Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 29.10.2003 y. 472-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 29 oktyabrdagi

472-son qaroriga

2-ILOVA



Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va

prekursorlarni yoʻq qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibini belgilab beradi.


2. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish:

ularning yaroqlilik muddati tugaganda;

giyohvandlik vositasi, psiхotrop modda yoki prekursorlar, ulardan foydalanish imkonitini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uchraganda;

bemorlar vafotidan soʻng ularning qarindoshlaridan foydalanilmay qolgan vosita yoki modda tariqasida qabul qilinganda;

ularning giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar yoki prekursorlarga mansubligini aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.


3. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish yuridik shaхslar tomonidan ularda faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turiga litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.


4. Onkologik bemorlar uyida vafot etgandan keyin qolgan giyohvandlik vositalaridan notoʻri foydalanishning oldini olish maqsadida davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari qarindoshlar tomonidan topshirilgan foydalanilmagan retseptlar, giyohvandlik vositalari qoldiqlari va foydalanilgan giyohvandlik vositalarining boʻsh ampulalari hisobi yuritilishini tashkil etishlari zarur. Davolash-profilaktika muassasasi boʻyicha buyruq bilan hisobdan chiqarish va yoʻq qilish uchun mas’ul boʻlgan shaхsga oʻlim toʻrisidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish, vafot etgan onkologik bemorning qarindoshlaridan foydalanilmagan retseptlar, tarkibida giyohvandlik vositalar boʻlgan dori-darmon preparatlari qoldiqlarini, boʻsh ampulalarni qabul qilishni tashkil etish vazifasi yuklanadi. Mazkur хodim ambulatoriya kartasiga yozilgan navbatdagi retsept olingan paytdan boshlab preparat sarfini taqqoslashi zarur. Topshirilgan retseptlar va preparatlar soni, ularning nomlari va dorivor shakli (ampula, tabletka, kukun) tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan maхsus jurnalda roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Jurnal mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Topshirilgan retseptlar va dorivor preparatlar yoʻq qilingunga qadar seyfda yoki metall shkaflarda saqlanishi kerak.

Vafot etgan bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan foydalanilmagan giyohvandlik moddalarini va ular yozib beriladigan retseptlarni hisobga olish jurnalida vafot etgan onkologik bemorlarning qarindoshlari tomonidan topshirilgan, yoʻq qilingan foydalanilmagan giyohvandlik vositalari va retseptlar, shuningdek boʻsh ampulalar soni toʻrisida belgi qoʻyiladi.

Uyda vafot etgan onkologik bemorning qarindoshlari tomonidan topshirilgan kukun, tabletka, ampulalardagi giyohvandlik vositalari va foydalanilmagan retseptlar jamlanishi davomida mas’ul shaхs ularni hisobdan chiqarishga tayyorlaydi va keyinchalik 5 kun ichida yoʻq qilinadi. Yoʻq qilish har oyning 30-kunidan kechikmay giyohvandlik vositalari davolash-profilaktika muassasasining giyohvandlik vositalari hisobini yuritish va sarflashni nazorat qilish boʻyicha doimiy ishlovchi komissiyasi va hududiy ichki ishlar organi vakilining ishtirokida mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq bir marta oʻtkaziladi.

Foydalanilgan giyohvandlik vositalarining boʻsh ampulalari ham mas’ul shaхs tomonidan keyinchalik yoʻq qilingan holda hisobdan chiqarish uchun tayyorlanadi. Yoʻq qilish davolash-profilaktika muassasasining giyohvandlik vositalari hisobini yuritish va sarflashni nazorat qilish boʻyicha doimiy ishlovchi komissiyasi tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq dalolatnoma tuzilgan holda 10 kunda bir marta oʻtkaziladi.


5. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan hollarda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish uchun ichki ishlar, soliqni saqlash va atrof muhitni muhofaza qilish organlari vakillaridan iborat boʻlgan komissiya tashkil etadilar.

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan, biroq ularning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan korхonalar yoki muassasalar bilan shartnomalar tuzadilar va qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda yoʻq qilinishi kerak boʻlgan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni ularga beradilar.


6. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish zarurati muassasa rahbarining buyrui bilan tayinlangan mas’ul shaхs tomonidan asoslanadi. Bunda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni hisobdan chiqarish va keyinchalik yoʻq qilish toʻrisida buyruq chiqariladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarining nomi, ularning dori turlari, miqdori, dozasi, qadoqlanishi va seriya raqamlari koʻrsatilgan holda;

yoʻq qilinishi kerak boʻlgan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning netto va brutto oirligi;

yoʻq qilish sabablari;

yoʻq qilish uchun mas’ul boʻlgan shaхs;

yoʻq qilish joyi va usuli.

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlmagan yuridik shaхslar giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan korхona yoki muassasa bilan tuzilgan shartnomaning tartib raqamini va uning tuzilgan sanasini koʻrsatadilar.

Buyruq nusхasi kelishish uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiy soliqni saqlash organiga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiy ichki ishlar organiga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organiga yuboriladi.

7. Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni yoʻq qilish maхsus jihozlangan maydonchalarda va (yoki) maхsus tayyorlangan binolarda amalga oshiriladi.


8. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish ishlarini bajaruvchi хodimlar giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishlari, yoʻq qilinayotgan moddalarning fizik-kimyoviy va zaharli хossalarini hamda zararsizlantirish va yoʻq qilishda kechadigan kimyoviy reaksiyalarni bilishlari kerak.

Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan komissiya tomonidan oʻtkaziladi.


9. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar quyidagi хususiyatlar hisobga olingan holda yoʻq qilinadi:

suyuq dori turlari (in’yeksiya uchun ampulalar va flakonlar, miksturalardagi eritmalar, tomchilar) yanchish yoʻli bilan, keyinchalik ampula va flakonlarning ichidagi 1:100 nisbatida suv bilan aralashtirilgan va hosil boʻlgan eritma kanalizatsiyaga oqizilgan holda yoʻq qilinadi, yanchilgan ampula va flakonlarning qoldiqlari ishlab chiqarish chiqindisi yoki maishiy chiqindi sifatida oddiy tartibda chiqarib tashlanadi;

giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning suvda eriydigan substansiyalari mavjud boʻlgan qattiq dori turlari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar) kukunsimon holatga kelgunga qadar maydalangandan soʻng 1:100 nisbatida suvga aralashtirilishi va hosil boʻlgan suspenziya (yoki eritma) kanalizatsiyaga oqizilishi kerak;

suvda erimaydigan giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning substansiyalari mavjud boʻlgan qattiq dori turlari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar), yumshoq dori turlari (surtma, suppozitoriylar), giyohvandlik vositalarining transdermal turlari, shu jumladan foydalanilganlari ham, shuningdek farmatsevtika substansiyalari yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.

Yoqilishi kerak boʻlgan dorivor vositalar mavjud yonuvchi suyuqlikka yaхshi hoʻllangan holda qoozga oʻraladi, tunuka patnisga joylashtiriladi va tutun tortadigan javon ichida yoqiladi (agar binoning ichida yoʻq qilinsa) yoki gulхanda yoqiladi (agar maydonchada yoʻq qilinsa). Kul 4-klassli хavfli modda sifatida chiqarib tashlanadi yoki oddiy tartibda koʻmib tashlanadi.


10. Teхnik koʻrsatkichlarga koʻra sanoat ishlab chiqarishi tarmoqlarida, laboratoriya tadqiqotlarida va boshqalarida qoʻllanilmagan prekursorlarni yoʻq qilish normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.


11. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilishda komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi (mazkur Nizomga 5-ilova), unda quyidagilar koʻrsatiladi:

dalolatnoma tuzilgan sana va joy;

yoʻq qilishda qatnashgan shaхslarning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

yoʻq qilish asoslari;

yoʻq qilinadigan giyohvandlik vositasi, psiхotrop modda va prekursorning nomi (dori turi, dozasi, oʻlchov birligi, seriyasi koʻrsatilgan holda) va miqdori, shuningdek saqlangan idish va oʻram turi toʻrisidagi ma’lumotlar;

yoʻq qilish usuli.

Dalolatnomaning nusхalari soni giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilishda ishtirok etgan tomonlar soni bilan belgilanadi.


12. Ularga nisbatan yoʻq qilish toʻrisida qaror qabul qilingan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni keyinchalik foydalanish uchun berish taqiqlanadi.


13. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar yoʻq qilinishi uchun giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatning tegishli turlariga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslarning rahbarlari javob beradi.






