Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Reslublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.10.1996 y. 358-son "Avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf kilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni notarial idoralarda tasdiqlaganlik uchun Davlat boji stavkalari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESLUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.10.1996 y.

N 358



AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARIDAN

FOYDALANISh VA TASARRUF KILISh HUQUQINI

BERUVChI IShONChNOMALARNI NOTARIAL IDORALARDA

TASDIQLAGANLIK UChUN DAVLAT BOJI STAVKALARI

MIQDORLARINI OʻZGARTIRISh TOʻFRISIDA


Avtomototransport vositalariga nisbatan notarial harakatlar sodir etish amaliyotini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 4-bandining "m" kichik bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi 01, 1994 y., 11-son, 49-modda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin va ushbu kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"m) quyidagilarni tasdiqlaganlik uchun:

ota-onalar, er-хotin va ularning ota- onalari, bolalar va ularning er-хotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun


-eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;


     


avtomototransport vositalaridan boshqa shaхslarning foydalanishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun


-eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;


       


avtomototransport vositalarini boshqa shaхslar tasarruf etishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun


-eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda "Davlat boji haqida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashga doir yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1996 y., N 10, 29-modda.