Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.04.1997 y. 178-son "Garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.04.1997 y.

N 178



GAROV TOʻRISIDAGI ShARTNOMALARNI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBINI

SODDALAShTIRISh HAQIDA


Garov toʻrisidagi shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994y, 11-son, 49-modda) qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga ilovaga muvofiq tahrirda oʻzgartirish kiritilsin.


2. Vazirlar  Mahkamasining 1994 yil 1 fevraldagi 50-son qarori  bilan tasdiqlangan garov toʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish haqidagi Vaqtinchalik nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.:


"4. Yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, хorijiy yuridik va jismoniy shaхslar oʻrtasida tuzilgan garov toʻrisidagi shartnoma summasidan qat’i nazar, Qoraqolpoiston Respublikasi  Adliya Vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalarida - garov toʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatdan oʻtkazish shoʻ’balari tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi."


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Garov toʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish haqidagi Nizom loyihasini ikki hafta muddatda qayta ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi kiritsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                             I.Karimov






Vazirlar Mahkamaisning

1997 yil 8 apreldagi

178-son qaroriga

ILOVA


Vazirlar Mahkamasining "Davlat boji stavkalari haqida"

1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qaroriga ilovaga kiritiladigan

OʻZGARTIRIShLAR


Vazirlar Mahkamasining "Davlat boji stavkalari haqida" 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qaroriga ilova 3-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"a)

Shartnomani roʻyхatga olganlik va garovni roʻyхatga olganlik toʻrisida guvohnoma berganlik uchun

-

Shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida;"

  

Koʻrsatib oʻtilgan ilova 4-bandining "g" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.


"g)

Mol mulkni garovga qoʻyish shartnomalarini tasdiqlaganligi uchun

-

Shartnoma summasining 0,15 foizi miqdorida;"

  


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1997 y., 4-son, 15-modda.