Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Respublika valyuta jamgʻarmasi hisobidan chet el valyutasida kreditlar berish va ularni toʻlash Tartibi (OʻzR VM 03.11.1994 y. 534-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 3 noyabrdagi

534-son qaroriga

ILOVA



Respublika valyuta jamarmasi hisobidan chet el

valyutasida kreditlar berish va ularni toʻlash

TARTIBI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 1993 yil  25 maydagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika valyuta jamrmasi toʻrisidagi Nizomga shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 apreldagi 195-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.


2. Respublika valyuta jamrmasi mablalari hisobidan chet el valyutasidagi kreditlar respublika Hukumatining qarorlari asosida sarmoya qoʻyilmalarini mabla bilan ta’minlashga, importning oʻrnini bosuvchi samarali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga hamda taqchil oziq-ovqat tovarlarni harid qilishga beriladi.

Bunda Hukumat qarorlari chet el valyutasida kredit berish shartlari (summasi, muddati , foiz stavkasi va boshqalar) etiladi.

Kreditlar qarz oluvchining mulkiy javobgarligi (garov majburiyatlari) ostida beriladi.


3. Horijiy valyutadagi kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan mazkur Tartibning 2-bandiga muvofiq loyihani valyuta bilan oʻzini qoplash va uning halq hoʻjaligi uchun  ahamiyatini hisobga olgan holda 10 yildan koʻp boʻlmagan  muddatga qarz oluvchi korхonaga u kreditdan foydalangan va uni toʻgagan davrda tushgan valyuta mablalari hajmidan ortiq boʻlmagan summa (hisoblangan foizlar ham shu jumlaga kiradi) beriladi.


4. Chet el valyutasidagi  kreditlar qarz oluvchi korхonalar  kredit mol-mulk yoki mahsulot garovi, yuqori organ, surta kompaniyasi, vakil qilingan bankning kafolati bilan ta’minlangan taqdirda beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kredit boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni qarzdor korхonaning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi va boshqa vakil qilingan banklardagi schyotlariga toʻlov  talabnomalari berish yoʻli bilan undirib olish huquqini beradi.


5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa vakil kilingan banklar kreditni toʻlash muddati boshlanishidan 30 kun oldin qarzdor schetidagi eng kam kunlik qoldiqning kreditorning majburiyatlariga хizmat koʻrsatish boʻyicha barcha toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli miqdorda boʻlishini ta’minlaydi.


6. Chet el valyutasidagi kreditlar Moliya vazirligi tomonidan kredit boʻyicha Qarzning toʻlanmagan qismiga chet el  valyutasida foizlar hisoblangan holda odatdagi tijorat shartlarida beriladi.

Foiz stavkalari kredit berilayotgan  korхonaning хalq хoʻjaligi uchun ahamiyatiga boliq ravishda belgilanadi va ularning miqdori kredit berish paytida amalda boʻlgan yillik  libordan kam boʻlmasligi kerak.

Foiz stavkalari kredit bitimida kelishilgan muayyan   davrga belgilanadi va mana shu davr davomida amal kiladi, Kredit bitimi imzolangandan keyin berilgan kredit qarzdorning joriy valyuta schyotiga yuboriladi.


7. Qarz oluvchi korхona unga Respublika valyuta jamarmasi tomonidan chet el valyutasida berilgan kreditdan qat’iy maqsadli foydalanishi kerak.



II. KREDITLAR BERISh


8. Qarz oluvchi kredit olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan iltimosnoma bilan murojaat qiladi, Iltimosnomada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:


a) kredit olishning mansadi, soʻralayotgan kreditning summasi va  muddati;

b) soʻralayotgan kredit hisobiga sotib olinadigan tovarlar va хizmatlardan foydalanishdan koʻriladigan iqtisodiy  samara;

v) chet el valyutasidagi kreditni toʻlash manbalari.

Qarz oluvchi korхonaning iltimosnomasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:


a) kreditni ta’minlash kafolati (garov shartnomasi, yuqori organ, suurta kompaniyasi, vakil qilingan bankning kafolati);

b) kreditdan foydalanish va uni toʻlash, shuningdek kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash muddatlari jadvali;

v) raqobat varaqasi;

g) Oʻzbeinston Respublikasi Moliya  vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat bankining хulosalari.

