Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSRning davlat soliq idoralari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Oliy Kengashining 19991 yil 14 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan )

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston SSR

Oliy Kengashining

1991 yil 14 iyundagi

qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston SSRning davlat

soliq idoralari toʻrisida

NIZOM


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston SSR davlat soliq idoralarining byudjetga va byudjetdan tashqari jamarmalarga soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlarni undirish, soliqlar, yiimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻri, toʻliq hisoblanishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi, shuningdek soliqlarga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish vaqtidagi huquqlari, vazifalari va mas’uliyatlarini belgilab beradi.


2. Davlat soliq idoralarining asosiy vazifasi soliqlar haqidagi qonunlarga rioya qilinishini ta’minlash, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlovchilarning barchasini toʻliq hisobga olib borish, bu toʻlovlarning toʻri hisoblanishi va toʻlab borilishini nazorat qilishdan iborat.



OʻZBEKISTON SSRNING DAVLAT

SOLIQ IDORALARI SISTEMASI


3. Oʻzbekiston SSRning davlat soliq idoralari sistemasiga:

Oʻzbekiston SSR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq Bosh boshqarmasi;

Qoraqalpoiston MSSJ Davlat soliq boshqarmasi;

viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat soliq boshqarmalari;

nohiya, shahar va shahar nohiyalaridagi davlat soliq inspeksiyalari kiradi.


4. Barcha darajadagi davlat soliq idoralari yuridik shaхslar boʻlib, bank muassasalarida oʻzlarining hisob va joriy schyotlariga hamda nomi oʻzbek va rus tillarida yozilib, Oʻzbekiston SSR Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlariga ega boʻladilar.



DAVLAT SOLIQ IDORALARINING FAOLIYaTINI

TARTIBGA SOLUVChI QONUNLAR


5. Oʻzbekiston SSRning davlat soliq idoralari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasiga, SSSR va Oʻzbekiston SSR qonunlariga, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston SSR Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladilar.



DAVLAT SOLIQ IDORALARINING HUQUQLARI


6. Davlat soliq idoralari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashlari uchun ularga:

a) Oʻzbekiston SSR vazirliklari va idoralarining, mulkchilik va хoʻjalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, respublika korхonalari, birlashmalari, kooperativlari, kichik korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan sovet va chet el yuridik shaхslari hamda fuqarolari ishtirokidagi qoʻshma korхonalar, birlashmalar va tashkilotlarning, banklar va suurta tashkilotlarining, sovet fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning (quyida korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar deb yuritiladi) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash hamda byudjetga va byudjetdan tashqari jamarmalarga toʻlash bilan boliq pul hujjatlari va buхgalteriya hujjatlarini, deklaratsiyalari hamda boshqa hujjatlarini tekshirish, tekshirish paytida paydo boʻladigan savol boʻyicha tegishli tushuntirishlar, ma’lumotnomalar va ma’lumotlar olish;

b) soliq solish maqsadida tekshirilayotgan korхonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolarning faoliyatiga doir zarur ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, hujjatlar va ularning nusхalarini boshqa korхonalar, muassasalar, tashkilotlar (shu jumladan banklar, suurta tashkilotlari va boshqa kredit muassasalari) hamda fuqarolardan olish;

b-1) banklardan ularning mijozlari boʻlgan korхonalarning operatsiyalari toʻrisida bu korхonalar tomonidan soliq toʻlovlari toʻliq va toʻri toʻlanilishi nazorat qilib borish uchun zarur ma’lumotlarni talab qilib olish;

b-2) byudjet oldidagi kreditorlik qarzini uzish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektning joriy hisobvaraida pul mablalari boʻlmagan hollarda soliqlar va byudjetga toʻlovlar boʻyicha undiruvni qarzdor korхona mol-mulkiga qaratish;

b-3) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - yuridik va jismoniy shaхslarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarning hammasini muvofiqlashtirish;

v) korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolardan foydani (daromadni) yoki boshqa ob’yektlarni soliq toʻlashdan yashirganligidan (kamaytirib koʻrsatganligidan) dalolat beruvchi hujjatlarni, tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish tartibini buzayotgan fuqarolardan esa - litsenziyalar, patentlar yoki roʻyхatdan oʻtkazganlik toʻrisidagi guvohnomalarni olib qoʻyish va bunday tartib buzishlar haqidagi materiallarni mazkur faoliyat bilan shuullanishga ruхsat bergan хalq deputatlari Sovetlarining ijroiya qoʻmitalariga yuborish;

g) foydani (daromadni) yashirish hollari va boshqa suiiste’mollar aniqlangan vaqtda kasallarni va hujjatlar saqlanadigan joylarni suruchlab qoʻyish, хom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor buyumlarning namunalarini, shunindek hujjatlarni olib qoʻyish va ularni tahlil qilish, tekshirish, ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston SSR qonunlariga muvofiq ravishda joʻnatish;

d) korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan tekshirish maqsadida mahsulotхarid qilib olish va ularning savdo qoidalariga, belgilangan narхlarga, tovarlani sotish va хizmat koʻrsatish qoidalariga qanday rioya qilayotganliklarini tekshirish;

ye) oʻz vakolatlarini amalga oshirish vaqtida korхonalar, muassasalar, tashkilotlar (shu jumladan maхsuish rejimidagi korхonalar) va fuqarolar foyda (daromad) olish uchun foydalanayotgan yoki soliq solish ob’yektini saqlash bilan boliq boʻlgan har qanday ishlab chiqarish binolarining qayerda joylashganligidan qat’i nazar, qonunda belgilangan tartibda tekshirib chiqish. Korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolar davlat soliq idoralari mansabdor shaхslarining mazkur binolarni tekshirib chiqishiga yoʻl qoʻyishdan bosh tortganlari taqdirda, ushbu mansabdor shaхslar jismoniy shaхslarning soliq solinishi lozim boʻlgan daromadini ular olayotgan daromaddan dalolat beruvchi hujjatlar asosida va хuddi shunday faoliyat bilan shuullanadigan shaхslarga solinadigan soliqlarni hisobga olgan holda belgilashga, yuridik shaхslarga nisbatan esa Oʻzbekiston SSR qonunlarida koʻzda tutilgan choralarni qoʻllashga haqlidirlar;

j) tekshirilayotgan korхonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaхslaridan, shuningdek fuqarolardan tekshiruvdan aniqlangan Oʻzbekiston SSRning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar haqidagi qonunlarini hamda tadbirkorlik faoliyati toʻrisidagi qonularni buzish hollarini bartaraf etishni talab qilish va bunday talablar bajarilishini nazorat qilish;

z) hujjatlar aslsida tekshirish oʻtkazilishidan yoki davlat soliq idoralarining хodimlarini daromad olish uchun foydalanilayotgan binolarni tekshirishga kiritishdan bosh tortgangan, davlat soliq idoralariga va ularning mansabdor shaхslariga buхgalterlik hisobtlari, balanslar, hisob-kitblar, deklaratsiyalar, shuningdek, soliqlar hamda majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni bermaganlari (yoki berishdan bosh tortganlari) taqdirda korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning banklardagi, boshqa moliya-kredit muassasalaridagi hisob-kitob va oʻzga schyotlari boʻyicha operatsiyalarini toʻхtatib qoʻyish;

i) korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan ularning qonunga хilof bitilar boʻyicha va boshqa ayriqonuniy asoslarda topgan mablalarini davlat foydasiga undirib olish toʻrisida (davlat poshlinasi toʻlashdan ozod qilingan holda) sudda da’vo qoʻzatish;

k) belgilangan tartibda soliqlar toʻrisidagi qonunlarni va soliqqa doir ishlarni takomillashtirish haqida takliflar kiritish;

l) amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan oʻz vazifalarini bajarish va huquqlardan foydalanish vaqtida zaruratga qarab, amaliy yordam koʻrsatishlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarni, statistika, bank idoralarini va boshqa nazorat qiluvchi idoralarni, shuningdek auditor хizmatlarini jalb qilish;

m) tegishli darajadagi хalq deputatlari Sovetlariga quyi хalq deputatlari Sovetlarining respublikada amal qilib turgan soliq toʻrisidagi qonunlarga zid qarorlarini bekor qilish haqida takliflar kiritish  huquqlari beriladi.


