Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.11.1996 y. 387-son "Soliqlar va byudjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan soliqlarni korхonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.11.1996 y.

N 387



SOLIQLAR VA BYuDJETGA

MAJBURIY TOʻLOVLAR BOʻYIChA MUDDATIDA

TOʻLANMAGAN SOLIQLARNI KORXONALAR VA

TAShKILOTLAR MOL-MULKI HISOBIDAN

UNDIRIB OLISh TARTIBI TOʻFRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byudjet bilan hisob-kitoblar uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1996 yil. 9 avgustdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Soliqlar va byudjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan soliqlarni korхonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi toʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.


2. Oliy хoʻjalik sudiga soliqlar toʻlovini qarzdor korхonalar mulki hisobidan undirib olish yuzasidan da’volarni koʻrib chiqish tartibini soddalashtirish tavsiya etilsin, bunda uch kun muddatda qaror qabul qilish nazarda tutilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1996 y., N 11, 31-modda.