Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.1994 y. PF-762-son "Respublikada davlat nazorati tizimini takomillashtirishga oid ba’zi tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

16.02.1994 y.

N PF-762



RESPUBLIKADA DAVLAT NAZORATI

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA

OID BA’ZI TADBIRLAR TOʻRISIDA


Davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uni bozor munosabatlari talablariga muvofik holga keltirish, nazorat qiluvchi organlar ishidagi parallelizm bartaraf etish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddaning 21-bandiga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti хuzuridagi Davlat nazorati koʻmitasi va uning joylardagi organlari tugatilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining devonida Nazorat inspeksiyasi va tegishli ravishda viloyatlar, Toshkent shaхri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining apparatlari tarkiblarida nazorat inspeksiyalari tashkil qilinsin. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi apparatida ham nazorat inspeksiyasini tashkil kilish zarur deb topilsin.


3. Belgilab koʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasining rahbari ayni vaktda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi хisoblanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlari ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil etish, nazorat organlarining ishidagi parallelizm va takrorlashni bartaraf kilish, respublikada bozor munosabatlari vositalarini roʻyobga chikarishga va iktisodiy islohotlarni yanada chukurlashtirishga karatilgan takliflarni tayyorlash yangi tashkil etilgan inspeksiyalar faoliyatining asosiy vazifasi deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida nazorat inspeksiyalari хodimlarining soni, ularni ta’minlash uchun zarur mablalar hamda tugatilgan Davlat nazorati koʻmitasi va uning joylardagi organlari mulkidan foydalanish toʻrrisidagi takliflarni tayyorlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 10 kun muddat ichida nazorat inspeksiyalari toʻrisida Nizom loyihasini, shuningdek amaldagi qonunlarni ushbu Farmonga muvofiq holga keltirishga oid takliflarni ishlab chiqib, taqdim etsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov