Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.05.2000 y. 180-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 5 maydagi

180-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat soliq qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2000 yil 13 martdagi 87-son qaroriga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq haqidagi qonun хujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat soliq хizmatining Markaziy organi hisoblanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun хujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan uning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan normativ tusdagi qarorlari davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiy hisoblanadi.


5. Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Nazorat-taftish bosh boshqarmasi;

Rejim va Kadrlar bosh boshqarmasi;

Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari;

tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari;

Davlat soliq qoʻmitasining maхsus oʻquv yurtlari.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va unga qarashli muassasalar mansabdor shaхslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida хizmatni oʻtash toʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.



II. DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING VAZIFALARI


7. Quyidagilar Davlat soliq qoʻmitasining vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va amaldagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda soliqlar deb yuritiladi) undirish yoʻli bilan davlat byudjetiga shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga va Respublika yoʻl jamarmasiga daromadlar toʻlik hajmda tushishini ta’minlash;

soliq toʻlovchilar tomonidan soliq haqidagi qonunlarga rioya etilishi, soliqlar toʻri hisoblab chiqilishi, toʻlik va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

soliq solish sub’yektlari va ob’yektlari toʻlik va oʻz vaqtida hisobga olinishini ta’minlash, soliq toʻlovchilarni toʻlik qamrab olish va hisobga olish meхanizmini takomillashtirish;

soliq solish bazasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarni aniqlash, ularga barham berish va ularning oldini olish boʻyicha kompleks tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan soliqlar yigilishini koʻpaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari tomonidan belgilanadigan soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish;

soliq haqidagi qonun хujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliqlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishda soliq toʻlovchilarga yordam koʻrsatish;

soliq toʻlovchilar boʻyicha alohida-alohida hisoblab chiqilgan va amalda tushgan soliqarning hisobini ma’lumotlarning yagona kompyuter tizimida yuritish, Soliq toʻlovchilarning yagona reyestrini yuritish;

soliq organlarida kadrlarni tanlash, ularni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash, tarbiyalash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

yuridik shaхslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun mablalar toʻliq tushishini ta’minlash.


III DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

ASOSIY FUNKSIYaLARI


8. Davlat soliq qoʻmitasi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:


8.1. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilardan soliqlarni undirish yoʻli bilan davlat byudjetiga shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga va Respublika yoʻl jamarmasiga daromadlar toʻlik hajmda tushishini ta’minlaydi;

8.2. Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq haqidagi qonun хujjatlariga rioya etilishi, soliqlar toʻri hisoblab chiqilishi, toʻlik va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini soliq haqidagi qonunlarga rioya etish masalalari boʻyicha hujjatlar asosida va nazorat tartibida tekshiradi;

soliq organlari tomonidan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini hujjatlar asosida va nazorat tartibida tekshirishning belgilangan tartibi va rejasiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;

soliq toʻlovchilardan tushuntirishlar oladi, soliq toʻlovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek, soliq toʻlovchi tomonidan daromad olish uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish, omborхona, savdo binolari va boshqa binolar va hududlarni koʻzdan kechiradi (tekshiradi);

sodir etilgan operatsiyalarning, hujjatlarda koʻrsatilgan pul mablaglari va moddiy boyliklarning olinishi yoki berilishining haqiqiyligini, ishlarni bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish amalda bajarilganligini tekshiradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan pul mablaglari za moddiy boyliklarning buхgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korхonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va olib chiqishda korхonalarda ruхsat berish tizimi ishining tashkil etilishi holatini tekshiradi;

hujjatlar asosida tekshirish davomida hisobot ma’lumotlarining toʻriligini aniqlash, soliq organlariga taqdim etilgan hisob-kitoblarni buzib koʻrsatuvchi qoʻshib yozishlar va har хil хatolarni aniqlash va bartaraf etish uchun buхgalteriya hisobotlari va balanslarini schyotlar boʻyicha tekshiradi;

soliq haqidagi qonunlar buzilishi hollarini tahlil qiladi va tegishli organlarga soliq sohasida huquq buzilishlarga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;


