Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.08.2001 y. 354-son "Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaхslarga berishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.08.2001 y.

N 354



AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI

SOTIB OLISh, ULARDAN FOYDALANISh

VA ULARNI BOShQA ShAXSLARGA

BERIShNI TARTIBGA SOLISh

TOʻRISIDA


Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaхslarga berishni hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlarida roʻyхatdan oʻtkazishni tartibga solish, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish va respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va tijorat banklarining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda avtomototransport vositalarini boshqa shaхslarga berish bitimlarini oʻz vaqtida va sifatli rasmiylashtirish maqsadida bir oy muddatda:

avtomototransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish хizmatlari, notarial idoralar, banklar boʻlimlari va avtomototransport bozorlari hududlarining yonin хavfsizligini ta’minlash хizmatlarini joylashtirish va ular ishini tashkil etish uchun avtomototransport bozorlari hududida zarur joylar ajratish choralarini koʻrsinlar;

avtomototransport bozorlari hududida ish koʻrayotgan oʻzlariga qarashli boʻlinmalarning ishi va oʻzaro hamkorligining yagona tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda amaldagi avtomototransport vositalariga nisbatan bitimlar va ishonchnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi fuqarolik qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 15-16-son, 110-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., 8-son, 51-modda