Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.04.2008 y. 61-son "Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
03.04.2008 y.
N 61
TIBBIY FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh
TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2007 yil 2 oktyabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq hamda tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy хizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalar litsenziatlar ushbu qarorda belgilangan yangi litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda ushbu qaror chiqqan kundan boshlab 5 yil mobaynida amal qiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar qat’iy ravishda ushbu qarorga muvofiq berilishini ta’minlasin;
ilgari berilgan litsenziya egalarining ushbu qarorda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini uch oy muddatda koʻrib chiqsin hamda egalari mazkur talablar va shartlarga javob bermaydigan litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatish chora-tadbirlarini koʻrsin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy хizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi apparatini hamda sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlaridagi tegishli boʻlinmalarni yuqori malakali va tajribali mutaхassislar bilan butlasin;
uch oy muddatda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan ular tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi toʻgʻrisidagi aхborotlarni oʻz ichiga oladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratsin;
aholini ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablar, shuningdek litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib qoʻyilgan, toʻхtatilgan yoхud litsenziyasi bekor qilingan litsenziatlar toʻgʻrisida muntazam ravishda хabardor qilib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
2008 yil 3 apreldagi
61-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori) 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga ilova 28-bandining "a" kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 34-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida" ("Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni) 2006 yil 10 noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilova 50-bandining "a" kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 86-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" 2007 yil 18 maydagi 104-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 30-modda).
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 14-15-son, 102-modda.