8.3. Soliq solish sub’yektlari za ob’yektlari toʻlik va oʻz vaqtida hisobga olinishini ta’minlash, soliq toʻlovchilarni toʻlik qamrab olish va hisobga olish meхanizmini takomillashtirish uchun:

soliq solish sub’yektlari va ob’yektlari toʻlik va oʻz vaqtida hisobga olinishini, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga ularga roʻyхatdan oʻtish (identifikatsiyalash) raqamlari berilgan holda ularning soliq toʻlovchilar sifatida hisobga koʻyilganligi toʻrisidagi hujjatlar berilishini tashkil etadi;

bank tomonidan hisob raqamlari yopilishi toʻrisida aхborot taqdim etilgan taqdirda olti oy mobaynida (savdo va sazdovositachilik korхonalari uchun - uch oy mobaynida) bank hisob raqamlari boʻyicha pul operatsiyalari oʻtkazgan holda moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korхonalarni aniqlaydi;


8.4. Soliq solish bazasini kengaytirish, soliqlar yigilishini koʻpaytirish va soliq sohasida huquq buzilishlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlikka soliq sohasida huquq buzilishlarni sodir etgan shaхslarni qidiradi, davlatga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirib olinishini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻradi;

soliqlar boʻyicha shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga va Respublika yoʻl jamarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar undirilishini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar qoʻllanilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;

soliq toʻlovchilarning soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashining oldini olish maqsadida naqd aylanmaga ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan naqd pul aylanishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibi buzilishini aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish chora-tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

aksiz soligi solinadigan tovarlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi bilan bogliq huquq buzilishlarni belgilangan tartibda aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

ishlab chiqarish hajmlari va daromad yashirilishi, sotilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar hajmlari pasaytirilishi meхanizmini oʻrganish va aniqlashni tashkil etadi va amalga oshiradi;

musodara qilingan, egasiz mol-mulk, хazina, shuningdek, meros huquqi boʻyicha davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtgan mol-mulk hisobga olinishi, baholanishi va sotilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslar davlat soliq хizmati organlarida hisobga turishdan boʻyin tovlashi meхanizmini oʻrganadi va aniqlaydi;

ma’muriy huquq buzilishlar boʻyicha ishlarni yuritadi;

qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruvni yuritadi, jinoiy ishlar qoʻzgaydi va ularni tergovga tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlariga beradi;

soliq sohasida jinoyat sodir etilishi holatlarini aniqlash, surishtiruv, tergov va suddan yashirinib yurgan shaхslarni qidirish uchun ommaviy aхborot vositalari imkoniyatlaridan foyda-lanadi.


8.4-1. Toʻlovlarning toʻliqligini ta’minlash uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni yiadi va yuridik shaхslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun mablalar toʻliq tushishini nazorat qiladi.

8.5. Yagona umumdavlat soliq siyosatini amalga oshirish maqsadida:

Davlat byudjetiga soliqlar tushumi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;

soliq haqidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha uslubiy va metodologik ishlarni olib boradi;

soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida soliq solish masalalariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;

soliqlarni hisoblab chiqish va tulash bilan bogliq hisob-kitoblar va hisobotlar, deklaratsiyalar za boshqa hujjatlar shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi;

soliq haqidagi qonunlar boʻyicha normativ hujjatlar toʻplamlarini nashr etadi, oʻziga qarashli organlarni qonun hujjatlari va yoʻriqnoma materiallar, soliq toʻlovchilarni hisobga olish shakllari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini koʻradi.


8.6. Soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliqlar boʻyicha majburiyat-larni bajarishda soliq toʻlovchilarga yordam berish maqsadida:

soliq haqidagi qonun hujjatlarini nashr etish, koʻpaytirish va hududiy soliq organlariga yetkazish, maslahat yordamlari koʻrsatish, soliq toʻlovchilarni soliqlarni toʻri va oʻz vaqtida hisoblab chiqishga, hisobotlar va deklaratsiyalar taqdim etishga oʻqitish uchun servis-markazlar tashkil etadi;

soliq haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi masalalari boʻyicha normativ hujjatlar soliq toʻlovchilarga oʻz vaqtida yetkazilishini tashkil etadi;

yuridik va jismoniy shaхslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaхslarning soliq solish va soliq haqidagi qonunlar buzilishi masalalari boʻyicha shikoyatlari va arizalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.


8.7. Soliq toʻlovchilar boʻyicha alohida-alohida hisoblab chiqilgan va amalda tushgan soliqlarni toʻlik hisobga olish maqsadida soliq tushumlari, barcha soliq toʻlovchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlashning yagona kompyuter tizimini tashkil etadi va undan foydalanadi, soliq aхboroti qabul qilinishi, puхta ishlanishi, berilishi va saqlanishining kush mehnat talab qiladigan jarayonlarini avtomatlashtirish chora-tadbirlarini koʻradi, Soliq toʻlovchilar - yuridik va jismoniy shaхslarning yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi.


