Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2011 y. 140-son "Vazirlar Mahkamasining "Davlat boji stavkalari haqida" 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.05.2011 y.

N 140



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA"

1994 YIL 3 NOYaBRDAGI 533-SON QARORIGA

QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturini bajarish yuzasidan, kichik biznes sub’yektlarining sudlarga murojaat qilishda хarajatlarini kamaytirish va qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 11-son, 49-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 18 maydagi

140-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining

"Davlat boji stavkalari haqida"

1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qaroriga

kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


Qarorga ilovada:


1. 1-bandda:


a) "a" kichik banddagi "da’vo arizalaridan" soʻzlaridan keyin "mazkur bandning "a1" kichik bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno" soʻzlari qoʻshilsin;

v) "b" kichik banddagi "eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida" soʻzlari "eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:

"Izoh. Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning "d" va "z" kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar".


2. 2-bandga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:

"Izoh. Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning "a" - "g" va "ye" kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar".


3. 4-bandda:


a) "v" kichik banddagi "shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida" soʻzlari "shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 50 foizidan koʻp emas" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) "k-1" kichik banddagi "garov" soʻzi "garov (kredit tashkilotlari bilan garov shartnomasidan tashqari)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 8-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"suurta va auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan, davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va хolding kompaniyalari) shaklidagi boshqaruv organlari, bozorlar - eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 22-23-son, 233-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 5-son, 37-modda