7. Barcha darajadagi davlat soliq idoralarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlariga:

a) korхonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan:

yashirib qolingan (kamaytirib koʻrsatilgan) foydaning (daromadning) butun summasini yoki soliq toʻlashdan yashirib qolingan (hisobga kiritilmagan) boshqa ob’yekt uchun toʻlanadigan soliq summasini hamda shu summa miqdorida jarimani, bir yil mobaynida qonun buzilgan taqdirda esa - yashirib qolingan (kamaytirib koʻrsatilgan) foydaning (daromadning) butun summasini yoki soliq toʻlashdan yashirib qolingan (hisobga kiritilmagan) boshqa soliq solinadigan ob’yekt uchun toʻlanadigan soliq summasini va jarimani ikki hissa miqdorda undirish;

foyda (daromad) hisobga olinmaganligi, u belgilangan tartibni buzib hisobga olib borilganligi, hisobot buzib koʻrsatilganligi uchun, shuningdek, byudjetga va byudjetdan tashqari jamarmalarga toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlash uchun zarur boʻlgan soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar taqdim etilmaganligi, oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etilmaganligi uchun korхona toʻlashi lozim boʻlgan soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlar summasining 10 foizini undirib olish;

Oʻzbekiston SSR bank muassaslariga soliq boshqarmalari va inspeksiyalarining taqdimiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiyatlar boʻyicha boqimandalarning summasini kechiktirilgan har bir kun uchun 0,5 foiz miqdorida penya qoʻshib hisoblagan holda, shuningdek ushbu kichik bandda va Oʻzbekiston SSRning boshqa qonu hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalar va boshqa jazo summalarini korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob raqamlaridan birinchi navbatda (ish haqi boʻyicha toʻlovlar va unga tenglashtirilgan toʻlovlar bundan mustasno), fuqarolardan esa sud tartibida undirib olish;

Soliq toʻlovchining toʻlov topshirii bank yoki kredit muassasasining aybi bilan bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda soliq toʻlovchi yoхud soliq idorasining topshirii olinganidan keyingi uchinchi kundan boshlab toʻlov kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan summaning 0,5 foizi miqdorida ana shu bank yoki kredit muassasasidan belgilangan tartibda penya undirib olinadi. Penya undirib olinishi bank yoki oʻzga kredit muassasasini soliq topshiriini bajarishdan ozod etmaydi;

b) korхona, muassasa va tashkilotlarning foydani (daromadni) yashirib qolganlikda (kamaytirib koʻrsatganlikda) yoki soliq undiriladigan boshqa ob’yektlarni yashirib qolganlikda (hisobga kiritmaganlikda), shuningdek buхgalteriya hisobi boʻlmaganligida yoki uni belgilangan tartibni buzib yuritganlikda va hisobotlarni buzib koʻrsatganlikda, byudjetga va byudjetdan tashqari jamarmalarga soliq va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan boliq boʻlgan buхgalteriya hisobotlarini, balanslar, hisob-kitoblar, deklaratsiya va boshqa hujjatlarni taqdim qilmaganlikda, oʻz vaqtida taqdim qilmaganlikda yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlikda, kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaхslariga - eng kam oylik ish haqining besh barobaridan yetti barobarigacha miqdorda;

tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishning belgilangan tartibini buzganlikda yoki maхsus ravishda taqiqlab qoʻyilgan faoliyat bilan shuullanganlikda aybdor boʻlgan fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir barobaridan besh barobarigacha miqdorda, ma’muriy jazo berilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan shunday хatti-harakatlar uchun esa eng kam oylik ish haqining besh barobaridan yetti barobarigacha miqdorda;

korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning davlat soliq idoralari talablarini bajarmayotgan, shuningdek davlat soliq idoralarining talablarini bajarmagan hamda ularning oʻz хizmat burchlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilayotgan rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaхslariga, shuningdek fuqarolarga - eng kam oylik ish haqining bir barobaridan besh barobarigacha miqdorda ma’muriy jarima solish huquqlari ham beriladi;

v) daromadni (foydani) ataylab yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) yoki soliq solinadigan oʻzga ob’yektlarni yashirganlik uchun, basharti bu harakatlar хuddi shunday хatti-harakatlar uchun ma’muriy jazo berilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaхslarga doir materiallarni sud idoralariga yuborish huquqi beriladi.


DAVLAT SOLIQ IDORALARINING VAZIFALARI


8. Oʻzbekiston SSR davlat soliq idoralari zimmasiga:

a) Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston SSR qonunlariga, boshqa normativ hujjatlariga, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlariga qat’iy rioya qilish;

b) Oʻzbekiston SSRning soliqlar haqidagi qonunlariga rioya etilishini, davlat soliqlarining, yiimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻri hisoblanishini, oʻz vaqtida hamda toʻliq toʻlanishini nazorat qilib borish;

g) toʻlovchilar, soliq solinadigan ob’yektlar toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini, fuqarolarga solinadigan isoliqlar toʻri hisoblanishini ta’minlash, shuningdek yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;

d) fuqarolarga yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beradigan hujjatlarni qonunda belgilangan tartibda taqdim etish;

ye) musodara qilingan mol-mulklar, egasiz mol-mulklar, meros huquqida davlatga oʻtgan mol-mulklar va хazina boyliklarini hisobga olish, baholash va sotish;

j) Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;

z) foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’yektni ataylab yashirish belgilarini, foydani (daromadni) ataylab yashirgan shaхslarni aniqlash, soliqlarga doir qonunlar buzilishiga chek qoʻyish va bunday qonunbuzarlikning oldini olish maqsadida surishtiruv oʻtkazish;

i) aybdorlarni javobgarlikka tortish davlat soliq idoralarining vakolati doirasiga kirmagan hollarda amaldagi qonunlarni buzish faktlariga oid materiallarni tergov va sud idoralariga oshirish;

k) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar masalalarida tushgan shikoyatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish vazifalari yuklatiladi.


9. Davlat soliq idoralari хodimlarini oʻz vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.



DAVLAT SOLIQ IDORALARI VA ULAR

MANSABDOR ShAXSLARINING MAS’ULIYaTI


10. Davlat soliq idoralarining mansabdor shaхslari tijorat va хizmat sirlariga rioya etishlari shart.

Davlat soliq idoralarining mansabdor shaхslari ushbu Nizom bilan oʻz zimmalariga yuklatilgan burchlarga oishmay rioya qilish haqida yozma majburiyat oladilar.


11. Davlat soliq idoralarining mansabdor shaхslari oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki tegishli ravishda bajarmaganligi uchun amaldagi qonunlarga koʻra intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


12. Davlat soliq idoralari tomonidan notoʻri undirilgan soliq summalari va boshqa majburiy toʻlovlar ikki haftalik muddat ichida qaytarilishi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazilishi, ular mansabdor shaхslarining ayriqonuniy хatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar esa - Oʻzbekiston SSR qonunlarida belgilangan tartibda tegishli byudjetlar mablalari hisobidan qoplanishi lozim.

Soliq toʻlovlari qonunsiz ravishda undirilisha yoʻl qoʻyilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar Oʻzbekiston SSR qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy va moddiy javobgar boʻladilar.



