Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 24.01.2013 y. 2/9-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 14.02.2013 y. 2426-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.02.2013 y.

N 2426




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

24.01.2013 y.

N 2/9


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining

ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz

kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining ayrim normativ-huquqiy hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                              F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002 yil 14 sentyabrdagi 21-A/2-son "Kredit uyushmalari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1179, 2002 yil 7 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2002 y., 19-son);


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009 yil 14 martdagi 6/4-son "Kredit uyushmalarida buхgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1944, 2009 yil 20 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 17-son, 216-modda);


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 yanvardagi 3/6-son "Kredit uyushmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2084, 2010 yil 1 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 9-son, 71-modda);


4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 7 maydagi 14/6-son "Kredit uyushmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2084-1, 2011 yil 25 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 20-21-son, 214-modda);


5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 5 fevraldagi 4/3-son "Kredit uyushmalarining kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2208, 2011 yil 14 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 10-11-son, 110-modda);


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 9 apreldagi 10/9-son "Kredit uyushmalarining aktivlarini tasniflash, aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaхiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2227, 2011 yil 10 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 19-son, 196-modda);


7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 30 apreldagi 13/6-son "Kredit uyushmalarida buхgalteriya hisobini yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2234, 2011 yil 9 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 22-23-son, 245-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 18 fevral, 7-son, 97-modda