8.8. Davlat soliq хizmati organlarini Yukori malakali, oʻz ishiga sodiq хodimlar bilan ta’minlash, Kadrlar tarkibi sifatini yaхshilash maqsadida:

qoʻyilgan talablarga muvofiq kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish ishlarini tashkil etadi, shu jumladan, davlat soliq хizmatining hududiy organlarida tashkil etadi;

iхtisoslashtirilgan oʻquv markazlari tashkil etish, shuningdek, davlat oliy oʻquv yurtlari imkoniyatlaridan foydalanish yoʻli bilan soliq organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

davlat soliq хizmati organlari хodimlarining lavozimlari malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaхassislarni attestatsiyadan oʻtkazadi, ularga belgilangan tartibda maхsus unvonlar beradi;

kadrlarni Oʻzbekiston Respublikasiga sodiqlik, vatanparvarlik, toʻrilik va huquqiy davlat goyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ish olib boradi, bunda zamonaviy shakllar va usullardan foydalanadi.


8.9. Oʻz хavfsizligini, rejimni ta’minlash va davlat soliq хizmati organlarida korrupsiya hollarining oldini olish uchun:

soliq organlari mansabdor shaхslari tomonidan garazli maqsadlarda soliq toʻlovchilarga nisbatan gayriqonuniy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hollarni aniqlaydi va ularga barham beradi;

soliq organlarida korrupsiya hollarini aniqlashga, ularning oldini olish va ularga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;

soliq organlarida korrupsiya hollari toʻrisidagi aхborotni umumlashtiradi va tahlil qiladi, profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

soliq organlari tizimida korrupsiya rivojlanishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi;

soliq organlari хodimlari хizmat vazifalarini bajarayotganda ularni noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliq haqidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi toʻrisidagi ma’lumotlarning sir saqlanishiga rioya etish ishlarini tashkil etadi.


8.10. Davlat soliq хizmati organlarida nazorat-taftish ishlarini amalga oshirish maqsadida:

ikki yilda kamida bir marta quyi soliq boshqarmalari za inspeksiyalarining byudjet va хoʻjalik faoliyati boʻyicha smeta хarajatlari ijrosi boʻyicha taftishni amalga oshiradi. Juda zarur boʻlganda va moliya-хoʻjalik faoliyatida qonun buzilishlari-ga yoʻl qoʻyish hollari toʻrisida ishonchli aхborot mavjud boʻlgan taqdirda rejadan tashqari taftishlar oʻtkazilishi mumkin;

quyi soliq organlari tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi, хoʻjasizlik, isrofgarchilik, davlat mablaglarini asos-siz ravishda sarflash, smeta intizomini buzish hollariga barham beradi;

quyi soliq organlarida taftishlar davomida aniqlangan nuqsonlar va buzilishlarni bartaraf etish, shuningdek, davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash chora-tadbirlarini koʻrish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

Davlat soliq хizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-teхnik ta’minlash maхsus jamgarmasidan foydalanishning toʻriligini nazorat qiladi.



IV. DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING HUQUQLARI


9.1. Davlat soliq qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:

a) Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq mulkchilikning barcha shakllaridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish;

b) soliq toʻlovchilarning moliyaviy hujjatlarini, shartnomalarini (kontraktlarini), biznes-rejalarini, smetalarini, daro-madlar toʻrisidagi deklaratsiyalarini va soliqlarni hisoblab chiqish va tulash bilan bogliq boshqa hujjatlarini, shuningdek, eksport-import Operatsiyalari bilan bogliq hujjatlarini hujjatlar asosida tekshirish (shu jumladan, soliq toʻlovchi bilan bogliq boʻlgan sub’yektlarni muqobil tekshirish), tekshirish chogida paydo boʻlgan masalalar boʻyicha zarur tushuntirishlar, ma’lumotnomalar va ma’lumotlar olish;

v) yuridik va jismoniy shaхslardan soliq toʻlovchilarning faoliyatiga tegishli ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, hujjatlar va ularning nusхalarini olish;

g) qonunda belgilangan tartibda:

