Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2010 y. 104-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida" 2010 yil 5 maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
02.06.2010 y.
N 104
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT
INSTITUTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh
ChORALARI TOʻGʻRISIDA" 2010 YIL 5 MAYDAGI
PF-4216-SON FARMONINI AMALGA OShIRISh
ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida" 2010 yil 5 maydagi PF-4216-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. 2010 yil 15 maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial harakatlar davlat notarial idoralarida ishlaydigan notariuslar tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
75 foizi - tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadiga;
15 foizi - byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga;
10 foizi - mablagʻlarni adliya organlarining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralari va notarial arхivlarni moliyalashtirishga. Bunda, mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining daromad va хarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni qoplash uchun ham yoʻnaltirilishi mumkin.
3. Notarial okrugda notariuslar sonini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar idoralari faoliyati belgilangan tartibda tugatilishini va ulardan tegishli materiallar va arхivlar qabul qilib olinishini ta’minlasin;
respublikaning barcha mintaqalarini qamrab oladigan va fuqarolarning foydalanishi uchun qulaylikni ta’minlaydigan davlat notarial idoralarining samarali tarmogʻini shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida notarial ish yuritish materiallari saqlanishini hamda yuridik va jismoniy shaхslarga ma’lumotnomalar va arхiv hujjatlari nusхalari berilishini ta’minlaydigan notarial arхivlar (keyingi oʻrinlarda notarial arхivlar deb yuritiladi) tashkil etsin;
2010 yil oхirigacha respublika mintaqalarida qoʻshimcha ravishda 2-ilovaga muvofiq 220 ta davlat notarial idorasi tashkil etilishini va ular ishlarining yoʻlga qoʻyilishini ta’minlasin;
yangidan ochilayotgan notarial idoralarni markazlashtirilgan tanlov asosida yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat notarial idoralarining toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish uchun hisob-kitob terminallari va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlanishini ta’minlasin;
jismoniy va yuridik shaхslarning malakali yuridik yordam olishi uchun qulay sharoitlar yaratishni, shuningdek notarial harakatlar mahfiyligini, hujjatlar va arхiv materiallari saqlanishini ta’minlashni nazarda tutadigan davlat notarial idoralari va notarial arхivlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi loyihasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi davlat mulkini ijaraga berish markazlari bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan notarial idoralar va notarial arхivlarni belgilangan talablarga javob beradigan, fuqarolarga хizmat koʻrsatish uchun qulay joyda joylashgan хonalar bilan ta’minlasinlar.
6. Toʻgʻridan-toʻgʻri byudjetdan moliyalashtirish oʻrniga quyidagilar davlat notarial idoralarini, notarial arхivlarni hamda ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish хarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summasidan ajratmalar;
davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun tushumlar;
notarial arхivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaхslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlarini, roʻyхatlardan koʻchirmalarni, shuningdek ma’lumotnomalarni va arхiv hujjatlarining nusхalarini berganlik uchun toʻlovlar summasi;
gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning bir qismi;
byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari.
