Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.2004 y. 99-son "Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
01.03.2004 y.
N 99
DINIY TA’LIM MUASSASALARINING
FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh TOʻGʻRISIDAGI
NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
2. Vazirlar Mahkamasining diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:
Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni;
Diniy ta’lim muassasasi pasporti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A.Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.Karimov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 9-son, 106-modda.
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 3, 19-modda.