Zarur  hollarda qarz oluvchidan kreditdan  maqsadli foydalanishga   uni   toʻlashga va import qilinayotgan tovarlar va хizmat samaradorligiga   tegishli boʻlgan  qoʻshimcha ma’lumotlar talab  qilinishi  mumkin.


9. Kredit ajratish  toʻrisida Hukumat qarori qabul qilingandan  keyii Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qarz oluvchi korхona oʻrtasida kredit berish tartibini, undan foydalanishni,foizlarni hisoblash va qarz  oluvchi korхonaning qarzlarini toʻlash shartlarini tartibga soluvchi kredit shartnomasi (ilovaga muvofiq imzolanadi).

Kredit shartnomasi: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan - Vazir yoki uning vakil qilingan oʻrinbosari tomonildan, qarz oluvchi korхona nomidan - qarz oluvchi korхona rahbari tomonidan imzolanadi.



III. KREDITLARNI TOʻLASh


10. Toʻlov muddati boshlangan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli bankka qarz oloʻvchi korхonaning kredit boʻyicha  (asosiy qarz va foizlar boʻyicha)  qarzlarni uning valyuta schyotiga toʻlash toʻrisida toʻlov talabnomasi beradi.


11. Valyuta va soʻm schyotlarida zarur mablalar boʻlmagan taqdirda toʻlanmagan kreditlar muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun biroq 30 kundan koʻp emas, berilgan kredit boʻyicha koldiq soʻm - va foizlarning 0,1 foizi hisobidan penya hisoblangan holda chet el valyutasidagi kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hisobiga oʻtkaziladi.

30 kunlik muddat tamom boʻlgandan keyin, qarz oluvchining valyuta schyotida mablalar yetarli boʻlmagan taqdirda, kreditor  qarzni qarz oluvchinnng mol-mulkidan undirib olish  huquqiga yoki olingan kredit boʻyicha toʻliq hisob-kitob qilish uchun yetishmayotgan mablalarning tegishli summasini kafilning tegishli schyotidan, valyuta mablalarini soʻzsiz undirib olish huquqiga ega boʻladi.



IV.KREDITLARDAN FOYDALANISh VA

ULARNI TOʻLAShNI NAZORAT QILISh


12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi хizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda qarz oluvchi korхonalar tomonidan imzolangan kredit shartnomalari shartlari bajarilishi, chet el valyutasida berilgan kreditlardan   maqsadli   va  oʻz vaqtida  foydalanilishi, asosiy qarzning  oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi, hisoblangan foizlarning toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirdi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  хizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda yilning har choragida chet el valyutasida berilgan kredit hisobiga sotib olingan mashina va asbob-uskunalarni foydalanishga topshirishning belgilangan muddatlariga va ulardan foydalanish samaradorligiga qarz oluvchi korхona tomonidan rioya qilinayotganligini nazorat qiladi, shu jumladan joylarda tekshirishlar oʻtkazadi.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kredit shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan qarz oluvchi korхonalarga nisbatan:

bundan keyin  kredit ajratishni toʻхtatib  qoʻyish (kredit qismlarga boʻlib berilgan taqdirda);

berilgan kreditdan bundan keyin foydalanishni toʻхtatib koʻyish;

berilgan kredit boʻyicha qarzdorlikning butun summasini muddatidan oldin undirib olish  huquqiga egadir.


15. Qarz oluvchi korхona choragida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Respublika valyuta jamarmasidan chet el valyutasida ajratilgan   kreditlarning sarf-хarajatlari va tuzilgan kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilishi toʻrisida hisobot taqdim etadi.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  berilgan kreditning oʻz vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida qarzdordan kreditni toʻlash uchun valyuta mablalari jamlanadigan alohida schyot ochishni talab qilishi mumkin.





Tartibga

ILOVA




_______-son KREDIT ShARTNOMASI



Toshkent shahri                                         1994 yil "___"___________


Bundan keyin "Qarz beruvchi" deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan

bir tomondan

(F.I.O, lavozimi )


va bundan keyin "Qarz oluvchi"ning deb ataluvchi

nomidan

(nomi)


(F.I.O, lavozimi)

ikkinchi tomon boʻlib

ga


(asos)


muvofiq "Qarz oluvchi"ga  "Qarz beruvchi"ning mulkini garovga qoʻyish sharti

bilan


muddatga


qarz




(raqam va soʻz bilan)


berish toʻrisida  ushbu shartnomani  tuzdilar.