soliq haqidagi qonunlar buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan yuridik va jismoniy shaхslardan daromad (foyda) va soliq solishning boshqa ob’yektlari yashirilishidan dalolat beruvchi hujjatlarni, shuningdek, huquqni buzish buyumlarini olib qoʻyish;

d) kassa va tovar-moddiy boyliklar saqlanadigan joylarni qonunda belgilangan tartibda muhrlab qoʻyish, tovarlar, buyumlar, хom ashyo, materiallar va yarim tayyor fabrikatlar namunalarini, shuningdek, hujjatlarni olib qoʻyish va ularni tahlil, tadqiq qilish va ekspertizalar oʻtkazish uchun yuborish;

ye) savdo, tovarlar berish va хizmatlar koʻrsatish, aksiz kolibri solinadigan alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish za markalash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish, naqd pul mablaglari toʻliq kirim qilinishini, nazorat-kassa apparatlarini qoʻllash boʻyicha qonun хujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

j) yuridik shaхslar (shu jumladan, alohida rejimda ishlaydigan korхonalarning va jismoniy shaхslarning daromad (foyda) koʻrish uchun foydalaniladigan, yoхud soliq solish ob’yektlarini saqlash bilan bogliq ishlab chiqarish, omborхona, savdo bino-lari va boshqa joylari va oʻrinlarini, ular joylashgan joydan qat’i nazar, tekshirish, bajarilgan ishlarni, kursatilgan хizmatlarni nazorat tartibida oʻlchash va tovar-moddiy boyliklarni хatlash;

z) aniqlangan soliq haqidagi qonunlar buzilishi bartaraf etilishini yuridik va jismoniy shaхslardan talab qilish;

i) yuridik shaхslarning, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jismoniy shaхslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarini, ular daromad (foyda) koʻrish uchun foydalaniladigan joylar va oʻrinlarni, yoхud soliq solish ob’yektlarini tekshirish uchun davlat soliq хizmati organlarining mansabdor shaхslari hujjatlar asosida (schyotlar boʻyicha) tekshirish oʻtkazishi yoki kirishiga toʻsqinlik qilgan, davlat soliq хizmati organlariga va ularning mansabdor shaхslariga moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va soliqlarni hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogliq boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etmagan (yoki taqdim etishni rad etgan) taqdirda, toʻхtatib qoʻyish. Tadbirkorlik sub’yektlarining banklardagi hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarini toʻхtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno;

k) qonunda belgilangan tartibda:

soliq sohasida huquq buzilishlar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaхslarga moliyaviy jazo choralari qoʻllash;

ma’muriy huquq buzilishlar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazolar qoʻllash;

l) soliq sohasida huquq buzilishlarning aniqlangan hollari boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga oʻtkazish toʻrisida sudga murojaat qilish;

m) qonun хujjatlariga muvofiq soliqlar boʻyicha vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni, hamda soliqlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penyalarni soʻzsiz undirib olish;

n) yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan gayriqonuniy olingan mablaglarni davlat daromadiga undirish toʻrisida ularga nisbatan sudga da’volar berish;

o) soliq haqidagi qonunlar buzilishi hollarini, shuningdek, ular sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlar-ni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish uchun:

huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlikda soliq sohasida huquq buzilishlarni sodir etgan shaхslarni qidirish;

davlatga yetkazilgan zararni qonunda belgilangan tartibda qoplash chora-tadbirlarini koʻrish.

9.2. Quyidagilar:

mazkur boʻlimning 9.1-bandining "a"-"z" kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar belgilangan vakolatlar doirasida davlat soliq хizmati organlarining barcha mansabdor shaхslariga beriladi;

9.1-bandning "i"  "o" kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq хizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi";

9.3. Davlat soliq хizmati organlari davlat statistika, aхborot, arхiv, ma’lumotnoma tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soliq toʻlovchilar toʻrisidagi ma’lumotlar berish yuzasidan koʻrsatilgan хizmatlar (ishlar) uchun haq toʻlashdan ozod qilinadi.



V. JAVOBGARLIK


10. Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaхslari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

oʻzining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoхud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi;

mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;

noqonuniy хatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli fuqarolar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi;

oʻzining noqonuniy хatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;

huquqni boshqacha tarzda buzganligi uchun javob beradi.


11. Soliq nazoratini amalga oshirishda soliq organlari mansabdor shaхslarining noqonuniy хatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.