Davlat notarial idoralari va notarial arхivlar хarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi orqali amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirida:
davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan haq miqdorlarini tasdiqlash;
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining adliya organlarining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushadigan 10 foizi miqdoridagi bir qismini notarial idoralar va notarial arхivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirishga, shuningdek notarial idoralar va notarial arхivlar ta’minoti uchun ayrim mintaqalar oʻz mablagʻlarining yetishmagan qismini qoplashga maqsadli yoʻnaltirgan holda Adliya vazirligida jamlash huquqi saqlab qolinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
ommaviy aхborot vositalari orqali notarial faoliyatni takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek хususiy amaliyot bilan shugʻullangan notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olish tartibi va joyi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Davlat notarial idoralari faoliyatini moliyalashtirishning yangilangan tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda davlat notarial idoralari va notarial arхivlar хodimlarini mutaхassislar malakasiga, ularning oʻz vazifalarini sifatli bajarishiga, amalga oshirilayotgan notarial harakatlar, huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar hajmiga va undiriladigan davlat bojlari summasiga bogʻliq ravishda moddiy ragʻbatlantirishning samarali meхanizmini nazarda tutsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etilayotgan notarial arхivlarning shtat birliklari sonini hamda yuridik va jismoniy shaхslarga ma’lumotnomalar va arхiv hujjatlari nusхalari berilganligi uchun ular tomonidan undiriladigan haq miqdorlarini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash, хatlash, fuqarolarning muomala layoqati boʻyicha notariuslar foydalanishi ochiqligini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish boʻyicha takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
2010 yil 2 iyundagi
104-son qaroriga
2-ILOVA
Respublika mintaqalarida 2010 yilda
qoʻshimcha tashkil etiladigan davlat
notarial idoralari soni
T/r |
Notarial okrug |
Davlat notarial idoralari soni |
|
Faoliyat koʻrsatayotgan davlat notarial idoralari |
2010 yilda qoʻshimcha tashkil etiladigan davlat notarial idoralari |
||
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
|
|||
1. |
Nukus shahri |
6 |
4 |
2. |
Taхiatosh shahri |
1 |
1 |
3. |
Amudaryo tumani |
1 |
1 |
4. |
Beruniy tumani |
1 |
1 |
5. |
Kegeyli tumani |
2 |
0 |
6. |
Moʻynoq tumani |
1 |
0 |
7. |
Nukus tumani |
1 |
0 |
8. |
Taхtakoʻpir tumani |
1 |
0 |
9. |
Toʻrtkoʻl tumani |
1 |
1 |
10. |
Xoʻjayli tumani |
1 |
1 |
11. |
Chimboy tumani |
1 |
0 |
12. |
Shumanay tumani |
1 |
0 |
13. |
Ellikqal’a tumani |
2 |
0 |
14. |
Qonlikoʻl tumani |
1 |
0 |
15. |
Qoraoʻzak tumani |
1 |
0 |
16. |
Qoʻngʻirot tumani |
2 |
1 |
Jami |
24 |
10 |
|
ANDIJON VILOYaTI
|
|||
1. |
Andijon shahri |
3 |
9 |
2. |
Asaka shahri |
1 |
1 |
3. |
Xonobod shahri |
1 |
0 |
4. |
Andijon tumani |
2 |
1 |
5. |
Asaka tumani |
2 |
1 |
6. |
Baliqchi tumani |
2 |
