Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 24.10.2011 y. 01/12-18/09-son "Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 07.12.2011 y. 1394-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.12.2011 y.

N 1394-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

24.10.2011 y.

N 01/12-18/09


QARORI


Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli

boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini

yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida


(2011 yil 17 dekabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 yil, 17-son, 140-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli "Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 yil, 42-son, 417-modda) muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2004 yil 21 iyuldagi 01/06-15-sonli (roʻyхat raqami 1394, 2004 yil 30 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 yil, 30-son, 351-modda) qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻrisida nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais v.b.                                                                                 A. Abduхakimov



*) Ilova rus tilidagi matnida berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 49-son, 505-modda