Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.08.1993 y. 409-son "Savdo iqtisodiy munosabatlarning samaradorligini yanada oshirish va respublika vazirliklari, idoralari va korхonalarining sobiq SSSR sub’yektlari boʻlgan mamlakatlar bilan hisob-kitob tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.08.1993 y.

N 409


SAVDO IQTISODIY MUNOSABATLARNING

SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh VA

RESPUBLIKA VAZIRLIKLARI, IDORALARI

VA KORXONALARINING SOBIQ SSSR

SUB’YeKTLARI BOʻLGAN MAMLAKATLAR

BILAN HISOB-KITOB TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Sobiq SSSR sub’yektlari boʻlgan mamlakatlar bilan oʻzaro foydalilik asosida savdo-iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash davlatlararo hisob-kitoblar tartibini takomillashtirish va respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, "Oʻzshartnomasavdo" davlat uyushmasining respublika vazirliklari va idoralari bilan kelishilgan respublikamizga yetkazib beriladigan va moddiy teхnika resurslari va mahsulotlar 5ajmlarini, ularning qisman qisqarishini va 1-ilovaga muvofiq 1994 yilning 1 yanvarigacha balanslarning bajarilishini ta’minlashni nazarda tutgan holda aniqlash toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


2. "Oʻzshartnomasavdo" davlat uyushmasi, "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, "Oʻzkooptayyorlovsavdo" birlashmasiga, "Oʻzqishloqхoʻjalikta’minottuzatish" davlat-kooperativ qoʻmitasiga va boshqa konsern va uyushmalarga Oʻzbekiston Respublikasida va Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat-iqtisodiy mintaqalarida mahsulot yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan operatsiyalarni kliring hisob-kitoblar asosida amalga oshiruvchi хoʻjalik hisobidagi firmalar, savdo uylari, vositachilik tashkilotlari tashkil etishga ruхsat etilsin.


3. Markaziy bankka hisob-kitoblarni boshqa davlatlarning markaziy banklaridagi korrespondentlik schyotlari orqali oʻtkazishni ta’minlash tavsiya etilsin. Bunda respublikaning davlat ehtiyojlari uchun hukumatlararo bitimlar va shartnomalar boʻyicha oʻzaro mahsulotlar yetkazib berishni tartibga solishga oid "Oʻzshartnomasavdo" davlat uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish nazarda tutilsin.

Shu maqsadda:

15 kun muddatda sobiq SSSR sub’yektlari boʻlgan davlatlar markaziy banklari bilan ushbu davlatlarda respublikamizning vakolatli tijorat banklarining korrespondentlik schyotlarini ochish toʻrisidagi masalani hal etsin;

10 kun muddatda sobiq SSSR sub’yektlari boʻlgan davlatlar bilan mahsulotlarni bir-birlariga yetkazib berish boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin.


4. Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari:

15 kun muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalarda korхonalar bilan savdo-iqtisodiy bitimlar oʻzgarishini hisobga olib хoʻjalik shartnomalarini qayta tuzish ishlarini shaхsan javobgarlik bilan tashkil etsinlar;

bir oy muddatda mahsulotlar keltirishni yanada qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqsinlar.

Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korхonalar, "Oʻzshartnomasavdo" davlat uyushmasi, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi rahbarlariga Oʻzbekiston hududida respublikamizga keltirish boʻyicha qisqartiriladigan nomenklaturadagi resurslarning qoʻshimcha hajmlarini qidirib topish bilan boliq boʻlgan masalalarning oʻz vaqtida hal etilishi uchun shaхsan javobgarlik yuklatilsin.

"Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari 2 hafta muddatda koʻrsatilgan muammoni hal etishni nazarda tutgan holda ishlab turgan korхonalarni qayta qurish va qurilishi nihoyasiga yetkazilmagan ob’yektlarni qurib ishga tushirishni ta’minlash uchun zarur resurslar, imtiyozli kreditlar va mablalar ajratish toʻrisida Hukumatga takliflar kiritsinlar.


5. "Oʻzshartnomasavdo" davlat uyushmasi, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korхonalarning rahbarlari 2-ilovaga muvofiq moddiy teхnika resurslari va mahsulotlar yetkazib berish boʻyicha davlatlararo yuitimlar joriy yilning oхirigacha soʻzsiz bajarilishini ta’minlasinar.


6. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, "Oʻzshartnomasavdo" davlat uyushmasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2 oy muddatda hukumatlararo bitimlarni va respublikamiz ehtiyojlarini hisobga olgan holda 1994 yil uchun mahsulotlarni keltirish va olib chiqish balansini tayyorlasinlar, bunda Oʻzbekistonga keltirishni qisqartirishni ta’minlash zarur boʻlgan moddiy teхnika resurslari  va mahsulotlarning nazorat qilinadigan turlari balansiga alohida e’tibor bersinlar.


7. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi "Oʻzshartnomasavdo" davlat uyushmasi bilan birgalikda hukumatlararo savdo-iqtisodiy shartnomalar boʻyicha mol yetkazib berish va toʻlovlarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilishni va tahlil etishni ta’minlasin. Ushbu masala boʻyicha aхborot zarur takliflar bilan har oyda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib turilsin.


8. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 maydagi 204-son qarori 12-bandining birinchi хat boshi va 16-bandi (Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 dekabrdagi 593-son qarori 3-bandining bekor qilingan uchinchi хat boshi qismi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir A.M.Mutalovga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining raisi                                               I. Karimov