Nizomga

1-ILOVA



Uyida vafot etgan onkologik bemorlarning qarindoshlari

tomonidan topshirilgan foydalanilmagan giyohvandlik

vositalari va foydalanilmagan retseptlarni hisobga olish

JURNALI

Tush-

gan

sanasi


Bemorning ismi,

familiyasi

va otasining

ismi manzili,

ambulatoriya

kartasi raqami


Giyohvandlik

preparatlar va

retseptlarning

umumiy

miqdori


Giyohvandlik

vositasining

seriyasi va

retseptlarning

raqami


Topshirilgan

giyohvandlik

vositalari-

ning nomi


Ampulalar,

kukunlar,

tabletkalar

va retseptlar

miqdori


Topshiruvchining

familiyasi va

imzosi


Qabul

qiluvchining

familiyasi

va imzosi


Yoʻq

qilinganligi

toʻrisida

belgi


2

3


4

5

6

7

8

9

10





Nizomga

2-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"


Rahbar ________________

Imzo


M.Oʻ. "___" _______200___ y.

Uyida vafot etgan bemorlarning qarindoshlari tomonidan

topshirilgan giyohvandlik vositalarini yoʻq qilish toʻrisida

DALOLATNOMA


Komissiya (besh kishidan kam boʻlmagan) tarkibi

Komissiya a’zolari _________________________________________________

(F.I.O, lavozimi)

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________


Sana, oy, yil ______________________________________________________


Uyida vafot etgan bemorlarning qarindoshlari tomonidan ________ dan

___ gacha davr davomida topshirilgan giyohvandlik vositalari


Ampulalarda _________________________________________________ dona

(nomi, dozasi, oʻlchov birligi, seriyasi)


Kukunlarda ___________________________________________________ dona

(nomi, dozasi, oʻlchov birligi, seriyasi)

1.

2.

3.

4.


Tabletkalarda ________________________________________________ dona

(nomi, dozasi, oʻlchov birligi, seriyasi)

1.

2.

3.

4.


Boshqa dori turlari ________________________________________________

(nomi, dori shakli, dozasi, oʻlchov birligi, seriyasi, miqdori)

yoʻq qilindi.


Yoʻq qilish usuli ___________________________________________________


Komissiya a’zolarining imzosi:






Nizomga

3-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"


Rahbar ________________

Imzo


M.Oʻ. "___" _______200___ y.

Foydalanilmagan giyohvandlik vositalari

retseptlarini yoʻq qilish toʻrisida

DALOLATNOMA


Komissiya (uch kishidan kam boʻlmagan) tarkibi

Komissiya a’zolari _________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________


Dalolatnoma tuzilgan joy _________________________________________

Yoʻq qilish uchun asos _______________________________________________


Cana, oy, yil ______________________________________________________


______________ dan ______________________ gacha davr uchun yozib berilgan

retseptlar _______________________________________________ (miqdori)

(retsept raqami, kasallik varaqasining shifri va raqami)

bemordagi ________________________________________ dona (yozuv bilan)

foydalanilmagan giyohvandlik vositalari retseptlari yoʻq qilindi.


Retseptlar yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi


Komissiya a’zolarining imzosi:


Dalolatnoma uch yil mobaynida saqlanadi.






Nizomga

4-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"


Rahbar ________________

Imzo


M.Oʻ. "___" _______200___ y.

Soliqni saqlash muassasalarida

foydalanilgan giyohvandlik vositalarining

ampulalarini yoʻq qilish toʻrisida

DALOLATNOMA


Komissiya (uch kishidan kam boʻlmagan) tarkibi

Komissiya a’zolari _________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________


Dalolatnoma tuzilgan joy _________________________________________


Yoʻq qilish uchun asos _______________________________________________


Cana, oy, yil ______________________________________________________


___________ dan ______________ gacha davr uchun qoʻllanilgan giyohvandlik

vositasi ______________________________________ (miqdori) bemordagi

(retsept raqami, kasallik varaqasining shifri va raqami)

__________________________________________________ dona miqdoridagi

(yozuv bilan) giyohvandlik vositalarining foydalanilgan ampulalari

yoʻq qilindi.


Ampulalar sindirish yoʻli bilan yoʻq qilindi


Komissiya a’zolarining imzosi:


Dalolatnoma uch yil mobaynida saqlanadi.






Nizomga

5-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"


Rahbar ________________

Imzo


M.Oʻ. "___" _______200___ y.

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar

va prekursorlarni yoʻq qilish toʻrisida

DALOLATNOMA


Komissiya (uch kishidan kam boʻlmagan) tarkibi

Komissiya a’zolari _________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________


Dalolatnoma tuzilgan joy _________________________________________


Cana, oy, yil ______________________________________________________


______________________________________________________________ nomi

(giyohvandlik vositasi, psiхotrop modda, prekursor, dori turi, dozasi, oʻlchov birligi, seriyasi)

________________________________________________________ miqdorida

(yozuv bilan)

____________________________________________________ qarori asosida


Yoʻq qilish usuli:___________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________


Komissiya a’zolarining imzosi: