Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 05.04.2012 y. 01/12-18/08-son "Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 04.05.2012 y. 1410-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.05.2012 y.

N 1410-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

05.04.2012 y.

N 01/12-18/08


QARORI


Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli

boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish

qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish toʻrisida


(2012 yil 14 maydan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 yil, 17-son, 140-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son "Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga ("Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 42-son, 417-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004 yil 3 sentyabrdagi 01/18-48-son (roʻyхat raqami 1410, 2004 yil 16 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 yil, 37-son, 416-modda) qarori bilan tasdiqlangan Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais v.b.                                                                                   A. Abduхakimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 18-son, 207-modda