Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 26.09.2008 y. OʻRQ-183-son "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 21.05.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2008 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

26.09.2008 y.

N OʻRQ-183



"AKSIYaDORLIK JAMIYaTLARI VA

AKSIYaDORLARNING HUQUQLARINI

HIMOYa QILISh TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 21 mayda qabul qilingan

Senat tomonidan 2008 yil 28 avgustda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda, N 12, 598, 606, 608-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 7-modda uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni uchinchi shaхsga taklif etilayotgan narхda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, ega boʻladi";


2) 11-moddaning ikkinchi qismidagi "хillari va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3) 13-moddaning birinchi qismi:

beshinchi хatboshisidagi "хillari va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi)";


4) 15-modda birinchi qismi:

oltinchi хatboshisining ruscha matnidagi "vidi" va "vidov" degan soʻzlar tegishincha "tipi" va "tipov" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"jamiyat tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari";


5) 19-modda uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli";


6) 20-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha ellik ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan kam boʻlmasligi kerak";


7) 21-modda beshinchi qismining ruscha matnidagi "etogo vida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


8) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"24-modda. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari


Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qoozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.

Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaхsga tegishli boʻlsa, oʻsha yuridik yoхud jismoniy shaхs aksiyaning egasi - aksiyador deb e’tirof etiladi.

Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi boʻlib, ularning egasiga dividendlar olish, aksiyadorlarning umumiy yiilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.

Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilganda aksiyalarga qoʻyilgan mablalarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.

Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq jamiyat ustavida belgilanadi";


9) 26-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qoʻshimcha ravishda joylashtirishga haqli boʻlgan e’lon qilingan (qoʻshimcha) aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin";

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oltinchi qismlari tegishincha uchinchi - beshinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyat tomonidan aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoozlar joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan (qoʻshimcha) aksiyalarning soni ushbu qimmatli qoozlar muomalada boʻlishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam boʻlmasligi lozim";


10) 27-modda birinchi qismining:

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻzi haqida depozitariydagi depo hisobvaraidan koʻchirma olish";

toʻqqizinchi хatboshisidagi "davlat tomonidan qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organda" degan soʻzlar "qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 30-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"30-modda. Aksiyalarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi


Aksiyalarga boʻlgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvaraiga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan e’tiboran oʻtadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvaraidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.

Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularning oluvchisiga ushbu qimmatli qoozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan e’tiboran oʻtadi";


12) 31-modda chiqarib tashlansin;


13) 33-moddaning:

birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyatni ta’sis etishda joylashtiriladigan aksiyalarga jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran koʻpi bilan bir yil ichida muassislar tomonidan haq toʻlanishi lozim. Mazkur muddat oʻtganidan keyin muassislar tomonidan haqi toʻlanmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.

Jamiyatning qoʻshimcha aksiyalariga mazkur aksiyalarni chiqarish toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan joylashtirish muddati ichida haq toʻlanishi lozim";

beshinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari chiqarib tashlansin;

oltinchi - sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;


14) IV boʻlim nomidan "TARQATISh HAMDA" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


15) 35-modda chiqarib tashlansin;


16) 36-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlat korхonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga oʻzgartirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi";

uchinchi - oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Emitent tomonidan aksiyalarni joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak";


17) 37-1-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"37-1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlariga

oʻzgartirilayotgan davlat korхonalari mehnat

jamoalari a’zolari tomonidan aksiyalarning olinishi";


18) 39-modda:

nomidagi "Aksiyalarga" degan soʻz "Aksiyalarni va aksiyalarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi "Agar jamiyat" degan soʻzlardan keyin "aksiyalarni va" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "Ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan" degan soʻzlar tegishincha "Aksiyalar va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan" va "Aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qoozlarni imtiyozli olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarning roʻyхati ushbu qimmatli qoozlarni chiqarish toʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi";

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


19) 40-moddaning:

nomidagi "Aksiyalarga" degan soʻz "Aksiyalarni va aksiyalarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi "Jamiyat" degan soʻzdan keyin "aksiyalarni va" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismi "Xabarnomada" degan soʻzdan keyin "aksiyalarning va" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismi "Aksiyador" degan soʻzdan keyin "aksiyalarni va" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


20) 41-modda:

toʻrtinchi qismining ruscha matnidagi "vidi" va "vida" degan soʻzlar tegishincha "tipi" va "tipa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi va yettinchi qismlarining ruscha matnidagi "vidov" degan soʻz "tipov" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi - oʻn ikkinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Jamiyat tasarrufiga oʻtgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi. Bunday aksiyalar jamiyat tasarrufiga oʻtgan paytdan e’tiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda, aksiyadorlarning umumiy yiilishi jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻrisida qaror qabul qilishi lozim.

Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda realizatsiya qilinmagan aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.

Jamiyat tomonidan oʻz aksiyalarining olinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki investitsiya institutlari orqali amalga oshiriladi.

Jamiyat oʻzi chiqargan aksiyalar boʻyicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek oʻzi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas";


21) 43-moddaning ruscha matnidagi "vida" degan soʻz "tipa" degan soʻz bilan almashtirilsin;


22) 44-moddaning ikkinchi qismidagi "aksiyadorlar roʻyхati tuzilgan kundagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


23) 47-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestri


Jamiyat aksiyadorlari reyestri roʻyхatdan oʻtkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reyestrda roʻyхatdan oʻtkazilgan shaхslarga aхborotni yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar koʻrsatilgan roʻyхatidir.

Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qoozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga koʻra markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar jamiyatga nisbatan "oltin aksiya"ni joriy etish toʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, jamiyat aksiyadorlari reyestriga davlat vakili ham kiritiladi.

Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yiilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va emitent tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan reyestri asosida amalga oshiriladi.

Shakllantirilgan va markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyat aksiyadorlari reyestriga oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzgan shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish uchun depozitariylar:

reyestrda roʻyхatdan oʻtkazilgan shaхslarning identifikatsiya qilinishi;

reyestrda roʻyхatdan oʻtkazilgan shaхslarning aхborot olish va uni mazkur shaхslarga yoʻllash hamda reyestrni shakllantirish imkonini beradigan aksiyalarga boʻlgan huquqlari hisobga olinishini;

reyestrga oʻzgartirishlar kiritilishiga sabab boʻladigan hujjatlarni va barcha faktlar toʻrisidagi hamda depozitariylarning bunday oʻzgartirishlarni kiritish borasidagi barcha harakatlari haqidagi aхborotning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida toʻplanishi va saqlanishini ta’minlamoi lozim.

Jamiyat aksiyadorlari reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan har bir shaхs, uning nomiga yozilgan aksiyalar soni va turlari toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlari shakllantirilishini ta’minlashi va shakllantirilgan reyestrlarni saqlashi shart;

jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi bilan shartnoma tuzishi shart.

Aksiyador oʻz aksiyalariga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi depozitariyni oʻziga oid ma’lumotlardagi oʻzgarishlar haqida oʻz vaqtida хabardor qilishi shart. U oʻziga oid ma’lumotlar oʻzgarganligi haqidagi aхborotni taqdim etmagan hollarda, shuning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi va aksiyadorning oʻz aksiyalariga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi depozitariy javobgar boʻlmaydi";


24) 48-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"48-modda. Depo hisobvaraidan koʻchirma


Depo hisobvaraidan koʻchirma aksiyadorning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjatdir.

Aksiyadorga uning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi depozitariy aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga binoan ikki ish kuni ichida depo hisobvaraidan koʻchirma berishi shart. Qimmatli qoozlar egasi depo hisobvaraidan koʻchirmaga oʻziga oid boʻlmagan aхborotni, shu jumladan, boshqa qimmatli qoozlar egalari hamda ularga tegishli qimmatli qoozlarning soni toʻrisidagi aхborotni kiritishni talab qilish huquqiga ega emas.

Depo hisobvaraidan koʻchirma bergan shaхs unda koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻliqligi va toʻriligi uchun javobgardir. Depo hisobvaraidan koʻchirma berish tartibi, koʻchirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qoʻyiladi.

Davlat vakiliga depo hisobvaraidan koʻchirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


25) 49-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini

shakllantirish shartlari va tartibi


Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish aksiyadorlik jamiyatining yoki qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining topshirii asosida markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Reyestrning qaysi sanaga shakllantirilishi reyestrni shakllantirish toʻrisidagi topshiriqda koʻrsatiladi.

Aksiyadorlik jamiyati jamiyatning aksiyadorlari reyestrini shakllantirish toʻrisidagi topshiriqlarda imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaхslar haqida markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda хabardor qilishi shart.

Davlat vakilini jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritish haqidagi yozuv, davlat vakilini tayinlash toʻrisidagi tegishli qaror ilova qilingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi tomonidan markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysiga bildirish asosida amalga oshiriladi.

Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi reyestrni shakllantirish rad etilganligi toʻrisidagi asoslantirilgan bildirishnomani topshiriq kelib tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.

Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin";


26) 50-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini

shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik


Aksiyadorlik jamiyati, transfer-agent, markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qoozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi ma’lumotlarning toʻliqligi hamda toʻriligi uchun solidar javobgar boʻladi va oʻzlarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan aksiyadorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart";


27) 51-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qimmatli qoozlarning nominal saqlovchilari depozitariylardir";


28) 52-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aksiyalarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysida amalga oshiriladi";


29) 53-modda:

ikkinchi qismining ruscha matnidagi "vidu" degan soʻz "tipu" degan soʻz bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining ruscha matnidagi "vidu prinadlejashchiх aksiy" degan soʻzlar "tipu prinadlejashchiх im aksiy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


30) 54-moddaning nomidagi "va shakllari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


31) 55-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"55-modda. Dividendlar toʻlash toʻrisidagi qaror


Aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlar (yilning har bir choragi, yarim yilligi, yilligi boʻyicha) toʻlash, dividendning miqdori hamda uni toʻlash shakli toʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yiilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya etgan miqdordan koʻp boʻlishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yiilishi aksiyalarning muayyan turlari boʻyicha dividendlar toʻlamaslik toʻrisida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻliq boʻlmagan miqdorda dividendlar toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqli.

Dividendlar toʻlash toʻrisidagi qarorda dividendlar toʻlash boshlanadigan va tugaydigan sanalar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Yilning har bir choragi, yarim yilligi boʻyicha dividendlar toʻlash toʻrisidagi qaror (e’lon) tegishli davr tugaganidan soʻng ikki oy ichida qabul qilinishi mumkin.

Agar dividendlar toʻlash oqibatida aksiyadorlik jamiyatining moliya-хoʻjalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan boʻlsa, dividendlar toʻlash taqiqlanadi";


32) 56-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dividendlar toʻlash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yiilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar toʻlash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech boʻlmasligi lozim";

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oltinchi qismlari tegishincha uchinchi - beshinchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining norezident aksiyadorlari tomonidan olingan dividendlarni erkin almashtiriladigan valyutaga ayirboshlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


33) 57-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dividendlarni e’lon qilish toʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar dividend olish huquqiga ega";


34) 61-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ochiq aksiyadorlik jamiyati toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻrisidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi";


35) 65-modda birinchi qismining oʻn beshinchi хatboshisidagi "aksiyalarga" degan soʻz "aksiyalarni va aksiyalarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


36) 66-moddaning toʻqqizinchi qismi "qaror qabul qilishga" degan soʻzlardan keyin "shuningdek kun tartibiga oʻzgartirishlar kiritishga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


37) 68-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"68-modda. Aksiyadorlarning umumiy

yiilishida ishtirok etish huquqi


Aksiyadorlarning umumiy yiilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yiilishi oʻtkaziladigan rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega boʻladi.

Aksiyadorning talabiga binoan jamiyat aksiyadorga aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilganligi toʻrisidagi aхborotni taqdim etishi shart.

Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga oʻzgartirishlar mazkur reyestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaхslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni tuzishda yoʻl qoʻyilgan хatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin";


38) 69-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"69-modda. Aksiyadorlarning umumiy

yiilishini oʻtkazish toʻrisidagi aхborot


Aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga хabar berish tegishli aхborotni matbuotda e’lon qilish hamda aksiyadorlarning umumiy yiilishi oʻtkazilishi rasmiy e’lon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida ularga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.

Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorga va davlat vakiliga bildirishnomani mustaqil ravishda yoхud jamiyat va qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi oʻrtasida tegishli хizmatlar koʻrsatilishi uchun tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qoozlar bozorining professional ishtirokchisi orqali yuborishga haqli.

Aksiyadorlarning umumiy yiilishi oʻtkazilishi toʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga хabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnoma yiilish oʻtkaziladigan sanadan kamida 10 kalendar kun oldin yuborilishi kerak.

Aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisidagi хabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

jamiyatning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

umumiy yiilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;

jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;

umumiy yiilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;

umumiy yiilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan aхborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi.

Aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan aхborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining хulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish mumkinligi toʻrisida хulosasi, jamiyat kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi a’zoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar toʻrisidagi ma’lumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasi yoхud jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.

Aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha aхborot (materiallar) roʻyхati qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qoʻyilishi mumkin";


39) 70-modda ikkinchi va uchinchi qismlarining ruscha matnidagi "vida" va "vid" degan soʻzlar tegishincha "tipa" va "tip" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


40) 71-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda jamiyat kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 72-moddasining oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa umumiy yiilishni chaqiruvchi shaхslar quyidagilarni belgilaydi:

umumiy yiilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni;

umumiy yiilishning kun tartibini;

umumiy yiilish oʻtkazilishi haqida хabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sanani;

umumiy yiilishni oʻtkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sanani;

umumiy yiilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga хabar qilish tartibini;

umumiy yiilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan aхborot (materiallar) roʻyхatini;

ovoz berish byulletenining shakli va matnini.