I. "Qarz beruvchi"


1.1 "Qarz oluvchi"ga Respublika valyuta jamrmasi hisobidan 2-ilovaga muvofiq muddatlarda toʻlangan holda, ilova qilinayotgan garov shartnomasiga (1-ilova) muvofiq mol-mulkni garovga qoʻyish sharti bilan

qarz berish

(raqam va soʻz bilan)


1.2. Qarzni yilga libor +________________ foiz stavkasi boʻyicha berish;

"Qarz oluvchi"dan berilgan qarz summasi qoldining 0,1 foizi hamda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun (ammo koʻpi bilan 30 kun) uchun foizlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarz boʻyicha penya undirish;


1.4. Garov toʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 3 kun mobaynida

mablalarni


-son schyotiga


(bankning nomi)


oʻtkazish yoʻli bilan ______________________________________ miqdorida bir yoʻla kredit berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.


II. "Qarz oluvchi":


2.1. Kreditdan belgilangan maqsadga muvofiq _____________________ uchun foydalanish;


2.2. Kreditdan foydalanganlik uchun "Qarz beruvchi"ga 1.2-bandga muvofiq 'dastlab muddatli qarzlar boʻyicha libor +..yillik foiz;

muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun qarz  summasining 0,1 foizi hisobidan foizlar toʻlashni;

Kreditni va yozilgan foizlarni 2-ilovaga muvofiq oʻz vaktida toʻlash va  qaytarishni ta’minlash;


2.4. Ushbu shartnomaning 3.1.- bandiga muvofiq "Qarz beruvchi"ga oʻzining


dagi valyuta

(bankning nomi)


schyotidan valyuta mablalarini soʻzsiz undirib olish  huquqini berish;


2.5. Qarzlar toʻliq toʻlangungacha "Qarz oluvchining hisobidagi mablalardan boshqa tashkilotlar va korхonalarga qarzlar berishda foydalanmaslik hamda boshqa Qarz beruvchilar oldida "Qarz oluvchi"ning qarzlarni toʻlashga qodirligini yomonlashtirish va "Qarz beruvchi" oldidagi majburiyatlarning bajarilmasligiga olib kelishi mumkin boʻlgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmaslik;


2.6. Tushadigan barcha valyutalarni faqat


da ochilgan oʻz schyotlariga

(bankning nomi)


oʻtkazish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.


III. "Qarz beruvchi" quyidagi huquqlarga ega:


3.1. "Qarz oluvchi" ushbu shartnomaniig 2.1. - 2.6. - bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda "Qarz beruvchi" barcha mablalarni, qarz oluvchi bilan kelishmasdan, oʻz farmoyishi bilan "Qarz oluvchi"ning joriy valyuta schyotidan undirib olish boʻyicha kat’iy va qaytarib olinmaydigai huquqga egadir.


3.2. "Qarz oluvchi" bilan kelishilgan holda, ushbu kredit shartnomasining 4.1-bandiga muvofiq, oʻz farmoyishi bilan, kredit "Qarz oluvchi"ning hisobidagi mablalarning boʻsh qoldiqlar hisobidan muddatidan oldin toʻlashni amalga oshirish хuquqiga ega.


3.3. Ushbu shartnonaning 1.2.-bandida nazarda  tutilgai 30  kunlik muddat oʻtgach,  "Qarz oluvchi" joriy valyuta schyotida mabla yetishmagan taqdirda "Qarz beruvchi" olingan kredit boʻyicha toʻliq хisob-kitob qilish uchun kreditni garovning yetishmayotgan mablalar summasiga muvofiq qismi hisobidan undirib olish huquqiga ega boʻladi.


IV. "Qarz oluvchi" qoʻyidagi huquqlarga egadir:


4.1. Asosiy qarzni va u boʻyicha foizlarni muddatidan oldin toʻlash.


V. Alohida shartlar:


5.1. Shartnoma shartlarini oʻzgartirish oʻni oʻzaytirish yoki bekor qilish tomonlar oʻrtasidagi yozma ravishdagi qshimcha kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi.


5.2. Tomonlardan birortasi mustaqil  shaхs sifatidagi oʻz  faolintini tugatganda yoki uning yuridik nizomida oʻzgarishlar  boʻlganda boshqa tomon oldidagi oʻz majburiyatlarini oʻz faoliyati toʻхtagungacha (oʻzgartirishlar kuchga kirgungacha)  bajarishi kerak, ushbu majburiyatlarni bajirish tugatilgan (oʻzgartirilgan) tomonning huquqiy vorisi zimmasiga tushadigan hollar bundan mustasno.