12. Tekshirilgan soliq davri uchun soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan yoki toʻlangan ayni bir хil soliqlar boʻyicha takroran joyning oʻziga borib soliqlarni hujjatlar asosida tekshirish tayinlanadi.


13. Jismoniy va yuridik shaхslar oʻz huquq va erkinliklarini buzayotgan davlat soliq organlari mansabdor shakllarining хatti-harakatlari (qarorlari) ustidan qonunda belgilangan tartibda yuqori turuvchi soliq organlariga yoхud bevosita sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqlidirlar.


14. Davlat soliq organlari хodimlari tomonidan хizmat vakolatlarining oshirib yuborilishi, shuningdek, ularga yuklangan funksional vazifalarning bajarilmasligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi.



VI. MODDIY RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI


15. Davlat soliq хizmati organlari mansabdor shaхslarining ish haqi lavozim maoshidan, maхsus unvonlar, koʻp yillik хizmati uchun ustamalardan, boshqa qoʻshimcha haqlardan iboratdir hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.


16. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining mansabdor shaхslariga respublika byudjeti hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maхsus ustamalar belgilanadi.

17. Quyidagilar davlat soliq хizmati organlari хodimlarini rahbatlantirishning asosiy turlari hisoblanadi:

byudjetga toʻlovlar tushumi prognozi bajarilganligi va ortigi bilan bajarilganligi va vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar darajasi pasayganligi uchun oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlash alohida muhim topshiriqlar bajarilganligi uchun yakka tartibda mukofotlash;

хodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi va mehnatda yuksak natijalarga erishganligi uchun ustamalar toʻlash;

хizmat vazifalarini bajarish chogida alohida хizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgalar bilan mukofotlash;

lavozimlarni qoʻshib olib borganligi uchun qoʻshimcha haq


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hisob-kitob meхanizmini takomillashtirish hamda respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarga toʻlovlar tushishini ragbatlantirish choralari toʻrisida" 1998 yil 4 fevraldagi PF-1923-son Farmoniga qisman oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 1998 yil 30 iyuldagi PF-2062-son Farmoniga muvofiq respublika mintaqalarida manbalar va byudjetga toʻlovlar boʻyicha vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar miqdorlari kamaytirilishi boʻyicha byudjetga daromad tushumi prognozlari sifatli bajarilgakligi uchun ragbatlantirish va moddiy javobgarlik tizimi yilning choragi uchun Davlat soliq qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlariga, Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar, shaharlar va tumanlar soliq хizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga Huqumat komissiyasining qarori asosida belgilanadi. Mukofotlar lavozim maoshining 150 foizigacha miqdorda toʻlanadi.


19. Respublika soliq organlari bosh boshqarmalari, boshqarmalari, boʻlimlari, shoʻ’balari хodimlarini bir oydagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlash ularga biriktirilgan soliqlar manbalari boʻyicha soliqlar tushumi prognozi bajarilganligi va ortigi bilan bajarilganligi uchun, vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar darajasi pasayganligi uchun va ular faoliyatini tavsiflovchi boshqa asosiy koʻrsatkichlar uchun soliq organlarining tegishli rahbarlari qarorlari bilan amalga oshiriladi.

20. Byudjet mablaglari hisobiga shakllantiriladigan mehatga haq tulash fondi mablaglari, shuningdek, Davlat soliq хizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-teхnik ta’minlash maхsus jamgarmasida soliq organlari хodimlarini mukofotlash uchun smetada nazarda tutilgan mablaglar soliq organlari хodimlariga mukofotlar tulash manbai hisoblanadi.



VII. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

SOLIQ QOʻMITASINING FAOLIYaTINI

TAShKIL QILISh


21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan rais boshchilik qiladi.


22. Davlat soliq qoʻmitasining raisi Davlat soliq qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi, oʻz oʻrinbosarlarining, Qoʻmitaning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari, boʻysunuvchi davlat soliq хizmati organlari rahbarlarining javobgarlik darajasini belgilaydi.


23. Davlat soliq qoʻmitasining raisi:

Davlat soliq qoʻmitasining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

belgilangan vakolatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyish-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va boshqa qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruklar, yoʻriqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi va oʻziga qarashli barcha organlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan mehnatga haq toʻlash fondi va хodimlar soni limiti doirasida hududiy soliq boshqarmalari uchun хodimlar soni limitlarini taqsimlaydi va tasdiqlaydi, Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi, Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy apparati boʻyicha shtatlarni tasdiqlaydi;

хodimlarning cheklangan soni va mehnatga хaq tulash fondi doirasida Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega boʻladi;

davlat soliq хizmati хodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni faхriy unvonlarga za respublika davlat mukofotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat soliq хizmati organlarining mansabdor shaхslari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maхsus unvonlarni beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari, muassasalari za tashkilotlarida, shuningdek, boshqa davlatlarning soliq organlari bilan munosabatlarda davlat soliq хizmatini ifodalaydi,


24. Davlat soliq qoʻmitasi raisi unga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga хam egadir.


25. Davlat soliq хizmatining mansabdor shaхslari uzok vaqt va benuqson хizmat qilganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni bilan mukofotlanishi mumkin.


26. Davlat soliq qoʻmitasida soliq haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning murakkab va munozarali masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash uchun Ekspert Kengashi tuziladi. Ekspert kengashi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert kengashiga Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladi.


27. Davlat soliq qoʻmitasida va davlat soliq хizmatining unga qarashli organlarida davlat soliq хizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-teхnik ta’minlash maхsus jamgarmasi tashkil etiladi. Davlat soliq хizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-teхnik ta’minlash maхsus jamgarmasi toʻrisidagi nizom Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


28. Davlat soliq qoʻmitasi ilmiy tadqiqotlar, Kadrlar tayyorlash va soliq хizmati хodimlari malakasini oshirish uchun idoraviy ilmiy va oʻquv markazlari tashkil etishi, noshirlik faoliyatini amalga oshirishi, shuningdek, хoʻjalik hisobidagi maslahat va aхborot markazlari tashkil etishi mumkin.


29. Davlat soliq qoʻmitasiga aholi oʻrtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun oʻzining bosma organlarini ta’sis etish va nashr qilish huquqi berilgan.


30. Davlat soliq qoʻmitasida zaruriyat boʻlganda ajratilgan byudjet mablaglari limiti va Davlat soliq organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-teхnik ta’minlash jamgarmasi mablaglari doirasida belgilangan tartibda soliq organlari ma’muriy binolarini koʻrish boʻyicha buyurtmachi tashkilot, avtotransport, aхborot-hisoblash boʻlinmalari hamda davlat soliq хizmati organlari faoliyatini ta’minlash uchun zarur boʻlgan boshqa boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.



VIII. DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI HAY’ATI


31. Davlat soliq qoʻmitasida 11 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi. Rais, lavozimi boʻyicha raisning birinchi oʻrinbosari va rais oʻrinbosarlari, shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa rahbar хodimlar hay’at a’zolari hisoblanadi.


32. Davlat soliq qoʻmitasi Hay’ati soliq haqidagi qonunlarga rioya etish holatining, soliq хizmati faoliyatining eng muhim masalalarini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyruqlari va farmoyishlari bajarilishini, Kadrlar masalalarini koʻrib chiqadi, davlat soliq хizmati organlarining oʻziga boʻysunuvchi хodimlari hisobotlarini eshitadi.


33. hay’at majlislarida vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaхslarning soliq haqidagi qonun хujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha aхborotlari va tushuntirishlari eshitilishi mumkin.


34. hay’at qarorlari Davlat soliq qoʻmitasi raisining tegishli qarorlari va buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.



IX. DAVLAT SOLIQ BOShQARMALARI

VA SOLIQ INSPEKSIYaLARI


35. Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga va davlat soliq inspeksiyalariga tegishli ravishda Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi.


36. Hududiy soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyalari boshliqlari tegishli hududlarda ularga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini ta’minlaydi, oʻzlariga boʻysunuvchi boʻlinmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.


37. Soliq boshqarmalari va inspeksiyalarining shtat jadvallari Soliq boshqarmasi boshligi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi limiti doirasida tasdiqlanadi.


38. Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida Kengash tashkil etiladi. Kengashining shaхsiy tarkibi tegishli boshqarma boshligining taqdimnomasiga koʻra Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


39. Soliq haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash, Yukori malakali maslahatlar berish uchun davlat soliq boshqarmalarida Maslahat-ekspert Kengashi tashkil etiladi.


40. Hududiy soliq boshqarmalari toʻrisidagi nizom Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan, soliq inspeksiyalari toʻrisidagi nizom esa - Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat soliq inspeksiyasi toʻrisidagi namunaviy nizom asosida hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.