Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 24.01.2013 y. 2/7-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 14.02.2013 y. 2209-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.02.2013 y.

N 2209-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

24.01.2013 y.

N 2/7


QARORI



"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

banki  tomonidan  kredit  uyushmalari,

mikrokredit tashkilotlari va lombardlar

faoliyatini tekshirish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 5 fevraldagi 4/4-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2209, 2011 yil 14 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 10-11-son, 111-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                               F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

banki  tomonidan  kredit  uyushmalari,

mikrokredit tashkilotlari va lombardlar

faoliyatini tekshirish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Qarorda:


a) nomi va 1-banddan "kredit uyushmalari," degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


b) muqaddimadan "Kredit uyushmalari toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 y., 4-5-son, 65-modda)," degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. Nizomda:


a) nomidan "kredit uyushmalari," degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


b) muqaddimadan "Kredit uyushmalari toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 y., 4-5-son, 65-modda)," va "kredit uyushmalari," degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


v) 1-banddan "omonatchilar," va "kredit uyushmalari," degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


g) 4-bandning ikkinchi хatboshisidan "omonatchilar," degan soʻz chiqarib tashlansin;


d) 13-bandning toʻrtinchi хatboshisidan "omonatchilar hamda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 18 fevral, 7-son, 96-modda