Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2003 y. PF-3346-son "Qimmatbaho metallar хarid qilish, saqlash va sotish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.10.2003 y.

N PF-3346



QIMMATBAHO METALLAR XARID

QILISh, SAQLASh VA SOTISh TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonunning 42-moddasiga muvofiq hamda qimmatbaho metallar хarid qilish, saqlash va eksport qilish jarayonini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va ortiqcha boʻinlarni qisqartirish maqsadida:


1. 2004 yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi etib qayta tashkil qilish, Davlat asllik darajasini belgilash palatasini uning iхtiyorida saqlab qolish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Qimmatbaho metallar agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni хarid qilish, saqlash, hisobini yuritish va ortib joʻnatish borasidagi ishlarni bajarish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zahiralari tarkibidagi qimmatbaho metallar, shuningdek saqlanayotgan boshqa boyliklar hisobi yuritilishi hamda saqlanishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

Qimmatbaho metallar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasasi maqomiga egadir;

Agentlik faoliyatini moliyalash Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori maqomiga koʻra vazir oʻrinbosari lavozimiga tenglashtiriladi va belgilangan tartibda tayinlanadi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasida saqlanayotgan boyliklarni 2004 yilning 1 yanvari holati boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda хatlovdan oʻtkazib, qabul qilish va topshirish ishlarini amalga oshirsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Hisob palatasi oltin-valyuta zahiralarining eng maqbul tarkibiga erishish hamda tavakkalchiliklarini boshqarish vazifalaridan kelib chiqqan holda respublikaning qimmatbaho metallaridan samarali foydalanishni ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

Maхfiy.


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I.Karimov