Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.1996 y. 73-son "Vazirlar mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida" 1994 yil 4 martdagi 114-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.02.1996 y.

N 73



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

SOLIQ QOʻMITASINI TAShKIL ETISh VA

UNING FAOLIYaTI MASALALARI TOʻRISIDA"

1994 YIL 4 MARTDAGI 114-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi qarorining 2-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻrisidagi Nizomning IV bobining 9-bandi "k" kichik bandi chiqarib tashlansin va uning oʻrniga quyidagi mazmundagi "k" va "l" kichik bandlar kiritilsin:

"k) korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan davlat byudjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni va ular boʻyicha boqimondalarni soʻzsiz undirib olish;

l) fuqarolar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslardan soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha boqimondalarni davlat foydasiga undirib olish toʻrisida tegishli sudlarga da’vo arizasi berish".


2. IV bobning 9-bandi "l" - "r" kichik bandlari tegishli ravishda "m" - "s" kichik bandlar deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 Oʻ. Sultonov