Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.07.2002 y. 268-son "Begʻaraz yordamdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.07.2002 y.

N 268


BEARAZ YoRDAMDAN MAQSADLI

FOYDALANILIShINI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasiga davlatlar, davlatlarning hukumatlari, хalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek хalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan bearaz yordamdan qat’iyan maqsadli foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Quyidagilar:

muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklarini taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish bilan boliq masalalarning muvofiqlashtirilishi uchun mas’uliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va soliqni saqlash masalalari kotibiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;

teхnik koʻmaklashish mablalaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish bilan boliq masalalarning muvofiqlashtirilishi uchun mas’uliyat Moliya vazirligiga yuklansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasiga muruvvat yordami va bearaz teхnik koʻmaklashish doirasida tushgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish qat’iy taqiqlansin.

Koʻrsatib oʻtilgan tovarlar sotilgan, ijaraga berilgan yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda aybdor shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlikka tortiladilar.


4. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga muruvvat yordami boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi guruhning yangilangan tarkibini tasdiqlash uchun kiritsin, unga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining mutaхassislarini kiritsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻrisidagi Nizomni hisobga olgan holda muruvvat yordami boʻyicha tegishli ravishda hududiy va tarmoq komissiyalari tashkil etsinlar.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muruvvat yordami yuklarini kuzatib boruvchi va bearaz yordam loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi shaхslarga kelish vizalari konsullik yiimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

muruvvat yordami yuklari Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab transportda tashilishi choida ularning saqlanishini ta’minlasin;

bearaz yordam dasturlari doirasida ishlovchi хorijiy fuqarolarga davlat bojlari undirmasdan koʻp martalik vizalar bersin va ularning muddatini uzaytirsin, vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazsin va roʻyхatdan oʻtkazish muddatini uzaytirsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 26 iyuldagi

268-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami dasturlarini muvofiqlashtirish toʻrisida" 1995 yil 25 apreldagi 146-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 sentyabrdagi 359-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 1-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2001 yil 6 apreldagi 162-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 10-bandi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 8 maydagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 5-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan "Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatхonalarini, konsullik muassasalarini, хalqaro tashkilotlarning vakolatхonalarini hamda ular хodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi"ga 1-ilova 1-bandining "v" kichik bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., 7-son, 44-modda.