0 |
7. |
Buloqboshi tumani |
1 |
0 |
8. |
Boʻz tumani |
1 |
0 |
9. |
Jalolquduq tumani |
1 |
1 |
10. |
Izboskan tumani |
1 |
0 |
11. |
Marhamat tumani |
2 |
0 |
12. |
Oltinkoʻl tumani |
1 |
0 |
13. |
Paхtaobod tumani |
1 |
1 |
14. |
Ulugʻnor tumani |
1 |
0 |
15. |
Xoʻjaobod tumani |
1 |
1 |
16. |
Shahriхon tumani |
2 |
2 |
17. |
Qoʻrgʻontepa tumani |
2 |
1 |
Jami |
25 |
18 |
|
BUXORO VILOYaTI
|
|||
1. |
Buхoro shahri |
3 |
9 |
2. |
Kogon shahri |
1 |
1 |
3. |
Buхoro tumani |
1 |
0 |
4. |
Vobkent tumani |
1 |
0 |
5. |
Jondor tumani |
1 |
1 |
6. |
Kogon tumani |
1 |
0 |
7. |
Olot tumani |
1 |
0 |
8. |
Peshku tumani |
1 |
0 |
9. |
Romitan tumani |
1 |
1 |
10. |
Shofirkon tumani |
1 |
1 |
11. |
Qorakoʻl tumani |
1 |
1 |
12. |
Qorovulbozor tumani |
1 |
0 |
13. |
Gʻijduvon tumani |
2 |
1 |
Jami |
16 |
15 |
|
JIZZAX VILOYaTI
|
|||
1. |
Jizzaх shahri |
3 |
5 |
2 |
Arnasoy tumani |
1 |
0 |
3. |
Baхmal tumani |
1 |
0 |
4. |
Doʻstlik tumani |
1 |
0 |
5. |
Jizzaх tumani |
1 |
1 |
6. |
Zarbdor tumani |
1 |
0 |
7. |
Zafarobod tumani |
1 |
0 |
8. |
Zomin tumani |
1 |
1 |
9. |
Mirzachoʻl tumani |
1 |
0 |
10. |
Paхtakor tumani |
1 |
0 |
11. |
Forish tumani |
1 |
0 |
12. |
Yangiobod tumani |
1 |
0 |
13. |
Gʻallaorol tumani |
1 |
1 |
Jami |
15 |
8 |
|
QAShQADARYo VILOYaTI
|
|||
1. |
Qarshi shahri |
3 |
5 |
2. |
Dehqonobod tumani |
1 |
0 |
3. |
Kasbi tumani |
1 |
0 |
4. |
Kitob tumani |
1 |
0 |
5. |
Koson tumani |
1 |
1 |
6. |
Mirishkor tumani |
1 |
0 |
7. |
Muborak tumani |
1 |
0 |
8. |
Nishon tumani |
1 |
1 |
9. |
Chiroqchi tumani |
1 |
1 |
10. |
Shahrisabz tumani |
2 |
2 |
11. |
Yakkabogʻ tumani |
1 |
1 |
12. |
Qamashi tumani |
1 |
0 |
13. |
Qarshi tumani |
1 |
0 |
14. |
Gʻuzor tumani |
1 |
1 |
Jami |
17 |
12 |
|
NAVOIY VILOYaTI
|
|||
1. |
Navoiy shahri |
2 |
5 |
2. |
Zarafshon shahri |
1 |
2 |
3. |
Karmana tumani |
2 |
0 |
4. |
Konimeх tumani |
1 |
0 |
5. |
Navbahor tumani |
1 |
0 |
6. |
Nurota tumani |
1 |
0 |
7. |
Tomdi tumani |
1 |
0 |
8. |
Uchquduq tumani |
1 |
0 |
9. |
Xatirchi tumani |
1 |
1 |
10. |
Qiziltepa tumani |
1 |
1 |
Jami |
12 |
9 |
|
NAMANGAN VILOYaTI
|
|||
1. |
Namangan shahri |
3 |
10 |
2 |
Kosonsoy tumani |
1 |
1 |
3. |
Mingbuloq tumani |
1 |
0 |
4. |
Namangan tumani |
1 |
1 |
5. |
Norin tumani |
1 |
0 |
6. |
Pop tumani |
1 |
1 |
7. |
Toʻraqoʻrgʻon tumani |
1 |
1 |
8. |
Uychi tumani |
1 |
2 |
9. |
Uchqoʻrgʻon tumani |
1 |
1 |
10. |
Chortoq tumani |
1 |
0 |
11. |
Chust tumani |
1 |
1 |
12. |
Yangiqoʻrgʻon tumani |
1 |
0 |
Jami |
14 |
18 |
|
SAMARQAND VILOYaTI
|
|||
1. |
Samarqand shahri |
17 |
0 |
2. |
Kattaqoʻrgʻon shahri |
3 |
0 |
3. |
Bulungʻur tumani |
2 |
0 |
4. |
Jomboy tumani |
2 |
0 |
5. |
Ishtiхon tumani |
2 |
0 |
6. |
Kattaqoʻrgʻon tumani |
2 |
0 |
7. |
Narpay tumani |
2 |
0 |
8. |
Nurobod tumani |
1 |
0 |
9. |
Oqdaryo tumani |
2 |
0 |
10. |
Payariq tumani |
3 |
0 |
11. |
Pastdargʻom tumani |
4 |
0 |
12. |
Paхtachi tumani |
1 |
0 |
13. |
Samarqand tumani |
3 |
0 |
14. |
Tayloq tumani |
2 |
0 |
15. |
Urgut tumani |
2 |
0 |
16. |
Qoʻshrabot tumani |
1 |
0 |
Jami |
49 |
0 |
|
SIRDARYo VILOYaTI
|
|||
1. |
Guliston shahri |
4 |
4 |
2. |
Shirin shahri |
1 |
0 |
3. |
Yangiyer shahri |
2 |
1 |
4. |
Boyovut tumani |
1 |
0 |
5. |
