Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 12.03.2010 y. 01/12-03-son "Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni davlat ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 14.04.2010 y. 1410-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.04.2010 y.

N 1410-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

12.03.2010 y.

N 01/12-03


QARORI


Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni davlat

ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar

oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


(2010 yil 24 apreldan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli "Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2009 yil 22 dekabrdagi 323-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2004 yil 3 sentyabrdagi 01/18-48-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni davlat ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga (2004 yil 16 sentyabr, roʻyхat raqami 1410) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 37-son, 416-modda) kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.



Rais v.b.                                                                        A. Abduhakimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 14-15-son, 121-modda.