Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 01.11.2005 y. 01/06-18/06-son "Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 11.11.2005 y. 1394-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.11.2005 y.

N 1394-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

01.11.2005 y.

N 01/06-18/06


QARORI


Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning

ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli

boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini

yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2005 yil 21 noyabrdan kuchga kiradi)



Davlatning ishonchli vakillari va professional boshqaruvchi kompaniyalarning хususiylashtirilgan korхonalarning korporativ boshqarish jarayoniga qatnashish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 2004 yil 21 iyulda 01/06-15-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga (2004 yil 30 iyul, roʻyхat raqami 1394) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Davlat mulki qoʻmitasi raisi                                    M. Asqarov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 45-son, 348-modda.