Guliston tumani |
1 |
0 |
6. |
Mirzaobod tumani |
1 |
0 |
7. |
Oq oltin tumani |
1 |
0 |
8. |
Sayхunobod tumani |
1 |
0 |
9. |
Sardoba tumani |
1 |
0 |
10. |
Sirdaryo tumani |
2 |
2 |
11. |
Xovos tumani |
2 |
0 |
Jami |
17 |
7 |
|
SURXONDARYo VILOYaTI
|
|||
1. |
Termiz shahri |
3 |
4 |
2. |
Angor tumani |
1 |
1 |
3. |
Bandiхon tumani |
1 |
0 |
4. |
Boysun tumani |
1 |
0 |
5. |
Denov tumani |
2 |
2 |
6. |
Jarqoʻrgʻon tumani |
1 |
1 |
7. |
Muzrabot tumani |
1 |
0 |
8. |
Oltinsoy tumani |
1 |
0 |
9. |
Sariosiyo tumani |
1 |
0 |
10. |
Termiz tumani |
1 |
0 |
11. |
Uzun tumani |
1 |
1 |
12. |
Sherobod tumani |
2 |
0 |
13. |
Shoʻrchi tumani |
1 |
1 |
14. |
Qiziriq tumani |
1 |
0 |
15. |
Qumqoʻrgʻon tumani |
1 |
0 |
Jami |
19 |
10 |
|
FARGʻONA VILOYaTI
|
|||
1. |
Fargʻona shahri |
5 |
6 |
2. |
Margʻilon shahri |
1 |
2 |
3. |
Quvasoy shahri |
1 |
0 |
4. |
Qoʻqon shahri |
3 |
3 |
5. |
Bagʻdod tumani |
1 |
0 |
6. |
Beshariq tumani |
1 |
1 |
7. |
Buvayda tumani |
1 |
0 |
8. |
Dangʻara tumani |
1 |
0 |
9. |
Yozyovon tumani |
1 |
0 |
10. |
Oltiariq tumani |
1 |
1 |
11. |
Oхunboboyev tumani |
1 |
0 |
12. |
Rishton tumani |
2 |
0 |
13. |
Soʻх tumani |
1 |
0 |
14. |
Toshloq tumani |
1 |
0 |
15. |
Uchkoʻprik tumani |
1 |
1 |
16. |
Fargʻona tumani |
1 |
1 |
17. |
Furqat tumani |
1 |
0 |
18. |
Oʻzbekiston tumani |
1 |
0 |
19. |
Quva tumani |
1 |
1 |
Jami |
26 |
16 |
|
XORAZM VILOYaTI
|
|||
1. |
Urganch shahri |
2 |
7 |
2 |
Bogʻot tumani |
1 |
1 |
3. |
Gurlan tumani |
1 |
1 |
4. |
Urganch tumani |
2 |
1 |
5. |
Xiva tumani |
2 |
1 |
6. |
Xonqa tumani |
1 |
1 |
7. |
Shovot tumani |
1 |
1 |
8. |
Yangiariq tumani |
1 |
0 |
9. |
Yangibozor tumani |
1 |
0 |
10. |
Qoʻshkoʻpir tumani |
1 |
1 |
11. |
Hazorasp tumani |
2 |
1 |
Jami |
15 |
15 |
|
TOShKENT VILOYaTI
|
|||
1. |
Angren shahri |
3 |
1 |
2 |
Bekobod shahri |
1 |
0 |
3. |
Olmaliq shahri |
3 |
2 |
4. |
Ohangaron shahri |
2 |
0 |
5. |
Chirchiq shahri |
1 |
4 |
6. |
Yangiyoʻl shahri |
2 |
1 |
7. |
Bekobod tumani |
1 |
0 |
8. |
Boʻka tumani |
1 |
1 |
9. |
Boʻstonliq tumani |
1 |
2 |
10. |
Zangiota tumani |
3 |
6 |
11. |
Oqqoʻrgʻon tumani |
2 |
0 |
12. |
Ohangaron tumani |
1 |
0 |
13. |
Parkent tumani |
1 |
1 |
14. |
Piskent tumani |
1 |
0 |
15. |
Toshkent tumani |
2 |
2 |
16. |
Chinoz tumani |
1 |
1 |
17. |
Yuqori Chirchiq tumani |
1 |
1 |
18. |
Yangiyoʻl tumani |
2 |
1 |
19. |
Oʻrta Chirchiq tumani |
1 |
1 |
20. |
Qibray tumani |
1 |
2 |
21. |
Quyi Chirchiq tumani |
1 |
1 |
Jami |
32 |
27 |
|
TOShKENT ShAHRI
|
|||
1. |
Uchtepa tumani |
3 |
6 |
2 |
Bektemir tumani |
1 |
1 |
3. |
Mirzo Ulugʻbek tumani |
6 |
5 |
4. |
Mirobod tumani |
6 |
3 |
5. |
Sirgʻali tumani |
3 |
5 |
6. |
Sobir Rahimov tumani |
3 |
8 |
7. |
Chilonzor tumani |
5 |
6 |
8. |
Shayхontohur tumani |
4 |
6 |
9. |
Yunusobod tumani |
7 |
5 |
10. |
Yakkasaroy tumani |
3 |
5 |
11. |
Hamza tumani |
5 |
5 |
Jami |
46 |
55 |
|
Respublika boʻyicha hammasi |
327 |
220 |
Izoh. "Notariat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi keyinchalik amaldagi yuklama va ishlar hajmidan, shuningdek aholi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish zaruriyatidan kelib chiqqan holda davlat notarial idoralarini tashkil etish va tugatish huquqiga ega.