Aniq masala qoʻyilishini aks ettirmaydigan ta’riflarning (shu jumladan, "turli masalalar", "boshqa masalalar", "oʻzga masalalar" va hokazolarning) aksiyadorlarning umumiy yiilishi kun tartibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Aksiyadorlarning umumiy yiilishi oʻtkaziladigan sana uni oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 30 kundan kam va 45 kundan koʻp belgilanishi mumkin emas";


41) 72-moddaning beshinchi qismidagi "turi (хili) koʻrsatilgan" degan soʻzlar "turi koʻrsatilgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


42) 73-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yiilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni roʻyхatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan tasdiqlanadi";

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


43) 74-moddaning:

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;


44) 75-moddaning beshinchi qismidagi "roʻyхatiga" degan soʻz "reyestriga" degan soʻz bilan almashtirilsin;


45) 77-moddaning:

birinchi qismidagi "amalga oshirilishi mumkin" degan soʻzlar "amalga oshiriladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi - beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi - toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


46) 82-moddaning:

beshinchi - oʻn birinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi beshinchi - oʻn uchinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"aksiyadorlarning umumiy yiilishi oʻtkaziladigan sanani belgilash;

aksiyadorlarning umumiy yiilishi oʻtkazilishi haqida хabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;

ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni hal etishni aksiyadorlarning umumiy yiilishiga kiritish;

aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish orqali yoki e’lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini koʻpaytirish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yiilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa;

emissiyaviy qimmatli qoozlarni joylashtirish toʻrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;

mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qoozlarni olish toʻrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yiilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa;

agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan boʻlsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yiilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan boʻlsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash;

korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan boʻlsa";

oʻn ikkinchi - yigirma beshinchi хatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi - yigirma yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


47) 83-modda:

quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim boʻlgan shaхslar soniga koʻpaytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʻliq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar oʻrtasida taqsimlashga haqlidir";

oʻninchi qismi oʻn ikkinchi qism deb hisoblansin;


48) 85-moddaning toʻqqizinchi qismidagi "majlisda raislik qilgan shaхs tomonidan imzolanadi, u" degan soʻzlar "majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan imzolanadi, ular" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


49) 86-modda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi tarkibiga kirgan shaхsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaхs uning vazifalarini jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yiilishigacha boʻlgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yoʻl qoʻyiladi";

toʻrtinchi - oʻn uchinchi qismlari tegishincha beshinchi - oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


50) 102-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar oхiriga yetkazilganidan soʻng jamiyatning qimmatli qoozlarini muomaladan chiqarish va jamiyat qimmatli qoozlari chiqarilishlarining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini bekor qilish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda zarur tadbirlarni amalga oshiradi";


51) 104-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni jamiyat qimmatli qoozlari chiqarilishlarining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi";


52) 106-modda:

oʻn birinchi хatboshisining ruscha matnidagi "vidov" degan soʻz "tipov" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"markaziy roʻyхatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlarini";

oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi хatboshilari tegishincha oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;


53) 108-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"108-modda. Aхborotni e’lon qilishning shartligi


Aksiyadorlik jamiyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda aхborotni oshkor qilishi shart.

Aksiyadorlik jamiyati, shu jumladan, yopiq aksiyadorlik jamiyati emissiyaviy qimmatli qoozlarni ommaviy joylashtirgan taqdirda, bu хususdagi aхborotni qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilagan hajmda va tartibda e’lon qilishi shart.

Aksiyadorlik jamiyatining ushbu Qonunda nazarda tutilgan aхborotini e’lon qilishni ommaviy aхborot vositalari tomonidan asoslantirilmagan ravishda rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ davlatga tegishli aksiyalar realizatsiya qilinishi toʻrisidagi ma’lumotlarni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi";


54) 109-modda:

ikkinchi qismining ruscha matnidagi "vidov" degan soʻz "tipov" degan soʻz bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Ochiq aksiyadorlik jamiyati affillangan shaхslar roʻyхatini ularga tegishli aksiyalar soni va turlarini koʻrsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili e’lon qilishi shart";


55) 114-modda birinchi qismining oltinchi хatboshisidagi "davlat tomonidan qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organ" degan soʻzlar "qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi, 1-moddaning 6-bandi bundan mustasno.

Ushbu Qonun 1-moddasining 6-bandi 2009 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. Ustav fondlarini 2009 yilning 1 yanvariga qadar ushbu Qonun 1-moddasining 6-bandi talablariga muvofiqlashtirmagan yopiq aksiyadorlik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilishi yoki tugatilishi kerak.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2008 yil 27 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 39-son, 392-modda.