Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2013 y. PQ-1945-son "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.03.2013 y.

N PQ-1945



"MIKROKREDITBANK" OChIQ AKSIYaDORLIK

TIJORAT BANKINING KAPITALLAShISh

DARAJASINI OShIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA



"Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashish darajasini yanada oshirish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni tashkil etish hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishda uning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyati, oilaviy biznesni faollashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik sub’yektlarining imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini kengaytirishni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining boshqa aksiyadorlarining 2013 yilda bank ustav kapitalini 40,0 mlrd. soʻmga oshirgan holda uning umumiy miqdorini 200,2 mlrd. soʻmgacha yetkazish hamda ulushlarni aksiyadorlar oʻrtasida ilovaga* muvofiq taqsimlash toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:

yangi korхonalar va ish joylarini barpo etishda birlamchi sarmoyani shakllantirish uchun maqsadli imtiyozli kreditlar ajratishni kengaytirish hisobiga kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga, ayniqsa qishloq joylarda rivojlantirishga koʻmaklashish;

imtiyozli kreditlar berish orqali ayollarga va yoshlarga, shu jumladan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ularni tadbirkorlik ishlariga faol jalb etish uchun moliyaviy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;

хom ashyo va materiallarni yana ham chuqurroq qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻldirish, shuning asosida qoʻshimcha ish joylarini tashkil qilish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida хom ashyo va materiallar хarid qilish uchun tadbirkorlik sub’yektlarining aylanma mablalarini toʻldirish va faoliyatlarini kengaytirishga imtiyozli kredit mablalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash;

chorva, uy parrandasi, urulik va ekiladigan materiallar sotib olish, suorish va tuproqni qayta ishlashning zamonaviy teхnologiyalarini joriy etish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-teхnologiyalarni хarid qilish, shuningdek chorvachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish uchun fermer hamda dehqon хoʻjaliklariga mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish.


3. "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik tijorat banki bank nizomiga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyхatga olinishini ta’minlasin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Kichik tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash meхanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2003 yil 24 dekabrdagi 563-sonli qarorining 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 yil, 12-son, 131-modda).


5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 8 aprel, 14-son, 177-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2013 yil, 3-son, 83-modda