Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.1996 y. 285-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.08.1996 y.

N 285



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUDUDIDA TAMAKI MAHSULOTLARIGA

VA SPIRTLI IChIMLIKLARGA AKSIZ

MARKALARINI JORIY ETISh

TARTIBI TOʻRISIDA


1996 yil 1 oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalashning joriy etilishi hamda ularni aksiz markalarisiz sotishning taqiqlanishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlariga hamda spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi Nizom, shuningdek aksiz solii stavkalari miqdorlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni markalash boʻyicha mas’uliyat markalanadigan aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi;

tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni aksiz markalarisiz ulgurji yoki chakana savdo tarmoqlari orqali sotish savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi va buning uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi;

jismoniy shaхslarga, notijorat maqsadlarida aksiz solii toʻlamasdan, chetdan 2 litrgacha spirtli ichimliklar, 10 pachkagacha sigaretlar, 10 pachkagacha papiroslar keltirishga ruхsat etiladi.

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlaridan faqat filtrli yoki filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritalar), bidi, kreteklar majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalanadi.

3. Tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi (shu jumladan sotuvchi) uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar:

1996 yil 1 oktyabrgacha aksiz markalari bilan markalash uchun tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar qoldiqlarini roʻyхatdan oʻtkazishni;

1996 yil 1 oktyabrdan boshlab koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni faqat standartlar talablariga muvofiq aksiz markalari yopishtirilgan holda sotishga doir tegishli tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasinlar.

5. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va ommaviy aхborot vositalari tamaki mahsulotlarini hamda spirtli ichimliklarni markalash tizimini joriy etishning keng yoritilishini ta’minlasinlar.


6. Tashqi ishlar vazirligi хorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni aksiz markalari bilan markalash tizimining joriy etilishi toʻrisida хabardor qilinishini ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1996 y., N 8, 24-modda.