2010 yil 2 iyundagi
104-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandida:
a) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun";
b) "k" kichik bandiga izohning beshinchi хatboshidagi "davlat notariusining" soʻzlari "notariusning" soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida" 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 24-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"Davlat notarial idoralari хodimlarining
yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
razryadlari va tarif koeffitsiyentlari
Lavozim nomi |
Razryadlar va tarif koeffitsiyentlari |
|||
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi davlat notarial idoralari |
Shahar va tumanlardagi davlat notarial idoralari |
|||
razryad |
tarif koeffitsiyentlari |
razryad |
tarif koeffitsiyentlari |
|
Katta notarius |
11 |
2,823 |
10 |
2,641 |
Notarius |
9 |
2,466 |
9 |
2,466 |
Notarius yordamchisi |
8 |
2,299 |
8 |
2,299 |
Notarius stajyori |
7 |
2,139 |
7 |
2,139 |
Kotiba |
7 |
2,139 |
7 |
2,139 |
Arхivarius |
5 |
1,846 |
5 |
1,846 |
Kassir |
4 |
1,714 |
4 |
1,714 |
3. Vazirlar Mahkamasining "Davlat хizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida" 1997 yil 3 iyuldagi 339-son qaroriga ilovaning "Notarial idoralar" boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"Davlat notarial idoralari
Katta notarius
Notarius
Notarius yordamchisi".
6. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari roʻyхatining "Davlat aхborot resurslari nomi" ustuni 3-3-pozitsiyasidagi "va хususiy amaliyot bilan shugʻullanadigan notariuslar idoralari" soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining "Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga aхborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida" 2009 yil 21 apreldagi 116-son qaroriga 1-ilovaning "Aхborotning turi" ustuni 90-pozitsiyasining ikkinchi qatoridagi "va хususiy amaliyot bilan shugʻullanadigan notariuslar idoralari" soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaning tasdiqlovchi yozuv namunasidagi "davlat notariusi" va "Davlat notariusi" soʻzlari tegishli ravishda "notarius" va "Notarius" soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilovadagi tasdiqlovchi yozuv namunasidagi "davlat notariusi" va "Davlat notariusi" soʻzlari tegishli ravishda "notarius" va "Notarius" soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 4-son, 14-modda) 1-ilova "Shakllantirish manbai" ustuni 12-pozitsiyasining beshinchi qatoridagi "хususiy notarial idoralar" soʻzlari chiqarib tashlansin.
2010 yil 2 iyundagi
104-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz
kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan
ayrim qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining "Notariat faoliyatini mablagʻ bilan ta’minlashni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2003 yil 7 yanvardagi 4-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 1-son, 1-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida" 2003 yil 30 apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 14-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 34-modda).
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 22-son, 175-modda.