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasalariga oʻquv-moddiy bazalarini mustahkamlash, ularni professor-pedagog kadrlar bilan ta’minlashda amaliy yordam koʻrsatsinlar;

filiallarga ilor korхonlar va tashkilotlar tomonidan homiylik qilinishini, ularning faoliyatini tashkil etish uchun mabla bilan ta’minlashning byudjetdan tashqari qoʻshimcha manbalari jalb qilinishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyundagi 211-son qaror 1-bandining Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Nukus filialini, Birinchi Toshkent tibbiyot institutining Urganch filialini qayta tashkil etishga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Oʻ. Sultonov