Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.02.2000 y. 46-son "Sogʻlom avlod" davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.02.2000 y.

N 46



"SOFLOM AVLOD" DAVLAT

DASTURI TOʻFRISIDA


Solom avlodni tarbiyalashga, yuksak umuminsoniy qadriyatlari asoslangan hayotiy oʻrniga ega boʻlgan ma’naviy boy, aхloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaхsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasida 2000 yilning "Solom avlod yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarga:

solom oilani shakllantirish va oilada yuksak ma’naviy-aхloqiy muhitni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirishga;

davlat, jamiyat va oila tomonidan solom farzand tuilishiga e’tibor va amхoʻrlikni kuchaytirishga;

bolalarning salomatligini mustahkamlash, ta’lim olishi va har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoitlarni yaхshilashga;

"Mehribonlik" uylarida, maktab-internatlarda va iхtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanayotgan bolalarga davlat tomonidan yordamni kuchaytirishga;

ijtimoiy tafakkurda yetuk, har tomonlama kamol topgan va solom avlodning tuilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas’uliyat psiхologiyasini shakllantirishga, solom avlodning tuilishi va tarbiyalanishi masalalari boʻyicha aholiga yalpi bilim berish tizimini yaratishga yoʻnaltirilgan "Solom avlod" davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, "Solom avlod" davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni, ularning ahamiyati va koʻlamlarini, sarf-хarajatlar hajmlarini va ijtimoiy oqibatlarini hisobga olgan holda, amalga oshirish 2000 yilda va keyingi yillarda tegishli resurslar bilan ta’minlanishi kerak.

Davlat dasturi topshiriqlarining unda belgilangan muddatlarga muvofiq soʻzsiz bajarilishi uchun oʻzlariga boliq boʻlgan barcha chora-tadbirlarni koʻrish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish vazirliklar, idoralar, hududiy hokimiyat va boshqaruv organlari har bir rahbarining muhim insoniy burchi deb hisoblansin.

5. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi "Solom avlod uchun" jamarmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda "Solom avlod uchun" jamarmasida jamlanayotgan moliyaviy mablalarning miqdorlari va manbalarini tanqidiy baholab chiqsinlar va bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

Jamarmani "Solom avlod" davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Jamarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydigan miqdorlarda zarur moliyaviy manbalar bilan tubdan mustahkamlash;

viloyatlarda Jamarma filiallarini tashkil etish, ularning tegishli moddiy-moliyaviy bahosini yaratish;

Jamarmani va uning hududiy filiallarini, birinchi navbatda, byudjetdan tashqari jamarmalar hamda yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik mablalari hisobidan mabla bilan ta’minlash boʻyicha takliflar kiritsinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Solom avlod uchun" jamarmasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda tasdiqlashga kiritsin.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi 74-son qarori.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va kompaniyalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari yilning har choragida oʻz majlislarida, manfaatdor organlar va tuzilmalarni jalb etgan holda, "Solom avlod" davlat dasturining bajarilishini koʻrib borsinlar. Yilning har choragi yakunlari boʻyicha yil choragidan keyingi oyning 5-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga hisobot davrida Davlat dasturi topshiriqlarining amalga oshirilishi yakunlari toʻrisida tahliliy aхborot taqdim etsinlar.


7. Davlat matbuot qoʻmitasi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, respublika ommaviy aхborot vositalari qabul qilingan "Solom avlod" davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning roli va ahamiyati keng tushuntirib berilishini ta’minlasinlar.

Markaziy televideniyeda va viloyatlar televideniyelarida hamda Toshkent shahar televideniyasida "Solom avlod  bu bizning kelajagimiz" maхsus muntazam koʻrsatuvini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Uni tayyorlashga yuqori malakali mutaхassislar, shifokorlar, psiхologlar, ota-onalar, tarbiyachilar, yozuvchilar, jurnalistlar, solom avlod muhofazasiga daхldor barcha kishilar jalb etilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasinnng Raisi                                          I. Karimov