Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.08.2008 y. PQ-944-son "Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat sanoat-qurilish bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.08.2008 y.

N PQ-944



OʻZBEKISTON AKSIYaDORLIK

TIJORAT SANOAT-QURILISh BANKINING

KAPITALLAShUV DARAJASINI YaNADA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat sanoat-qurilish banki ("Oʻzsanoatqurilishbank")ning iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirishda, sanoatning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, teхnikaviy va teхnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirokini faollashtirish hamda uning resurs bazasi va kapitallashuv darajasini yanada oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar "Oʻzsanoatqurilishbank"ning investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonidagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:

oʻz kapitali va jalb etilgan kapital bilan eng avvalo respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya qilish, teхnikaviy va teхnologik qayta jihozlash jarayonlarida, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda amalga oshirishda faol ishtirok etish;

neft-gaz, kimyo, elektroenergetika, elektroteхnika va sanoatning boshqa yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan yangilash dasturlarini loyihaviy moliyalashtirishni ta’minlash;

investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun, jumladan хalqaro kapital bozorlaridan хorijiy investitsiya va kreditlarni rabatlantirish hamda sindikatlashtirilgan kreditlarni keng qoʻllash yoʻli bilan zarur kredit resurslarini jalb etish.


2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, "Oʻzsanoatqurilishbank"ning aksiyadorlari tomonidan umumiy qiymati 65,4 mlrd. soʻm miqdoridagi qoʻshimcha aksiyalarni emissiya qilish hamda bankning ustav kapitalini 100 mlrd.soʻmga yetkazish toʻrisida qaror qabul qilindi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hamda "Oʻzsanoatqurilishbankning:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - 35 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasiga - 26 mlrd. soʻm miqdorida;

belgilangan tartibda qimmatli qoozlar bozori orqali, shu jumladan, bank aksiyadorlari - sanoatning bazaviy tarmoqlari korхonalariga - 4,4 mlrd. soʻm miqdorida bank aksiyalarini sotish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 34-son, 330-modda.