Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 12.03.2010 y. 01/12-02-son "Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 15.04.2010 y. 1394-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.04.2010 y.

N 1394-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

12.03.2010 y.

N 01/12-02


QARORI


"Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha

davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi

kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati

samaradorligi monitoringini yuritish tartibi

toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


(2010 yil 25 apreldan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli "Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi, 2009 yil 22 dekabrdagi 323-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2004 yil 21 iyuldagi 01/06-15-sonli "Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 1394, 2004 yil 30 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 30-son, 351-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais v.b.                                                                          A. Abduhakimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 14-15-son, 123-modda.