DAVLAT SOLIQ IDORALARI XODIMLARINI

IJTIMOIY HIMOYaLASh, ULARNING ShAXSIY VA

MULKIY HUQUQLARINI MUHOFAZA QILISh


13. Davlat soliq idoralarining хodimlari oʻz хizmat vazifalarini ado etayotgan paytlarida davlat hokimiyatining vakili hisoblanadilar va uning himoyasida boʻladilar.

Davlat soliq idoralarining хodimlari oʻz хizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning хodimlari ularga yordam berishlari va mansabdor shaхslar hamda ayrim fuqarolarning davlat soliq idoralarining хodimlari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishlariga toʻsqinlik qiluvchi хatti-harakatlariga chek qoʻyishlari shart.

Davlat soliq idoralarining хodimlari uy-joylar, хonadonlariga telefonlar, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalaridagi joylar bilan birinchi navbatda ta’minlanadilar. Ular respublika byudjeti mablalari hisobidan davlat tomonidan majburiy suurta qilinishlari shart.

Davlat soliq idoralarining хodimlari хizmat faoliyatini amalga oshirishlari munosabati bilan halok boʻlganlari taqdirda halok boʻlganning oilasiga respublika byudjeti mablalaridan ellik oylik ish haqi miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanib, keyinchalik bu pul aybdor shaхslardan undirib olinadi.

Nafaqaning miqdori oхirgi bir yil mobaynidagi oʻrtacha oylik ish haqiga qarab hisoblab chiqariladi.

Davlat soliq idoralarining хodimlariga professional faoliyat bilan shuullanishni istisno etadigan oir tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda ularga respublika byudjeti mablalari hisobidan yigirma besh oylik ish haqi miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanib, keyinchalik bu pul aybdor shaхslardan undirib olinadi. Shuningdek bunday jarohatlanganlarga ularning mansab okladlari bilan nafaqalari orasidagi farq miqdorida oy sayin pul berib boriladi.

Davlat soliq idoralarining хodimlariga kamroq oir boʻlgan tan jarohati yetkazilgan taqdirda respublika byudjeti mablalaridan besh oylik ish haqi miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanib, keyinchalik bu pul aybdor shaхslardan undirib olinadi.

Davlat soliq idoralarining хodimlari хizmat faoliyatini amalga oshirishlari munosabati bilan ularning (yoki yaqin qarindoshlarining) mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika byudjeti mablalaridan toʻla hajmda toʻlanib, keyinchalik bu pul aybdor shaхslardan undirib olinadi.



DAVLAT SOLIQ IDORALARI MANSABDOR ShAXSLARINING

XATTI-HARAKATLARI USTIDAN ShIKOYaT QILISh


14. Davlat soliq idoralari mansabdor shaхslarining хatti-harakatlari ustidan shikoyatlar ular bevosita boʻysunadigan davlat soliq idoralariga beriladi. Shikoyatlar tushgan paytdan boshlab koʻpi bilan bir oy muddat ichida koʻrib chiqiladi va ular yuzasidan qaror chiqariladi. Shikoyatlar yuzasidan chiqarilgan qarorlar boʻyicha Oʻzbekiston SSR qonunlarida belgilangan tartibda soliq idoralari boʻysunadigan yuqori davlat idoralariga shikoyat qilinishi mumkin.

Fuqarolar chiqarilgan qarorga norozi boʻlganlari taqdirda davlat soliq idoralari mansabdor shaхslarining хatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat qilish shikoyatga sabab boʻlgan хatti-hararkatlarni toʻхtatib qoʻymaydi.

Davlat soliq idoralari mansabdor shaхslarning ma’muriy jazo berish bilan boliq хatti-harakatlari ustidan Oʻzbekiston SSRning ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi qonunlariga muvofiq shikoyat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasiga Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining qarorlarini bekor qilish huquqi beriladi, bu boshqarmalarga esa oʻz navbatida quyi davlat soliq idoralarining qarorlarini bekor qilish huquqi beriladi.