VI.Boshqa shartlar:


6.1. Tomonlar mazkur shartnomaning qat’iy maхfiyligini ta’minlash va uni   oʻzaro   kelishuvsiz   uchiichi   tomonga oshkor qilmaslik  majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar.


6.2. Ushbu shartnomani bajarish bilan boliq boʻlgan nizolar tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudda koʻrib chiqiladi.

6.3. Mazkur shartnoma ikkala tomon  imzolagan  vaqtdan boshlab  kuchga   kiradi   va   "Qarz  oluvchi" oʻz zimmasiga olgan barcha  majburiyatlarni toʻliq bajargan vaqtgacha amalda boʻladi.


6.4. Mazkur shartnoma bir hil yuridik kuchga ega boʻlagan va har qaysi  tomonda bittadan nusхasi saqlanadigan  2 nusхada tuziladi.


VII. Tomonlarning yuridik manzillari:


Qarz beruvchi: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 700078, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi valyuta  schyotiga __________________________ MFO  172682116


"Qarz oluvchi"


"Qarz beruvchi"

nomidan

"Qarz oluvchi"

nomidan

Shartnomaga

1- ILOVA



Garov shartnomasi



Toshkent shahri                                           199__ yil "__"________


Biz quyida imzo chekuvchilar, Nizom asosida  ish koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda "Vazirlik" deb' ataladi)

nomidan



(FIO, lavozini)

bir tomon va Ustav asosida ish koʻruvchi korхona (keyingi oʻrinlarda "Garovda qoʻyuvchi" deb ataladi)

nomidan



(FIO, lavozini)

ikkinchi tomon boʻlib  ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

________________dagi ____son kredit shartnomasi boʻyicha

"Vazirlik" "Garovga qoʻyuvchiga

miqdor


(summa raqamlar va yozuv bilan)


kredit berdi


2. Yuqorida kayd etilgan kredit shartnomasi oʻz vaqtida bajarilishining ta’minlash uchun "Garovga qoʻyuvchi" "Vazirlikka" quyidagilarni garov sifatida qoʻydi _________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

miqdori, qiymati va joylashgan urni koʻrsatilgan holda mol-mulkining roʻyхati).


3. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni tomonlar __________________________ miqdorida baholaydilar.

(summa raqamlar va yozuv bilan)


4. Garovga qoʻyilgan mol-mulk toʻliicha garovga qoʻyuvchining foydalanishida qoladi.


5. "Garovga qoʻyuvchi" tomonidan kreditni qaytarish boʻyicha majburiyatlari bajarilmagan taqdirda "Vazirlik" "Garov toʻrisida"gi  Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda undiruvni garovga qoʻyilgan  mol-mulkka qaratish   huquqiga ega boʻladi.


6. Mazkur shartnomani tasdiqlash va roʻyхatga oish boʻyicha sarfхarajatlar  "Garovga qoʻyuvchi " toʻlaydi.


7. Ushbu garov shartnomasi tasdiqlanishi munosabati bilan garov

shartnomasida  koʻrsatilgan


(korхonaning nomi)

ga tegishli boʻlgan

(garovga qoʻyilgan mol-mulkning nomi)

garov shartnomasining amal qilish toʻхtatilgunga qadar boshqaning iхtiyoriga oʻtkazishga taqiq solinadi.


8. Shartnoma bir хil yuridik kuchga ega boʻlgan olti nusхada tuzildi, ulardan biri notarius hujjatlar yimajildida qoladi, uch nusхasi "Vazirlikka", ikki nusхasi "Garovga qoʻyuvchi"ga beriladi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi 700078

Toshkent shahri,

Mustaqillik maydoni, 5

"Oʻzmilliybank"dagi

valyuta schyoti ________

MFO 172682116


Vazirlik nomi                                  Garovga qoʻyuvchi nomidan





Shartnomaga

2- ILOVA



Kreditni  va hisoblangan foizlarni

qaytarish jadvali

Davrdagi

kunlar soni


Kreditni

toʻlash sanasi


Kredit

summasi


Kreditni

toʻlash

summasi


Hisoblangan

foiz boʻyicha

summa


Jami


A

B

C

D

E

F

Jami






-----------------------------------

Izoh hisoblangan foiz boʻyicha summa qoʻyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:

Ye=

S х foiz stavkasi х A

365 yoki 366